Bir oʻzakdan ikki maʼno: minnat va minnatdor
Bitta soʻz qarama-qarshi maʼnoni ham anglatishi mumkin. Bu koʻp tillarga xos. Masalan, basir soʻzi arab tilida koʻzi oʻtkir va koʻzi ojiz maʼnolarida ishlatiladi. Oʻzbek tiliga ham xuddi shu maʼnolarda oʻtgan: 1. Koʻruvchi, koʻzi oʻtkir, oʻta sezgir; 2. Koʻrish qobiliyati yoʻq; koʻr, soʻqir; 3. koʻchma Narsa, voqeaning mohiyatini tushuna olmaydigan; ongsiz; bilimsiz; johil.
Minnat va minnatdor soʻzida ham xuddi shu qoida amalda. Minnat soʻzi arabchadan oʻtgan, asliyatda himmat, muruvvat, xayr-saxovat; tashakkur, rahmat aytish maʼnolarini beradi. Oldin oʻzbek tilida ham ayni shu maʼnolarda qoʻllangan. Izohli lugʻat bunga shunday misol bergan:
[Yusufbek hoji:] Agar bu xizmatni oʻz zimmangizga olur ekansiz, ustimga katta minnat qoʻygan boʻlasiz.
A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Yusufbek hoji agar shu ishni bajarishga rozi boʻlsangiz, sizdan qarzdor boʻlib qolaman, rahmat va tashakkur aytishga burchliman, deyapti.
Bu maʼno minnatdor soʻzida saqlangan. Minnatdor kishi koʻrgan yaxshiligi sabab boshqa bir kishi oldida maʼnan qarzdor, rahmat aytishga burchli boʻlib qoladi. Rahmat aytmasa ham, ichida unga nisbatan hurmat-eʼtibori oshadi.
Lekin yaxshilik qilgan kishi bundan bahramand boʻlgan odamdan ana shu minnatdorlikni istasa yoki talab qilsa, bu endi minnatga aylanadi.
Qilingan yaxshilikni yuzga solish yoki boshqalarga gapirib yurish minnatdir:
Tekinning minnati koʻp, mehnatning ziynati koʻp.
Maqol.
Ehson qilgan kishining minnati ehsonni yoʻqqa chiqaradi.
Gazetadan.
Bu ziyofatning hali minnati chiqib qolmasa, deb turibman.
K. Yashin, Hamza.
Mehnat qildim – xoʻp qildim, minnat qildim – yoʻq qildim.
Maqol.
Xasis bir bor mehnat qilsa, yuz bor minnat qilar.
Gazetadan.
Bunday ters maʼnolilik sof oʻzbekcha soʻzlarda ham bor. Maqola boshida basir soʻzini misol qilgandik. Oʻzbekcha koʻr soʻzi ham aslida koʻrmoqdan, yaʼni koʻruvchi maʼnosida. Vaqt oʻtib aks maʼnoda ishlatila boshlagan.
Odamlar baʼzida belgi-xususiyatni uning aksi bilan ataydi. Toʻgʻri, dastlab kinoya, mazax yoki boshqa maqsadni koʻzlashadi. Lekin maʼlum muddatdan keyin koʻzlangan maʼno yoʻqolib, shakliy maʼno birlamchiga aylanashi mumkin.
Deylik, ogʻzi shaloqligi, koʻp soʻkinishi bilan tanilgan kishiga qantovuz (qand + ogʻiz = shirinsoʻz) deb ot qoʻyasiz. Keyinchalik bu odam unutiladi va qantovuz sifati tili sassiq maʼnosida keng ishlatila boshlaydi.
@oriftolib

👍5
Yoʻldosh Eshbek. “Qizgʻaldoqlar ochildi”
Toshkent, “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2016-yil. 264 bet. Sheʼrlar toʻplami. Kitobni 2016-yil 12-dekabr kuni sotib olgan ekanman. 2019-yil dekabr oyi boshida oʻqishga kirishib, 14-kuni tugatdim.
Favqulodda va nodir fikrlash tarzi, tuygʻuning tiniqligi, tafakkurning kengligi – chinakam shoirga xos xususiyat. Ana shu xususiyatlarni amalda qoʻllay bilishnigina isteʼdod deb tushunaman. Qobiliyat zoʻr boʻlishi mumkin, lekin ifoda qila olmasang, nima foydasi bor? Har qanday shoir ijodini oʻqib-oʻrganayotganda shunga eʼtibor qarataman. Favqulodda misralar bormi? Shoir oʻzini oʻzi qay darajada ifoda eta olgan?
Yoʻldosh Eshbek sheʼriyati bilan deyarli tanish emasdim. Bu kitob birmuncha tasavvur berdi. Har xil darajadagi sheʼrlarga duch keldim, orasida meni rostakamiga hayratlantirgan misralar ham bor. Ana shunday misralardan baʼzilarini sizning ham eʼtiboringizga havola etaman:
Tilim bagʻrim ichinda
Darding sezib yotadi.
Qoʻshiq qilib qalbimni
Koʻzlarimga otadi.
***
Soʻzga aylanmagan yonish tomchilar.
***
Vijdonsiz nomusli niqobin qoʻymas.
***
Koʻzlari koʻzguli qiz.
***
E, koʻngli tilsimgina,
Nafasi nasimgina.
***
Daraxtlar shoxida gulday qushchalar,
Gullarda shabnamlar – qushlarning koʻzi.
Shabnamlar bagʻrida kulgan gʻunchalar –
Tillaringday biyron bahorning soʻzi.
***
Bir ajoyib tong bilan mayin
Qoʻshilishib yomgʻirlar yogʻar.
***
Oʻksib-oʻksib undan izladim
Begʻubor chogʻ – goʻdak izlarim.
Changlar koʻmgan jajji hislarim,
Nafasimning otash islarin.
***
Toʻlqin otib chopar maysalar,
Silkinadi qirlar yelkasi.
***
Tun. Yulduzlar oyoq uchida
Kirib kelar bosh eggan koʻyi.
***
Kirar shaharchaga Navroʻz toʻlqini,
Erning tabassumi – jannat yolqini.
***
Olamga qor tushdi, sovidi kunlar,
Egasiz it kabi dalalar uvlar.
Miltirar yulduzlar, taftsiz uchqunlar,
Balki hech oʻchmasdir xotirdagi nur.

Rasul HAMZATOV
***
Mening qoʻshnilarim – mohir zargarlar
Bola tasavvurim qoldirib hayron
Mohak toshin ishga solar edi va
Sof oltinni misdan farqlardi oson.
Ey zukko oʻquvchim, qarzdorman sendan,
Asl sheʼriyatga oʻzingsan posbon.
Men ham mohak toshing – nazaring bilan
Suʼniy misralarni farqladim oson.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Mening qoʻshnilarim – mohir zargarlar
Bola tasavvurim qoldirib hayron
Mohak toshin ishga solar edi va
Sof oltinni misdan farqlardi oson.
Ey zukko oʻquvchim, qarzdorman sendan,
Asl sheʼriyatga oʻzingsan posbon.
Men ham mohak toshing – nazaring bilan
Suʼniy misralarni farqladim oson.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Toʻgʻri yozilgan soʻzni lugʻatga qaramay toping.
Anonymous Poll
13%
Lotoreya
8%
Taʼqiq
10%
Shilliqurt
10%
Qatʼiy nazar
2%
Yashintopoloq
16%
Muzlatgich
3%
Hiqqillamoq
11%
Shoxobcha
17%
Barchasi toʻgʻri yozilgan
10%
Barchasi xato yozilgan
👍6
Orif Tolib
Toʻgʻri yozilgan soʻzni lugʻatga qaramay toping.
Bu testga toʻgʻri javob berganlar kam boʻldi. Ayni paytda (2020 yil 3 yanvar, soat 20:45) bor-yoʻgʻi 8 kishi.
Koʻpchilik muzlatgich soʻzini toʻgʻri yozilgan deya tanladi. Lugʻatga koʻra, muzlatkich yozilishi kerak. Xuddi sovitkich soʻzi kabi. Bu yerda jarangsiz tovushdan soʻng kelgan qoʻshimcha ham jarangsizlashishi kuzatilyapti. T jarangsiz tovushiga qoʻshilgan jarangli g jarangsiz k ga aylanyapti.
Toʻgʻri variant shoxobcha soʻzi edi.
Qolgan soʻzlarning lugʻatga koʻra yozilishi:
Lotereya
Taqiq
Shilliqqurt
Qatʼi nazar
Yashintopaloq
Muzlatkich
Hiqillamoq

👍3
Rasul Hamzatov
***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Tanishning bilishi, upaning eligi
Baʼzi juft soʻzlarning ikkinchi qismidagi soʻz mustaqil ishlatilmay qoʻygan. Tanish-bilish soʻzi ana shundaylardan. Xoʻsh, bilish soʻzining maʼnosi aslida nima?
“Bilish” bugun tilimizda ishlatiladigan bilmoq maʼnosidagi harakat nomi emas. Kalavaning uchini “Devonu lugʻatit turk”dan topamiz. Unda yozilishicha, tanish kishilarga nisbatan bilish soʻzi ishlatilgan. Oʻzagi – bilmoqdan. Birovni yaxshi bilsangiz, tanisangiz – u siz uchun bilish boʻlgan. Mahmud Koshgʻariy zamonida va undan oldin ot yasovchi -sh qoʻshimchasi amalda boʻlgan. Olim bunga misol tariqasida urush, toʻqush soʻzlarini keltiradi.
Ayollar lugʻatiga oid upa-elik degan soʻz bor. Shu juft soʻzdagi elik ham ogʻzaki tilda ishlatilmaydi hisob. Lekin oʻtgan asrda elik mustaqil shaklda “yogʻupa” maʼnosida qoʻllangan ekan. Bunga Izohli lugʻat guvohlik beradi:
Oq roʻmolchadagi qizil elik dogʻlarini Yoʻldoshning tumshugʻining tagiga tutdi:
– Bu qaysi oyimchaning labidan yuqqan?
S. Anorboyev, Mehr.
Qovoqlar yashil, lablariga qonday elik surtilgan.
S. Nurov, Narvon.
Yogʻupa kosmetik pardoz moyi; krem maʼnolarini berar ekan. Bugun tilimizda yogʻupa yoki elik oʻrniga krem soʻzidan keng foydalanilyapti. Tayyor oʻzimizda bor soʻz isteʼmoldan chiqdi hisob.
“Devonu lugʻatit turk”da elik englik shaklida uchraydi. Olim unga “xotinlar yuzlariga (yonoqlariga) surtadigan pushti qizil rang, upa-elik” deb izoh beradi. Qarang, ming yil oldin ham ayollarning bugungiga juda oʻxshash pardoz vositalari boʻlgan ekan.
Juft soʻzlarga diqqatliroq boʻlsangiz, bunga oʻxshash holatlarga koʻp duch kelasiz. Tilda hozir alohida qoʻllanmaydigan, maʼnosi taxminan anglashiladigan yoki batamom unutilgan soʻzlarni oʻrganish anchagina qiziq yumush. Soʻzlarlarning ildizini oʻrganish davomida juda koʻp qiziqarli va foydali bilimlarga ega boʻlasiz.

Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻylamay, fikr qilmay,
Kulsa hech toʻxtov bilmay,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kuni oʻtsa tuygʻusiz,
Butun umri qaygʻusiz,
Shuyam erkak boʻldimi?
Hattoki tilak chogʻi,
Ochilmasa qovogʻi,
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻtsa yonib suymasdan,
Oʻpich taʼmin tuymasdan,
Shuyam erkak boʻldimi?
Ishq, rozda boʻlib suyuq,
Bilmasa oʻlchov, tiyiq,
Shuyam erkak boʻldimi?
Xushomad-la iydirib,
Ketsa sotib, kiydirib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kelsa-yu magʻrur, poʻrim,
Qadahi qolsa yarim,
Shuyam erkak boʻldimi?
Odamlar koʻp joyda ham
Ichsa bilmasdan toʻxtam,
Shuyam erkak boʻldimi?
Yurtidan badar ketsa,
Ota uyin unutsa,
Shuyam erkak boʻldimi?
Birovlarning mehnatin
Bilmasa qadr-qimmatin,
Shuyam erkak boʻldimi?
Vaʼda berib, soʻz aytib,
Olaversa soʻng qaytib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻylamay, fikr qilmay,
Kulsa hech toʻxtov bilmay,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kuni oʻtsa tuygʻusiz,
Butun umri qaygʻusiz,
Shuyam erkak boʻldimi?
Hattoki tilak chogʻi,
Ochilmasa qovogʻi,
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻtsa yonib suymasdan,
Oʻpich taʼmin tuymasdan,
Shuyam erkak boʻldimi?
Ishq, rozda boʻlib suyuq,
Bilmasa oʻlchov, tiyiq,
Shuyam erkak boʻldimi?
Xushomad-la iydirib,
Ketsa sotib, kiydirib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kelsa-yu magʻrur, poʻrim,
Qadahi qolsa yarim,
Shuyam erkak boʻldimi?
Odamlar koʻp joyda ham
Ichsa bilmasdan toʻxtam,
Shuyam erkak boʻldimi?
Yurtidan badar ketsa,
Ota uyin unutsa,
Shuyam erkak boʻldimi?
Birovlarning mehnatin
Bilmasa qadr-qimmatin,
Shuyam erkak boʻldimi?
Vaʼda berib, soʻz aytib,
Olaversa soʻng qaytib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Kitoblarni qanday oʻqish kerak?
@kitobqurti kanali Mortimer Adler va Van Doren qalamiga mansub “Kitoblarni qanday oʻqish kerak?” asarining qisqacha mazmuni bilan boʻlishibdi. Maqolada kitoblar oʻqish texnikasi va tizimli mutolaa haqida soʻz boradi.
Quyida ushbu maqoladan ayrim oʻrinlarni eʼtiboringizga havola etaman:
Savodli boʻlish bilan oʻqishni bilish orasida katta farq bor.
***
Oʻqish uchta sababga koʻra amalga oshirilishi mumkin:
Koʻngil ochish uchun oʻqish – dam olish yoki “shunchaki mutolaa” qilish uchun;
Axborot olish uchun oʻqish – dalillar va faktlarni oʻrganish (dunyoni koʻproq bilish) uchun;
Tushunish uchun oʻqish – tushunchani rivojlantirish (dunyoni boshqacha koʻrish, uni anglash) uchun.
Bu uchalasidan eng qiyini – tushunish uchun oʻqish boʻlib, kitobda asosan shu mavzu haqida soʻz yuritilgan.
***
“Tushunish uchun” oʻqiganda oʻquvchi oʻziga butunlay yot va yangi gʻoyaga duch keladi va uni anglab tushunishga harakat qiladi. Bunda yozuvchining bilim darajasi bilan oʻquvchining bilim darajasi oʻrtasida katta tafovut boʻlib, yozuvchi oʻquvchiga yangi tushuncha yoki goʻyani oʻrgatadi. Mutolaa jarayonida ushbu tafovut qisqarib boradi.
***
Mutolaaga “ikki tomonlama faol fikr almashinivi” sifatida qaralishi darkor. Yozuvchining vazifasi fikrni “joʻnatish”, oʻquvchi esa uni “ilib” olishi kerak. Koʻrib turganingizdek, mutolaa sifati har ikkala tomonning oʻz vazifasini qay darajada faol bajarganiga bogʻliqdir.
Qancha faol oʻqisangiz, kitobni shuncha yaxshi oʻqiysiz. Qancha yaxshi oʻqisangiz, shuncha koʻp savollarga javob topasiz. Qancha koʻp javob topsangiz, atrofdagi olamni ham ajoyib va boshqacha nigoh bilan koʻra boshlaysiz.
***
Mutolaada eng muhimi tez oʻqish emas, toʻgʻri oʻqishdir. YAʼni, qaysi manba qanday tezlikda oʻqilishi kerakligini bilish. Qanchalik tez oʻqish kerak? Qiyin savol. Baʼzi, koʻp vaqt sarflash kerak boʻlmagan kitoblarni normadan tezroq oʻqish kerak boʻladi. Baʼzi kitoblarni esa normadan sekin, shoshmay oʻqish talab etiladi. Eng muhimi, yuqorida aytganimizdek, toʻgʻri tezlikni topa bilishdir.
Sekin oʻqishni oʻrganish shart emas, biroq, tezroq oʻqishni mashq qilishga toʻgʻri keladi.
***
Tanqidning asosiy qoidasi – unga xuddi yaqin doʻsting bilan biror muammoni birgalikda hal qilish uchun konstruktiv ruhda mushohada yuritayotganing kabi yondashish kerak.
***
Oʻylaganini bilaman degan, biroq uni tushuntirib berolmagan odam nima oʻylayotganini bilmaydi.
Maqolani toʻliq mana bu yerdan oʻqishingiz mumkin.

“Tashrif buyurmadim”, shunchaki “keldim”
Xabar va yangiliklarni oʻqiganda, telekoʻrsatuvlarni koʻrganda eng tishga tegadigan iboralardan biri – “tashrif buyurish”. Duch kelgan odamga nisbatan oʻrni boʻlsa-boʻlmasa tashrif buyurdi, deb ishlatib ketilaveradi. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” yozilishicha, tashrif arabcha soʻz boʻlib, asliyatda hurmat, ehtirom; ulugʻlash, sharaflash; marosim; marhamat qilib kelish maʼnolariga ega.
Tashrif va sharafning oʻzagi bir, tashrif buyurish sharaflantirish deganidir. Bu soʻz oʻzbek tilida yuksak martabali mehmonlar, ulugʻ kishilarga nisbatan ishlatiladi. Chunki ularning qadami biz uchun sharafdir.
Masalan:
1. Yurtimizga Malayziya Bosh vaziri tashrif buyurdi.
2. Maktabimizga atoqli olim, akademik Naim Karimov tashrif buyurdi.
Oʻzi haqida gapirayotgan kishi tashrif buyurdim, deyishi esa mutlaqo xato. Hatto u Bosh vazir yoki akademik boʻlsa ham. Bu qoida birinchi shaxs koʻplikka (tashrif buyurdik) ham tegishli. Chunki bunday ifoda nokamtarlik, manmanlik belgisi. “Men borgan edim, qadamim yetib, oʻsha joy sharaflandi”, deganday gap. Masalan:
1. “Men oʻtgan yili sanatoriyga tashrif buyurdim”, deyish oʻrniga: “Men oʻtgan yili sanatoriyga bordim”
yoki
2. “Mana, hozir koʻrsatuvimiz qahramonining xonadoniga tashrif buyurdik”, deyish oʻrniga: “Mana, hozir koʻrsatuvimiz qahramonining xonadoniga kirib keldik”,
deb gapirish toʻgʻri, oʻrinli va farosatli kishiga xos boʻladi.
Endi boshqa bir holatga eʼtibor qaratamiz. “Tashrif” soʻzi feʼlsiz, yakka oʻzi qoʻllanadigan oʻrinlar bor. Masalan:
1. Oʻtgan yili sayt tashrifchilari soni sezilarli oshdi.
2. Muzeyimizga umumiy tashriflar ikki milliontani tashkil etdi.
Bu oʻrinda soʻzning sharaflantirish maʼnosi yoʻq. Oʻzagida bor boʻlsa-da, jonli tilda oʻsha maʼno yoʻqola borgan (tashrif buyurishda ulugʻvorlik, yuksaklik maʼno qirrasi bor). Shu sababli soʻzni bu holatda ishlatishni xato emas, deyish mumkin. Agar kimdir shu soʻzni qoʻllashni juda istamasa, gapni tahrir qiladi:
1. Oʻtgan yili saytga kiruvchilar soni sezilarli oshdi. (Masalan, menga mana shu variant maʼqul. Ifodasi oʻzbekcharoq.)
2. Muzeyimizga keluvchilar ikki million kishiga yetdi.

Imlo qoidalarini oʻrganmoqchi boʻlganlar, bu boradagi bilimlarini tugallashtirmoqchi boʻlganlar uchun mana shu sahifani tavsiya qilaman.
Muallif shu sohada anchagina tajribaga ega.
Orada kitoblar, mutolaa haqidagi qiziqarli maqolalar bilan ham tanishib borasiz.
Kitob – ilm manbai, bahramand boʻling.

👍2
Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar
1995-yilgi “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”da yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi boʻyicha shunday qoida belgilangan:
metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.
Yangilanadigan imlo qoidalarida bunga oʻzgartirish kiritish kerak. Yakka holda ham, qoʻshimchalar qoʻshilganda ham bitta harf yozilishi oʻzbek tili tabiatiga mosroq boʻladi. Hozirgi qoida rus tili imlosidan koʻr-koʻrona koʻchirilgan.
🟢 Imlo talaffuzga qancha yaqin kelsa, tushunilishi ham shuncha osonlashadi.
Hozirgi qoidalarga koʻra yozilganda baʼzida tushunarsiz holatlar kelib chiqadi:
kilogrammi
Bunda nima nazarda tutilgan? “Kilogrammi?” deb soʻrayaptimi yo biror narsaning kilogrami haqida gap ketyaptimi?
Mann, Yohann, Pruss kabi kishi nomlari haqida ham shunday fikr aytish mumkin. Ularni ham Man, Yohan, Prus deb yozgan afzal.
🟢 Xullas, oʻzi talaffuz etilmaydigan va oʻquvchini chalkashtiradigan harfni saqlab qolishga hech qanday ehtiyoj yoʻq.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Islohtalab qoidalar: -ganda va vergul
🔹 Charlzmi yo Karl?
🔹 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin
🔹 Imlo islohi: xalqaro tashkilot va brendlar nomi
🔹 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi

👍9🔥3
Bugun kechroq tvdan chiqdim. Toshkent sitining ichi-yu tashida, er-u koʻkida odam. Shuning hisobiga “Paxtakor”, “Oʻzbekiston” metro stansiyasi, “Lukoyl” ofisi koʻchasida traffic jam. Taksi toʻxtatish uchun ancha kutib qoldim. Termulaman... Qoʻl ushlagan yoshlar, eski va yangi oilalar, faqat qizlar va faqat yigitlar jamoalari, nabirasini yetaklagan va nabirasi yetaklagan yoshi ulugʻlar...
Bir Ota yelkasiga qizini oʻtkazib olib ketardi. Ota xursand, qizaloq ham xursand. Qizaloq qoʻlchalari bilan otasining iyagidan ushlab olgan. Ular mendan oldinga oʻtib, toʻxtashdi. Ular ham taksi toʻxtatishmoqchi boʻlishdi. Qizaloq otasining boshida taksiga ishora qila boshladi.
– Ada, shunaqa qilsam taksi koʻradimi? – qoʻlchalarini bigiz qilib koʻrsatdi ona qizaloq.
– Tepadan zoʻr koʻrinadi.
– Ada, mani boʻyim balaaaan, a?
– Taksi toʻxtamayaptimi?, – soʻradi ota yelkasidagi qizchasi bilan qiynalib menga oʻgirilib.
– 15 minutdan beri turibman, – dedim.
– Ada, tushamaaaan... – qizcha pitirlay boshladi.
– Taksi toʻxtaguncha oʻtirvur, qizim. Oyogʻim ogʻrivotti dedingku...
3-4 daqiqa oʻtgach ular mendan oldinda turishgani uchun taksi birinchi ularga toʻxtadi va qizcha otasining yelkasidan tushdi. Otasi ehtiyotlab uni mashinaga oʻtkazdi va ketishdi.
Men yaqin orada koʻrgan eng chiroyli manzara shu edi. Otaning yelkasida xursand oʻtirgan, baʼzan uning yuzlarini silab qoʻygan qiz. Qizining oyogʻi ogʻrimasligi uchun yelkasiga opichlab olgan ota. Iltimos, Otalar, qizlaringiz katta hayotning katta yoʻllariga chiqishganida ham sizning yelkangiz borligini his qilib yashashsin. Boʻylari baland ekaniga ishonib yashashsin. Sizdan boshqalarning oldida poyi patak boʻlishmasin. Qizlari bor Otalar, sizlar juda baxtlisizlar. Otasi yelkasida koʻtargan Qizlar, sizlar juda baxtlisizlar...
Aziza Qurbonova
@qurbonova_a

🔥1😢1💯1
Himmatni baland tuting, otalar!
Yaqinda Samarqandga borib keldim. U yerda koʻpchilikka oʻrnak boʻla oladigan ajoyib inson bilan tanishdim. Ana shu uchrashuv sababli xayolimga kelgan mulohazalarni siz bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
Suhbatimiz oliy taʼlim mavzusiga koʻchgan payt yangi tanishim:
– Oʻgʻlim psixologiya va dasturlashga qiziqadi, ingliz tilini yaxshi oʻrgandi. Qaysi universitetga topshirsa ekan – shunga oʻylanib turibmiz, – dedi.
– Psixologiya yaxshi, lekin axborot texnologiyalari bugunning ham, ertaning ham eng oldi sohasi. Shuni mahkam tutsa, kam boʻlmaydi. Toshkentdagi Inha universitetini maqtashadi, shuni bir surishtirib koʻring. Lekin shartnoma narxi qimmat – besh ming dollar, – deb maslahat bergan boʻldim.
– Qizimning oʻqishi bilan bir xil ekan-da, – dedi suhbatdoshim.
– Qizingiz qayerda oʻqiydi? – deb qiziqsindim men.
– Toshkentda, Singapur universitetida.
Toʻgʻrisi, ichimda “vah!” devordim, bu himmati baland otaga hurmatim oshdi, qoyil qoldim. Hali qirqqa bormaganday koʻrinadigan, aslida ellikni qoralab qoʻygan bu kishining “yoshligi”ga mana shunday bagʻrikengligi, mehr-shafqati ham sabab boʻlsa kerak.
Qahramonimiz dehqon, asosiy daromadi ekin-tikin va uyda boqiladigan chorvadan ekan. Toʻrt qizi va bir oʻgʻli bor. Ikki qizi oliy oʻquv yurtini tugatibdi, turmushga chiqibdi. Ikki kichik qizi hali talaba ekan. Oddiy dehqon uchun farzandini shartnoma puli 5000 AQSH dollari boʻlgan ilm dargohida oʻqitish qanchalar mushkul ekanini tasavvur qilib koʻring. Oʻgʻil boʻlsa-ku, ertaga ishlab “qaytaradi”: ota-onasi qariganida boqadi, gʻamxoʻrlik qiladi, deyish mumkin. Lekin qizining taʼlimiga har yili shuncha pul toʻlashni hamma ham xohlamaydi.
Ota-onalarning, toʻgʻrirogʻi, otalarning (bobo va buvilarning ham) qiz farzandlarga kam eʼtibor berishi keng tarqalgan holat. Bu faqat xalqimizga emas, odamzod feʼl-atvoriga xos. Chunki naslni oʻgʻil davom ettiradi, yoningda yoʻldosh, belingga quvvat boʻladi. Albatta, tarbiya yaxshi, imoni butun boʻlsa. Qiz farzandlardan topiladigan yaxshiliklar matematik hisob-kitob tarozisiga qoʻyilgan taqdirda ham, oʻgʻilnikidan koʻp boʻlsa koʻpki, aslo kam emas. Ammo buni anglash, tushunish uchun qalb koʻzi ochiq boʻlishi kerak.
Kundalik hayotda hammamiz koʻrib, guvohi boʻlganmiz: tarbiyali, oliy maʼlumotli qizlarning eshigidan sovchi arimaydi. Ota-onada ham, qizda ham ertaga oilani boshqara oladigan, kasb-hunarli, axloqli kuyov tanlash imkoni keng boʻladi. Farzandining tinch-totuv hayot kechirishi ota-ona uchun juda katta baxt. Bunday saodat va halovatning qadri juda yuksak.
Farzandi tarbiyasiga eʼtiborsiz qaragan, sarmoyasini bolasining taʼlim olishi yoki hunar oʻrganishiga emas, sepiga, har xil latta-putta va matohlarga tikkanlar yutqazadi. Ertaga ana shunday arzimas narsalarni muhim sanaydigan kuyovlarga, qaynota-qaynonalarga duch kelganda, ichdan zil ketib, aybni kimdan axtarishni bilmay qoladi.
Umid bilan farzand oʻstirayotgan ota-onalar, ayniqsa, otalar! Farzandingiz tarbiyasi va taʼlimiga diqqatli boʻling. Ulardan mehringizni, gʻamxoʻrligingizni ayamang. Bugun sarflagan mablagʻingiz ertaga albatta mevasini beradi. Qizim oʻqishga kirsa, mendan uzoqlashadi, tarbiyasi buzilishi mumkin, degan vasvasalarga ham ishonmang. Yoshligidan yaxshi tarbiya, halol luqma bergan boʻlsangiz, buning mukofotini albatta olasiz. Bu mening yoki boshqa birovning xulosasi emas, kunda-kunora isbotini topayotgan hayot haqiqati. Hatto koʻzlaganingizdan kamroq natijaga erishsangiz ham xafa boʻlmang, qizlariga mehr-shafqat koʻrsatgan, oq-yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan ota-onalarga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam jannat bashoratini berganlar. Bu esa, eng baland darajadir.
“Moʻminalar” jurnalining 2019-yil 2-sonida chop etilgan.

👍4
Agar oʻqituvchi faqat ishga muhabbatli boʻlsa, u yaxshi oʻqituvchi. Agar faqat oʻquvchini suysa, unga xuddi ota-onasiday mehrli boʻlsa, hamma kitoblarni oʻqigan-u, lekin ishini va oʻquvchilarini yaxshi koʻrmaydigan muallimdan afzaldir. Agar oʻqituvchi oʻzida ishiga va shogirdlariga muhabbatni jam qila olgan boʻlsa, toʻkislik maqomiga erishibdi.
Lev Tolstoy
@oriftolib
Lev Tolstoy
@oriftolib
Ish soʻz bilan oldinga siljimaydi. Gapirish emas, harakat qilish kerak. Muammolarni soʻzdan koʻra amallar yaxshiroq hal etadi.
Jan Batist Molyer
@oriftolib
Jan Batist Molyer
@oriftolib