Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Orif Tolib
Bilol – Asra hamisha
Askar qoʻshigʻi

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni koʻrsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!

Duosi, soʻzlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli koʻzlari yodingda tursin,
Onayizoringni asra hamisha!

Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Ogʻa-ining esa – magʻrur, dovyurak.
Chin doʻstlaring boʻlar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, koʻngling ham fayzga toʻladi.
Bolangga munosib ona boʻladi –
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qoʻrgʻon, or – senga qoʻrgʻon,
Oringni – boringni asra hamisha!

Orif Tolib

@oriftolib
👍68🔥12😎2🤨1
​​Til va tahrir mavzusiga qiziqadiganlar uchun

Ertaga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtadi. Nasib qilsa, anjumanda “Adabiy tahrir konsepsiyasi: matnni qayta ishlash mohiyati” mavzusida maʼruza qilaman. Qiziqadiganlar kelib, tinglashlari mumkin:

🧭 Vaqti va joyi:

2024-yil 16-may, soat 10:30.
ToshDOʻTAU binosi, 212-xona (konferensiyalar zali)

🛜 “Zoom” orqali onlayn kuzatish imkoni ham bor:

https://us06web.zoom.us/j/4790857343?pwd=GGGAoZYGdtrvin8xTgagiMhov0jIae.1

@oriftolib
👍49🔥9😎4
👍21😎19💯9🤨3
Qay biri toʻgʻri?

Oʻzini katta oluvchi, kibr-havosi baland, kibrli, takabbur – ...
Anonymous Quiz
70%
Mutakabbir
30%
Mutakkabur
💯23😎16👍15🤨4😢3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Give me money” nomli oʻtkir syujetli film 😁

Garchi kanal yoʻnalishiga mos boʻlmasa-da, shu videoni boʻlishgim keldi. Lavhani tushunish uchun inglizchani “Iʼm glad to see you” darajasida bilishingiz kifoya, hatto til bilmay ham gap nimadaligini anglay olasiz. Oxirigacha koʻring, tugallanmasi ajoyib. “Film real voqealarga asoslangan” dermidi ))

Videoni koʻrib, Nigeriya ham tasavvurimdagidan aaaancha rivojlangan ekan degan xulosaga keldim.

@oriftolib
👍47🔥11🤨6😎1
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?

Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha dumba yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi.

Ammo hamma tulkilar ham osonlikcha qoʻlga tushavermasdi. Chunki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Ushbu maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi.

Variantlari:
🔹 Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq, bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?!
🔹 Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur?

Bu keyingi maqol sichqon tilidan aytilgan. Zararkunanda sichqonni yoʻqotmoq uchun sichqon inining ogʻziga margimush sepilgan jizza, kabob jazi qoʻyib qoʻyadilar.

↘️ “Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobi asosida.

@oriftolib
👍75🔥14
Sheʼriyatda koʻp qoʻllanadigan “maʼvo” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
27%
Tiniq buloq suvi
40%
Goʻzallik, chiroy
34%
Manzil, boshpana
👍42😎17🤨16😢8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konferensiyadagi maʼruza videosini soʻraganlar uchun

16-may kuni boʻlib oʻtgan konferensiyadagi maʼruzamning videosini soʻraganlar bor edi. “Zoom” orqali uzatilgan varianti yozib olingan ekan. Marhamat.

@oriftolib
👍29😎3
Adabiy tahrir konsepsiyasi.pdf
18.4 MB
Maʼruza taqdimotining pdf shakli. Osonroq tushunishga yordam bersa, foydalanishingiz mumkin.

@oriftolib
👍40🔥5😎4
Fayrat-u gʻaflat sening,
Javlon oʻzing, uryon oʻzing. (E. Vohidov.)
Misradagi “uryon” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
37%
Koʻzi yoshli
18%
Yalangʻoch
45%
Dangasa
🤨50👍27😎10
Kemiruvchi hayvon – ...
Anonymous Quiz
79%
Sugʻur
21%
Sugʻir
😎25👍19🤨7💯5
Juda mehnatkash, bir ishlasa, yerning jigarini ... oladi.
Anonymous Quiz
72%
sugʻurib
28%
sugʻirib
👍37🤨22😎18
Hech zarari yoʻq, hech narsa qilmaydi – ...
Anonymous Quiz
73%
Hech boqisi yoʻq
27%
Hech bokisi yoʻq
😱53👍24🤨16😎9💯5😢4🔥3
Tuproqning, togʻ jinslarining oqar suvlar yoki shamol taʼsirida yemirilishi, nurashi – ...
Anonymous Quiz
44%
Eroziya
50%
Erroziya
6%
Errozziya
😎32🤨23👍18💯6🔥2😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
56%
Moldovan xalqi
44%
Moldavan xalqi
🤨32👍28😎13😢7💯4
Bosinqirab yoki isitmaning zoʻridan qovushmagan, noaniq soʻzlar soʻzlash – ...
Anonymous Quiz
39%
Alaxsirash
61%
Alahsirash
👍30💯10🤨10😎9
Lingvodidaktikaning_dolzarb_muammolari_toʻplam_2024.pdf
4.5 MB
Konferensiya materiallari toʻplami

“Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplam holida tayyorlandi. Tadqiqotchilar va qiziqqanlar uchun.

@oriftolib
👍24😎1
​​Izohli.uz – elektron izohli lugʻat

Shu kungacha izohli lugʻatning turli chala-yarim variantlari bor edi. Vebsayt, mobil ilova koʻrinishidagi bunday elektron vositalarda har xil kamchiliklar boʻlsa-da, foydalanuvchilar ishlatib kelayotgandi.

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi homiyligida yangi 6 jildli izohli lugʻatning veb koʻrinishi – izohli.uz yaratilibdi. Ishlatib koʻrdim, oldingilaridan ancha yaxshi. Izohli lugʻatning qogʻoz shaklida boʻlgani kabi soʻzning ildizi – qisqa etimologiyasi ham koʻrsatilgan.

Hali sinov rejimida boʻlgani uchun baʼzi kamchiliklar ham koʻzga tashlandi. Ayni paytda shu kabi texnik jihatlar toʻgʻrilanyapti ekan.

Lugʻatda muammoli Oʻ, Gʻ harflari va tutuq belgisi uchun inglizcha birtirnoq (‘’) tanlanibdi. Bu android qurilmalar uchun, masalan, Gboard klaviaturasi uchun noqulay. Shu harf va belgilar qatnashgan soʻzlarni topib boʻlmaydi. Soʻzni boʻlmaydigan oʻzbekcha birtirnoq – okina (ʻʼ) ishlatish kerak. Yoki har ikki birtirnoqda ham soʻz topilaveradigan boʻlishi zarur. Toʻgʻri, bu – dasturchilar uchun boshogʻriq. Lekin baribir yechim topish kerak. Alifbomiz isloh qilinguncha shu va shu kabi muammolar bilan kurashishga toʻgʻri keladi.

Masʼullarning aytishicha, izohli.uz saytining mobil ilovasi yaqin orada eʼlon qilinar ekan.

Albatta, oʻzbek tiliga oid elektron manbalar yaratish borasida hali talay ishlar qilinishi kerak. Lekin 80 mingdan ortiq soʻz va birikmaga ega lugʻatning elektronlashgani – bu yoʻldagi katta qadam. Endi sayt imkoniyatlari kengaytirilishi va u muntazam ishlab turishi zarur.

@oriftolib
👍55🔥12💯2
Xato yoki kamchilik uchun jazo sifatida rasmiy beriladigan tanbeh, jiddiy ogohlantirish – ...
Anonymous Quiz
64%
Hayfsan
36%
Xayfsan
😎30💯14👍13🤨13
Adabiy tahrir va korrektura (tasʼhih)ning farqi

Adabiy tahrir korrekturadan farqlanadi. Korrekturada imloviy va ishoraviy xatolarni toʻgʻrilash koʻzda tutiladi. Adabiy tahrir esa quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:

🔹 Mantiqiy va soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xatolarni tuzatish.
🔹 Matnni uslubiy jihatdan toʻgʻrilash.
🔹 Matndagi mantiqiy nuqsonlarni bartaraf etish, uning kompozitsiyasini mukammallashtirish (maʼnoli qismlarga boʻlish, ifoda ketmaketligini taʼminlash).
🔹 Maʼnoga taʼsir qilmagan holda matnni qisqartirish va qayta ishlash (qaytariqlarni, ortiqcha tafsilotlarni yoʻqotish).
🔹 Faktik material (manbalar, iqtiboslar, atamalar, sanalar, nom va ismlar, raqamlar)ni tekshirish.
🔹 Matnga va takrorlangan soʻzlarga oʻzgartirishlar kiritish.
🔹 Imloviy xatolarni qisqartirish va tuzatish.

@oriftolib
👍48💯8