Orif Tolib
12.5K subscribers
1.17K photos
105 videos
9 files
1.98K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Orif Tolib
​​Rassomchilikmi yo rassomlik? Muharrirlar-u yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, xullas, soʻz bilan ishlaydigan odamlar orasida tarqalgan bir qarash bor: rassomchilik emas, rassomlik boʻlishi kerak. Rassomlik variantini yoqlaydiganlar bu soʻz mazmunida -chi…
Minnatdorchilikmi yo minnatdorlik?

Kitoblar, gazeta-jurnallar, saytlarda turlicha yoziladigan, mutaxassislar orasida bahs-munozaraga sabab boʻladigan soʻzlar juftligining yana biri: minnatdorchilik va minnatdorlik.

🟢 Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

-chilik qoʻshimchasi faqat ish-faoliyat, sohaga oid soʻz yasaydi deb oʻylash xato. Bu qoʻshimcha asosdan anglashilgan narsa-hodisa, belgiga xos holatni bildiruvchi ot ham yasaydi: maʼmurchilik, toʻkinchilik, arzonchilik, pishiqchilik, qurgʻoqchilik, qiyinchilik.

Tilshunos Azim Hojiyev -lik va -chilik qoʻshimchalaridagi maʼno farqlarini quyidagicha koʻrsatadi:

Masalan, mehribonlik — mehribon sifatidan yasalgan belgi oti, yaʼni mehribonga xos his-tuygʻu, mehribonchilik esa shunday his-tuygʻuning ifodasi boʻlgan holat, shunday his-tuygʻuli munosabat maʼnosini bildiradi.


Xuddi shu asosga tayansak, minnatdorlik – his-tuygʻu, minnatdorchilik esa shu his-tuygʻu bilan bildirilgan munosabat deb tushunish mumkin.

❗️ Qiyoslang:

Uning koʻnglida minnatdorlik hislari joʻsh urdi.
Toʻgʻrisi, bunday minnatdorchilikni kutmagan edim.


Demak, minnatdorlik shaklini ham, minnatdorchilik shaklini ham qoʻllayverish kerak. Koʻp hollarda ularni bir-birining oʻrnida ishlatsa boʻladi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍38🔥11💯9
“Ittifoqo” nima degani?

Bu soʻz asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Asli arabcha bu soʻz kutilmaganda, tasodifan, toʻsatdan maʼnolarini anglatadi:

Ittifoqo uchrashib qoldik.

Ittifoqo bu masalaga eʼtibor qaratdi.

Bu soʻzdan soʻng koʻpincha vergul qoʻyishadi. Aslida vergul kerak emas.

@oriftolib
👍32🔥8
Ona tili va adabiyoti | | Izamov
Talabgor kirish qismida yana savol bilan o’z - o’zidan yechim talab qilishi esa umuman mantiqqa to’g’ri kelmaydi!
Yosh tilshunos Akmaljon Izamov essening kirish qismida yoʻl qoʻyilayotgan xatolardan biri haqida toʻxtalibdi.

Internetda tarqalgan, talabgorlar yozgan baʼzi esselarni koʻrib chiqdim. Ular ichida namunali deb maqtalgan, yaxshi baho olganlari ham bor. Toʻgʻrisi, bu esselarni ancha boʻsh deb hisoblayman. Bir qolipdagi, birmuncha sayoz esselar paydo boʻlishida baholash mezonlarining ham oʻrni bor.

Milliy sertifikat imtihonlarining esseni baholash talablari va mezonlarini oʻrganib chiqdim. Hozir shunga oid kattaroq hajmli ilmiy maqola tayyorlayapman. Nasib qilsa, tez orada eʼlon qilinadi.

Akmaljon singari amaliyotchi oʻqituvchilar bu mavzuning turli jihatlarini yoritib borsa, ayniqsa amaliy jihatlariga koʻproq urgʻu bersa, nur ustiga nur boʻlardi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍52💯11🔥8
🤣72😢30👍26😱12🤨8🔥2
Orif Tolib
Shikva qilmoq bu – ...
Bormi ogʻriq ))

Baʼzi odamlarni test qitiqlar ekan 😁
🤣188👍13🔥5😱5
Yetish tushishni anglatmaydi

Bugun OAVda eʼlon qilingan sarlavha:

Dushanbadan dollar kursi qanchaga yetishi aniq boʻldi

Vaholanki, AQSH dollari 19,27 soʻmga tushib, 12 615,07 soʻm etib belgilandi. Yetish soʻzi kurs koʻtarilishini anglatadi. Aslida esa u pastlagan. Natijada real holatga ters mazmundagi sarlavha hosil boʻlgan. Sarlavhani mana bu kabi shakllarda berish toʻgʻri boʻladi:

Dushanbadan dollar kursi qancha boʻlishi belgilandi
Dushanbadan dollar narxi qancha boʻlishi belgilandi
Dushanba kuni dollar narxi biroz tushadi


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍31🤣6🔥2💯1
“Boshdan kechirish” salbiy maʼno qirrasiga ega

Bugun kun.uz da bir reklama materialiga koʻzim tushib qoldi. Sarlavha:

“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmogʻi tez oʻsish davrini boshdan kechirmoqda

Bu yerda nima xato? Ijobiy mazmun koʻzda tutilgan sarlavhada boshdan kechirmoqda iborasini ishlatish toʻgʻri emas. Bu ibora oʻz hayotida koʻrmoq, tajribadan, sinovdan oʻtkazmoq, bilmoq kabi maʼnolarni bildiradi va koʻproq qiyinchilik, azob-uqubat, kasallik mazmuni bilan birga keladi. Internetda shu ibora bilan qidirib koʻring, sanalgan maʼnolarga mos misollar chiqib keladi: 1-misol, 2-misol.

Ibora neytral maʼnolarda qoʻllanadigan oʻrinlar ham yoʻq emas, masalan, sarguzashtlarni boshdan kechirdi deyilganda yuqoridagi kabi maʼnolar yoʻq. Ammo asosan salbiy mazmundagi soʻzlar bilan kelgani uchun bu iborani oʻqigan-eshitganda kishida shunga mos ongosti tasavvuri jonlanadi.

Jumlaga boshqa kichikroq bir tuzatish ham kiritish kerak. Gap tarmoq haqida ketyapti. Tarmoqning rivojlanishini ifodalash uchun oʻsish emas, kengayish soʻzini ishlatgan maʼqul. Lekin gap brend haqida ketyapti, tarmoq maʼnosi ustun emas deyilsa, oʻsish soʻzini qoldirsa ham boʻladi.

🟢 Qissadan hissa: kopirayterlar tilni chuqur bilishi, soʻzni his qilishi muhim.

Yuqoridagi sarlavhani mana bunday tahrirlash mumkin:

“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmogʻi shiddat bilan kengaymoqda

“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmogʻi tobora kengroq quloch yoymoqda

“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmogʻining qamrovi tezlik bilan kengaymoqda


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍42🔥38🤣1🤨1
🤨50👍25💯19😢17🔥10🤣5
#Sheʼriy_lahzalar

TUTQUN

G‘animlar tahqirlab beshafqat,
Onangdan ayrilding, dedilar,
Tutqunning ko‘zida, betoqat,
Qatra yosh ko‘rmoqchi edilar,
Qatra yosh...
Mag‘rur qoldi mag‘rur bosh.

Ko‘z yoshlar boisi – g‘am, alam,
Yoringdan ayrilding, dedilar.
Ko‘ziga boqdilar shod, xurram –
Qatra yosh ko‘rmoqchi edilar,
Qatra yosh...
Mag‘rur qoldi mag‘rur bosh.

Qasoskor xabarlar bilmas had,
Vatandan ayrilding, dedilar
Va uning ko‘zida so‘nggi dard –
Qatra yosh ko‘rmoqchi edilar,
Qatra yosh...
Bir qalqdi... Jon edi o‘sha yosh!

1971

Azim SUYUN


Beshinchi yoki oltinchi sinflik paytimda Azim Suyunning “Bahodirning qilichi” sheʼrini oʻqib qattiq taʼsirlangan edim. Bugun Gʻiyosiddin Oʻnar uning yuqoridagi sheʼrini ulashib, maktab davrlarimni esga soldi.

Telegramda Azim Suyun ijodiga bagʻishlangan sahifa ish boshlabdi. Shoir sheʼriyatiga qiziqqanlarga tavsiya qilaman:

👉 @AzimSuyun_ijodi

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍27🔥8
Yuravergan har qanday yoʻlni yengadi.

Qalmiq maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Kanaldagi havola va iqtiboslarning uslubini, fon rangi va boshqalarni oʻzgartira olishim uchun premium obuna egalari ovoz berishi kerak ekan. Qoʻllavorarsizlar:

https://t.iss.one/boost/oriftolib
“Kimsan” aslida kim?

Bugungi tilimizda kimsan soʻzi ikki xil maʼnoda: birinchisi “Oʻzing kimsan?” deb soʻrash maʼnosida, ikkinchisi kishining ismi maʼnosida ishlatiladi. Bu soʻzni ism maʼnosida ishlatganimizda ham asosan soʻrash mazmunidagi “Kimsan?” maʼnosida tushunamiz.

Nahotki ajdodlarimiz chaqaloqqa “Sen oʻzi kimsan?” deganday Kimsan degan ism qoʻyishgan boʻlsa deya ajablanamiz. Oʻtmishda ham, hozir ham “Kimsan” ismi xalqimiz orasida mavjud. Biroq bu soʻzning kishi ismi sifatida qoʻllanishiga, ehtimol, boshqa narsa sabab boʻlgandir? Soʻrab-soʻrab Makkani topishibdi deganlariday Kimsanning kimligini “Navoiy asarlari lugʻati”dan aniqladik. Unda izohlanishicha, kimsan (kimson) – oltinga oʻxshash sariq yaltiroq modda (bronza), uni maydalab narsalarga oltin tusli boʻyoq berish uchun ishlatishgan ekan.

Tilimiz tarixida kimsanligʻ (kimsonligʻ) degan soʻz ham ishlatilib, u kimsan (bronza) bilan hallangan, yaltiroq maʼnosini bildirgan.

Demak, Kimsanboy shunchaki “Kimsan?” emas, u oltin boʻlmaganda ham, oltinga oʻxshash sariq yaltiroq modda.

Lazar Budagov lugʻatida kimsan soʻzi arab yozuvida kimson deb koʻrsatilib, kimsen, kimsend shakllarida berilib, u chigʻatoycha boʻlib, oltin rangli teri, shishani boʻyaydigan oltin rangli boʻyoq deb izohlangan.

Eshqobil Shukur

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Bir martalik: -lik sifat ham yasaydi

-lik qoʻshimchasi bilan bogʻliq xatolarni tuzatishda davom etamiz. Bu qoʻshimcha faqat ot yasamaydi, u nisbiy sifatlar ham yasaydi. Toʻgʻri, bunday sifatlar u qadar koʻp emas, lekin yoʻq ham emas.

-lik qoʻshimchasi yordamida yasalgan sifatlarga misollar: urugʻlik chigit, fargʻonalik talaba, shaharlik qiz, togʻlik kuyov, bir kunlik toʻy, yarim yillik hisobot.

Bu qoʻshimcha paytga nisbat beruvchi sifatlarni yasashi koʻproq uchraydi. Bir martalik birikmasi ham xuddi shunday nisbiy sifatdir.

📌 Demak:

Bir martalik sochiq
Bir martali sochiq

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Ichimlik suv
🔹 Pulli va pullik: qay biri toʻgʻri?
🔹 Kelinlik uy va kelinli uy
🔹 Raqobatbardosh va raqobatbardoshlik
🔹 Minnatdorchilikmi yo minnatdorlik?
🔹 Rassomchilikmi yo rassomlik?
🔹 Boshyorar muammo: oʻringa nisbat beruvchi sifatlar imlosi

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
oriftolib.uz sayti yangi materiallar bilan boyitildi

Saytga yangi materiallar qoʻshildi. Veb sahifa maqolalarni izlash, bir mavzuga oid turkum materiallar bilan tanishishda telegramga nisbatan ancha qulay.

oriftolib.uz dagi asosiy ruknlar:

🔹 Ijod
🔹 Jurnalistika
🔹 Ilmiy ishlar
🔹 Dars
🔹 Audio, video
🔹 Muallif haqida


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
#Amaliyot

Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

Google telefonning zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Atamalarni oʻzbekchalashtirish boshlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 62-son bayoni bilan 40 ta xorijiy atama oʻzbekcha muqobillariga almashtirildi.

Mutaxassislar atamalarni tanlashda tegishli soha vakillari bilan muntazam muloqotda boʻldi. Xorijiy atamalar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamadan oʻtkazildi, tilimiz taqdiriga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimizning takliflari hisobga olindi.

Bu ish oʻttiz yil oldin boshlangan va toʻxtab qolgan edi. Mustaqillikning ilk yillaridagi saʼy-harakatlar sabab ancha-muncha atama oʻzbekchalashgan. Masalan, menga juda yoqadigan soʻzlardan biri – tuman oʻtgan asr toʻqsoninchi yillarida muomalaga kiritilgan. Boshida biroz singishi qiyin kechdi, yigirma yillar oldin ham katta yoshlilar orasida rayon soʻzini ishlatadiganlar koʻp edi. Lekin bugun deyarli hamma tuman soʻzini qoʻllayapti.

Toʻgʻri, toʻqsoninchi yillarda tayyora, tayyoragoh, ovoznigor, durovoz, majalla kabi oʻzbekchaga mos boʻlmagan, shoshib tanlangan atamalar ham taklif qilingan. Ular tilga singmadi va tajriba oʻlaroq qolib ketdi. Bu – tabiiy jarayon.

Yangi taklif qilingan 40 ta soʻz ichidan qanchasi tilga singib ketadi – vaqt koʻrsatadi. Lekin bu yoʻlda harakat boshlanganining oʻzi quvonarli. Endi zamonga mos qadam tashlash kerak. Iloji boricha yangi, tilga endi kirib kelayotgan atamalarni oʻzbekchalashtirish zarur. Shunda ularni qabul qilish ham, tilga singdirish ham osonroq kechadi.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
#Amaliyot

Andijonda o‘qituvchilar taʼmirlagan maktab direktori ishdan olindi


Jumlada oʻqituvchilar maktab direktorini taʼmirlaganday boʻlib qolgan. Mazmunni yaxshiroq ifodalash uchun variantlar:

Andijonda oʻqituvchilari taʼmirlashda qatnashgan maktabning direktori ishdan olindi

Andijonda oʻqituvchilari “hashar”da qatnashgan maktabning direktori ishdan olindi

Andijonda maktab taʼmirlagan oʻqituvchilar sabab direktor ishdan olindi

Andijonda oʻqituvchilar qatnashgan taʼmir sabab maktab direktori ishdan olindi

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2
Qanday savollar zoʻr intervyu olishga yordam beradi?

Kanada jurnalistikasining afsonasi Jon Savotskiy bu asosiy tamoyillarni YouTubeʼda intervyular avjiga chiqishidan ancha oldin shakllantirgan. Biroq ular hozir ham aʼlo darajada ishlaydi.

Suhbatdoshga qanday savollarni bergan maʼqul:

1️⃣ Ochiq savollar. Ular suhbatdoshni mohiyat haqida oʻylashga va javob berish uchun kuch sarflashga undaydi, batafsil tushuntirish olish va uning nuqtayi nazarini eshitish imkoniyatini oshiradi. Yopiq savollar esa, aksincha, “ha” yoki “yoʻq” bilan cheklanishga yoʻl ochadi.

Siz uchun qoʻrqinchli boʻldimi?

Nimani his qildingiz?

2️⃣ Betaraf savollar. Sharhlar, shaxsiy baholashlar, taxminlar, farazlar, boʻrttirishlar, yorliqlar yopishtirish – yaxshi savolda bularning hech biriga oʻrin yoʻq. Agar savollar biror javobga yoʻnaltirsa yoki shaxsiy fikr bilan ifodalansa, suhbat markaziga suhbatdosh emas, intervyu muallifi chiqib qoladi.

Hozir ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini oldi-qochdi marafonlar bilan aldayotgan infoloʻttibozlar koʻpayib ketgan. Shu fikrga qoʻshilasizmi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi marafonlar haqida nima deysiz?

3️⃣ Oddiy savollar. Savol murakkab boʻlmasligi va faqat bir jihatga tegishli boʻlishi kerak. Bitta soʻrovdagi bir nechta savol suhbatdoshga qulay savollarga javob berish va noqulaylaridan qochish imkonini beradi.

Parranda suti asosida H5N1 parranda grippi shtammiga qarshi emlama ishlab chiqish uchun davlat ajratgan mablagʻlar ulushi qancha va bu vaksinani ishlab chiqish qisqichbaqa dumidan olinadigan doriga nisbatan samaraliroq va arzonroq ekani rostmi?

Parranda grippiga qarshi emlama ishlab chiqish uchun byudjetdan qancha mablagʻ oldingiz?

© “Initsial”dan tarjima

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Savobi uzoq vaqt kelib turadi

Bugundan “Tashabbusli byudjet” loyihalariga ovoz berish boshlandi. Sizga ham tanish-bilishlar havola joʻnatgandir. Balki, oʻzingizning mahallangiz, maktabingiz tashabbus bilan qatnashayotgandir. Bunda, albatta, oʻsha loyihalarga ovoz berasiz.

Hatto ikki litr yogʻ yoki kola uchun ovoz berish ham har kimning oʻz haqqi. Ammo ovoz berishda sizga savobi uzoq yillar tegib turadigan usulni tanlasa ham boʻladi. Bu – yoʻllar, taʼlim dargohlari qurilishiga xolis ovoz berishdir. Maktab qurishga ovoz berish uning binosiga bir gʻishtmi, oʻn gʻishtmi, yuz gʻishtmi yordam qilishday gap – qad koʻtaradigan dargoh uzoq yillar xizmat qiladi, bundan sizga ham savob tegadi, inshaalloh.

Shu satrlarni yozyapman-u, sovet zamonida qurilgan ikki smenali maktabda oʻqiganim, qish oylari qorongʻida uyga qaytganim, uydagilar xavotir olib oʻtirgani esimga tushyapti. Toʻgʻri, Uchkoʻprik tumanidagi men tahsil olgan 34-maktab mustaqillik yillarida qayta qurildi. Lekin sigʻim oʻzgarmadi – bolalar oʻsha-oʻsha ikki smenada maktabga qatnayverdi. “Tashabbusli byudjet”ning bu mavsumida maktabga qoʻshimcha bino qurish loyihasi qoʻyilibdi. Imkoni borlarni shu loyihaga ovoz berishga chaqiraman. Keng va yorugʻ sinflarda oʻqiydigan bolalar, oʻzidan ham koʻra oʻquvchilari uchun koʻproq sevinadigan ustoz-muallimlarning duosini oling:

👉 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/52/c82c2c93-1c5f-4de4-8669-79bbd0068713

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz