Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qaysi soʻz aslan turkiy?
Anonymous Quiz
63%
Erk
10%
Ozodlik
8%
Mustaqillik
19%
Istiqlol
👍44😎26🔥6💯5😢3😱2
1918-yil 21-iyunda “Ishtirokiyun” gazetasining ilk soni chop etildi.

Gazeta nomi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
45%
Inqilob
31%
Istiqlol
24%
Kommunist
👍27😎14🤨6🔥4😢3😱2💯2
​​Lamborginimi yoki Lamborjini?

Lamborghini haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Italiyadagi Automobili Lamborghini S.p.A. kompaniyasi qimmatbaho avtomobillarini shu brendda ishlab chiqaradi. Kompaniyaga 1963-yili Ferrucho Lamborgini asos solgan. Asoschisining ismi avtomobilga nom boʻlib oʻtgan.

Mashina rusumini Lamborjini deyish koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Nega unda bunday talaffuz qilish keng tarqalgan? Ingliz tili sababli. Bilasiz, g harfi inglizcha soʻzlarda koʻpincha j deb oʻqiladi. Italyan tilini biladiganlar kam, inglizchani biladiganlar esa koʻp. Ular soʻzni inglizcha talaffuz tasavvuri bilan oʻqiydi.

Biroq Lamborghini inglizcha emas, italyancha. Italyanchada g harfi asosan g deb oʻqiladi. E va i unlilaridan oldin esa j deb oʻqiladi. Bu ikki unlidan oldin ham g oʻqilishi uchun bir h orttiriladi. Lamborghini soʻzida ham ayni shu holat kuzatilgan, bu oʻrinda gh birikmasi g tovushini beradi.

🟢 Solishtirish uchun: italyancha makaron spagetti ham asliyatda spaghetti yoziladi va yuqoridagi qoidaga koʻra, spagetti oʻqiladi. Amaliyotda bu soʻzni spajetti deyish uchramaydi hisob.

Lamborgini talaffuzini Googleʼda eshitib koʻrishingiz ham mumkin.

📌 Demak:

Lamborgini
Lamborjini

@oriftolib
👍77💯8🔥4
Har birimizning ichimizda bir daho uxlaydi. Kundan kun uyqusi qattiqlashaveradi.

Mixail Jvanetskiy

@oriftolib
2💯41👍22🔥6
Aqlli odamlarni yollab, soʻng ularga nima qilishni oʻrgatishda maʼni yoʻq. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilishni oʻrgatishlari uchun yollaymiz.

Stiv Jobs

@oriftolib
3👍77🔥14💯11
Orif Tolib
Aqlli odamlarni yollab, soʻng ularga nima qilishni oʻrgatishda maʼni yoʻq. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilishni oʻrgatishlari uchun yollaymiz. Stiv Jobs @oriftolib
Hayotda shunaqa rahbarlarga ham duch kelganman. Bilimi beshinchi sinf darajasida, lekin mutaxassisga aql oʻrgatadi.

Shunchalik zoʻr ekansan, oʻzing qilib qoʻya qol oʻsha ishni. Yoʻq, u dono maslahatlarini berishi va boshqalar unga quloq solishi kerak.

Nega bizni hurmat qilishmaydi deb hayron boʻlishsa ham kerak keyin.

@oriftolib
👍61💯18🤨6😢3😎2😱1
Ilk uchrashuv

Atoqli rus shoiri Vladimir Mayakovskiy politexnika institutiga uchrashuvga boradi. U yerda nutq soʻzlayotib:

– Men ruslar orasida oʻzimni rus deb his qilaman, gruzinlar orasida esa gruzin... – deydi. Shu payt:

Ahmoqlar orasida-chi? – deb baqiradi kimdir zaldan.

– Ahmoqlar orasida birinchi bor boʻlishim, – deb javob beradi shoir oʻsha zahotiyoq.

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
1👍108😎49🔥28🤨4🤣2😱1💯1
“Daqiq” nima degani?

Daqiq soʻziga duch kelgandirsiz. Imlo lugʻatida bor, lekin izohli lugʻatga kiritilmabdi. Xoʻsh, u nima maʼnoga ega?

“Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati” uning oltita maʼnosini keltirgan. Hozirgi tilimizda daqiq soʻzi nafis, nozik, ingichka, chuqur maʼnoli, mazmundor kabi maʼnolarda ishlatiladi:

Imom Tabariy – Qurʼon oyatlarining maʼnolarini daqiq joylarigacha tushungan olim.

Adibning daqiq fikrlari kitobning salmogʻini bir necha karra oshirgan.


🟢 Daqiqa, diqqat, tadqiq soʻzlari daqiq bilan aslan oʻzakdosh.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
1👍72🔥15🤨3😱2
​​Manbaimi yoki manbayi?

Unli bilan tugagan soʻzlarga -i egalik qoʻshimchasini qanday qoʻshish masalasi koʻp bahslarga sabab boʻladi. Imlo qoidalarida beshtagina soʻz uchun qoida berilgan xolos: parvo, obroʻ, mavqe, mavzu, avzo. Boshqa soʻzlar uchun, jumladan, manba soʻzi uchun tartib belgilanmagan.

Amaliyotda manbai shakli urf boʻlgan. Ammo manbayi varianti ham xato emas. Chunki -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda soʻzdagi unlidan keyin bir y orttirilishi tilda bor hodisa. Koʻp uchragani va koʻz oʻrgangani sababli menga birinchi varianti maʼqul.

Baʼzilar egalik qoʻshimchasini izofa bilan adashtiradi. Nuqtai nazar degan birikma lotinchada nuqtayi nazar yozilgani kabi bunda ham faqat va faqat manbayi varianti toʻgʻri deb hisoblaydi. Ikkovi ikki xil narsa-ku, okasi yo opasi deyishning foydasi yoʻq.

Ajoyib kunlarning birida imlo qoidalari isloh boʻlib qolsa, shu masalani ham uzil-kesil hal qilib ketish kerak. Shunda “Qoidasi qani?” deydiganlarni toʻgʻri shu yoqqa ravona qilvorish mumkin boʻladi.

🟢 Eʼtibor bering, bu soʻzga egalik qoʻshimchasi doim -i yoki -yi shaklida qoʻshilavermaydi:

Kitob – bilim manbai.
Kitob – bilim manbayi.
Bu maʼlumotning manbasi bormi?

@oriftolib
👍67🤨15
Koʻproq bilish uchun emas, yaxshiroq bilish uchun oʻrgan.

Lutsiy Anney Seneka

@oriftolib
2👍81💯18🔥4
Soʻzga usta, gapga chechan, gapdon – ...
Anonymous Quiz
24%
Soʻzomol
76%
Soʻzamol
1👍40😎30😢6🔥5💯4🤨4
#Amaliyot

Tadbirkorlar ommaviy elektr tokidan uzildi

Tadbirkorlar elektr tokidan ommaviy uzildi

@oriftolib
👍60🔥14😎5
Nima uchun yoziladi?

Hajvchi adib Moris Safir bir yozuvchi bilan tortishib qoladi. Suhbatdoshi qizishib ketadi va gʻazabi qoʻzib:

– Siz, qadrdonim Safir, faqat pul uchun yozasiz, men esa faqat vijdon uchun yozaman, – deydi.

– Doʻstim, – deb javob qaytaradi Safir, – ikkovimiz ham oʻzimizda yoʻq narsa uchun yozamiz-da!

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
🔥64👍36😎21😢2💯2
​​Aka

Dilafruz otasiz oʻsgan, ammo oilasida uch qiz va onasi suyanadigan akasi bor edi. Kuchli, kelishgan akasi.

Oldiniga onasi, keyin bir baxtsiz hodisa bilan akasi vafot etganida men magistraturada Toshkentda oʻqir edim.

Uning ikki fojia tufayli surilgan toʻyi oʻtkazilishidan, qaysidir maʼnoda, gʻamlarni kesish maqsad qilingan edi. Dilafruz toʻyga aytib uyimizga kelganida toʻyga borishga hech qachon ruxsat bermaydigan dadam Toshkentga qoʻngʻiroq qilib, toʻyga kelib ket, deb aytgan edi.

Kursdosh dugonam bilan Andijonga yetib kelguncha qorongʻi tushib qolgan, shahardan uning qishlogʻiga borish uchun taksi “pitak”ka borganda taksichilar bemahalda yurgan qizlarni shilqimona hazil bilan kutib olishgan edi. Ammo uning qishlogʻi va vafot etgan akasining ismini aytishimiz bilan hammasi birdan hushyor tortib, oʻzini yigʻishtirib olgan, savdolashmagan, oʻrtogʻimizning uyiga kelguncha miq etmagandi. Uning akasi singlisining oʻrtoqlarini vafot etgach ham himoya qila olgani meni taʼsirlantirgan edi.

Dugonam hozir oilali, baxtli, maktabda dars beradi.

Manba: @suvaydo

@oriftolib
👍67😢28🔥13😱1
Qoʻrqoq xavfsizligiga ishonchi komil boʻlgandagina poʻpisa qiladi.

Yohan Gyote

@oriftolib
👍67💯9🤨6
Foydalanib, tayanib, asoslanib: vergul kerak emas

Ravishdosh shakli -b, -ib bilan doim vergul ishlatilavermasligi haqida oldinroq yozgan edim.

Bu holat uyushiq boʻlaklar bilan vergul qoʻllashga oʻxshaydi: ketma-ket yoki birdan ortiq harakat boʻlishi zarur. Agar bitta harakat ifodalansa, ravishdosh shu harakatni sifatlasa, vergul kerak emas:

Tayyor fotosuratdan foydalanib rasm chizamiz.

Tajriba va kuzatishlarimizga tayanib xulosa qilamiz.

Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib hukm chiqarmang.


🟢 Vergul qoʻyish toʻgʻri boʻlgan holatlar:

Qalamdan foydalanib, ora-orada ruchka ishlatib rasm chizamiz.

Tajribaga tayanib, oʻqib-oʻrganganlarimizni mushohada qilib xulosa yasaymiz.

Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib, mohiyatini tushunmay turib
hukm chiqarmang.

@oriftolib
👍72🔥3💯2🤨2
Ulugʻ ish qilishga intilganlarni, hatto uddalay olmagan boʻlsalar ham, hurmat qil.

Seneka

@oriftolib
1🔥69👍44
1💯32😎28👍19🤨7😢5🔥4
Agar seni hamisha yoqtirishlarini istasang, oʻzingga oʻzing xizmat qil.

Benjamin Franklin

@oriftolib
👍63💯20🤨4
Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi tasdiqlandi

Oyina.uz yozishicha, Bokuda Turkiy dunyoning umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi yakuniga yetdi. Unda 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo tasdiqlandi.

Yigʻilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yili olimlar taklif qilgan, lotin yozuviga asoslangan alifbo boʻyicha dastlabki loyiha qayta koʻrib chiqildi.

Yangi alifboning har bir harfi turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.

🟢 Bu harflarning hammasi oʻzbekchaga kerak boʻlmaydi-ku degan eʼtirozlar tugʻilyapti. Masalan, ü, ū, ı, ə kabi harflarni biz ishlatmaymiz. Menimcha, barcha turkiylarning alifbosini shu 34 ta harf asosida shakllantirish koʻzda tutilgan. Hammada bir xil 34 ta harfli alifbo boʻlsin degan talab yoʻq. Har kim oʻziga keragini oladi, lekin shu 34 ta harf ichidan tanlaydi, chetdan boshqa harf olmaydi.

Bu loyiha amalga oshishiga ishonasizmi?

– ha
– yoʻq

@oriftolib
👍73🤨18😱4😎3🔥1💯1
Attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi umumtaʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallarini ishlab chiqdi.

Quyidagi havolalarda qaysi fandan qanday mavzudagi testlar tushishi va adabiyotlar roʻyxati taqdim etilyapti.

Fanlar:

Ona tili va adabiyot
Oʻzbek tili
Boshlangʻich taʼlim (oʻzbek tili)
Tarix
Ingliz tili
Matematika
Tarbiya

Oʻqituvchilar pedagogik mahorat boʻyicha ham test topshirar ekan. Pedagogik mahoratni test yordamida aniqlash mumkinmi oʻzi degan savol ham tugʻiladi.

Shaxsiy tajribamdan: oʻqituvchilik mahoratini shakllantirishga rosmana yordam beradigan kitobni hozircha topolmadim. Koʻpi eskirgan adabiyotlarning yangi shakli xolos: pedagogika haqidagi tushunchalar, turkumlashgan maʼlumotlar, taʼrif-u izohlar va hokazo. Real foydasi juda kam.


Fanlar boʻyicha toʻliq roʻyxat mana bu yerda:
👉 uzedu.uz/uz/announces/1740

@oriftolib
👍18