Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Boshni qotirmaydigan, yengil boshqotirma 😇

Doktor buyurgan dorilar 💊💊💊

Doktor bemorga uchta yoʻtal dori berib, har birini bir donadan yarim soat oralatib ichishni buyurdi. Davolanish boshlangach, bemor oxirgi – uchinchi dorini necha soatdan soʻng ichadi? Unda bor-yoʻgʻi 3 dona dori bor.

👇 Javoblarni izohda qoldirishingiz mumkin.

@oriftolib
Shaxsiy kitoblarni asrash uchun

Taniqli fransuz yozuvchisi, adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori Anatol Frans oʻtkir fikrlari, lutflari, kinoyali-kulgili soʻzlari bilan ham shuhrat qozongan. Jumladan, uning shaxsiy kitoblarni asrash haqidagi ushbu tavsiyasi eʼtiborga molik:

“Kitoblaringizni hech kimga bermang. Aks holda, ularni qaytib кўрмайcиз. Masalan, mening kutubxonamda birovlardan oʻqib turish uchun olingan kitoblargina qolgan, xolos”.


Orif Tolib
tayyorladi.

“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 1-sonida chop etilgan.

@oriftolib
🤣4
– Spektaklga tushib turasizmi? Yoki faqat oʻz asarlaringiz premyerasidagina teatrga borasizmi?

– Men teatrga umuman tushmayman, oʻzimning asarlarimga ham. Chunki teatrlarimizda sahnalashtirilayotgan spektakllar judayam hayotiy.

– Hayotiyligi ijobiy jihati emasmi? Bu soʻzni qanday tushunish kerak? “Maishiylik” debmi?

– Yoʻq, maishiylik boshqa narsa, maishiy mavzuda ham yaxshi asar yozish mumkin. Men boshqa narsani aytmoqchiman. Bugungi pyesalarda har kuni koʻchada koʻrib, eshitib turgan voqealar ifodalanadi. Buni tomoshabinga nima qizigʻi bor? Bu gaplar ertaga eskirib qoladi. Yangilik topish kerak. Voqealar, gap-soʻzlar koʻz koʻrib, quloq eshitib oʻrganmagan boʻlishi zarur.

Yaqinda oʻtgan sanʼat kunlarida Xorazm teatri aktyorlari “Muqimiy” teatrida “Tikansiz tipratikanlar” degan asarimni sahnalashtirdi. Koʻrib uyalib ketdim. Aktyorlarning mahoratini aytmayapman, oʻzimning xatolarimni koʻrib xijolat tortdim. Men oʻsha paytlarda asarimni hayotiy qilmoqchi boʻlgan edim. Axir hayot toʻxtab turmaydi-ku, doimo olgʻa harakatlanadi. Bugun muhim boʻlgan biror bir muammo yoki voqea ertaga eskirishi mumkin. Navoiyni Navoiy qilgan yoki Shekspirni Shekspir darajasiga koʻtargan jihat ana shu eskirmasligida.

Eskirish haqida oʻzimdan bitta misol keltiraman. “Temir xotin”da Qoʻchqor xotinidan: “Bolalar qayerda, maktabdami?” deb soʻrasa, Qumri: “Maktab qoptimi, terim boshlandi-ku…” deb javob beradi. Yosh bolalarni terimga olib chiqish oʻsha paytdagi eng aktual muammolardan, mavzulardan biri edi. Birinchi-ikkinchi sinf bolalari ham hamma narsani yigʻishtirib qoʻyib paxta terardi. Lekin hozir paxta terimi dolzarb mavzu emas.

Sharof Boshbekov bilan suhbatdan

Davomi 👉 bu yerda.
🔥3
Baʼzi soʻzlarning imlosi qiyin. Shunday soʻzlardan misollar berib borishni niyat qildim.

@oriftolib
Orif Tolib
Boshni qotirmaydigan, yengil boshqotirma 😇 Doktor buyurgan dorilar 💊💊💊 Doktor bemorga uchta yoʻtal dori berib, har birini bir donadan yarim soat oralatib ichishni buyurdi. Davolanish boshlangach, bemor oxirgi – uchinchi dorini necha soatdan soʻng ichadi?…
Doktor buyurgan dorilar jumbogʻining javobi

Dastlab xayolga 1,5 soat degan javob keladi.

Lekin sal eʼtibor berilsa, unday emasligi maʼlum boʻladi 🤔. Toʻgʻri javob – bir soat.

Deylik, bemor birinchi xapdorini soat 10: 00 da ichdi. Ikkinchisini 10: 30 da ichadi, uchinchisini esa – 11: 00 da. Jami ketgan vaqt – 1 soat.

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Shu soʻzlarni yozishda xatoga yoʻl qoʻyadiganlar koʻp.

Qanday yozilishini esda saqlab qolishga harakat qiling.

@oriftolib
Istaging qancha koʻp boʻlsa, koʻngling shuncha koʻp qoladi.

Bengal maqoli
👍4
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Talabalik yillarimda totalizatorlarning doimiy mijozlariga aylangan tengqurlarimni koʻrganman. Koʻpincha topgan-tutganlarini, stipendiyalarini yutqazib yurishardi. Hatto kontrakt pulini boy berib qoʻyganlari ham boʻlgan.

sof.uz saytida mavzuga aloqador yaxshi bir maqola chiqibdi. Bukmekerlik nima, pul tikib rostdan boyib ketish mumkinmi, qancha yutsa yoki yutqazsa boʻladi – barchasi jaydari tilda tushuntirib berilibdi.

Oʻqib koʻring, mulohaza va xulosa qiling.

@oriftolib
👍1
Darvesh

Shoir Abduvali Qutbiddin vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Alloh rahmatiga olsin.

Kitoblarda darveshlar haqida oʻqigandim-u, ularga xos feʼl-atvorli odamni hayotda uchratmagandim.

Men Abduvali akani ilk bor sheʼrlari orqali taniganman. Modernistik uslubdagi sheʼrlari murakkabroq, tushunilishi qiyin tuyulgan menga. Lekin mana shu qiyinlik tafakkurni oʻtkirlaydi, tuygʻuni anglashni oʻrgatadi.

“Yoshlik” jurnalida ishlab yurganimda Abduvali Qutbiddin bilan shaxsan tanishdim. U kishining bir turkum sheʼrlarini tahririyat tashabbusi bilan jurnalda bergandik. Bir kuni ishxonaga Abduvali aka kirib keldi, ozgina gurung berdi. Eski qadrdonligi sabab rahbarimiz Nodir Jonuzoq bilan koʻproq gaplashdi. Oʻshanda shoir haqidagi tasavvurlarim mutlaqo oʻzgardi.

Qarshimda tirik darvesh oʻtirardi. Ochiq koʻngilli, samimiy, begidir, sodda. Koʻzlarida bolalarga xos ishonuvchanlik, begʻuborlik bor. Dunyo ishlaridan, turli oʻyinlaru mugʻombirliklardan ozurda qalb ovozini eshitganday boʻldim. Murakkab ifodali, qavatma-qavat, tafakkurni “majburiy mehnat”ga yoʻllaydigan sheʼrlarni goʻyo boshqa bir shoir yozganday. Xullas, kitobdagi Abduvali Qutbiddin biroz “yopiq” uslubi bilan oʻziga xos boʻlsa, hayotdagisi mutloq ochiqligi bilan oʻziga xos edi.

Oʻsha suhbatdan keyin taassurotimni Nodir akaga ham aytgandim. “Abduvali Qutbiddin tirik darvesh ekan-ku. Bu feʼl-atvor bilan qanday qilib rasmiy gazetada ishlar ekan-a”, degandim. Toʻgʻrisi, bunday tabiatli shoirni birinchi marta koʻrib turgandim.

Yaxshi odamlarning oʻrni hamisha bilinadi. Ularni tanish-tanimasligimizdan qatʼi nazar.

Menda yorugʻ xotiralar qoldirgan ajoyib bu shoirning vafoti haqida eshitib, qaygʻuga tushdim. Yaqinlariga Alloh sabr bersin. Abduvali akaning haqqiga duo qilaman.

@oriftolib
👍6
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
👍1
Bugun inglizcha ajoyib bir gap oʻqib qoldim, mazmuni bunday:

Dam olish kunlari Xitoyda ishlab chiqarilganga oʻxshaydi, koʻpga bormaydi.

Menga juda yoqdi. Dam olish kunlari haqiqatan juda tez oʻtib ketadi.

PS. Ammo hozir Xitoy mahsulotlarining sifati ancha oshgan, uzoqroqqa chidayapti. Imkoni boʻlsa, men ham “besh kun – dam, ikki kun – hordiq” degan tartibga oʻtardim. 😉

@oriftolib
👍5
Yaxshi asarlar

Yaxshi asar inson qalbiga, dunyoqarashiga, fikrlashiga taʼsir oʻtkaza oladi.

Hatto tuygʻularni ham tarbiyalaydi. Chunki biz baʼzi tuygʻularni chala his etgan yoki his qilgan-u, unutvorgan boʻlishimiz mumkin. Ayrimlariga esa koʻnglimiz yuzma-yu kelmagan, ammo u tomirlarimizda, genlarimizda yashayapti. Mahorat, isteʼdod va butun qalb bilan yozilgan asarlar ana shu tuygʻularni uygʻotadi, harakatga keltiradi, bizga ularni tanitadi. Bu kabi kitoblarni oʻqiyotganda soʻzlardagi sehr, ifodalardagi teranlik, fikrlardagi ohanrabodan hayratga tushasan, qanday qilib shunday asar yozish mumkin deb hayratlanasan. Muallifga ich-ichingdan qoyil qolasan.

Aslida, bu ham bir qonuniyat. Ijod jarayonida yozuvchining qalbi ochilgan, u gʻoyibona oʻquvchisi bilan samimiy, rost suhbat qurgan, fikru oʻylari, kechinmalariga favqulodda chuqur nazar tashlagan. Albatta, muallif yetarlicha bilim va salohiyatga ham ega. Buni ilhom deb atash mumkin.

Ilhom bilan yozilgan asarlar kitobxonga albatta taʼsir qiladi. Mabodo ijodkor boʻlsangiz, bunday kitoblar mutolaasi sizga yangi bilim, tushuncha beradi, tuygʻuni ilgʻash qobiliyatingizni kuchaytiradi. Yangi bir fikr tugʻilishiga, ayni mavzudagi yoki umuman boshqa bir mavzuda nimadir yozishingizga turtki beradi.

Bu gaplar faqatgina badiiy adabiyotga tegishli emas. Turli sohalarga oid, deylik, psixologiya, fizika yoki astronomiyaga oid chuqur bilim va isteʼdod bilan yozilgan asarlar mutolaasi ham koni foyda. Siz matematikmisiz, shoirmisiz, muhandismisiz, dehqonmisiz – farqi yoʻq. Muhimi, bu kitoblarni anglab, oʻzingizga singdira olsangiz boʻldi.

Kitob javonimizda yoki elektron qurilmamizda shunday teran asarlar koʻpayaversin. Shunga mos ravishda oʻqish va uqishga ragʻbatimiz ham ortib borsin. Munosib kitoblarni saralash koʻnikmamiz shakllanib, vaqtimiz va ishtiyoqimizni asrab-qoʻriqlab tursin. Yaxshi asarlar ongimiz va qalbimizni boyitaversin.

Barchangizga yoqimli mutolaa tilayman.

@oriftolib
👍2
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Magadanda soʻngan mashriq yulduzi

... Ulugʻ adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov nutq irod etarkan, bir tarixiy dalilni oshkor etdi: “Abdulhamid Choʻlpon bilan birga Elbek oʻzaro qoʻl tashlashib, millatni erkka chorlashga, hurriyatga undashga, bu yoʻlda neki qiyinchilikka duch kelsa, mardona turib berishga ahdlashgan ekan...”.

Ulugʻ olim Elbek haqida soʻzlarkan, bir necha bor toʻlqinlanib, hatto koʻziga yosh oldi. Elbekning ayniqsa uzoq Magadandagi Kolima lagerlaridan birida butun badanini sovuq oldirib qoʻyganiyu, kasalxonada yotganida, uni koʻrgani kelgan, hukm muddati tugab, vataniga qaytish arafasida turgan buxorolik A. Bozorovga koʻzida yosh bilan aytgan gaplarini eslaganda butun zal titradi. Bu saroyning sovuqligidan emas, olimning chin dildan, oʻzi koʻrgandek soʻylashidan edi. Elbek tintuv va surishtiruv paytida hech kimni sotmagani, hech kimni yomonotliq qilmagani ham bir jasorat aslida. Sadoqat va vafo koʻrsatib, millatga qayishish, xalqning ertangi kuni uchun oʻzining shirin jonidan kechish uchun shunchaki mardlikning oʻzi kamlik qiladi. Shunchaki vatanparvarlikning oʻzi yetarli emas. Buning uchun Elbek boʻlish kerak, Elbek kabi yashash va istiqlolni qatʼiy qonun darajasiga koʻtarish lozim!

Elbek nomi eslanganda, tabiiy ravishda Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy kabi millatning ziyoli qatlami qatagʻon qilingan 1930-yillar hamda oʻsha kezda roʻy bergan mashʼum jarayon yodga tushadi. Ular mamlakat erkin, xalqi ozod boʻlishini istagandi. Ayrim vatandoshlari kabi koʻnglidagi shiddatni, yovga boʻlgan nafratni mutelarcha ichiga yutmagan, aksincha – koʻngil amriga bosh egib, hurriyat uchun kurashga chogʻlangandi...

***

Elbekning jiyani Mardon Yunusov:

– Men shunday buyuk vatanparvar, jasoratli amakim boʻlganidan doim faxrlanganman, bugun gʻururdan koʻzimga yosh keldi. Bolalik yillarimni eslayman. Elbekning kitoblari yoki sheʼrlarini oʻqish u yoqda tursin, ismini tilga olish mumkin emasdi. Hatto u tufayli qarindoshlariga ham jismoniy va maʼnaviy zugʻumlar koʻrsatilgan. Otam akasining ijodiy mulki, kitoblari yoʻqolib ketmasligi, mustabid davr korchalonlari qoʻliga tushib, yonib kulga aylanmasligi uchun qishloq chekkasiga yashirincha borib, birov bilmaydigan toshlar orasiga koʻmib, yashirib kelganini bizga aytib berardi.

Elbek qamoqqa olingan paytda otamga qoʻlidagi soatini yechib bergan ekan. Oʻshanda akasining koʻziga qaragan va shoir nigohidagi vidolashuv tomchilarini koʻrib, otam yigʻidan oʻzini toʻxtatolmagan ekan. Ana shunday qora kunlarni padarimiz chuqur qaygʻu va afsuslar bilan eslardi. Kun kelib, haqiqatga yuzaga chiqishiyu, Elbekning avlodlari bugungiday hurmat va ehtiromdan yayrab yashashini u paytlar xayolga ham keltirib boʻlmasdi. Shukrki, mana, davrada koʻplashib, mard bobomizni eslab oʻtiribmiz. Nazarimda, bunday tadbirlar faqat Xumsonda yoki Toshkent viloyatida emas, butun respublikamizda oʻtkazilishga arziydi...


Zohijon Olov,
“Magadanda soʻngan mashriq yulduzi” maqolasidan

@oriftolib
👍5
Shahd bilan shaxtning farqi bor

Koʻpincha shaxt soʻzi oʻrnida shahd, shaxdam soʻzi oʻrnida shahdam soʻzi ishlatilaveradi. Bu – xato. Chunki ikki soʻzning maʼnosi mutlaqo farq qiladi.

Izohli lugʻatga koʻra, shaxt soʻzi ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Biror ish-harakatni bajarishga intilish, berilish holati, darajasi.

Mamat polvon, deyman, yutqizgan kishiday shaxtingiz past.
S. Anorboyev, “Mehr”.

2️⃣ Birdan, shartta, dadil.

Birdaniga yuragi hovliqib, shaxt oʻrnidan turib, yoʻlga tushdi.
O. Husanov, “Qoʻshiqchining taqdiri”.

Shahd soʻzi arab tilidan kirib kelgan va asal maʼnosini beradi. Shahdu shakar – asal va shakar degani.

U shahd bilan oʻrnidan turdi – U asal bilan oʻrnidan turdi.

❗️ Maʼno shunaqa kulgili chiqib qoladi. Demak, shiddat, dadillik maʼnolarida faqat shaxt soʻzini qoʻllash kerak.

👉 Shahdam soʻzi esa aslida yoʻq. U shaxt soʻzini shahd bilan adashtirish natijasida kelib chiqqan. Shaxdam soʻzi bor, u “shaxt”dan yasalgan. Keyingi tovush unli boʻlgani sababli t tovushi d ga aylangan. Shaxdam soʻzi tez va dadillik bilan qilingan; tetik, dadil maʼnolarini beradi:

Adolat erining yuzlariga qarashga botinmay, bogʻga chiqadigan eshik tomon yurdi va shaxdam qadam tashlab dalaga joʻnadi.
Sh. Rashidov, “Boʻrondan kuchli”.

Vaziri aʼzam yigitdek shaxdam oʻrnidan turdi.
S. Siyoyev, “Avaz”.

@oriftolib
👍7
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Tanqidiy fikrlashga koʻmaklashuvchi savollar

Khan Academy Oʻzbek blogida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga oid qiziq bir maqola oʻqib qoldim. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol, ikki qismli, birinchisi bu yerda, davomi esa manavi yerda.

Tanqidiy fikrlash har qanday soha va yoʻnalish taraqqiyotining asosi. Hatto tovuqkatak qurayotganda ham oʻziga “Nima uchun?”, “Qanday qilib?” va “Agar… boʻlsa, unda…” kabi savollarni bergan odamning ishi boshqalarnikidan pishiqroq chiqadi, qulaylik va yangiliklarga ega boʻladi. Bugungacha qilingan kashfiyot va ixtirolar, betakror ijod namunali zamirida ana shunday izlanishlar, yangilikka intilish istagi yotadi.

Maqolada berilgan baʼzi savollar oddiyroq koʻrinishi mumkin, lekin javobi hamisha ham oddiy va joʻn emas. Fikrlab, variantlar topish mumkin.

Yoʻnalishi yaqinroq boʻlgani uchun ingliz tiliga oid tanqidiy fikrlash savollarini keltiraman. Qiziqsangiz, qolganlarini blogdan oʻqib olasiz:

1️⃣ Sizningcha, nega insonlar va millatlar oʻz tajribalari va koʻrgan-kechirganlari haqida hikoya qilishni yaxshi koʻradi?

2️⃣ Asarlarni qanday xususiyatlariga koʻra “yaxshi” va “yomon”ga ajratasiz?

3️⃣ Qanday qilib oʻz soʻzlashuv uslubingizni yaratasiz? Uni boshqa biror kishiga qanday qilib oʻrgatgan boʻlardingiz?

4️⃣ Siz ____________ (biror soʻz yoki tushuncha) ni ilgari eshitmagan odamga qanday taʼriflab berasiz?

5️⃣ Yagona global tilga ega boʻlish bir nechta tilda soʻzlashishdan koʻra afzalmi? Nega?

6️⃣ Boshqalarning oʻrganishi va tushunishini osonlashtirish uchun oʻz ona tilingizni qanday rivojlantirgan boʻlardingiz?

7️⃣ Agar vafot etgan yoki hozirda hayot boʻlgan biror yozuvchidan maslahat olish imkoniyatingiz boʻlsa, kimni tanlar edingiz? Undan nimani soʻragan boʻlardingiz?

8️⃣ Biz uchun muhim boʻlmagan biror aloqa shakli bor, deb hisoblaysizmi? U qaysi? Nega u nisbatan keraksizroq, deb oʻylaysiz?

Xoʻsh, siz oʻz bilim-koʻnikmalaringizni yoki sohangizni rivojlantirish uchun qanday tanqidiy savollar qoʻyasiz? Bunday savollar amalda foyda berganmi? Fikringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib