Qizim
Tugʻilding-u bagʻrimiz toʻldi,
Yuzimiz ham baxtimiz kuldi,
Olam birdan charogʻon boʻldi,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Oʻz tilingda soʻzlab, chuldirab,
Kulgularing bilan kuldirib,
Gʻamlarimiz ortda qoldirib,
Baxtlar sochding, biyronim – qizim.
Nimalarga tikilib qolding,
Nega buncha oʻylarga tolding,
Kulding, soʻngra qovogʻing solding,
Bu dunyoga hayronim – qizim.
Oʻzim shodman seni erkalab,
Mayingina sochlaring silab.
Manglayingga asta bosdim lab,
Jannat boʻyli rayhonim – qizim.
Balolardan asrasin Egam,
Ey bugunim, ey mening ertam.
Koʻzim nuri, qarogʻim, erkam,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Orif Tolib
2016
@oriftolib
Tugʻilding-u bagʻrimiz toʻldi,
Yuzimiz ham baxtimiz kuldi,
Olam birdan charogʻon boʻldi,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Oʻz tilingda soʻzlab, chuldirab,
Kulgularing bilan kuldirib,
Gʻamlarimiz ortda qoldirib,
Baxtlar sochding, biyronim – qizim.
Nimalarga tikilib qolding,
Nega buncha oʻylarga tolding,
Kulding, soʻngra qovogʻing solding,
Bu dunyoga hayronim – qizim.
Oʻzim shodman seni erkalab,
Mayingina sochlaring silab.
Manglayingga asta bosdim lab,
Jannat boʻyli rayhonim – qizim.
Balolardan asrasin Egam,
Ey bugunim, ey mening ertam.
Koʻzim nuri, qarogʻim, erkam,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Orif Tolib
2016
@oriftolib
👍3🔥2
Lev Tolstoy jumbogʻi
Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni pulga urib koʻpaytiradigan, hisob-kitob bilan tinimsiz shugʻullanadigan savdogarlaru buxgalterlar ham koʻpincha xato qilishadi. Mana oʻsha masala:
“Savdogar qalpoq sotyapti, 10 soʻmdan. Bir xaridor keldi, kiyib koʻrib, sotib olmoqchi boʻldi. Lekin uning 25 soʻmligi bor ekan, xolos. Sotuvchi oʻsha 25 soʻmni bir bolakayga berib, maydalab kelish uchun qoʻshninikiga joʻnatdi. Bola pulni 10+10+5 soʻmlik qilib maydalab keldi. Savdogar qalpoqni va 15 soʻm qaytimni haligi kishiga berdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, pulni maydalab bergan qoʻshni keldi va 25 soʻmlik qalbaki ekanini aytdi. Ilojsiz qolgan sotuvchi unga pulini qaytarib berdi.
Savdogar jami boʻlib qanchaga tushgan?”
Qani, Siz ham bir urinib koʻring-chi, buyuk yozuvchining ushbu oddiygina jumbogʻini yecha olarmikansiz. Javoblaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
Orif Tolib
tayyorladi.
PS: Oddiygina masalani yechish uchun oson yoʻlni tanlab, googleʼdan tayyor javobni izlamaysiz, deb ishonaman.

👍9
“Mehrobdan chayon” romani ingliz tiliga tarjima qilindi
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligiga munosib sovgʻa tayyorladi – “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga oʻgirdi. Tarjimani AQShlik mutaxassis Piter Barsum tahrir qilgan. Tez kunlarda “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida keng kitobxonlar ommasiga taqdim etiladi.
I.Toʻxtasinov shu kunga qadar Alisher Navoiy gʻazallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda Gʻafur Gʻulom qissalarini ingliz tiliga oʻgirgan.

🔥2👍1
Orif Tolib
Lev Tolstoy jumbogʻi Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni…
Lev Tolstoy jumbogʻining javobi
Kirim-chiqimlarni hisoblaymiz:
Savdogarning kirimi: bola maydalab kelgan 25 soʻm.
Chiqimlari: qalpoq (10 soʻm) + qaytim (15 soʻm) + qoʻshnisiga berilgan pul (25 soʻm) = 50 soʻm.
Jami 25-50=-25.
Demak, savdogar 25 soʻm zarar koʻrgan.

👍2
🧮 U necha yoshda?
Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb soʻrashdi.
“Shanba va yakshanbani hisobga olmasa, 30 yoshdaman”, deb javob berdi u.
Ayting-chi, u odam aslida necha yoshda?
📝 Javoblarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

👍4
Orif Tolib
🧮 U necha yoshda? Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb soʻrashdi. “Shanba va yakshanbani hisobga olmasa, 30 yoshdaman”, deb javob berdi u. Ayting-chi, u odam aslida necha yoshda? 📝 Javoblarni izohlarda qoldirishingiz mumkin. @oriftolib
“U necha yoshda?“ jumbogʻining javobi
42 yoshda. Haftada yetti kun bor. Bu kishi yoshini hisoblashda faqat besh kunni qoʻshyapti. YAʼni 5/7 kun. Shunga koʻra, 30-yil hosil boʻlyapti. 30-yilni 7/5 ga koʻpaytirsak, aniq yosh kelib chiqadi: 30 × 7/5 = 42.

Onam
Mendan olislarda, mendan uzoqda,
Tonglardan yiroqda, kundan yiroqda.
Oʻgʻlisiz huvillab qolgan qishloqda
Yoʻlimga intizor onam bor mening.
Daryo koʻngli nedan yaralgan ekan,
Bunchalar teran u, bunchalar ulkan.
Xafa boʻlishniyam eplolmaydigan
Sodda va beozor onam bor mening.
Qaniydi, shu baxtga yeta olsaydim,
Shu katta sinovdan oʻta olsaydim –
Onam koʻnglini shod eta olsaydim,
Oʻgʻlidan umidvor onam bor mening.
Balki tushlarida meni koʻrgandir,
Kelar deb nonga sut izlab yurgandir,
Yoʻl boshida ilhaq kutib turgandir…
Yoʻlimga intizor onam bor mening.
Orif Tolib
2013
@oriftolib
Mendan olislarda, mendan uzoqda,
Tonglardan yiroqda, kundan yiroqda.
Oʻgʻlisiz huvillab qolgan qishloqda
Yoʻlimga intizor onam bor mening.
Daryo koʻngli nedan yaralgan ekan,
Bunchalar teran u, bunchalar ulkan.
Xafa boʻlishniyam eplolmaydigan
Sodda va beozor onam bor mening.
Qaniydi, shu baxtga yeta olsaydim,
Shu katta sinovdan oʻta olsaydim –
Onam koʻnglini shod eta olsaydim,
Oʻgʻlidan umidvor onam bor mening.
Balki tushlarida meni koʻrgandir,
Kelar deb nonga sut izlab yurgandir,
Yoʻl boshida ilhaq kutib turgandir…
Yoʻlimga intizor onam bor mening.
Orif Tolib
2013
@oriftolib
😢4
Intizor onam. Gulsanam Mamazoitova ijrosida
https://mover.uz/watch/l7Dvgt8m
Mover (Tas-IX)
https://youtu.be/SSI7zZ4tRzY
Youtube
Sheʼr muallifi: Orif Tolib
Bastakor: Alisher Neʼmatov
Musiqa sayqalchisi: Farrux Komilov
https://mover.uz/watch/l7Dvgt8m
Mover (Tas-IX)
https://youtu.be/SSI7zZ4tRzY
Youtube
Sheʼr muallifi: Orif Tolib
Bastakor: Alisher Neʼmatov
Musiqa sayqalchisi: Farrux Komilov
👍2
Xoʻrozsoat
Madinaxon maktabga vaqtida yetib borishi uchun ertalab 6 da turishi kerak. Shuning uchun xoʻrozsoatini 6:00 ga sozlab qoʻygan. Xoʻrozsoat har uch kunda 9 daqiqaga orqada qoladi.
Agar u yakshanba kuni kechqurun 10 da soatini toʻgʻrilab qoʻysa, seshanba kuni ertalab xoʻrozsoat qaysi vaqtda qichqiradi?

“Duvarak” nima degani?
Bu soʻz asli forscha boʻlib, ikkinchi marta, ikkilamchi degan maʼnolarga ega. Ogʻzaki tilda bu soʻzni kichik, mayda maʼnosida ham ishlatamiz. “Izohli lugʻat”da duvarak quyidagicha izohlangan:
1. Mevali daraxtning bir yilda ikkinchi bor bergan mevasi.
Duvarak olma. Olmaning duvaragi.
Bir yillik novdalarda yetilayotgan uzum boshlari bilan bir qatorda bachki novdalarda duvarak paydo boʻlishi mumkin.
“Fan va turmush”.
Baʼzi shoxlarda bultur chala terilgan mevalar – duvarak olxoʻrini eslatuvchi zaytunlar qurishib yotardi.
H. Gʻulom, Zamin yulduzlari.
2. Koʻchma maʼnoda: boʻyi past, pachoq (odam haqida).
Duvarak odamlar.
Yoʻldosh pochtachining duvarak qizicha ham boʻlolmaysan, sendan yosh, lekin oʻn hissa koʻp ishlaydi.
“Yoshlik”.
3. Koʻchma maʼnoda: xom, gʻoʻr; tajribasiz.
Kelganiga bir yil, yarim yil boʻlib qolganlar bor... duvarak boʻlsa ham, pulni puflab tugadiganlar – bularni oz-moz pul bilan ragʻbatlantirish mumkin.
A. Muxtor, Tugʻilish.
4. Umuman, har narsaning kichkinasi, yetilmagani.
Poyezd meni kichkinagina, nomi hali temir yoʻl xaritalariga kirmagan duvarak bir razyezdga tashlab oʻtib ketdi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
– Avrab ham boʻlmaydi bu duvaraklarni, – arz qildi Ubayda xola xit boʻlib.
SH. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka.

👍3
Orif Tolib
Xoʻrozsoat Madinaxon maktabga vaqtida yetib borishi uchun ertalab 6 da turishi kerak. Shuning uchun xoʻrozsoatini 6:00 ga sozlab qoʻygan. Xoʻrozsoat har uch kunda 9 daqiqaga orqada qoladi. Agar u yakshanba kuni kechqurun 10 da soatini toʻgʻrilab qoʻysa…
Xoʻrozsoat jumbogʻining javobi
6: 04 da.
Hisob-kitobga koʻra, soat har kuni 3 daqiqaga ortda qoladi. Bir kunda 24 soat bor. Demak, har 8 soatda 1 daqiqa orqada qoladi.
Yakshanba kungi kechki 10 bilan seshanba tongidagi 6 oʻrtasida 24 + 8 soat vaqt bor. Jami 32 soat.
Xoʻrozsoat 8 soatda 1 daqiqa ortda qolishini hisobga olib, 32 soatni 8 ga boʻlamiz – 4 daqiqa kelib chiqadi.

Qogʻoz oʻrami
#Mantiq
Boshi qotmay, mutlaqo tashvishsiz oʻtirganlar 😂 uchun kechki boshqotirma.
Qogʻoz oʻramida 100 dona varaq bor. 10 ta varaqni 10 soniyada sanash mumkin.
80 varaqni tez sanash uchun qancha vaqt kerak boʻladi?
P.S. Javoblarni izohlarda yozishingiz mumkin.

👍4🔥1
Orif Tolib
Qogʻoz oʻrami #Mantiq Boshi qotmay, mutlaqo tashvishsiz oʻtirganlar 😂 uchun kechki boshqotirma. Qogʻoz oʻramida 100 dona varaq bor. 10 ta varaqni 10 soniyada sanash mumkin. 80 varaqni tez sanash uchun qancha vaqt kerak boʻladi? P.S. Javoblarni izohlarda…
“Qogʻoz oʻrami” jumbogʻining javobi
20 soniya. Chunki 20 ta varaqni sanash kifoya. 100 tadan 20 tani olib qoʻyilsa, taxlamda 80 ta varaq qoladi.
P.S. Bir mushtariy savol eʼlon qilingach, bir zumda toʻgʻri javob yoʻlladi. Qoyil! 👏👏👏
Toʻgʻri javobni topganlar yana bor. Balki boshqalar ham topgandir-u, yozmagandir.

👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek kanalida bir video ulashgan ekan. Koʻrib, koʻzimga yosh keldi.
Otasizlikda oʻsayotgan, onamga yordam beraman deb erta ulgʻaygan bu yigitning topganiga Alloh baraka yogʻdirsin, yoʻlini ochsin, deb men ham duo qildim. Yonidagi oʻrtogʻining gap-soʻzlariga, oʻzini tutishiga tahsin aytdim.
Oʻzi toʻgʻri, soʻzi toʻgʻri har bir bola ertangi shaxsdir.

👍4😢3
Sanamalar
#Болалар_учун
***
– Bir, ikki, uch… oʻn ikki,
Oʻn ikki deb kim aytdi?
– Oʻn ikki deb men aytdim,
Shartta ortimga qaytdim.
– Yoʻq, qaytmagin, shoshmay tur,
Savolim bor, javob ber:
Doim kulib boqadi,
Tafti tanga yoqadi.
Berar harorat, yogʻdu,
Qani, ayt-chi, nima u?
– Savoling juda oson,
Uni bilar keksa-yosh.
Axir u saxovatli
Qadrdon boboquyosh.
***
– Bir, ikki, uch… oʻn ikki,
Oʻn ikki deb kim aytdi?
– Oʻn ikki deb men aytdim,
Shartta ortimga qaytdim.
– Yoʻq, qaytmagin, shoshmay tur,
Savolim bor, javob ber:
Ogʻa-ini ming botir,
Koʻm-koʻk gilamda yotir.
Kunduz ketib qolishar,
Uzoqda dam olishar.
– Aytding qiziq topishmoq,
Men uni topdim, oʻrtoq.
Botirlar – yulduz, koʻm-koʻk
Gilam esa – osmon, koʻk.
***
– Bir, ikki, uch… oʻn olti,
Oʻn olti deb kim aytdi?
– Oʻn olti deb men aytdim,
Shartta ortimga qaytdim.
– Yoʻq, qaytmagin, shoshmay tur,
Savolim bor, javob ber:
Cholday oppoqdir sochi,
Osmonga yetar boshi.
Uzoqdan koʻrinadi,
Bilsang, ayt-chi, nima u?
– Xayolim ishga soldim,
Birpasda topib oldim.
Magʻrur, yuksak, viqorli,
Axir u togʻdir qorli.
***
– Bir, ikki, uch… oʻn olti,
Oʻn olti deb kim aytdi?
– Oʻn olti deb men aytdim,
Shartta ortimga qaytdim.
– Yoʻq, qaytmagin, shoshmay tur,
Savolim bor, javob ber:
Qishda muzlamas aslo,
Yozda muzlaydi ammo.
Dehqonlarga tashvishdir,
Ranggi xuddi kumushdir.
– Qiziq ekan bu jumboq,
Javobin topdim biroq.
Shoʻr yer u – koni zarar,
Yozda ham oppoq turar.
Orif TOLIB
“Gulxan” jurnalining 2016-yil 11-sonida “Aytishmachoq” sarlavhasi bilan chop etilgan.

Bolalar ahmoq emas
Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes fusunkor realizm (magik realizm) yoʻnalishidagi asarlari bilan butun dunyoga mashhur. Uning “Yuz yil yolgʻizlikda”, “Oshkora qotillik qissasi”, “Buzrukning kuzi” kabi asarlarini kitobxonlar sevib mutolaa qiladi.
Kunlarning birida Markes oʻzini bolalar adabiyotida ham sinab koʻrmoqchi boʻlib, ertaklar yozadi. Asarlari mitti oʻquvchilarda qanday taassurot qoldirishini bilish uchun oʻz oʻgʻillariga oʻqishga beradi. Biroq natija kutilganidek boʻlmaydi. Toʻgʻrisoʻz yozuvchining toʻgʻrisoʻz bolalari bitta ertakni oʻqib chiqqach, uni shunday soʻzlar bilan qaytarib berishadi:
– Nima, bolalarni shunchalik ahmoq deb oʻylayapsizmi?
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 5-sonida chop etilgan.

👍7
Frensis Skott Fitsjerald suygan kitoblar
Frensis Skott Fitsjerald (1896-1940) Amerika adabiyotining mumtoz vakillaridan biridir. “Buyuk Getsbi”, “Mayin tun”, “Jannatning narigi tomonida” romanlari bor.
Uning eng mashhur asari “Buyuk Getsbi” yozuvchi hayotlik paytida u qadar dovruq qozonmaydi. Bor-yoʻgʻi 24 000 adadda sotiladi, xolos. Roman elliginchi yillarga kelibgina ommalashadi. Ushbu asar soʻnggi oʻn yillikda juda koʻp ingliztilli mamlakatlarda oʻrta maktablar va oliy oʻquv yurtlarida oʻqilishi shart boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritilgan.
Yozuvchi Shimoliy Karolinadagi mehmonxonalardan birida yashayotganda hamshira Doroti Richardson bilan doʻstlashib qoladi. Adabiyotgan qiziqadigan kishi oʻqishi shart deb hisoblagan kitoblari roʻyxatini tuzib, hamshiraga beradi. Quyida ana shu asarlarning ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin.
1. Teodor Drayzer, “Kerri opa” romani.
2. Henrik Ibsen, “Qoʻgʻirchoq uyi” pyesasi.
3. Shervud Anderson, “Uaynsburg, Ohayo” hikoyalar toʻplami.
4. Arnold Bennet, “Kampirlar qissasi” romani.
5. Deshil Hemmet, “Malta lochini” romani.
6. Stendal, “Qizil va qora”.
7. Gi de Mopassan hikoyalari.
8. Gardner Myorfi tahririda nashr etilgan psixopatologiya haqidagi ocherklar.
9. Anton Chexov hikoyalari.
10. Aleksand Jessap tahririda nashr etilgan “Amerikaning eng yaxshi yumoristik hikoyalari” toʻplami.
11. Jozef Konrad, “Gʻalaba” romani.
12. Oskar Uayld pyesalari.
13. Uyilyam Folkner, “Ibodatxona” romani.
14. Marsel Prust, “Gul-gul yashnagan qizlar soyasida” romani.
15. Marsel Prust, “Germantlar tomonda” romani.
16. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik”.
17. Jon Kits sheʼrlari.

👍8
Hafta kunlari
muxlislari uchun
Bugun yakshanba emas, ertaga esa chorshanba emas. Kecha juma emasdi, kechadan burun dushanba emasdi. Ertaga yakshanba emas, kecha ham yakshanba emasdi. Ertadan keyin shanba ham emas, yakshanba ham. Kecha dushanba emasdi, chorshanba ham emasdi. Kechadan oldin chorshanba emasdi, ertaga seshanba emas. Bugun ham chorshanba emas.
Yuqoridagi daʼvolardan biri yolgʻon. Ayting-chi, bugun qaysi kun?
👇 P.S. Javobni izohlarda yozishingiz mumkin.
🤔 Bu gal sal osonroq savol tanladim. (Javobini oʻzing bilganingdan keyin osonroq tuyuladi-da! 😂)

Kuzgi bogʻ
Diydalari qotgan eski jarrohday
Yaproqlarni hissiz uzib tashlar kuz.
Shamol qaylardadir chaladi surnay,
Dunyo nelardandir chekadi afsus.
Borliq jim qaraydi bu ajib holga,
Daraxtlar qochgani topolmas imkon.
Meni esa tinmay tutar savolga
Yaproqlar yuzida qotib qolgan qon.
Orif Tolib
2011
Diydalari qotgan eski jarrohday
Yaproqlarni hissiz uzib tashlar kuz.
Shamol qaylardadir chaladi surnay,
Dunyo nelardandir chekadi afsus.
Borliq jim qaraydi bu ajib holga,
Daraxtlar qochgani topolmas imkon.
Meni esa tinmay tutar savolga
Yaproqlar yuzida qotib qolgan qon.
Orif Tolib
2011
👍2🔥1
Til oʻrganishga koʻmaklashuvchi 5 ta bepul mobil dastur
Duolingo (Android, iOS, Windows Phone tizimlarida ishlaydi)
Eng mashhur muallim-dasturlardan biri. Bu mobil ilova yordamida dunyoning juda koʻp tillarini ingliz tili orqali oʻrganishingiz mumkin. Ingliz va olmon tillarini esa rus tili orqali oʻrganish imkoniga egasiz. Grammatika qoidalarini oʻrganish, soʻz boyligini oshirish uchun turli qiziqarli oʻyinlar bor. Dasturga talaffuzni yaxshilash uchun ham koʻplab mashqlar kiritilgan.
Bir paytning oʻzida bitta profil orqali telefon, planshet va saytda Duolingo dan foydalanish mumkin.
LinguaLeo (Android, iOS, Windows Phone)
Bu dastur rus tilini biladiganlar uchun moʻljallangan. U orqali ingliz tilini oʻrganishingiz mumkin. Boshqa koʻplab dasturlar kabi oʻrgatish uslublari, mavzular va oʻqish tezligini oʻzingizga moslab tanlaysiz. Audio va video materiallarning katta zaxirasi bor.
LinguaLeo asosan boshlovchilar va bolalar uchun qulay. Uning pulli boʻlimlari ham bor. Biroq bepul qismi orqali ham koʻp imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Memrise (Android, iOS)
Til oʻrgatuvchi oʻyinlarga berilib ketish kutilgan natijaga olib kelmaydi. Til oʻrganish qatʼiyat, mehnat va lugʻat boyligini doimiy oshirib borishni talab etadi. Gap qurilishini, soʻzlarning talaffuzini yaxshi bilish mumkin, lekin leksikangizni rivojlantirmasangiz, qanotsiz qush holiga tushasiz.
Chet tilini egallashning eng yaxshi usullaridan biri oʻsha tildagi kitoblar, maqolalarni oʻqishdir. Biroq tayyorgarliksiz kishiga bunday mutolaa juda ogʻir tuyuladi. Shuning uchun faqat dasturlar bilan cheklanib qolmay, oʻrganuvchilarning darajalariga moslashtirilgan kitoblar (adapted books)ni oʻqib boring.
Busuu (Android, iOS)
Bu dastur bir necha ilovalarni oʻz ichiga oladi. U orqali ingliz, olmon, fransuz, yapon, ispan, xitoy, portugal va boshqa tillarni oʻrganishingiz mumkin. “Sayyohlar uchun ingliz tili” deb atalgan ilova ham boʻlib, u safarga otlanganlar tez fursatda inglizcha soʻzlay olishiga koʻmaklashadi.
Dasturdan offlayn ham foydalansa boʻladi. Imkoniyatlarini kengaytirish uchun esa uni sotib olish kerak.
Rosetta Course (Android, iOS)
Bu ilova orqali koʻp tillarni oʻrganish mumkin. Gaplarning grammatik va leksik qurilishini oʻrganishda katta yordam beradi. Qoidalarni oʻqitish emas, amalda qoʻllash orqali oʻrgatadi.
Boshqa dasturlar kabi Rosetta Courseнинг toʻliq shakli pulli.
Bundan tashqari, Android va iOS tizimlarida ishlaydigan oʻzbekcha-ruscha, ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-inglizcha, inglizcha-oʻzbekcha va bu uchala tilga tarjima qiluvchi lugʻat-ilovalar ham bor. Ular boshlovchilar uchun ancha foyda beradi.
Yana bir muhim gap: agar siz roʻyxatda koʻrsatilmagan dasturdan foydalansangiz va u sizga qulay boʻlsa, eng yaxshi dastur – ana shu. Zarurat tugʻilsa, boshqa mobil ilovalar qatori yuqorida sanalgan dasturlarni ham sinab koʻrishingiz mumkin.