Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Yuz yil oldin yasalgan soʻzlar

Tilshunos olim Ernst Begmatov 1920–1930-yillarda yasalgan va isteʼmolga kiritilgan neologizmlar – yangi soʻzlarga quyidagilarni ham misol keltiradi:

Ishchi, yozuvchi, yozuvchilik, adabiyotchi, kolxozchi, bosma, bosmaxona, boʻlim, birlashma, ishsizlik, ishtirokchi, yotoqxona, yillik (godovoy), yoʻllanma (putyovka), nazariyachi.

Eʼtibor bering, bu soʻzlar tilimizda paydo boʻlganiga bor-yoʻgʻi yuz yil boʻlgan xolos. Agar bu tushunchalarga oʻsha paytda ot qoʻyilmaganida, hozir oʻrnida ajnabiy bir soʻzni ishlatayotgan boʻlishimiz ham mumkin edi.

@oriftolib
💯26👍23🔥4
Fan doktori va doktorant: farqi nimada?

Bu soʻzlarning farqi juda oddiy: falsafa doktori yoki fan doktori – dissertatsiya yoqlab, ilmiy unvonga ega boʻlgan tadqiqotchi. Tayanch doktorant yoki doktorant esa doktorlik dissertatsiyasini yozish uchun biror ilmiy muassasada tadqiqot olib borayotgan mutaxassisdir.

Bu xuddi magistr va magistrantning farqiga oʻxshaydi: magistrant – hali taʼlim olayotgan, dissertatsiya yoqlamagan talaba. U dissertatsiyasini yoqlab boʻlgach, magistrga aylanadi.

Diplomant – oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini bitirish diplomi ustida ishlayotgan talaba. Bu soʻzni magistrant yoki doktorantlarga nisbatan ishlatib boʻlmaydi, chunki ular diplom ishi yozmaydi, dissertatsiya yozadi va uni yoqlaydi.

@oriftolib
👍15
Ter toʻkib ishlagan yozuvchi

Jyul Vern juda koʻp vaqtini ilmiy adabiyotlarni oʻqishga sarflardi. Qiziqarli, eʼtiborli maʼlumotlarni maxsus qaydqogʻozlarga yozib borardi. U tuzgan kartotekaga uncha-muncha olimlar uyushmasi ham havas qilsa arzirdi: kartotekada 20 mingdan ortiq qaydvaraq bor edi.

Uning bu urinishlari behuda ketmadi. Jyul Vern adabiyot tarixida ilmiy fantastika janrining asoschilaridan biri sifatida qoldi. YUNESKO hisob-kitoblariga koʻra, adib asarlari koʻp tilga tarjima qilinish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi.

Jyul Vern jami 66 ta roman (baʼzilari tugallanmagan), 20 dan ortiq qissa va hikoya, 30 dan ortiq pyesa, bir qancha ilmiy va hujjatli asarlar muallifidir.

@oriftolib
👍36💯3
Har qanday odam istagan narsasini oʻrgana oladi. Lekin oʻrganishni istamagan odamga hech kim hech narsa oʻrgatolmaydi.

Henri Ford

@oriftolib
👍39💯9🔥6
​​Poldagi pul

Ikki yuzga yaqin kishi yigʻilgan zalda mashhur psixolog mashgʻulot oʻtardi. U 50 dollar pulni koʻrsatib: “Kim buni olishni xohlaydi?” deb soʻradi. Tabiiyki, hamma qoʻlini koʻtardi.

“Buni egasiga berishdan oldin bir ish qilaman”, dedi psixolog, soʻng pulni gʻijimlab-gʻijimlab tashladi. Shundan keyin “Bu pulni olishni istaganlar bormi?” deb yana soʻradi. Yana yigʻilganlarning bari qoʻlini koʻtardi.

“Unday boʻlsa, – dedi psixolog, – boshqacha yoʻl tutamiz”. U pulni polga tashlab, oyoq kiyimi bilan ezgʻiladi. Soʻng ifloslangan pulni tinglovchilarga koʻrsatdi: “Uni shu holatda ham olishni istaganlar bormi?” Bu safar ham qatordan xato boʻlmadi.

“Qadrdli doʻstlar, – deb soʻzida davom etdi psixolog. – Bu tajribada hammamiz uchun katta saboq bor. Men pulni qay ahvolga solmay, hammalaring uni olishni istadilaring. Chunki u oʻz qimmatini yoʻqotmagan edi. U haliyam 50 dollar edi.

Biz hayotda oʻzimizni tez-tez egardan tushgan, nazardan qolgan, oyoq ostida yotgan yo polda ezilgan holatda sezamiz. Bunday vaziyatlarda birovga keragimiz yoʻqday tuyuladi. Biroq nima boʻlganidan va boʻlishidan qatʼi nazar, biz oʻzimizning asl qadr-qimmatimizni yoʻqotmaymiz. Bizni sevganlar uchun hamisha qadrimiz yuksak boʻladi. Shuning uchun yaqinlarimizga, atrofdagilarga tamasiz, samimiy mehr koʻrsataylik, yordamimizni ayamaylik. Bu munosabat oʻzimizga ham albatta qaytadi”.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍50💯11😢4🔥2
Youtubeʼda yangi loyiha: “Vatandosh” intellektual klubi

Oxirgi paytda oʻzbekcha video materiallar koʻpaydi. Ayniqsa podkastlar avj oldi. Podkastlarning asli audio boʻlsa-da, video koʻrinishi rivojlanib ketdi. Suhbat va intervyular internetga podkast nomi bilan qoʻyila boshladi.

“Vatandosh” intellektual klubi podkast emas. Formati tok shoularni eslatib yuboradi. Birinchi soni mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi masalasiga bagʻishlanibdi. Oʻzbekiston bundan nima yutadi, nima yutqazadi? Mutaxassislar masalani taqdimotlar bilan tushuntirib bergan. Turli qarashlar ilgari surilgan. Monopollar masalasi ham koʻtarilgan.

Koʻrsatuvni mana bu manzilda toʻliq koʻrishingiz mumkin:

👉 youtu.be/smh01z4M9c8

@oriftolib
👍16🔥7
Ijodkorlar uchun tanlov

Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti oromgohlar madhiyasini yaratish bo‘yicha “Eng yaxshi shе’r” tanlovini e’lon qilibdi.

Gʻolib boʻlgan sheʼr muallifiga oʻn million soʻm pul mukofoti beriladi.

Sheʼrlar @Oromgohlar_uzb_bot manzilida qabul qilinadi. Ijodiy ishlarni Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolaridan iborat hakamlar hayʼati koʻrib chiqadi.

Eng yaxshi deb topilgan she’rni taniqli san’atkorlar qo‘shiq qilib ijro etadi.

👉
Tanlov haqida batafsil

@oriftolib
👍18💯5🔥3
​​“Doktor”ning oʻzbekchasi bormi?

Doktor soʻzining gʻirt oʻzbekcha varianti bor – emchi. Afsuski, tilimizda ming yildan beri yashab kelgan bu soʻz hozir foydalanishdan deyarli chiqib ketdi. U oldin faol qoʻllanganini “Ogʻriq koʻpaysa, emchi koʻpayar”, “Ogʻriqning tuzalgisi kelsa, emchi oʻz oyogʻi bilan kelar” kabi maqollardan ham bilsa boʻladi. Bugun em oʻzagidan yasalgan emdori, emlama kabi soʻzlarni ham ishlatmaymiz hisob.

Izohli lugʻat emchi soʻzini emlovchi tabib, vrach, hamshira deya izohlagan. Hech qursa, hamshira oʻrnida shu soʻzdan foydalanish mumkin. Hamshira forschadan oʻzlashgan, asliyatda birga sut emishgan degani, opa yoki singilni anglatadi. Biz bu soʻzni shifoxonada ishlovchi, oʻrta tibbiyot maʼlumotiga ega boʻlgan xodimni ifodalash uchun ishlatamiz. Lekin uni erkak kishiga nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Ilojsiz hamshir degan soʻz yasaladi. Tagini surishtirsangiz, oʻzbekchada bunday soʻz yoʻq. Hatto asliyatda – forschada ham davolovchi maʼnosida bunday soʻz ishlatilmaydi. Menimcha, ruscha medbrat oʻrnida emchi soʻzini bemalol qoʻllash mumkin.

Oʻzbekchada doktor soʻzi oʻrnida qadimda hakim, tabib atamalari ishlatilgan. Qiziq tomoni, arabcha hakimning kechmishi doktorga oʻxshash, u ham asliyatda bilimli kishi, tabib, faylasuf kabi maʼnolarga ega. Odatda oʻtkir tabiblar hakim deb atalgan. Podshohlarni davolovchi mutaxassislar ham hakimlar boʻlgan.

Tabib soʻzi eski tilimizda shifokorni anglatgan, ammo hozir tibbiy oʻquv yurtida oʻqimagan, bemorlarni anʼanalar va hayotiy tajriba yordamida davolovchi kishiga nisbatan qoʻllanadi. “Devonu lugʻatit turk”da tabibning oʻzbekcha variantlari bor – oʻtachi, atasagʻun.

Vrach esa ruschadan oʻzlashgan. Uning tarixi ancha qiziq. Mutaxassislar bu soʻzni врать – gapirmoq, aldamoq, avramoq feʼliga bogʻlaydi. Qadimda bu soʻzda hozirgiday salbiy maʼno boʻyogʻi boʻlmagan. Vrach kuf-suflar, afsunlar bilan kasallikni haydovchi, avroqchi maʼnosini ifodalagan. Keyinchalik uning mazmuni oʻzgargan va oliy maʼlumotli tibbiyot xodimini anglata boshlagan. Oʻzbek tiliga shu mazmuni bilan oʻtgan.

Arabcha va forscha soʻzlar qorishmasidan hosil boʻlgan shifokor esa nisbatan yangi oʻzlashmalardan, u hozirgi tilimizda umuman davolovchi maʼnosida ham, doktor va vrach maʼnosida ham ishlatiladi.

@oriftolib
👍36🔥7💯3😎2
Halollik yetmagan joyga pul yamoq boʻladi.

Shved xalq maqoli

@oriftolib
👍48💯18🔥10
Sherning yoliga burga joylashib olgan. Shunday mitti, ojiz maxluqdan azob chekayotgan sher oʻzini xoʻrlanganday sezishi mumkin, burga esa: “Menda sherning qoni oqyapti!” deb maqtanishi hech gap emas...

Viktor Hyugo

@oriftolib
😎46👍34🔥8💯7😢3
#Amaliyot

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

🟢 Tadbirkor soʻzini takrorlamaslik ham mumkin:

O‘zbekistonda yuzdan ortiq ishbilarmon “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

🔄 Mavzuga aloqador:
-lar qoʻshimchasini qoʻllashdagi xatolar

@oriftolib
👍65🔥23😢1
Qishloqlar va koʻchalar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi

Savol:

Mahallalar, koʻchalar, qishloqlar nomi gap orasida kelganda qaysi hollarda qoʻshtirnoq qoʻyiladi? Qaysi manbaga asosan?

Javob:

Imlo qoidalariga asosan, joy nomlari bosh harfda yoziladi va qoʻshtirnoqqa olinmaydi. Qishloqlar, koʻchalar nomi ham shular jumlasidan.

Mahalla nomi hududni bildirganda qoʻshtirnoqsiz yoziladi, oʻzini oʻzi boshqarish organi maʼnosida boʻlsa, xuddi tashkilotlarning atab qoʻyilgan nomi kabi qoʻshtirnoqqa olinadi: Boyqozon mahallasi, “Boyqozon” MFY. Baʼzida MFY nomi bilan unga qarashli hudud ifodalanadi. Bunda ham qoʻshtirnoq saqlanadi: “Boyqozon” MFYda joylashgan korxona.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 MFY va QFYlar nomi qanday yozilishi kerak?
🔹 Koʻcha nomlari va uy raqamlari qanday yoziladi?
🔹 Joy nomlari imlosi

@oriftolib
👍25🔥5
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bolalar uchun sovgʻa tayyorlaganmiz. Nasib qilsa, sentyabr oyida taqdim qilamiz.

Kitoblar 3+ yosh toifasidagi bolalar uchun moʻljallangan.

Mualliflar:
Dinara Muminova
Nilufar Jabborova
Gulnoz Tojiboyeva
Qobiljon Shermatov
Dilnavoz Najimova
Sa’dullo Quronov
👍47🔥11😱4
“Bilaman va shubha qilmayman”

Bir odam xotini oʻttiz yoshdaligini mashhur faylasuf Sitseronga zoʻr berib uqtira boshlaydi.

– Bilaman va aslo shubha qilmayman, – deb javob beradi Sitseron. – Axir bu gapni yigirma yildan beri qaytarib kelyapsan-ku!

@oriftolib
🔥33👍20🤣1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yosh kitobxonlarga ham 3ta elektromobil!

“Yosh kitobxon”
tanloviga 3 ta yosh toifasi bo'yicha (10-14; 15-19; 20-30) 3 ta elektromobil qo'yiladi!

Eng yaxshi kitoblarni o'qib, siz nafaqat yangi bilimlarga ega bo'lish, ilm-fan rivojiga o'z hissangizni qo'shish, balki mukofot sifatida elektromobilni qo'lga kiritishingiz mumkin.

Tanlovning 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!

@alisher_sadullaev
👍24
Agar ahmoq bilan bahslashayotgan boʻlsang, katta ehtimol, u ham xuddi shu ishni qilyapti.

Mixail Jvanetskiy

@oriftolib
👍53🔥14💯7😱3🤣2🤨2😢1
​​Sinov darvozasi

Qadim zamonda bir podsho vazirlikka munosib kishi qidira boshladi. Eng yaxshi nomzodni tanlash uchun bir sinov oʻylab topdi. Saltanatidagi eng katta darvozani qalʼaga keltirishlarini buyurdi. Bu ulkan temir eshikni koʻrganlar hayratdan yoqa ushladi.

Saroy aʼyonlari, turli amaldorlar, donishmandlar yigʻilgan majlisda podsho shunday dedi:

– Katta darvozani koʻrgan boʻlsalaring kerak. Uni bekorga olib kelmadim. Uning eshigini ocha bilgan kishini vazir lavozimiga tayinlayman.

Aʼyonlar darvozaga yaqin ham bormadi. Shuncha odamning oldida sharmanda boʻlishni oʻzlariga ep koʻrmay, bu yogʻi nima boʻlar ekan deb kuzata boshlashdi. Donoligi bilan nom qozongan baʼzi bir kishilar darvozani bir qur aylanib koʻrdilar-u, ammo eshikni ochishga harakat qilmadilar. Koʻpchilikning hafsalasi pir boʻldi: donishmandlar voz kechgan ishga urinishdan ne naf!

Biroq shu payt bir yasovul podshodan izn soʻradi. Ruxsat olgach, dadil borib dastani tortdi: eshik osongina ochildi. Darvoza hatto qulflanmagan ham ekan. Shunchaki oʻz holicha yopib qoʻyilgan ekan.

Yasovul oʻziga ishonchi, dadilligi tufayli yuksak martabaga erishdi.

Hayotda aynan shunday vaziyat uchrashi amrimahol boʻlsa-da, shunga oʻxshash holatlarga tez-tez duch kelib turamiz. Tavakkalchilik, ikkilanmay olgʻa qadam tashlash bizga muvaffaqiyat keltirsa, jurʼatsizlig-u qatʼiyatsizlik afsus va attanglarga sabab boʻladi.


👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍69🔥6😎1
​​Gap koʻp, koʻmir oz: maqolning maʼnosi nima?

Qadimda uzun qish kechalari qoʻni-qoʻshni, yor-doʻstlar bir uyga yigʻilib, tancha atrofida oʻtirib gurunglashganlar. Shunda suhbat uzoq choʻzilib ketsa, suhbatdoshlardan biri yarim hazil, yarim chin qilib: “Qish oʻchogʻi tor, bor uyingga bor”, deya yetar endi, vaqt ham allamahal boʻlib qoldi, uy uylikka, tepa toʻylikka, deyishgan.

🟢 Muqobili: Ish koʻp, temir oz, gap koʻp, koʻmir oz.

Shoir Erkin Vohidov izohicha, aslida ushbu naql “Gap koʻp, umr oz” shaklida boʻlgan. Talaffuzdagi dissimilyatsiya tufayli “Gap koʻp-u, koʻmir oz” shakliga kirib qolgan. Maqol insonni behuda suxandonlik, foydasiz nutqdan tiyib, hayotni, odamlarga munosabatni nihoyatda qadrlash va oʻylab gapirishga chaqirishi bilan qimmatlidir.

Mahmud Sattor

@oriftolib
👍56🔥8
U rahbarning munosabati haqida oʻsmoqchilab soʻradi.

“Oʻsmoqchilamoq” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
16%
Nazar-pisand qilmaslik
19%
Boʻyini biroz choʻzmoq
65%
Surishtirib aniqlashga urinmoq
👍40😎22😱6💯6🔥4
Qancha suvlar oqib oʻtdi, qancha suvlar oqib ketdi kabi iboralarning paydo boʻlishi nima bilan bogʻliq deb oʻylaysiz?
Anonymous Poll
14%
Sellar bilan bogʻliq
50%
Suv soatlari bilan bogʻliq
36%
Bahorgi daryolar tez qurishi bilan bogʻliq
👍35😎18💯8😢3
Tasalli berib yupatmoq – ...
Anonymous Quiz
86%
Ovutmoq
14%
Ovitmoq
😎37👍22💯7😢5