Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
​​Tashrif bilan kelmaydi, tashrif buyuradi

🟢 Savol:

Elektron nashrlar shu jumlani koʻp qoʻllaydi: “Davlatimiz rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni Oʻzbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi”. Tashrif bilan kelishga taklif qildi 😂. Mutaxassis sifatida jumlani qanday tahrirlagan boʻlardingiz?


🟢 Javob:

Bu – ruscha прийти с визитом / приехать с визитом iborasining kalka tarjimasi. Oʻzbekchada bu iboralarning maʼno qirralarini ifodalaydigan tashrif buyurmoq, koʻrgani kelmoq, koʻrishga bormoq, borib koʻrmoq, kelmoq, yoʻqlamoq, holidan xabar olmoq kabi feʼllar bor. Tashrif bilan kelish iborasi esa soʻzma-soʻz, oʻzbek tiliga xos boʻlmagan tarjimadir.

Kimdir davlat rahbarlarining kelishi tashrif boʻladi-ku deb eʼtiroz bildirishi mumkin. Toʻgʻri, lekin xuddi oʻsha maʼnoni tashrif buyurmoq iborasi bilan berish kerak-da. Shunisi oʻzbekcha boʻladi, oʻquvchida istehzo yoki tushunmovchilik uygʻotmaydi. Demak, yuqoridagi jumlani quyidagicha berish oʻrinli:

Davlatimiz rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni Oʻzbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Davlatimiz rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni Oʻzbekistonga kelishga taklif qildi.


Bundan-da loʻnda varianti bor. Biror joyga taklif qilish zamirida oʻsha yerga kelish maʼnosi ham bor. Shuning uchun tashrif buyurish yoki kelish soʻzlarini qisqartirsak boʻladi:

Davlatimiz rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni Oʻzbekistonga taklif qildi.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Tashriflar va ularning bir-biridan farqi
🔹 “Tashrif buyurmadim”, shunchaki “keldim”
🔹 “Uchrashuv oʻtkazdi” va “uchrashdi”: farqi nimada?

@oriftolib
🔥28👍22😢1🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Eshik taqataq yopiq.
58%
Eshik taqa-taq yopiq.
🤨36🔥26😎16👍11😱9💯4
👍42😎28😱21🤨8💯6
Orif Tolib
Shaxs-sondagi nomutanosiblik 3️⃣ Qoʻshma gaplarda shaxs-sonning nomutanosib qoʻllanishi: Doʻstim bilan kutubxonaga bordim va bittadan roman oʻqidik. Birinchi kesim birinchi shaxs birlikda, ikkinchi kesim esa birinchi shaxs koʻplikda tuslangan. Garchi tuslanishda…
Uslubiy xatolar

Uslubiy xatolar matn uslubiga xos jihatlar va kommunikativ moslik prinsiplarining buzilishidir. Bunday xatolarga tavtologiya, pleonazm, soʻz takrori, nutq shtamplari, adabiy tilga xos boʻlmagan soʻzlarni oʻrinsiz qoʻllash kabilar kiradi.

1️⃣ Tavtologiya – bir fikrni boshqa soʻz yoki soʻzlar bilan takroran, ortiqcha ifodalash, bir soʻzni ortiq takrorlash. Bunday xato yuzaga kelishiga oʻzakdosh soʻzlar sababchi boʻladi:

Ishxonamizda yuzdan ortiq ishchi ishlaydi.

🟢 Bu kabi holatlarda soʻzlarni sinonimlari bilan almashtirish mumkin:

Korxonamizda yuzdan ortiq ishchi mehnat qiladi.

@oriftolib
👍46🔥5
Biz hamma oʻrganganlarimizni faqat ish jarayonida oʻzlashtiramiz.

Misol uchun, qurilishda ishlagan odam quruvchiga aylanadi, arfa chalgan kishi arfachiga. Shu tarzda biz adolatli ish qilgan paytimizda adolatliga aylanamiz, oʻzini boshqarish talab qiladigan xatti-harakatlardan oʻzimizni idora qilishni oʻrganamiz, jasurlik koʻrsatganimizda esa mard odamga aylanamiz.

Arastu

(Robin Sharmaning “Oʻlsang, kim yigʻlaydi” kitobidagi iqtibos)

@oriftolib
🔥39👍28
U qorni shiddatli elagan toʻniq koʻkka qaraydi, xoʻrsinadi. (Oybek, “Tanlangan asarlar”.)

Jumladagi “toʻniq” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
36%
Tiniq, musaffo
49%
Bulutli
15%
Oppoq
👍48😎31💯5🤨5🔥2
😎45😢15👍11💯8🤨5😱3
Orif Tolib
Uslubiy xatolar Uslubiy xatolar matn uslubiga xos jihatlar va kommunikativ moslik prinsiplarining buzilishidir. Bunday xatolarga tavtologiya, pleonazm, soʻz takrori, nutq shtamplari, adabiy tilga xos boʻlmagan soʻzlarni oʻrinsiz qoʻllash kabilar kiradi. …
Pleonazm

2️⃣ Pleonazm – maʼno takrori yoki maʼno ortiqchaligidir.

Baxillik – yomon illat.

Bu turdagi xatolar juda koʻp uchraydi. Hatto ommaviy axborot vositalari, kitob va qoʻllanmalarda ham bot-bot koʻzga tashlanadi. Bunday birikma va jumlalarning muharrir nigohidan oʻtib ketishiga uning xato ekanini bilmaslik sabab boʻladi. Yuqoridagi jumla mazmuniga eʼtibor qarataylik. Illatning yaxshisi boʻladimi? Yoʻq, albatta. Uning har qanday koʻrinishi yomon.

Kasallik, ayb, jinoyat kabi maʼnolarni ifodalovchi bu soʻz koʻchma maʼnoda meʼyoriylikni buzuvchi salbiy narsa, qusur, kamchilik mazmunini tashiydi. Demak, oʻzi salbiylik maʼno qirrasiga ega soʻzga yana xuddi shu maʼnodagi soʻzni tirkash oʻrinsiz.

Biror illat ajratib koʻrsatilgandagina yomon soʻzidan foydalanish mumkin:

Baxillik – eng yomon illat.

Birinchi misoldagi jumlani esa quyidagicha tahrirlash zarur:

Baxillik – illat.

Ezgu fazilat, narvondan yuqoriga koʻtarildi, gapini qayta takrorladi, noqonuniy brakonyerlar qoʻlga olindi, ortga chekindi, bugungi kunda, ertalabki nonushta kabi soʻz va iboralarda maʼnodagi ortiqchalik – pleonazm bor.

@oriftolib
👍59🔥5🤨1😎1
Aytganim ham masal

Mashhur rus masalchisi Ivan Krilov juda koʻngilchan boʻlganidan muallifi xafa boʻlmasin deb boʻshroq asarlarni ham maqtab qoʻyavergan. Bir safar isteʼdodsiz bir shoir kitobiga oʻzi kirishsoʻz yozib, asariga Krilov yaxshi baho berganini qistirib oʻtadi.

– Koʻrdingmi, Ivan Andreyevich, sening bagʻrikengligingdan foydalanibdi, – deydi yozuvchiga bir doʻsti kuyinib. – Endi doim shu gapni aylantirib yuraveradi.

– Parvo qilma, – deb javob beradi Krilov. – Axir mening yozganim ham, aytganim ham masal. Buni hamma biladi!

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
👍68😎18🔥10💯1
🤨37👍23😎18😱1😢1
👍41🤨20😎13💯7😢4
Husiylarmi yoki husiychilar?

Yamandagi harbiylashgan guruh nomi yirik saytlar va kanallarda ham xato qoʻllanyapti.

Vikipediya maʼlumotlariga koʻra, husiylar – shia zaydiylarining harbiylashtirilgan guruhi. Guruh oʻz asoschisi va ilk rahbari Husayn al-Husiy sharafiga nomlangan. Arabcha nomi: husiyyun. Oʻzbekchasi – husiylar. Bu soʻzga -chi qoʻshimchasini qoʻshish esa mutlaqo ortiqcha.

📌 Demak:

Husiylar
Husiychilar

@oriftolib
👍54🔥9💯7
Orif Tolib
Pleonazm 2️⃣ Pleonazm – maʼno takrori yoki maʼno ortiqchaligidir. Baxillik – yomon illat. Bu turdagi xatolar juda koʻp uchraydi. Hatto ommaviy axborot vositalari, kitob va qoʻllanmalarda ham bot-bot koʻzga tashlanadi. Bunday birikma va jumlalarning muharrir…
Soʻz takrori

3️⃣ Soʻz takrori bir soʻzni ketma-ket oʻrinsiz qayta ishlatishdir:

Oʻqituvchi oldin mavzuni tushuntirdi, keyin savollarga javob berib, tushuntirish berib oʻtdi.

Shuning uchun xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun matnni diqqat bilan tahrirlash zarur.


Jumlalarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarda keraksiz qaytariqlar bor. Ularni quyidagicha berish oʻrinli:

Oʻqituvchi oldin mavzuni tushuntirdi, keyin savollarga javob berdi.

Shuning bois xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun matnni diqqat bilan tahrirlash zarur.


Agar shu bois sabab bogʻlovchisini olib tashlash matn mazmuniga zarar yetkazmasa, uni ham qisqartirish mumkin.

@oriftolib
👍37🔥1
Pul har narsaga qodirligini aytayotgan odam pul uchun har narsaga qodir.

Benjamin Franklin

@oriftolib
🔥53👍35💯20
🤨40😎29👍14🔥10😢5💯5
Qay biri toʻgʻri?

Ozod qiluvchi, qutqaruvchi – ...
Anonymous Quiz
8%
Xoloskor
80%
Xaloskor
12%
Xalaskor
😎45👍21💯13😱1
Naim amaki gʻaddorroq-ku, lekin otamdan hayiqardi. (Murod Muhammad Doʻst, “Galatepaga qaytish”.)

Jumladagi “gʻaddor” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
36%
Mehr-shafqatsiz, berahm
32%
Ayyor, tulkiday hiylagar
32%
Baquvvat, chayir
👍34🤨17😎17💯7😱2
Diqqat bilan oʻqish sizni dunyoning eng oqil va ijodkor mutafakkirlari bilan hamsuhbat qiladi.

Robin Sharma
“Oʻlsang, kim yigʻlaydi?” kitobidan iqtibos

@oriftolib
👍64💯5🤨2
Taqataq va taqa-taq

Talaffuzi bir, ammo imlosida farq boʻlgan bu ikki soʻz turli maʼnoga ega.

🟢 Taqataq soʻzi ikki xil mazmunda qoʻllanadi:

1️⃣ Hammasi birdan, bitta ham qolmasdan; yoppasiga.

Uylarning eshiklari, derazalari taqataq yopiq.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.

2️⃣ Butunlay, tamoman.

Toʻrani koʻrib, hamma taqataq toʻxtar, ikki bukilib taʼzim qilardi.

J. Sharipov, “Xorazm”.

🟢 Taqa-taq esa taqlid soʻz. Bir meʼyordagi tez harakatdan, urilishdan hosil boʻladigan ovoz, shovqinni ifodalash uchun ishlatiladi:

Poyezdning taqa-taqi kishini mudratardi.

@oriftolib
👍48🔥3
Orif Tolib
Soʻz takrori 3️⃣ Soʻz takrori bir soʻzni ketma-ket oʻrinsiz qayta ishlatishdir: Oʻqituvchi oldin mavzuni tushuntirdi, keyin savollarga javob berib, tushuntirish berib oʻtdi. Shuning uchun xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun matnni diqqat bilan tahrirlash zarur.…
Nutq shtamplari va kanselyarizmlar

4️⃣ Navbatdagi uslubiy xato turi nutq shtamplari va kanselyarizmlardir.

🟢 Kanselyarizm – rasmiy uslubga xos soʻzlar, soʻz birikmalari va gap qurilishining boshqa uslublarda ishlatilishidir. Masalan:

Tinglovchilar maʼruzani maʼlumot uchun qabul qildilar.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

Maʼruza rasmiy majlisdagi hisobot emas, u maʼlumot uchun qabul qilinmaydi. Noqulayliklar esa keltirilmaydi, yuqoridagi jumlada keltirilgan soʻzidan umuman voz kechish kerak.

Rasmiy uslubga xos nutq shtamplarini badiiy, publitsistik yoki axboriy matnlarda qoʻllash ularning hissiy-emotsional taʼsirini yoʻqqa chiqaradi, boʻyoqdorligini kamaytiradi.

🟢 Nutq shtamplari – eskirgan, boʻyoqdorligini yoʻqotgan soʻz, ibora va jumlalardir. Masalan, matnda bugunlik kunda, maqsadga muvofiq, shuni taʼkidlash oʻrinliki, shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, sir emaski, tizimli ishlar, ob-havo noqulay kelganligi sababli kabi qolip iboralarni ishlatish uning taʼsirchanligini pasaytiradi, originalligiga zarar yetkazadi.

Kalka tarjimalar, tilni yaxshi bilmaslik va uquvsizlik oqibatida yuzaga kelgan qolip ifodalar ham bor: toʻlovni amalga oshirdi, zarbani amalga oshirdi, qattiq qoʻnishni amalga oshirdi, boʻlib hisoblanadi, katta rol oʻynaydi, muhim rol bajaradi, dorini qabul qildi, vaksina qabul qildi, dush qabul qildi, doʻstingiz bilan ulashing.

Nutq shtampining yanglish qoʻllanishiga bir misol:

Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini boʻlib hisoblanadi.

Yuqoridagi gapda boʻlib hisoblanadi iborasi ortiqcha, hisoblanadi soʻzini qoldirish ham tahrir nuqtayi nazaridan maʼqullanmaydi. Jumlaning loʻnda va toʻgʻri shakli:

Oila – jamiyatning asosiy boʻgʻini.
Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir.


❗️ Jumladagi jamiyatning asosiy boʻgʻini ifodasini ham bemalol nutq shtampi deyish mumkin. Qoʻllanaverib iyigʻi chiqqan, ohorini butkul yoʻqotgan.

@oriftolib
👍31🔥2🤨1
😢28👍26🤨15😎13💯2🔥1