Orif Tolib
11.2K subscribers
1.14K photos
104 videos
8 files
1.95K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
​​Lev Tolstoy qoidalari

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida oʻzi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yoʻriqlar siz-u bizga ham katta foyda berishi aniq.

🔹 Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
🔹 Iloji boricha kam uxla.
🔹 Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
🔹 Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
🔹 Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
🔹 Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.
🔹 Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla.
🔹 Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
🔹 Boshqa odamlarning hamisha yaxshi tomonini izla, yomon tomonini emas.
🔹 Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
🔹 Har tun kunduzi oʻrganganlaringni takrorla.
🔹 Har kun zaifroq biladigan tilingda sheʼr yodla.
🔹 Oʻn barobar boyib ketsang-da, hayot tarzingni oʻzgartirma.
🔹 Ortiqcha narsangni oʻzing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
🔹 Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
🔹 Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.
🔹 Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.
🔹 Bir oʻzing yakunlashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.
🔹 Sharoit qancha yomon boʻlsa, harakatni shuncha kuchaytir.
🔹 Bor narsalarga qanoat qil.
🔹 Yaxshilik qilishga imkon izla.
🔹 Yaqinlaringning hayoti shirin boʻlishiga hissa qoʻsh.
🔹 Elning muhabbati uchun mayda tuygʻulardan voz kech.
🔹 Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.
🔹 Yaqin kishingni oʻzingday yaxshi koʻr, ikki yaqin kishingni esa oʻzingdan ham koʻproq yaxshi koʻr.

“Yoshlik” jurnalida chop etilgan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍56🔥16🤨4💯2
💯36👍30😢12🔥9🤨6🤣3😱2
Nafis chayqalayotgan naʼmatak

Oybek domlaning “Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak” deb boshlanuvchi mashhur sheʼri bor. Naʼmatak – guli xushboʻy buta. Ana shu buta qizil meva tugadi. Mevasi dorivor, uni hozir kichik dorixonalardan ham bemalol topish mumkin.

Kundalik turmushda naʼmatak soʻzini emas, ruscha nomi – shipovnikni ishlatamiz. Bu oʻsimlikning koʻpchilik bilmaydigan oʻzbekcha nomi bor – itburun. Mevasining tuzilishi it tumshugʻiga oʻxshagani sabab shunday ot qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Qirgʻiz, qozoq, turkman, qirimtatar va tatarlar ham uni shunday ataydi. Turklar esa qushburni deb nomlagan. Itburun atamasi naʼmatakning mevasi choʻzinchoq turiga nisbatan qoʻllanadi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍42🔥10
Qay biri toʻgʻri?

Odamlar koʻp kutmadi, boshqarma boshligʻi hujjatlarga tez imzo chekib yigʻilganlarning ...
Anonymous Quiz
50%
Hojatini ravo qildi
50%
Hojatini ravon qildi
👍52🤣28🔥8😢7💯6
​​Oʻngingdan chapingga boqqancha boʻlmas

Husan Karvonlining “Oʻng bilan chapning farqi yoki nochor tarjimani oʻnglasa boʻladi(mi?)” sarlavhali maqolasini oʻqiganimga oʻn yildan oʻtibdi. Meni anchagina taʼsirlantirgani uchun mazmun-mohiyati hali ham yodimda. Unda atoqli turkman shoiri Maxtumqulining bir bayti tarjimasi haqida gap boradi:

Yuz yil yashab, tushsang ajal qoʻliga,
Chapingdan oʻngingga boqqancha boʻlmas.

Misradagi chapingdan oʻngingga iborasi xato oʻgirilgan, toʻgʻrisi oʻngingdan chapingga boʻlishi kerak. Nega?

Oʻngingdan chapingga shaklida oʻgirish asliyatga mos tushadi:

Ýüz ýaşaýyp düşseň ajal eline,
Sagyňdan soluňa bakança bolmaz.


Boshqa koʻplab mumtoz adiblar kabi Maxtumqulining ijodiga ham Islom dini katta taʼsir koʻrsatgan, chuqur singgan edi. Bu misrada umrning qisqaligi namoz soʻngida oldin oʻng, soʻng chapga beriladigan salom orasidagi vaqtga qiyoslanyapti. Goʻzal va hayotiy oʻxshatish. Maqolada bu tashbehga asos boʻlgan hadis borligi haqida ham aytiladi.

👉 Maqolani oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍67💯6🔥4
Yertut yerda oʻsadigan tut emas

Ruslar земляника deb ataydigan rezavor mevaning oʻzbekchasi – yertut. Yerga yaqin joyda meva solgani uchun ruslar unga shunday nom bergan. Yertut aslida qulupnayning kichikroq bir turi. Yer bagʻirlab oʻsgani va mevasi tutga oʻxshab ketgani uchun oʻzbekchada yertut deb atalgan boʻlishi mumkin.

Koʻp adabiyotlarda yertut va qulupnay sinonim sifatida qoʻllanadi.

2022-yili dunyoda 9,6 million tonna qulupnay yetishtirilgan. Uning 35 foizi Xitoy hissasiga toʻgʻri keladi, yirik yetishtiruvchilar qatorida AQSH va Turkiya ham bor.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍35🤨5💯3🔥2
Sunʼiy idrokning savodxonlik darajasi qanday?

Tahrirchi jamoasi @oriftolib, @xatoliklar, @tahrir_uz va @tahrirchi_uz kanallaridagi savodxonlik testlarini yigʻib, turkumlabdi va sunʼiy idrok modellariga yechtiribdi.

Googleʼning Gemini 2.0 Pro Experimental moduli 63,03 foiz bilan birinchilikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, GPT-4o 62,87 foiz bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlarda Gemini 2.0 Flash va Claude 3.7 Sonnet modellari.

Yuqorida sanalgan telegram kanallarning oʻquvchilari umumiy hisobda 58,94 foiz koʻrsatkichga erishgan. Yaʼni ayni paytda toʻrtta SI modeli odamlardan yaxshiroq natijaga erishyapti.

SI modellari oʻzbek tilida hali u qadar kuchli emas. Tahrir masalasida ancha orqada. Lekin shu ketishda tez orada odamlarni ortda qoldirishi hech gap emas.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍42😢17🔥4🤣3💯1🤨1
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

6-qism

🔹 Joʻmard, jumard
🔹 Momaqaymoq, momoqaymoq
🔹 Tinch okean, Tinch okeani
🔹 Simtoʻr, sim toʻr
🔹 Momotaloq, momataloq, moʻmataloq
🔹 Loxas, lohas
🔹 Jonzot, jonzod
🔹 Pulli yoʻl, pullik yoʻl
🔹 Guvullamoq, guvillamoq
🔹 Sazovar, sazovor
🔹 Zugʻum, zoʻgʻim
🔹 Xush kayfiyat, hush kayfiyat
🔹 Tamoq, tomoq
🔹 Tojmahal, Toj Mahal
🔹 Qorongʻilik, qorongʻulik

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
👉 5-qism

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍16🔥4
Juda iliq havo qanaqa boʻladi?

#Amaliyot

Xatosi bor jumlani qadamma-qadam tuzatamiz:

Hafta davomida juda havo iliq boʻlishi kutilmoqda
Hafta davomida havo juda iliq boʻlishi kutilmoqda

Bu oʻrinda soʻzni yanglish oʻrinda qoʻllash bilan bogʻliq xato tuzatildi.

Endi ikkinchi xatoni tuzatamiz. Juda iliq degan ibora toʻgʻrimi oʻzi? Iliq soʻzi biroz, sal-pal issiqni bildiradi. Juda ravishi haddan tashqari, ortiq darajada ekanlikni anglatadi, uni biroz, sal-pal sifati bor soʻzga nisbatan ishlatish mantiqan toʻgʻri emas. Juda iliq deyish oʻrniga shunchaki issiq deyish yetarli va toʻgʻri.

📌 Demak:

Hafta davomida havo issiq boʻlishi kutilmoqda

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍87🔥17💯10
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
19%
Hayrli tun
81%
Xayrli tun
💯39👍19🔥10😱10🤣7🤨4
🔥39👍28😱15💯7🤣6🤨6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
36%
Kulguli
64%
Kulgili
👍52😱22💯10🔥8🤨6🤣3
Assalomu alaykum.

Ramazon hayiti qutlugʻ boʻlsin! Xonadoningiz fayz-u baraka, quvonchga toʻlsin. Alloh taolo yaxshi niyatlaringizga ortigʻi bilan yetkazsin.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1👍122🔥45💯12
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Xalqaro bolalar kitoblari kuni bilan!

Bolonya bolalar kitob koʻrgazmasida ishtirok etib olgan xulosam shu boʻldiki, bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun bizga avvalo yirik, sogʻlom raqobat muhitiga ega bolalar adabiyoti bozori kerak.

Bolonya kitob koʻrgazmasi madaniy tadbirdan koʻra koʻproq bozorga oʻxshaydi. Bunda noshirlar, agentliklar million dollarlik bitimlar tuzishadi. Oʻzaro raqobatlashadi. Raqobat boʻlgan joyda esa albatta sifat boʻladi, mualliflar yaxshi qalam haqi oladi, oʻz-oʻzidan kitobxonlik rivojlana boshlaydi.

Oʻylaymanki, hozirda bizning ayni shunday bozorga ehtiyojimiz bor. Sohani koʻp daromad olib keladigan, muallif, noshir va oʻquvchi mafaat topadigan maydonga aylantirish haqida oʻylashimiz kerak.

Yana bir bor bayram bilan!

P.S
Bugun albatta kitob sotib oling :)

@bolalar_yozuvchisi
👍30🔥23🤣2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
8%
Kafedra muduri
92%
Kafedra mudiri
💯32👍13🔥6😢2
Forwarded from Farrux Jabborbek
Bugun turkiy dunyoning katta shoirlaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sobiq yotoqxonaning oshxonasida (бывший общежитиенинг кухнясида) yashayotgan Yoʻldosh Eshbekni yoʻqladik.

Koʻzlari koʻrmay qolibdi. Yostiqday kitobni koʻrsatib, yarmigacha tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi, deb oʻkindi. Yangi sheʼrlarini ham qogʻozga tushirishga qiynalyapti ekan.

Turnakoʻz buloq qaynab yigʻlashi haqida sheʼr oʻqib berdi. Oʻzi yarmini olib chin dunyoga ketishi, yarmini esa yolgʻon dunyoga qoldirishi haqidagi sheʼri...

Nima deyishga ham hayronman. Boringlar, xabar olinglar, desammi. Davolataylik, chogʻroq uy olib beraylik, desammi. Oʻzbek katta el...mikan?

🗄Farrux Jabborbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢133👍61🔥14