Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Give me money” nomli oʻtkir syujetli film 😁

Garchi kanal yoʻnalishiga mos boʻlmasa-da, shu videoni boʻlishgim keldi. Lavhani tushunish uchun inglizchani “Iʼm glad to see you” darajasida bilishingiz kifoya, hatto til bilmay ham gap nimadaligini anglay olasiz. Oxirigacha koʻring, tugallanmasi ajoyib. “Film real voqealarga asoslangan” dermidi ))

Videoni koʻrib, Nigeriya ham tasavvurimdagidan aaaancha rivojlangan ekan degan xulosaga keldim.

@oriftolib
👍47🔥11🤨6😎1
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?

Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha dumba yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi.

Ammo hamma tulkilar ham osonlikcha qoʻlga tushavermasdi. Chunki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Ushbu maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi.

Variantlari:
🔹 Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq, bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?!
🔹 Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur?

Bu keyingi maqol sichqon tilidan aytilgan. Zararkunanda sichqonni yoʻqotmoq uchun sichqon inining ogʻziga margimush sepilgan jizza, kabob jazi qoʻyib qoʻyadilar.

↘️ “Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobi asosida.

@oriftolib
👍75🔥14
Sheʼriyatda koʻp qoʻllanadigan “maʼvo” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
27%
Tiniq buloq suvi
40%
Goʻzallik, chiroy
34%
Manzil, boshpana
👍42😎17🤨16😢8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konferensiyadagi maʼruza videosini soʻraganlar uchun

16-may kuni boʻlib oʻtgan konferensiyadagi maʼruzamning videosini soʻraganlar bor edi. “Zoom” orqali uzatilgan varianti yozib olingan ekan. Marhamat.

@oriftolib
👍29😎3
Adabiy tahrir konsepsiyasi.pdf
18.4 MB
Maʼruza taqdimotining pdf shakli. Osonroq tushunishga yordam bersa, foydalanishingiz mumkin.

@oriftolib
👍40🔥5😎4
Fayrat-u gʻaflat sening,
Javlon oʻzing, uryon oʻzing. (E. Vohidov.)
Misradagi “uryon” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
37%
Koʻzi yoshli
18%
Yalangʻoch
45%
Dangasa
🤨50👍27😎10
Kemiruvchi hayvon – ...
Anonymous Quiz
79%
Sugʻur
21%
Sugʻir
😎25👍19🤨7💯5
Juda mehnatkash, bir ishlasa, yerning jigarini ... oladi.
Anonymous Quiz
72%
sugʻurib
28%
sugʻirib
👍37🤨22😎18
Hech zarari yoʻq, hech narsa qilmaydi – ...
Anonymous Quiz
73%
Hech boqisi yoʻq
27%
Hech bokisi yoʻq
😱53👍24🤨16😎9💯5😢4🔥3
Tuproqning, togʻ jinslarining oqar suvlar yoki shamol taʼsirida yemirilishi, nurashi – ...
Anonymous Quiz
44%
Eroziya
50%
Erroziya
6%
Errozziya
😎32🤨23👍18💯6🔥2😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
56%
Moldovan xalqi
44%
Moldavan xalqi
🤨32👍28😎13😢7💯4
Bosinqirab yoki isitmaning zoʻridan qovushmagan, noaniq soʻzlar soʻzlash – ...
Anonymous Quiz
39%
Alaxsirash
61%
Alahsirash
👍30💯10🤨10😎9
Lingvodidaktikaning_dolzarb_muammolari_toʻplam_2024.pdf
4.5 MB
Konferensiya materiallari toʻplami

“Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplam holida tayyorlandi. Tadqiqotchilar va qiziqqanlar uchun.

@oriftolib
👍24😎1
​​Izohli.uz – elektron izohli lugʻat

Shu kungacha izohli lugʻatning turli chala-yarim variantlari bor edi. Vebsayt, mobil ilova koʻrinishidagi bunday elektron vositalarda har xil kamchiliklar boʻlsa-da, foydalanuvchilar ishlatib kelayotgandi.

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi homiyligida yangi 6 jildli izohli lugʻatning veb koʻrinishi – izohli.uz yaratilibdi. Ishlatib koʻrdim, oldingilaridan ancha yaxshi. Izohli lugʻatning qogʻoz shaklida boʻlgani kabi soʻzning ildizi – qisqa etimologiyasi ham koʻrsatilgan.

Hali sinov rejimida boʻlgani uchun baʼzi kamchiliklar ham koʻzga tashlandi. Ayni paytda shu kabi texnik jihatlar toʻgʻrilanyapti ekan.

Lugʻatda muammoli Oʻ, Gʻ harflari va tutuq belgisi uchun inglizcha birtirnoq (‘’) tanlanibdi. Bu android qurilmalar uchun, masalan, Gboard klaviaturasi uchun noqulay. Shu harf va belgilar qatnashgan soʻzlarni topib boʻlmaydi. Soʻzni boʻlmaydigan oʻzbekcha birtirnoq – okina (ʻʼ) ishlatish kerak. Yoki har ikki birtirnoqda ham soʻz topilaveradigan boʻlishi zarur. Toʻgʻri, bu – dasturchilar uchun boshogʻriq. Lekin baribir yechim topish kerak. Alifbomiz isloh qilinguncha shu va shu kabi muammolar bilan kurashishga toʻgʻri keladi.

Masʼullarning aytishicha, izohli.uz saytining mobil ilovasi yaqin orada eʼlon qilinar ekan.

Albatta, oʻzbek tiliga oid elektron manbalar yaratish borasida hali talay ishlar qilinishi kerak. Lekin 80 mingdan ortiq soʻz va birikmaga ega lugʻatning elektronlashgani – bu yoʻldagi katta qadam. Endi sayt imkoniyatlari kengaytirilishi va u muntazam ishlab turishi zarur.

@oriftolib
👍55🔥12💯2
Xato yoki kamchilik uchun jazo sifatida rasmiy beriladigan tanbeh, jiddiy ogohlantirish – ...
Anonymous Quiz
64%
Hayfsan
36%
Xayfsan
😎30💯14👍13🤨13
Adabiy tahrir va korrektura (tasʼhih)ning farqi

Adabiy tahrir korrekturadan farqlanadi. Korrekturada imloviy va ishoraviy xatolarni toʻgʻrilash koʻzda tutiladi. Adabiy tahrir esa quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:

🔹 Mantiqiy va soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xatolarni tuzatish.
🔹 Matnni uslubiy jihatdan toʻgʻrilash.
🔹 Matndagi mantiqiy nuqsonlarni bartaraf etish, uning kompozitsiyasini mukammallashtirish (maʼnoli qismlarga boʻlish, ifoda ketmaketligini taʼminlash).
🔹 Maʼnoga taʼsir qilmagan holda matnni qisqartirish va qayta ishlash (qaytariqlarni, ortiqcha tafsilotlarni yoʻqotish).
🔹 Faktik material (manbalar, iqtiboslar, atamalar, sanalar, nom va ismlar, raqamlar)ni tekshirish.
🔹 Matnga va takrorlangan soʻzlarga oʻzgartirishlar kiritish.
🔹 Imloviy xatolarni qisqartirish va tuzatish.

@oriftolib
👍48💯8
Leksik xatolar

Olimlar tilning adabiy meʼyorlari buzilishiga oid xatolarni uslubiy boʻlmagan va bevosita uslubiy xatolarga boʻladi. Uslubiy boʻlmagan xatolar leksik, soʻz yasash bilan bogʻliq, morfologik va sintaktik xatolardan iborat.

Leksik xatolar leksik meʼyorlar buzilishi, yaʼni soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xatolardir. Amaliyotda turli shakldagi leksik xatolar uchraydi:

1️⃣ Soʻzni uning mazmuniga mos boʻlmagan oʻrinda qoʻllash.

Yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrimlarning oldini olish masalasiga eʼtibor qaratilyapti.

Yuqoridagi jumlada ajrim soʻzi yanglish ishlatilgan. Bu soʻz oʻzbek tilida ikki oʻrtadagi ish yuzasidan xulosaviy natija; kelishuv, kelishtiruv, sud qarori kabi maʼnolarda qoʻllanadi: muammo boʻyicha ajrimga erishildi, sud ajrimni eʼlon qildi.

Berilgan gapda ajralish yoki ajrashish soʻzini ishlatish kerak:

Yoshlar oʻrtasida oilaviy ajralishlarning oldini olish masalasiga eʼtibor qaratilyapti.

👉 “Adabiy tahrir konsepsiyasi: matnni qayta ishlash mohiyati” maqolasidan

@oriftolib
👍46😎6💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yangi 2024–2025-oʻquv yili uchun 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga qabul eʼlon qiladi!

Hujjatlar joriy yilning 1–20-iyun kunlari ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.

1. Oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti maʼlumotlari;
2. Oʻquvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan oʻtkaziladi:

I – ijodiy matn yaratish;
II – ijodiy suhbat;
III – 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor oʻquvchilar taqdim etgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz – 1206
☎️Telefonlar:
+998911245210
+998911585938
+998916660022

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉Tarmoqlarimiz👈

Reklama
👍17😱1
Boshqaruv raisi: kichik harf bilan

Savol:

Aksiyadorlik jamiyat boshqaruv raisimi yoki aksiyadorlik jamiyat Boshqaruv raisi? Boshqaruv soʻzi katta harf bilan yoziladimi?

Javob:

Eng oldin iboradagi xatoni toʻgʻrilaymiz. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi boʻladi, ikki oʻrinda ham egalik qoʻshimchasi kerak. Boshqaruvi soʻzi kichik harfda beriladi.

Rasmiy hujjatlar va shartnomalarda shartli nom sifatida ishlatilganda boshqaruv soʻzini bosh harfda yozish mumkin:

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, keyingi oʻrinlarda Boshqaruv raisi...
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, keyingi oʻrinlarda Rais...


📌 Demak:

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi Raisi
Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi Raisi

@oriftolib
👍51🔥11💯1
Orif Tolib
Leksik xatolar Olimlar tilning adabiy meʼyorlari buzilishiga oid xatolarni uslubiy boʻlmagan va bevosita uslubiy xatolarga boʻladi. Uslubiy boʻlmagan xatolar leksik, soʻz yasash bilan bogʻliq, morfologik va sintaktik xatolardan iborat. Leksik xatolar leksik…
Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi

2️⃣ Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi. Soʻzni toʻgʻri qoʻllash uchun uning maʼnosini bilish yetarli emas, uning semantik va leksik uygʻunligi chegaralarini ham hisobga olish zarur.

Soʻzlar mazmun jihatidan oʻzaro bogʻlana olmasligi mumkin. Masalan:

Yer va boshqa sayyoralar oftob atrofida aylanadi.

Oftob soʻzi quyosh soʻziga sinonim, koʻp oʻrinlarda uning maʼnosini ifodalay oladi. Lekin osmon jismi maʼnosida faqatgina quyosh soʻzini ishlatish mumkin:

Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi.

@oriftolib
👍42🔥11😎3😢1
Tumshugʻi kalta va qayrilgan, asosan uncha yirik boʻlmagan qush, parrandalarga ovga solinadigan sohibchangal yirtqich qush – ...
Anonymous Quiz
68%
Qirgʻiy
9%
Qiygʻir
23%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱42🤨19👍13😎8