Orif Tolib
11.2K subscribers
1.14K photos
104 videos
8 files
1.95K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Balki xato emas, balkida xatodir

Yaponcha ismni eslatadigan yokida degan soʻzning oldiga boshqa bir dumli soʻz qoʻshilibdi: balkida. Balki soʻziga -da qoʻshimchasi qayoqdan yopishdi – hayronman. Balkidaning ohanrabosi bormi, nima balo, odamlarning, ayniqsa yoshlarning tiliga oʻrnashib olyapti.

Biror podkast koʻrib yo eshitib oʻtirgan boʻlsangiz, “Balkida ilm olishga sharoit boʻlmagandir”, “Balkida mutolaaga ham eʼtibor berish kerak”, “Balkida falon, balkida piston” kabi gaplar quloqqa chalinib qoladi. Balki soʻzi ot emas, u oʻrin-payt kelishigini olmaydi, -da yuklamasini ham olmaydi! Soʻz ortiga keraksiz qoʻshimchani tirkashga hojat yoʻq!

Qissadan hissa: balkida xato, uni ishlatmang. Faqat balki shaklidan foydalaning.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍95🤣34💯18🔥8🤨2😱1
👍17🔥16💯5
😱27🔥13👍8💯4
👍24💯9🤣6😱4
👍21🔥16💯11🤣11🤨6
Hammasi ayon boʻlib qoldi…

Detektiv asarlari bilan dunyoga mashhur Artur Konan Doyl bir kuni yirik bankirlarga telegramma joʻnatadi. Yozuvchining hazil xabarnomasi qisqagina edi: “Hammasi ayon boʻlib qoldi. Tezda yashirining”.

Ertasi kuni xabar joʻnatilgan 12 nafar bankirning barchasi Londondan juftakni rostlaydi...

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
5🤣136👍19🔥3💯3
💯45😢7🤨5🔥4👍3🤣1
💯54👍18🤣9🤨6
✏️ Eng yaxshi muharrirlar 20 taligi e’lon qilindi

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek tilida faoliyat yuritadigan eng yaxshi muharrirlar 20 taligini e’lon qildi.

Ro‘yxat soha mutaxassislari va jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali shakllantirilgan.

E’tirof etilgan muharrirlar orasida Prezident spichrayteridan boshlab matbuot, internet va nashriyot xodimlarigacha bor.

🔵 Tahrirchilar sohaning mashaqqatli mehnatini qiladi, biroq ko‘pincha ko’zdan panada qoladi. Kasb bayrami munosabati bilan matbuot zahmatkashlarini keng jamoatchilikka eslatish, tanishtirishni maqsad qildik, deydi tashkilotchilar.

* Eskartish. Har qanday reyting nisbiy, albatta. Ro‘yxatlar ham o’zgartirilib, to‘ldirilib borilishi tabiiy.

🌐 Sayt ✈️ Telegram Murojaat Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍113🔥21💯7🤨4
Birgalikda emas, birga oʻrganamiz

Xomsemiz soʻzlarga qarshi kurashni davom ettiramiz. Bu safargi nishonimizda – birgalikda. Bu soʻzdagi -lik va -da qoʻshimchalari hech qanday yangi, foydali maʼno tashimaydi. Shu sababli ularning bahridan oʻtish kerak. Bu xuddi endilikda shaklini emas, endi shaklini qoʻllash afzalligiga oʻxshaydi:

Bu mavzuni birgalikda oʻrganamiz

Bu mavzuni birga oʻrganamiz

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍81🔥11🤣7💯6🤨3
Ertalabki vaqtda turk tilini o'rganmoqchisiz?

🇹🇷 Turk tilini kuchli ustozdan o'rganish yaxshi. Lekin shu ustoz minglab o'quvchilarga ta'lim bergan bo'lsa undan ham yaxshi. Hilol Edu markazida esa aynan shunday ustozlar dars beradi.

👨‍🏫 G'ulomjon Hoca "Hilol Edu" turk tili markazining asoschisi bo'lib, 11 yillik faoliyati davomida 5000 dan ortiq o'quvchilarga sifatli ta'lim bergan. 

⚡️ Hozirda ustozimizning turk tilini 0 dan o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun A1 darajadagi offline guruhlariga qabul boshlandi.

O’quvchilarimiz safiga qo’shilib, yuqori natija egasiga aylanishni istasangiz, sizni Hilol Eduda kutib qolamiz!

📞  Ro'yxatdan o'tish uchun
🔥4👍1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
8%
Odam skaleti
92%
Odam skeleti
👍21💯9🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
66%
Hazir boʻling!
34%
Xazir boʻling!
💯19👍8🔥2😱2🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
89%
Sabzavot
11%
Sabzovot
🔥16💯11👍2😱2
🔥20💯12🤨10👍3😱3
Iboralar SI talqinida: qay birini topa oldingiz?

“Madaniyat va maʼrifat” telekanali o‘zbekcha iboralarning sun’iy idrok yordamida yaratilgan tasvirlarini taqdim etibdi. Baʼzilari biroz qiyin, lekin ishoralar orqali javobini bemalol topsangiz boʻladi.

Qaysi iboralarni topa oldingiz?

Javoblaringizni kanal sahifasida qoldirishingiz mumkin:
👉 @madaniyat_marifat_tv

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍60🤣43🔥5😢2💯2