Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Hordiq dam olishmi yoki charchash?

“Yoshlik”chilar bilan Tohir Malik domlani yoʻqlab borganimizda til tozaligi, soʻz qoʻllash masalasida ham suhbat qurgan edik. Oʻshanda domla hordiq soʻzini yanglish ishlatish ommalashib ketganini aytgandi. Hordiq – horish, charchash. U chiqariladi, olinmaydi. Hordiq chiqarish – charchoqni chiqarish, yaʼni dam olish. Hordiq olish esa – charchoq olish, yaʼni charchash, toliqish.

Biroq baʼzi soʻzlar oʻziga oʻzi antonim maʼnoda ham qoʻllanadi. Ayrim soʻzlardagi xatolar esa ommalashadi, lugʻatlarga kiradi va toʻgʻri deb qabul qilinadigan boʻladi. Qisqacha aytganda, gʻalati mashhurga aylanadi. Hordiq ham shundaylardan.

Izohli lugʻat hordiq soʻzini ikki xil maʼnoda sharhlaydi:

1️⃣ Ish-mehnat, harakat qilib charchagan, tolgan holat; horgʻinlik, charchoq.

2️⃣ Dam.

Demak, bu soʻzni dam, dam olish, charchoq chiqarish maʼnosida ham qoʻllash mumkin. Xato emas.

@oriftolib
👍44🔥6💯6🤨2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Galaktikada bir kun”ning 2-kitobi (“Koinot javohiri”) mohir dublyaj aktyorlari tomonidan ovozlashtirildi.

Asarni “Mutolaa” ilovasi orqali miriqib tinglashingiz mumkin.
👍42🔥12😱4
😢33🤨31😎15👍10🔥6💯2
Orif Tolib
Koʻplikni bildiradigan soʻzlar va -lar 3️⃣ Oʻzi birlikda ishlatiladigan, lekin koʻplikni bildiradigan soʻzlardan keyin koʻplikdagi feʼlni qoʻllash: Aholi kerakli axborotga ega boʻldilar. Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladilar. Bu kabi holatlarda…
Har olmoshi va koʻplik

4️⃣ Har olmoshidan keyingi ot yoki feʼlni koʻplikda qoʻllash:

Har bir kishilar buni bilishlari kerak.

Yoki:

Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdi.
Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdilar.
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdilar.

Har
olmoshi zamirida koʻplik maʼnosi boʻlsa-da, aniq shaxs yoki narsa-buyumni alohidalab, belgilab koʻrsatadi. Bunda undan keyingi ot ham, feʼl ham birlikda boʻlishi kerak. Yuqoridagi gaplarda shu qoidaga amal qilinmagan va xatoga yoʻl qoʻyilgan.

🟢 Toʻgʻrisi mana bunday boʻladi:

Har bir kishi buni bilishi kerak.

Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdi.

@oriftolib
👍25💯17
Amaliyot: bayramlar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi

“30 iyun – Yoshlar kuni” bilan samimiy tabriklayman

30 iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman

Bayramlar va nishonlanadigan kunlar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi.

Batafsil:
👉 Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi

@oriftolib
👍77😎8🔥7🤨2
​​Otel va motel

Bu ikki ajnabiy soʻzga koʻzingiz tushgan boʻlsa kerak. Otel fransuzcha hôtelhashamatli uy, bino soʻzidan olingan. Mehmonxonani bildiradi. Zamonaviy tushunchadagi otellar XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida AQSHda paydo boʻldi.

Motel – yoʻl boʻyida joylashgan kichik mehmonxona. U inglizcha motor hotel – motor mehmonxonasi, avtomobil mehmonxonasi birikmasidan hosil qilingan. Odatda motellarda mijoz oʻz xonasiga bevosita koʻchadan – avtoturargohdan kirib ketadi. Bunday turdagi mehmonxonalar koʻpincha bir yoki ikki qavatli qilib quriladi, koʻrsatiladigan xizmatlar soni kam va shunga yarasha narx ham arzon boʻladi. Xorij mamlakatlarida motellarda roʻyxatdan oʻtish juda oson – avtomobilingiz bilan kelishning oʻzi kifoya.

Motellarning paydo boʻlishiga avtomobilning ommalashishi sabab boʻlgan. Odamlar shaxsiy mashinasida sayohatga koʻp chiqadigan boʻldi, bu esa yoʻl yoqalaridagi kichik mehmonxonalarga ehtiyoj yaratdi.

Demak, otel – uzoq vaqt qolishga moʻljallangan, xizmat sifati koʻp va yuqori boʻladigan mehmonxona. Motel – yoʻl boʻyida qad rostlagan, koʻp vaqt qolishga moʻljallanmagan kichik mehmonxona.

Qadimda mamlakatimiz hududlarida otel va motellar vazifasini karvonsaroy, musofirxona va mehmonxonalar oʻtagan. Baʼzan choyxonalar ham musofirlar tunashi, hordiq chiqarib olishi uchun bagʻridan joy bergan.

@oriftolib
👍46🔥5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Tayloq tumani
65%
Toyloq tumani
👍35😎20🤨8
“Ustoza” soʻzi haqida

Oʻzbek tiliga fors tilidan kirgan soʻzlar koʻp va ularning oʻz oʻrni bor. Koʻpi tilimizga singishib, boshqa til soʻzi ekani bilinmaydigan darajaga yetgan. Ustoz soʻzi ham ana shundaylardan. Ildizi oʻrta fors tiliga, undan qadimgi fors tiliga borib taqaladi. Taʼlim beruvchi, yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, murabbiy kabi maʼnolarni bildiruvchi bu soʻz erkak va ayol uchun birday qoʻllanaveradi.

Biroq oxirgi paytlarda ayol oʻqituvchilar uchun ustoza soʻzini ishlatish urf boʻldi. Eslatma: oʻzbekchada bunday soʻz yoʻq. Oxiriga -a qoʻshilganda ayol jinsini bildiradigan boshqa soʻz bor: muallima. Juda zarur boʻlsa, shu soʻzni ishlatish kerak.

@oriftolib
👍111🔥17😎8😢5💯4🤨3
Orif Tolib
Har olmoshi va koʻplik 4️⃣ Har olmoshidan keyingi ot yoki feʼlni koʻplikda qoʻllash: Har bir kishilar buni bilishlari kerak. Yoki: Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdi. Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdilar. Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdilar.…
Ortiqcha majhul nisbat

5️⃣ Majhul nisbat qoʻshimchasini bir soʻzda ikki marta ishlatish.

Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllaniladi.
Aytilingan ishni vaqtida bajaringlar.


Qoʻllanmoq soʻzida hatto ziyolilar ham koʻp yanglishadi. Uning xato shakli kitoblar-u qoʻllanmalarga, rasmiy hujjatlargacha kirgan. Aslida qoʻllamoq feʼliga majhul nisbat qoʻshimchasi -n qoʻshilishi yetarli. Aytmoq feʼliga esa bitta -il qoʻshilsa kifoya:

Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllanadi.
Aytilgan ishni vaqtida bajaringlar.


@oriftolib
👍42💯23
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
9%
Kanimex tumani
66%
Konimex tumani
25%
Konimeh tumani
🔥28😎21💯10👍8🤨2
Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlarni onlayn olish imkoni yaratildi

my.gov.uz portalida "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirildi.

Bu xizmatdan foydalanish bepul, ortiqcha hujjat talab qilinmaydi. Natija bir zumda taqdim etiladi.  

Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.

Oliy attestatsiya komissiyasi elektron ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirganidan so‘ng bu imkoniyatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

@oriftolib
👍17🔥5
O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 000 dan oshdi

May-iyun oylari davomida “WikiStipendiya” jamoaviy marafonining I turi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafon sabab o‘zbekcha Vikipediya yana bir marrani zabt etdi.

Jamoaviy marafonga qadar o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 260 mingga yaqin edi, musobaqa davomida maqolalar soni 300 mingdan oshdi. Bu natija orqali o‘zbekcha Vikipediya dunyo vikireytingida 40-oʻringa koʻtarildi.

@oriftolib
👍53🔥11
👍38🤨15😢9😎5💯2
Qoʻshtirnoq va tinish belgilari

Koʻchirma gaplarda boshqalarning gapi yoki oʻz gapimizni ajratib koʻrsatish uchun qoʻshtirnoq ishlatamiz. Muallif gapidan keyin keladigan koʻchirma gaplarda qoʻshtirnoq va nuqta, soʻroq va undov belgilari qanday ishlatilishini koʻrib chiqamiz.

🟢 Nuqta qoʻshtirnoqdan keyin qoʻyiladi:

U dedi: “Shu yoʻldan toʻgʻri ketaversak, shaharga chiqamiz”.

🟢 Soʻroq va undov belgilari qoʻshtirnoq ichida qoladi:

Sherigim soʻradi: “Shu yoʻldan toʻgʻri ketaversak, shaharga chiqamizmi?”

U hayqirdi: “Shaharga yetib keldik!”

🟢 Bu kabi holatlarda matn davom etsa, qoʻshtirnoqdan keyin boshqa belgi qoʻyilmaydi. Keyingi jumla bosh harfda yoziladi:

Sherigim soʻradi: “Shu yoʻldan toʻgʻri ketaversak, shaharga chiqamizmi?” Men bosh irgʻab tasdiqladim.

U hayqirdi: “Shaharga yetib keldik!” Yoʻlning ikki tomonida koʻp qavatli uylar qad rostlagan edi.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍51🔥6💯3😱2
Google Tarjimonga 5️⃣ ta turkiy til qoʻshildi

Oʻtgan hafta Google korporatsiyasi Google Tarjimon dasturiga 110 ta yangi tilni qoʻshdi. Ilgari ushbu xizmatda 133 tildan turli tillarga tarjima qilish mumkin edi.

Yangi qoʻshilgan 110 tilda jami 614 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi. Google xabarida aytilishicha, bu tillarning ichida oʻlish arafasida turgan baʼzi tillar ham bor.

Google Tarjimonga qoʻshilgan tillar orasidan 5 ta turkiy til ham oʻrin oldi: boshqird, chuvash, yoqut, tuva va qirimtatar tillari.

@oriftolib
👍60🔥17
Hech bir ishni uddalay olmaydigan; boʻshang, lapashang, noshud – ...
Anonymous Quiz
36%
Landavur
47%
Landovur
17%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍30😢14🤨11😎11😱4💯4
Orif Tolib
Ortiqcha majhul nisbat 5️⃣ Majhul nisbat qoʻshimchasini bir soʻzda ikki marta ishlatish. Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllaniladi. Aytilingan ishni vaqtida bajaringlar. Qoʻllanmoq soʻzida hatto ziyolilar ham koʻp yanglishadi. Uning xato shakli kitoblar-u qoʻllanmalarga…
Sintaktik xatolar

Sintaktik xatolar – gap tuzish bilan, soʻz birikmalari va gaplarda soʻzlarning sintaktik bogʻlanishi bilan bogʻliq xatolar. Masalan:

1️⃣ Bir turdagi bogʻlovchining ketma-ket qoʻllanishi:

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturaga qabul eʼlon qilindi.

Bu ixtisoslik nomi shu shaklda qabul qilinib, ommalashib ketgan. Va bogʻlovchisi ketma-ket ishlatilyapti. Ixtisoslik nomini toʻgʻrilash uchun variantlar:

Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Taʼlim va tarbiya nazariyasi, metodikasi ixtisosligi.

@oriftolib
👍30🔥8💯5
Gʻizol bu – ...
Anonymous Quiz
14%
Ovqat, yemish
66%
Kiyik, ohu
20%
Sheʻr turi
👍43😎28💯12😱9😢3🔥2🤨1
Qay biri toʻgʻri?

Oyi, bugun ikkita bola mushtlashdi! Zoʻr ... boʻldi oʻziyam! Nuqtalar oʻrniga mos soʻzni toping.
Anonymous Quiz
63%
Urush
37%
Urish
👍36🤨23😱20💯11😎5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
54%
Urush-janjal
46%
Urish-janjal
💯34👍20😱18😎4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
76%
Urush-jang
24%
Urish-jang
💯31😎21👍16🤣1