Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Orif Tolib
Paronimlarni yanglish ishlatish 4️⃣ Paronimlarni adashtirib qoʻllash: Mentalitetimizga yod tushunchalarga ergashmasligimiz kerak. Bu oʻrinda yot soʻzi oʻrnida yod soʻzi yanglish qoʻllangan. Mentalitetimizga yot iborasi mentalitetimizga begona degan maʼnoni…
Morfologik xatolar

Morfologik xatolar – turli gap boʻlaklarining grammatik shakllarini yasash bilan bogʻliq xatolar. Masalan:

1️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri qaratqich kelishigi oʻrnida tushum kelishigini ishlatish:

Bu muammoni bevosita rektorni oʻziga aytadigan boʻlishdi.

-ni
feʼl va uning shakllari bilan bogʻlanadi, -ning esa ism soʻzlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Demak, yuqoridagi jumlada tushum kelishigi emas, qaratqich kelishigi qoʻllanishi kerak:

Bu muammoni bevosita rektorning oʻziga aytadigan boʻlishdi.


@oriftolib
👍43💯15🔥8😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
83%
Yuragingiz
17%
Yuraginggiz
👍42😎18💯12🤨3🔥2
Orif Tolib
Morfologik xatolar Morfologik xatolar – turli gap boʻlaklarining grammatik shakllarini yasash bilan bogʻliq xatolar. Masalan: 1️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri qaratqich kelishigi oʻrnida tushum kelishigini ishlatish: Bu muammoni bevosita rektorni…
Miqdor son va koʻplik qoʻshimchasi

2️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan yana biri miqdor sondan keyingi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshishdir:

10 ta kitoblar, 4 ta uylar, 15 nafar oʻquvchilar, 30 dona lugʻatlar

Bu misollarning barchasida -lar qoʻshimchasi ortiqcha. Chunki sonning oʻzida koʻplik maʼnosi borligi sababli otga koʻplik maʼnosi qoʻshilmaydi.

@oriftolib
👍44🔥12😱2
Qayrilish va burilish: farqi nimada?

Baʼzi soʻzlar sinonim boʻlsa-da, maʼlum bir sohada qoʻllanishiga koʻra farqli maʼno tashiydi. Qayrilish va burilish soʻzlari ham shunday. Izohli lugʻat ikki soʻzni maʼnodosh hisoblagan va yaqin shaklda sharhlagan:

Qayrilish – yoʻl, ariq, daryo va shu kabilarning burilib, oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradigan joyi; qayilish, burilish.

Burilish – yoʻl, daryo va shu kabilarning burilgan joyi, muyulishi.

Lekin yoʻl harakati qoidalarida bu ikki tushuncha farqli maʼnolarga ega. Qayrilish yoʻlning qarama-qarshi tomoniga “180 gradusga” burilib, kelgan tomonga teskari yoʻnalishda harakatlanishni anglatsa, burilish yoʻnalishni “90 gradusga” oʻng yoki chap tomonga oʻzgartirib harakatlanishni bildiradi.

@oriftolib
👍79🤨11🔥6😢1💯1
O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat olmoqchi boʻlganlarga xushxabar

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab berilishi rejalashtirilyapti.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga koʻra:

🔹 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

🔹 imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimi tasdiqlanadi.

@oriftolib
👍36💯5🤨1
Orif Tolib
O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat olmoqchi boʻlganlarga xushxabar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja)…
Sertifikat toʻlovini olishda

🔹 Arizachining yoshi imtihon topshirish paytida o‘n to‘rt yoshdan katta va o‘ttiz yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
🔹 Ariza beruvchining so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos boʻladi. Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
🔹 Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.
🔹 Ariza beruvchi taqdim etgan milliy sertifikatning haqiqiyligini vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirilib, tasdiqlanadi.
🔹 Agentlik ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali kelib tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
🔹 Kompensatsiya olgan kishining sertifikati amal qilish muddati tugagach, takroran imtihonda qatnashib, talab etilgan natijani qayd etsa, unga yana kompensatsiya to‘lab beriladi.
🔹 O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolar nomidan ularning qonuniy vakillari, masalan, ota-onasi murojaat qilishi mumkin.

@oriftolib
👍20🤨1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Quyidagilardan qaysi biri "mehnat, ish-harakat natijasida charchash, toliqish" maʼnosini anglatuvchi soʻz hisoblanadi?
Anonymous Quiz
67%
horgʻinlik
16%
hordiq
17%
ikkisi ham
🤨58😱13😎7😢6🔥5💯3👍2
“Tupkaning tubida” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
57%
Chekka joyda
34%
Juda chuqurda
9%
Daraxt ostida
😎38👍17🤨11😱1😢1💯1
Orif Tolib
Miqdor son va koʻplik qoʻshimchasi 2️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan yana biri miqdor sondan keyingi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshishdir: 10 ta kitoblar, 4 ta uylar, 15 nafar oʻquvchilar, 30 dona lugʻatlar Bu misollarning barchasida -lar qoʻshimchasi…
Koʻplikni bildiradigan soʻzlar va -lar

3️⃣ Oʻzi birlikda ishlatiladigan, lekin koʻplikni bildiradigan soʻzlardan keyin koʻplikdagi feʼlni qoʻllash:

Aholi kerakli axborotga ega boʻldilar.

Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladilar.


Bu kabi holatlarda feʼlni birgalik nisbatda (ega boʻlishdi, yaxshi bilishadi) qoʻllash ham xato. Feʼl faqat birlikda boʻlishi kerak.

🟢 Toʻgʻrisi mana bunday boʻladi:

Aholi kerakli axborotga ega boʻldi.
Koʻpchilik bu soʻzning maʼnosini yaxshi biladi.


@oriftolib
👍23🔥3😎3
“Yoqilgʻi” va “yonilgʻi” soʻzlarini kim isteʼmolga kiritgan?

Yuz yildan oshdi, tilimizga ruscha-yevropacha soʻzlar jadal kirib kelayapti. Agar oʻsha Murodxoʻja domla kabi kishilar boʻlmasa, oʻzbek tili avvalgi jozibasini yoʻqotib, lugʻaviy bir boʻtqaga aylanib qolgan boʻlar edi.

Bugungi kundagi kuchlanish, qarshilik, choʻgʻlanma lampa, yorugʻlik tezligi, ichki yonuv dvigateli kabi yuzlab soʻzlar oʻrnida напряжение, сопротивление, лампа накаливания, скорость света, двигатель внутреннего сгорания kabi ifodalar toʻlib-toshib ketardi. Boshqird adibi Mustay Karim “Советлар Россиясында крестьянлар положениеси” deb nomlangan bir maqolani koʻrganini afsus bilan qayd etgan edi.

“Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlayotgan paytida yozuvchi Said Ahmad “топливо”ni yoqilgʻi, “горючее”ni yonilgʻi deb oʻgirgandi. Bu kalimalar bugun lugʻatimizda muqim oʻrnashgan. Shoir Muhiddin Omon “приоритет”ni ustuvor (приоритететные задачи – ustuvor vazifalar), “ценность”ni qadriyat, “конкурентоспособность”ni raqobatbardosh (сейсмостойкость – zilzilabardosh) deya chiroyli tarjima qilib, tilimizga olib kirdi.

Zuhriddin Isomiddinov
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

@oriftolib
👍63🔥11
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
46%
Urushqoq
32%
Urishqoq
22%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😢30😎17👍15🔥4
Qay biri adabiy tildagi variant?
Anonymous Quiz
24%
Peshana
76%
Peshona
😎19🔥11💯6👍4🤨2
Ketma-ket va ketmaketlik

Sarlavhadagi kabi soʻzlarning imlosidagi chalkashliklar haqida oldinroq yozgan va takliflar bergan edim. 2023-yili nashr etilgan “Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati”da ana shu takliflar inobatga olinibdi.

Imlo qoidalariga koʻra, soʻzning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: xilma-xil, qarama-qarshi, qasdma-qasd, ketma-ket, rang-barang.

Ammo shunday sifatlardan yasalgan otlar chiziqchasiz yozilishi kerak: xilmaxillik, qaramaqarshilik, qasdmaqasdlik, ketmaketlik, rangbaranglik.

🟢 Tahrir va korrekturada, matn yozganda eʼtiborga olib qoʻyasiz.

@oriftolib
👍53💯6🔥4😱2
​​Koʻchirma gap va tire

Bizning imlo va punktuatsiya qoidalarimiz rus tili imlosi va punktuatsiyasi asosida ishlab chiqilgan. Baʼzi hollarda biryoʻla koʻchirib qoʻya qolamiz. Doʻppini yechib, sal oʻylab koʻrmaymiz. Bunaqa oʻrinlarda “Toʻxta, nega oʻzbekchada ham aynan shunday boʻlishi kerak, axir aynan olishim, ergashib ketaverishim shartmas-ku!” degan mulohaza juda-juda zarur.

Muallif gapi koʻchirma gapdan keyin kelgan oʻrinlarda qoʻshtirnoqdan soʻng tire qoʻyishga odatlanganmiz. Juda koʻp kitoblarda, darsliklarda shunday. Shu tire nega kerak? Oʻzi koʻchirma gapligi shundoq ham bilinib turibdi-ku. Qoʻshtirnoq qoʻyilgan-ku? Yana bitta belgini ortiqcha kiritish nima zarur?

Solishtiring:

“Sizga bir ogʻiz gapim bor edi”, – dedim. 🤔
“Sizga bir ogʻiz gapim bor edi”, dedim.


Oʻzbek tilida ham bir qator nashrlar koʻchirma gap qoʻshtirnogʻidan keyin tire ishlatmaydi. Men ham tahrir va korrekturada shu usulni qoʻllayman. Biroq buni boshqa muharrir va musahhihlarga tushuntirish qiyin kechyapti. “Ona tili” darsliklarida ham oldin shunday ketgan degan istihola bilan tire qoldirilyapti. Aslida umuman kerak emas. Ilgarilari “Ona tili” darsliklarida koʻchirma gaplar uchun „ ... “ shaklidagi qoʻshtirnoq ishlatilardi. Bunaqa shakldagi qoʻshtirnoq amaliyotda uchramas, faqat darsliklarda boʻlardi. Bundan-ku qutuldik. Endi shu tire qoldi.

“Oʻzbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” qoʻllanmasida ham bunday oʻrinlarda tire qoldirilgan. Toʻgʻrirogʻi, qoʻllanma rus tili imlo va punktuatsiya qoidalarining 195–197-bandlarini mazmunan takrorlagan. Koʻchirma gaplarga oid qoidalarning 8-bandidagina tire ishlatmaslik kerakligi taʼkidlangan. Tire ishlatmaslik qoidasini bemalol boshqa bandlarga ham tatbiq etish mumkin.

👉 Eʼtibor bering: gap faqat qoʻshtirnoq ishlatilgan koʻchirma gap imlosi haqida boryapti. Dialog shaklidagi, har bir jumla alohida satrdan boshlanadigan va satr boshida tire qoʻyiladigan koʻchirma gap haqida emas.


Internetdan izlab koʻring, ingliz, fransuz, turk tillarida bunday hollarda umuman tire ishlatilmaydi. Osmon uzilib, yerga tushgani yoʻq. Qaytaga, jumla tushunarli koʻrinadi, ortiqcha belgi koʻzga botmaydi.

Xullas, muharrir va musahhihlarni, imlo va punktuatsiya bilan shugʻullanadiganlarni, darslik va qoʻllanma yozadiganlarni bunday oʻrinlarda tiredan qoʻrqmay voz kechishga chaqiraman. Bundan tilimiz faqat yutadi. Chunki tinish belgilarining koʻp ishlatilishi, ayniqsa keraksiz ishlatilishi matnning tushunarliligini pasaytiradi xolos.

Ogʻirimizni yengil qiladigan Abomuslimi sohibqironlarimiz boʻlmasa 😢 deb oʻtiravermaymiz-ku 😉

@oriftolib
👍52🔥8💯4🤨4
Tahrirchi jamoasidan yangi loyiha – Tilmoch

Tahrirchi jamoasi oʻzbek va qoraqalpoq tillari uchun sifatli tarjimon – Tilmochni ishlab chiqdi. Uning modeli oʻzbek va qoraqalpoq tillari uchun maxsus oʻrgatilgan. Dasturga turli lugʻatlar singdirilgan. Oʻgirilgan soʻzlarni oʻzingizga moslab, ularni sinonim va variantlar bilan almashtirishingiz ham mumkin.

Eʼtiborli tomoni – qoraqalpoq tili ham qoʻshilgani. Qoraqalpoqcha uchun bu kabi tarjimon shu paytgacha yaratilmagan edi.

Sinab koʻring va baho bering:
👉 tahrirchi.uz/translator

@oriftolib
👍41🔥12
Biror kimsa, narsa yoki gʻoyaga astoydil berilgan – ...
Anonymous Quiz
26%
Fidoiy
46%
Fidoyi
28%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍23😢10💯6🤨6😎4🔥1
Robiya

– Ey Xudoyim, yaqinda tugʻiladigan ukam ham qiz boʻlishini xohlardim. Oʻshanda biz buvijonim bilan birga yashardik...

19.12.2014

Muhammadxon Yusupov
“Qisqa hikoyalar”dan

@oriftolib
👍71😢69🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Bir xoʻplam suv
61%
Bir hoʻplam suv
😎55😱17👍10😢9🔥5💯3🤨1
😎43👍34💯7🤨5😢4