Orif Tolib
11.2K subscribers
1.14K photos
104 videos
8 files
1.95K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#hikoya

Bo‘lgan gap

Kecha institutga hujjat topshirgani bordim. O‘sha yerda Dildorani uchratdim. Yuragimning tub-tubidagi ismsiz dardlar qayta bosh ko‘tardi, uch yil oldingi sirli-sehrli xotiralar tasavvurimda asta-sekin jon­­landi.

Go‘yo yam-yashillikka, nurga ko‘milgan moviy diyorga tushib qolganday edim. Biroq to‘satdan turgan shid­datli shamol hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi, menga uch asrday tuyulgan uch yil mobaynida asrab-avaylab yurgan tuyg‘u-xayollarim o‘t tushgan so­mon g‘aramidek lahzada yonib kul bo‘ldi. Ulardan alam-iztirob kuligina qoldi, xolos…

🔗batafsil


📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48😢20🔥8🤨5
Ismaloqni istamoq

Istaraligina ismaloq degan soʻzimiz turganda koʻpincha shpinat soʻzini qoʻllaymiz. Shpinat tilimizga ruschadan oʻzlashgan. Ruschaga esa nemischadan oʻtgan. Shajarasi nemischadan qadimgi fransuz tiliga, undan eski oksitan, undan katalan, soʻng arab, keyin esa fors tiliga borib yetadi. Forscha isfinoj togʻ-u toshlar, turfa el va tillar oralab oʻtib, shpinatga aylangan.

Mutaxassislar Markaziy Osiyo va Afgʻonistonni bu sabzavotning vatani deb hisoblaydi. Ayrimlarga koʻra esa, u Eron yoki Kavkazdan tarqagan.

Ismaloqning yangi chiqqan bargidan somsa, manti kabi taomlar tayyorlanadi, u ovqatga ham solinadi.

Ismaloq – turkiy soʻz. Uning ildizi qadimgi turkiy tildagi ismoq – hid taratmoq feʼliga borib taqaladi. Ismaloq – hid taratib turuvchi koʻkat demak. Bugungi tilimizdagi is, iskamoq, isiriq soʻzlari ismaloq bilan oʻzakdosh.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍53💯7🔥3
💯42🤣40👍26😱4🤨2
Aniqlovchining oʻrni aniq boʻlsin

#Amaliyot

Prezident qarori bilan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi.

Shunaqa sarlavhali xabarlar tarqaldi. Kulgili. Oilalar prezident qaroriga asosan kam taʼminlanganmi?

Gapda aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalansa, undan oldingi toʻldiruvchiga bogʻlanib qoladi.

Ayni holatda “Prezident qarori bilan” kerak emas. Juda ishlatgingiz kelsa, oilalarga soʻzidan keyin qoʻygan yaxshi:

Kam taʼminlangan oilalarga Prezident qarori bilan elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi.

Manba: Farrux Jabborbek

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2🤣74👍69🔥28💯8
​​Boburdan rang olgan Baburin…

Kuni kecha mashhur rus yozuvchisi Ivan Turgenevning “Punin va Baburin” qissasini oʻqib chiqdim. 1874-yilda yozilgan ixchamgina asarda voqealar qadimiy dvoryanlar mulkiga egalik qiluvchi boy pomeshchik ayolning oʻn ikki yoshli nabirasi Petya Baburin va uning doʻsti Punin atrofida sodir boʻladi.

Rus manbalarida bu familiyaning kelib chiqishi va maʼnosi haqida bir qancha taxminlar mavjud ekan. Ajablanarlisi, aksariyat adabiyotlarda Baburin atamasi ildizlari forschada yoʻlbars maʼnosini anglatuvchi Bobur Mirzo ismiga bogʻlanishi bayon qilinadi. Ammo nazariyalar bu bilan cheklanib qolmaydi. Yana bir versiyaga koʻra, Baburin Bobur ismiga kichraytma va erkalash shakli qoʻshimchasi qoʻshilishdan hosil boʻlgan. Shu tariqa Bobur – Baburinga, Baburina esa ayollarga nisbatan qoʻllanadigan familiyaga aylangan.

Yana bir manbada bu ismning ruslar orasida paydo boʻlishi Markaziy Osiyodan kirib borgan turkiy qabilalar bilan bogʻliq ekani aytiladi. Ayrim atamashunoslar esa Baburinning Bobrov ismi bilan aloqasi bor deb hisoblab, uni qunduz bilan bogʻlasa, yana bir versiyaga koʻra, Baburin Babura laqabidan kelib chiqqan boʻlib, rus shevalaridagi buvi, kapalak, achchiq qoʻziqorin, oshiq oʻyini uchun suyak, toshbaqa baliq kabi soʻzlardan yasalgan boʻlishi mumkin. Ushbu nom Tula hududlarida ishlatilgan бабурить – gapirmoq feʼlidan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor…

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Avlodlar dovoni” romanida Baburin atamasi tarixiga oid qiziq faktlarni keltirib oʻtadi. Unga koʻra, baburin atamasining kelib chiqishi Boburning Moskoviyaga joʻnatgan elchisi Xoʻja Husayn bilan bogʻliq.

Bobur Elmurodov maqolasidan

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1👍38🔥7🤣1
Forwarded from Farrux Jabborbek
Kecha hayotimdagi eng quvonchli voqealardan biri bo‘ldi. Turkiy dunyoning katta shoiri Yo‘ldosh Eshbekka ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Ramazon oyining so‘nggi kunlari "O‘zbek katta el...mi?" degan savol ostida yalpi xayriya harakati boshlanib ketgan edi. Beixtiyor, birdaniga... O‘zim ham shoshib qoldim, ochig‘i.

Ming so‘mdan bir necha million so‘mgacha mablag‘ kelib tushishda davom etmoqda. (Savob iqtisodiy mezonlarda o‘lchanmasligi, bir g‘isht qo‘ygan butun binoni qurgandan ham ziyoda ko‘rilishi mumkin.) “Akademnashr” nashriyoti Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chiqqan “Turk she’riyati antologiyasi”ning 690 donasini xayriya uchun ajratdi. Shu paytgacha misqollab yig‘ilgan summa 90 million so‘mga yaqinlashdi.

Yaxshi odamlar Yo‘ldosh akaning sog‘lig‘i bilan alohida shug‘ullanmoqda. Dori-darmon bilan ta’minlab turishibdi. Ba’zilar o‘z ota-onasiga ham bunday qaramaydi, rosti.

Xayrli ishga daxldor bo‘lish istagini bildirganlar, jonkuyar yurtdoshlarimizdan tortib yuqori doira vakillarigacha biz bilan bog‘landi. Bir necha yo‘nalishlarda katta marralarni ko‘zlab harakat boshlandi. Ular orasida tadbirkor Marat Hamdamov hammadan o‘zib ketdi (lekin boshqalar shu bilan bo‘ldi, deya qo‘l siltab ketmasligidan umidvorman).

Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yo‘ldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilibdi. Eshitib behad quvondim. Nasib etsa, sentabr oyida shoirni oilasi bilan birga yangi uyga ko‘chirib o‘tkazamiz. Shu ishga bosh qo‘shganlarning barchasini, xususan, Marat Hamdamov, Mahmud Namozovni olqishlayman. Siz ham duo qiling!

Aytgancha, shanba kuni “Til va adabiyot ta’limi” jurnali uchun Ernest Kurtveliyev, Akmal Murod, Orzu A’zam bilan birgalikda Yo‘ldosh Eshbekni maxsus fotosyomka qildik. Suratlar jurnal bisotidan.

🗄Farrux Jabborbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍99🔥30
“Toʻqim tabiat” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
45%
Qoʻpol, koʻp baqiradigan
35%
Didsiz, farosatsiz
19%
Koʻngli yumshoq, muloyim
👍30🔥10😢2
Otabek toʻriq yoʻrgʻani chiqarib, qutidorga tutdi. (A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”)

Jumladagi “toʻriq” qanday rangni anglatadi
Anonymous Quiz
41%
Qoraga moyil qizil
39%
Och sargʻish, malla
20%
Kulrang
🔥32👍17😢5🤨2
Yangi Oʻzbekiston universitetida yangilangan “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali taqdimoti boʻlib oʻtyapti.

Jurnalning mazmun-mundarijasi ham, dizayni ham oʻzgargan. Ilmiy jurnal deganda koʻpincha tigʻiz matn, bir xil qolipdagi sahifalar koʻz oldimizga keladi. “Til va adabiyot taʼlimi” ana shu qarashni oʻzgartirish, ilmni oddiy oʻquvchilarga yaqinlashtirish yoʻlidan boribdi.

Jurnal sahifalari:
@TAT_jurnal
tilvaadabiyot.uz

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍37🔥6💯2
Maqollar iqtibosi: imloga yechimlar

#Soʻragan_edingiz

Matnda maqol va matallar iqtibos shaklida keltirilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

“Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”, deydi xalqimiz.

Xalqimizning hikmatli soʻzi bor: “Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”.


Maqol va matallar matnning qismi sifatida berilsa, hech qanday qoʻshtirnoq ishlatilmaydi:

Maqsad sari olgʻa intil, dadil boʻl. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq.

Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq,
ogʻishmay harakat qilsang, maqsadingga erishasan.


Baʼzan matnda maqol va matallardan iqtibos keltirilsa-da, qoʻshtirnoq ishlatilmasligi mumkin. Bu xuddi koʻchirma gaplarni qoʻshtirnoqsiz ishlatishga oʻxshaydi. Lekin bu shakl asosan badiiy-publitsistik matnlar uslubiga xos:

Iroda va shijoat bilan harakat qilaversang, maqsadingga erishasan. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq degan gap bejiz aytilmagan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍40🔥1
Sheʼriy parchalar iqtibosi: imloga yechimlar

#Soʻragan_edingiz

Matnda sheʼriy parchalar, bayt va misralar iqtibos qilib keltirilganda alohida satrdan, qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Agar matn kompyuterda terilgan boʻlsa, sheʼriy misrani ajratib koʻrsatish uchun qiya shakldan foydalangan afzal.

Maxtumqulining shunday satrlari bor:

Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa,
Togʻga kesak otsang, toshni sindirar.
Toleying ters kelsa, baxting shoʻr boʻlsa,
Palovning guruchi tishni sindirar.


🟢 Sheʼriy parcha matn ichida iqtibos uslubida berilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

Maxtumqulining “Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa, Togʻga kesak otsang, toshni sindirar” misralari bilan boshlanuvchi sheʼrini bilasizmi?


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍36🔥7
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari diqqatiga!

“Ona tili taʼlimida oʻquvchilarning imlo savodxonligini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi uchun soʻrovnoma oʻtkazilyapti ekan.

Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 2 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Lekin siz bergan javoblar maktabda imlo savodxonligining hozirgi holati, bu koʻnikmaning zarurati, mavjud muammolar haqida xulosa olishga imkon beradi.

👉 https://forms.gle/VdXK5zBrmWsgqn5L8

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍35
Qushlarning ovoz chiqarishi, sayrashi – ...
Anonymous Quiz
72%
Chagʻchagʻlamoq
28%
Chaqchaqlamoq
👍21🔥5💯4🤨3
Koʻtarinki kayfiyat bilan vaqt oʻtkazmoq, suhbatlashmoq – ...
Anonymous Quiz
10%
Chagʻchagʻlashmoq
90%
Chaqchaqlashmoq
👍26🔥9💯7🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
21%
Gulsapsar
46%
Gulsafsar
33%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤨40🔥12👍9🤣7😱2💯1