Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Pastga tomon qayrilgan burun, shunday koʻrinishli burunga ega kishi – ...
Anonymous Quiz
14%
Qiygʻirburun
50%
Qirgʻiyburun
35%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤨34👍23😱15😎13😢4
​​“Mutolaa” – aynan sizbop ilova

Kanal kuzatuvchilari sezgan boʻlsa kerak, oxirgi paytlar kamroq yozyapman. Chunki katta loyihalarda faoliyat yurityapman va ish bilan juda bandman. Aprel oyidan eʼtiboran “Mutolaa” loyihasining elektron kitoblar boʻlimi toʻliq menga topshirildi. Har oy rejadagi kitoblarni elektronlashtirish va ilovaga joylash kaminaning rahbarligida amalga oshiriladi. Bilasiz, bir ishni yoʻlga qoʻyib olish oson emas. Yaxshi jamoa shakllantirish va jarayonni tartibga solish ancha vaqt, asab va bir samovar achchiq choy talab qiladi 😉

Xullas, ishlar izga tushdi. Hozir ilova har oy kamida yigirma ming sahifa hajmdagi yangi asarlar bilan boyib boryapti.


Albatta, ish kamchiliksiz boʻlmaydi. Baʼzi xato-kamchiliklarni zukko kitobxonlarning eʼtibori, tavsiyasi bilan tuzatib boryapmiz. Quvontiradigan tomoni – mutolaasevarlarning koʻpligi. Bugun ilova foydalanuvchilari 500 mingdan oshib ketdi! Mabodo shu paytgacha “Mutolaa”ni oʻrnatmagan, foydalanmagan boʻlsangiz, hozir ayni vaqti. Aʼzo boʻling, oʻqishni va uqishni boshlang.

👉 Yuklab olish:
Play Market | App Store

@oriftolib
👍44🔥9😎3
Orif Tolib
Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi 2️⃣ Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi. Soʻzni toʻgʻri qoʻllash uchun uning maʼnosini bilish yetarli emas, uning semantik va leksik uygʻunligi chegaralarini ham hisobga olish zarur. Soʻzlar mazmun…
Yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash

3️⃣ Ibora va turgʻun birikmalarni yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash.

Siz kabi rahbar bilan yuksak natijalarga erishish mumkin. Xodimlarni doim qoʻllab-quvvatlab, ruhlantirib turasiz. Baliq boshidan, deyishadi... Sizga hurmatim cheksiz. Omad sizni tark etmasin.

Yuqoridagi gapda “Baliq boshidan, deyishadi” jumlasi koʻzlangan maqsadga zid. Chunki maqolning toʻligʻi “Baliq boshidan sasiydi” koʻrinishiga ega va salbiy mazmun tashiydi. Maqtov mazmunidagi matnda bu iboraning turishi mutlaqo ortiqcha. Ayni holatdagi mazmun: “Siz boshchiligingizda hamma yoqning rasvosi chiqdi. Lekin sizni hurmat qilaman”.

@oriftolib
👍36💯9😎7😱4🤨3😢1
🇹🇷 Turkiyaga borasizmi?

Qachon?
– 9-iyun, 16:00da.
Qayerda?
– Yoshlar ijod saroyida.
Nima boʻlyapti?
– Maxsus masterklass.
Qanday mavzuda?
– “Turk tilini oʻrganish va turk tilidan sertifikat olish uchun tayyorlanishning tez va samarali yoʻllari” mavzusida.
Kim olib borar ekan?
–Turk tilini oʻrgatish boʻyicha 10 yildan ortiq tajribaga ega Gʻulomjon Sobirov ustoz.

* Boshqa savollar yoʻq boʻlsa, tezda roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/fWc37Nxq8smZcgjD8

🔵 Batafsil:
Ibrat farzandlari

@oriftolib
👍33😎4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
23%
Roʻyhat
77%
Roʻyxat
👍39😎17😱8💯4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
47%
Dahshat
53%
Daxshat
👍38😎34🤨12💯5
Boshqalarga bildirmasdan; yashirin ravishda; yashirincha – ...
Anonymous Quiz
62%
Xufyona
38%
Xufiyona
😎39😢27👍22🤨14💯3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
84%
Kulimsirab qoʻydi.
16%
Kulumsirab qoʻydi.
🤨91😱41👍28😢15😎8🔥2💯2
Assalomu alaykum.

Qurbon hayiti qutlugʻ boʻlsin.

@oriftolib
🔥59👍49💯5
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxon millatga aylanishimizda “Mutolaa” ilovasi bizga koʻmakchi boʻladi!
👍52🔥12💯12
Qay biri toʻgʻri?

..., undan keyin qancha suvlar oqib oʻtdi-yu!
Anonymous Quiz
56%
Eh-he
44%
Ehhe
💯28😎20👍12🔥8😢7🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
66%
Yuzi shuvut boʻldi
34%
Yuzi shuvit boʻldi
💯27😎14👍12🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
86%
Manman boʻlma!
14%
Man-man boʻlma!
💯40😎19👍13🔥2
Orif Tolib
Yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash 3️⃣ Ibora va turgʻun birikmalarni yanglish maʼnoda yoki oʻrinsiz qoʻllash. Siz kabi rahbar bilan yuksak natijalarga erishish mumkin. Xodimlarni doim qoʻllab-quvvatlab, ruhlantirib turasiz. Baliq boshidan, deyishadi...…
Paronimlarni yanglish ishlatish

4️⃣ Paronimlarni adashtirib qoʻllash:

Mentalitetimizga yod tushunchalarga ergashmasligimiz kerak.

Bu oʻrinda yot soʻzi oʻrnida yod soʻzi yanglish qoʻllangan. Mentalitetimizga yot iborasi mentalitetimizga begona degan maʼnoni bersa, mentalitetimizga yod iborasi mentalitetimiz yod olgan degan mazmunni hosil qiladi. Chunki yod soʻzi xotira, es; xotirada, esda saqlash; eslash maʼnolarini anglatadi.

@oriftolib
👍47
Orif Tolib
Paronimlarni yanglish ishlatish 4️⃣ Paronimlarni adashtirib qoʻllash: Mentalitetimizga yod tushunchalarga ergashmasligimiz kerak. Bu oʻrinda yot soʻzi oʻrnida yod soʻzi yanglish qoʻllangan. Mentalitetimizga yot iborasi mentalitetimizga begona degan maʼnoni…
Morfologik xatolar

Morfologik xatolar – turli gap boʻlaklarining grammatik shakllarini yasash bilan bogʻliq xatolar. Masalan:

1️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri qaratqich kelishigi oʻrnida tushum kelishigini ishlatish:

Bu muammoni bevosita rektorni oʻziga aytadigan boʻlishdi.

-ni
feʼl va uning shakllari bilan bogʻlanadi, -ning esa ism soʻzlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Demak, yuqoridagi jumlada tushum kelishigi emas, qaratqich kelishigi qoʻllanishi kerak:

Bu muammoni bevosita rektorning oʻziga aytadigan boʻlishdi.


@oriftolib
👍43💯15🔥8😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
83%
Yuragingiz
17%
Yuraginggiz
👍42😎18💯12🤨3🔥2
Orif Tolib
Morfologik xatolar Morfologik xatolar – turli gap boʻlaklarining grammatik shakllarini yasash bilan bogʻliq xatolar. Masalan: 1️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan biri qaratqich kelishigi oʻrnida tushum kelishigini ishlatish: Bu muammoni bevosita rektorni…
Miqdor son va koʻplik qoʻshimchasi

2️⃣ Eng koʻp uchraydigan xatolardan yana biri miqdor sondan keyingi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshishdir:

10 ta kitoblar, 4 ta uylar, 15 nafar oʻquvchilar, 30 dona lugʻatlar

Bu misollarning barchasida -lar qoʻshimchasi ortiqcha. Chunki sonning oʻzida koʻplik maʼnosi borligi sababli otga koʻplik maʼnosi qoʻshilmaydi.

@oriftolib
👍44🔥12😱2
Qayrilish va burilish: farqi nimada?

Baʼzi soʻzlar sinonim boʻlsa-da, maʼlum bir sohada qoʻllanishiga koʻra farqli maʼno tashiydi. Qayrilish va burilish soʻzlari ham shunday. Izohli lugʻat ikki soʻzni maʼnodosh hisoblagan va yaqin shaklda sharhlagan:

Qayrilish – yoʻl, ariq, daryo va shu kabilarning burilib, oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradigan joyi; qayilish, burilish.

Burilish – yoʻl, daryo va shu kabilarning burilgan joyi, muyulishi.

Lekin yoʻl harakati qoidalarida bu ikki tushuncha farqli maʼnolarga ega. Qayrilish yoʻlning qarama-qarshi tomoniga “180 gradusga” burilib, kelgan tomonga teskari yoʻnalishda harakatlanishni anglatsa, burilish yoʻnalishni “90 gradusga” oʻng yoki chap tomonga oʻzgartirib harakatlanishni bildiradi.

@oriftolib
👍79🤨11🔥6😢1💯1
O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat olmoqchi boʻlganlarga xushxabar

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab berilishi rejalashtirilyapti.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga koʻra:

🔹 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

🔹 imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimi tasdiqlanadi.

@oriftolib
👍36💯5🤨1