Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Bir gapni tushuntirguncha yetmish marta luqma tashlaydigan shartakilarni... oqlamoqchi emasmiz. (Gazetadan)

Jumladagi “shartaki” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
11%
Mard, jasur, qiyinchiliklardan qoʻrqmaydigan
82%
Oʻylamay-netmay, yuz-xotir qilmay gapiraveradigan
6%
Biror shart boʻyicha kelishib, keyin unga amal qilmaydigan
👍35🔥6🤣5💯4
Oʻgʻli yoki qizi bosar-tusarini bilmay yuraveradi, chunki uning mushugini “pisht” deydigan mard anqoga shafe. (Sharof Boshbekov)

Jumladagi “anqoga shafe” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
74%
Topilmaydigan yoki juda kam uchraydigan
16%
Gapga hadeganda tushunib yetolmaydigan
10%
Tanish-bilishga yon bosadigan, noxolis
👍41🔥6💯5😱4🤨1
​​Ishtaha ovqat paytida keladi

Kimdir nimagadir ega boʻlsa, yanada koʻprogʻiga intiladi. Biror muvaffaqiyatga erishgan kishi bundan-da koʻprogʻini istaydi. Biror mashgʻulot bilan shugʻullangan odamda unga nisbatan mehr paydo boʻladi. Sarlavhadagi ibora shu kabi maʼnolarda ishlatiladi.

Bu iboraning kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan fikrga koʻra, u fransuz adibi Fransua Rablening romanidan olingan. “Gargantyua va Pantagryul” asarida shunday jumlalar bor:

Manlik Anje “Ishtaha ovqat paytida keladi” deganidek chanqoq suv ichganda ketadi.


Shu jumlaga tayanib baʼzi mualliflar ibora fransuz ruhoniysi Jerom de Anjega tegishli deb hisoblaydi. Biroq tadqiqotchilar fikricha, Anje bu yerda kinoya bilan tilga olingan. Anje “Sabablar haqida” degan asar yozgan, u yuzaki fikrlar va takrorlarga toʻla edi. Shu asarida u intilish harakati bilan intilmoq (appetit actu appetendi) degan iborani ishlatadi. Rable esa lotincha appetitus – intilish, mayl soʻzi bilan fransuzcha appetit – ishtaha soʻzining uyqashligidan foydalanib iborani parodiya qiladi.

“Ishtaha ovqat paytida keladi” iborasini ilk bor boshqalar aytgani yoki shunga mazmunan yaqin jumlalar ishlatilgani haqida turli maʼlumotlar bor. Masalan, qadimgi Rim shoiri Publiy Ovidiy: “Har qanday taom yangi taomga mayl uygʻotadi” deb yozgan.

Telegram | YouTube
👍15🔥1😱1
​​Sablya emas, qilich

Bugun OAVda bir xabarga koʻzim tushdi, sarlavhasi:

Oʻzbekistonlik sablyachilar Jahon kubogi bosqichida yuqori natijalarni qayd etdi


Iye, bu sablya degan ruscha soʻz atama sifatida olinganmikan deb manba qaradim. Yoʻq, olinmagan ekan. Odamlar tarjimasini topolmay, shunday oʻgirgan ekan. Qilichbozlik federatsiyasi saytida ham, oʻzbekcha Vikipediyada ham yanglish tarjima varianti berilgan.

Xoʻsh, toʻgʻrisi qanaqa boʻladi? Milliy ensiklopediyaga koʻra, qilichbozlikda musobaqalar rapira, qilich, shamshir (shpaga) sport qurollari vositasida oʻtkaziladi. Ana shu sport qurollariga koʻra qilichbozlik turlarga ajratiladi. Ruscha sablya soʻzi bu oʻrinda qilich deb oʻgirilgan. Shpaga soʻziga shamshir varianti tanlangan. Menimcha, sablya soʻzini shamshir deb tarjima qilish kerak edi. Chunki hozirgi holatida qilichbozlikning qilich turi deb oʻgirishga toʻgʻri keladi. Shpagani esa nayzaqilich deb oʻzbekchalashtirsa yoki oʻzini qoldirsa boʻlardi.

👉 Mabodo bu soʻzlar atama sifatida olib boʻlingan desak, ensiklopediya variantidan foydalanavergan maʼqul. Oʻzbekchaga oʻzlashmagan ruscha soʻzni ishlatmaslik kerak.

❗️ Sablyani olaveraylik deyilsa-chi? Unga hojat yoʻq-da. Bu soʻzni oʻzbekchada qilich, shamshir soʻzlari ifodalaydi.

Demak, qilichbozlik sportida uch shakldagi musobaqa oʻtkaziladi: rapira, qilich, shamshir.

Qilichbozlikning sablya turi, qilichbozlikning sablya yoʻnalishi
Qilichbozlikning qilich turi, qilichbozlikning qilich yoʻnalishi


Yuqoridagi jumlani esa bunday tahrirlash mumkin:

Oʻzbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogi bosqichida yuqori natijalarni qayd etdi


Musobaqaning qilich yoʻnalishi haqidagi maʼlumot matnda berilaveradi.

@oriftolib

Telegram | YouTube
👍43🔥7🤣4💯3🤨2😱1
oriftolib.uz sayti qayta ishga tushdi

Saytimni yana ishga tushirdim. Tanaffus kutilganidan koʻproqqa choʻzildi. Lekin shunga yarasha yangiliklar ham bor:

🔹 Sayt toʻliq lotin imlosiga oʻtkazildi.
🔹 Dizayni yangilandi.
🔹 Katta hajmdagi kontent qoʻshildi.
🔹 Ilmiy maqolalarim ham joylandi.

Saytning afzalligi: maʼlumotlar turkumlangan holda boʻladi. Mavzu boʻyicha jamlangan materiallar bilan oson tanishish mumkin.


Marhamat:
👉 oriftolib.uz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍69🔥18💯5😢1
​​“Respublika” soʻzi doim bosh harfda yoziladimi?

Respublika soʻzi atoqli ot emas, jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak. Lekin bosh harfda yoziladigan oʻrinlar bor:

1️⃣ Davlatlar, muxtor oʻlkalarning rasmiy nomlarida bosh harf bilan yoziladi:

Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Indoneziya Respublikasi, Dogʻiston Respublikasi.


2️⃣ Tashkilotlar nomi va boshqa tarkibli nomlarning birinchi soʻzi boʻlib kelsa:

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika taʼlim markazi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Y. X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.


🟢 Boshqa holatlarda bu soʻz kichik harf bilan beriladi:

“Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi, Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi, “Bolalar kitobi” respublika festivali, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, “Zakovat” turnirining respublika bosqichi, respublika rahbari, respublika miqyosidagi tadbir.


❗️ Tarixiy davrlar ifodalanganda ham respublika soʻzi kichik harfda boʻladi:

Rim respublikasi (mil.ol. 509–27), Toʻrtinchi fransuz respublikasi (1946–1958).


🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍65🔥2
​​Mijoz hamisha haq

Bu iboraning paydo boʻlishi va ommalashishi XX asr boshlariga borib taqaladi. Uning savdo shioriga aylanishiga Harri Gordon Selfrij, Jon Uanameyker va Marshal Fayld kabi yirik tijoratchilar sabab boʻlgan. Harri Gordon 1879–1901 yillarda Marshal Fayldning qoʻlida ishlagan. Jon Uanameyker esa Marshal Fayldning marketingchisi boʻlgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ulardan biri bu shiorni oʻylab topgan.

“Mijoz hamisha haq” shiori mijozning shikoyati eʼtiborsiz qolmasligi va darhol hal etilishi kerakligini anglatgan. Oʻsha paytlarda “Oʻz pulingni oʻzing asra!” qabilidagi ogohlantirishlar huquqiy hujjatlarda ham aks etar va masʼuliyat koʻpincha mijozning oʻziga yuklatilardi. Xaridorni himoya qilgan bu chaqiriq davr uchun yangicha qarash edi, shu bois taʼsiri ham kuchli boʻldi.

1905-yili “Boston Globe” gazetasi Marshal Fayld haqida maqola eʼlon qiladi va uni “Mijoz hamisha haq” yondashuviga ogʻishmay amal qilayotgan ishbilarmon sifatida tavsiflaydi. Harri Gordon 1909-yili Londonda “Selfridge” doʻkoniga asos soladi. Bu doʻkonning shiori ham “Mijoz hamisha haq” edi. Matbuot bu loyiha va uning tutumi ustidan kuladi. Biroq bu behuda boʻlgandi. “Selfridge” bugungacha faoliyat yurityapti, u 2010- va 2012-yillarda dunyoning eng yaxshi supermarketi deb topilgan.

Maʼnosi shunga yaqin iboralarni turli ishbilarmonlar qoʻllagan. Masalan, mehmonxona biznesining taniqli vakili, London va Parijdagi “Ris” mehmonxonalari asoschisi Sezar Ris “Mijoz hech qachon adashmaydi” shiorini muomalaga kiritgan.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍32🔥2
Yashil iqtisodiyot: qoʻshtirnoq kerakmi yoki yoʻq?

Atrof-muhitga imkon qadar kam zarar yetkazadigan, ekologik muammolarning oldini olishga qaratilgan sohalar yashil soʻzi bilan taʼriflanadi. XX asrning oxirlarida yuzaga kelgan ana shunday yoʻnalishlardan biri – yashil iqtisodiyot.

Yashil iqtisodiyot, yashil moliya, yashil biznes, yashil energiya kabi birikmalarda yashil soʻzi alohida taʼkid talab qilmaydi yoki koʻpchilik bilmaydigan, oʻquvchi eʼtiborini maxsus qaratish zarur boʻlgan soʻz emas. Shu bois uni yoki butun birikmani qoʻshtirnoqqa olishga hojat yoʻq.

Tinish belgisini oʻrinsiz ishlatish esa xatodir.


📌 Demak:

2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili

2025-yil – Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
👍56🔥6
Forwarded from Mutolaa
😊 Mutolaa ilovamizda "Eng koʻp oʻqilayotgan kitoblar" reytingi:

1. "Uygʻonish: Abu Ali ibn Sino" - 65 160 marta mutolaa qilingan.
2. "Yalmogʻiz kampir" - 64 508 marta mutolaa qilingan.
3. "Qur'oni karim maʼnolari tarjimasi" - 56 044 marta mutolaa qilingan.
4. "Dahshat" - 35 791 marta mutolaa qilingan.
5
. "Uygʻonish: Abu Rayhon Beruniy" - 29 164 marta mutolaa qilingan.

Ushnu reyting 21 – noyabr, 18:00 holatiga koʻra e’lon qilindi.


#statistika

Telegram | Instagram | Ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥4🤣4
🤣144👍18🤨12🔥7💯5
Forwarded from Olimov's note
Nasib qilsa oradan yillar oʻtadi va shu yerdagi katta bogʻ paydo boʻladi. Qachondir shu bogʻ oldidan oʻtganimda nabiralarimga shu bogʻning yoʻl boʻyidagi daraxtlarini Mutolaa jamoasi bilan birgalikda ekkanmiz deb aytib beraman, xudo xohlasa!
👍43🔥17💯5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
18%
Qishloqga bordim.
82%
Qishloqqa bordim.
💯30🔥10👍9😱3🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Bogʻga aylansin.
29%
Boqqa aylansin.
🔥23👍20😱9🤣5💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷
Turk tilini «Ibrat Farzandlari» bilan oʻrganing. ⚡️

🕊 Telegram 📱Instagram
👍6
Hikoya matn: tahrir salohiyatingizni sinang

Tadqiqot ishim davomida tajriba-sinov ham oʻtkazyapman. Dastlabki sinov Fargʻona, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi oliy oʻquv yurtlarining oʻzbek tili va oʻzbek filologiyasi yoʻnalishi talabalari oʻrtasida oʻtkazildi. Unda talabalarga bittadan hikoya matn, tasviriy matn va muhokama matn berildi. Matnlardagi orfografik va punktuatsion; qoʻshimcha, yordamchi soʻz, soʻz va iboralar, jumla darajasidagi xatolarni aniqlash va tuzatish topshirildi.

Matnda nisbatan oson aniqlanadigan, oʻrtacha, murakkab va ancha murakkab xatolar bor. Quyida birinchi matn eʼtiboringizga havola etilyapti. Siz ham urinib koʻring-chi, nechta xato topasiz va tuzata olasiz ekan?


Kerakli va keraksiz narsalar

Ustoz maqsadga erishish uchun keraksiz narsalardan voz kechish kerak ekanligini shogirdiga bot-bot uqdirardi. Shogird bu soʻzlarning juda yaxshi yodlab olgan edi-yu, lekin nima kerakli-yu nima keraksiz ekanligini toʻla anglab yetolmasdi.

Bir kuni ikkalalari toqqa saylga chiqishdi. Togʻ ungirida yurgan yoʻlbars togʻ bagʻrida ikkita kishilar yurganini koʻrdi va ularga qarab yugurdi.

Ustoz hotirjam oʻrnidan turdi va nari ketdi. Yoʻlbars esa negadir shogirdni quvlab ketdi. U yugurarkan boʻyniga osib olgan hurjunini, hatto kiyimlarini ham, yechib ketdi. Bir amallab baland bir daraxtga chiqib oldi. Birozdan soʻng yoʻlbars ketdi biroq shogird qoʻrqgani sababli ustozi kelmagunicha daraxtdan tushmay oʻtiraverdi. Muallim “dagʻ-dagʻ” titrayotgan yalongʻoch oʻquvchisiga razm solib qaradi va jilmaydi va dedi:

– Mana, maqsadga erishish uchun hamma keraksiz narsalardan vos kechishni oʻrganib olding va bu umringni qutqardi.

– Ustoz, – deb hayratlanib soʻradi shogird, – siz qilichingizning ham, kiyimlaringizning ham, yechganingiz yoʻq. Hatto qochishga ham urunmadingiz. Ammo yoʻlbars sizga tegmadi. Nega?

– Meni sendan farqim boʻldi-ki: qoʻrquvni yengidim, shuning uchun yoʻlbars meni payqamadi, – deb javob berdi muallim. – Chunki meni maqsadim shu edi. Har bir kishilar maqsadni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganishlari kerak shundan keyingina maqsadga erishish uchun biror nimadan vos kechish kerakmi-yoʻqmi – bir qarorga kelish mumkin. Sir emaski koʻpchilik bu narsaga eʼtibor bermaydilar va hatoga yoʻl qoʻyadilar. Mana, endilikda sen buni mohiyatini tushunib olding.

Qissadan hissa: bu ibratlik hikoyada bejiz narsalarga vaqt sarflamay, maqsad sari olgʻa qadam tashlash zarurligi uqdirilmoqda. Zero vaqt isrofi yomon illatdir.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍33🔥13💯4
👍36🤣18💯12😢10🔥5🤨5
Oq poshshoning avaxtasi ham koʻp, Sibiri ham keng. (M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”).

Jumladagi “avaxta” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
16%
Qorovullar turadigan post
70%
Qamoqxona, turma
13%
Paxtani qayta ishlash zavodi
💯29👍20🔥4😱3🤣2
OʻzJOKUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Ertaga Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub: tahlil, tasnif, qiyos” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Xudo xohlasa, unda men ham qatnashaman va “Adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusida maʼruza qilaman.

Dastur bilan tanishib chiqdim, boshqa mavzularda ham qiziqarli maʼruzalar bor ekan. Qiziqqanlar kelib tinglashi mumkin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍27🔥9