Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
😎48👍23😢8💯5🔥3🤨1
Senyor va sinyor: farqi nimada?

Imlo lugʻatida soʻzning har ikki shakli ham berilgan, izohli lugʻatda esa faqat senyor soʻzi sharhlangan xolos. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Ikkovi ham toʻgʻri. Qoʻllanish oʻrniga koʻra farqlanadi. Senyor – Ispaniyada, sinyor esa Italiyada erkaklarga hurmat bilan murojaat qilish shakli. Ayollarga murojaat shaklida ham tovushlarda xuddi shunday farq bor. Senyorita va sinyorina shakllarida farq biroz koʻp.

Senyora turmushga chiqqanlarga, senyorita esa turmushga chiqmaganlarga nisbatan ishlatiladi. Sinyora va sinyorina ham xuddi shunday.

Matndagi voqealar qayerda boʻlayotgani, soʻzlovchining millati, yozuvchining uslubi yoki shu kabi jihatlarga qarab soʻzning kerakli shakli qoʻllanadi.

📌 Demak:

Ispaniyada – senyor, senyora, senyorita
Italiyada – sinyor, sinyora, sinyorina

@oriftolib
👍101😎11🔥8
Yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs; oqsuyak – ...
Anonymous Quiz
74%
Aslzoda
26%
Asilzoda
🤨54👍47😱16😎14😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Poezd
87%
Poyezd
😎34👍14💯10😢3🤨2🔥1
#Hayotiy_tavsiyalar

“O‘zbekiston temiryo‘llari”ning platskart vagonlarida ketmoqchi boʻlganlarga eslatma ekan:

👉 kun.uz/uz/71913312

Oʻzingizni ehtiyot qiling.

@oriftolib
👍41😢18🔥4
Yigitlar ichida menman oʻdagʻa. (“Ravshan”.)

Jumladagi “oʻdagʻa” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
22%
Novcha, baland boʻyli
43%
Kuchli, baquvvat
34%
Boshliq, ishboshi
👍56😎22🤨13💯8
Nihoyat: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Shu soʻzdan keyin vergul ishlatish juda koʻp uchraydi. Aslida vergul kerak emas.

Bu soʻz uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Chek, chegara, oxir, poyon:

Ellikboshi urush nihoyatida oqpodsho gʻolib kelishini isbot qilishga tirishdi.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.

❗️ Hozir bu maʼnoda deyarli ishlatilmaydi.

2️⃣ Gʻoyat, juda, nihoyatda:

Elmurod ularning ovozlaridan oʻz ishlaridan nihoyat xursand ekanliklarini sezdi.
P. Tursun, “Oʻqituvchi”.

3️⃣ Oxir-pirovardida, oxiri.

Nihoyat ular ham charchadi shekilli, vagonga sukunat choʻkdi.
Gazetadan.

Vergul qoʻyish asosan uchinchi maʼnosida uchraydi. Chunki baʼzi adabiyotlar uni kirish soʻz sifatida talqin qiladi.

Solishtirish uchun: shu maʼnosiga sinonim boʻlgan oxir-pirovardida, oxir-oqibatda, oxiri, natijada kabi soʻzlarda vergul ishlatilmaydi. Bu oʻrinda ham vergulga hojat yoʻq.

Vergulsevar punktuatsiyamiz bor-da. Vergul qoʻyiladigan juda koʻp oʻrinlarda vergul aslida kerak emas.

@oriftolib
👍56🔥6
“Dardisar” romanini oʻqidingizmi?

“Akademnashr”dan Xurshid Abdurashidning “Dardisar” romani yetib keldi. Nashriyot asarni fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan deya taʼriflagan boʻlsa, tadqiqotchi-adabiyotshunos bu asarda yozuvchi dardlarini qora yumorga yashirganini taʼkidlayapti.

Oʻqing va baho bering:

👉 t.iss.one/Akademnashr/3531

@oriftolib
👍41🔥9🤨5
Asilzoda va aslzoda

Asil va asl soʻzlari haqida yozganda ularning talaffuzi bir-biriga yaqinligi va baʼzan oʻrni almashganda ham birikmadan maʼno chiqaverishini aytgandim. Lekin bu yerda eʼtibor qaratadigan soʻz bor: baʼzan. Bu soʻzlarni doim ham almashlab qoʻllab boʻlmaydi. Jumladan, asilzoda soʻzida.

Asilzoda yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxsni, oqsuyakni anglatadi. Aslzoda soʻzi qalbaki boʻlmagan, haqiqiy zoda degan maʼno berishi mumkin. Lekin bunday soʻz yoʻq, lugʻatlarda ham aks etmagan.

📌 Demak:

Asilzoda
Aslzoda

@oriftolib
👍46💯4🤨2
#Rakurs

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kanali xabari:

Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi.

Yangilikni yoqlamaydigan kishi jumlani boshqacharoq ifodalashi mumkin:

Endi eplab B2 ololmaganlar ham magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishi mumkin.

@oriftolib
🔥40🤨13😎9👍6💯6😱5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
9%
Xoxish-istak
79%
Xohish-istak
12%
Hohish-istak
😎36💯18👍7🔥5🤨2😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
23%
Vahokazo
73%
Va hokazo
4%
Vaho-kazo
😎30💯20👍18🤨7
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur.

Maqolda “quyruq” soʻzi qanday maʼnoda ishlatilgan?
Anonymous Quiz
21%
Tilla tanga
50%
Dumba yogʻi
29%
Qoʻgʻirchoq qoʻriqchi
😢40🤨19💯18👍17😱9😎9🔥2
Oʻdagʻa va oʻdagʻaylamoq

Hozirgi tilimizda oʻdagʻa ishlatilmaydi hisob, lekin oʻdagʻaylamoq badiiy asarlarda bot-bot koʻzga tashlanadi, baʼzan esa soʻzlashuvda quloqqa chalinadi.

Oʻdagʻa asosan xalq ogʻzaki ijodida uchraydi va boshliq, ishboshi maʼnolarini anglatadi:

Yigitlar ichida menman oʻdagʻa...
“Ravshan”.

Oʻdagʻaylamoq baland ovoz bilan doʻq urish, tahdid yoki poʻpisa qilishni anglatadi:

Joʻra ham Zamonga oʻdagʻaylab gapira boshladi.

N. Nazarov, “Zamon”.

Ilgarigi paytlarda ham boshliqlar doʻq-poʻpisa, tahdidga koʻproq moyil boʻlgan, shekilli, oʻdagʻaylamoq soʻzida ayni shu maʼno ustun kelgan va ish boshqarish maʼnosi butkul yoʻqolgan. Hayotda ham shunday, faqat doʻq va jagʻga tayanadigan odamlarda ish boshqarish qobiliyati boʻlmaydi.

@oriftolib
👍64😎11🔥9🤨3
Maqolni toʻgʻri toʻldiring.

Oʻzimdan chiqqan baloga qayga boray ...
Anonymous Quiz
57%
Davoga
43%
Daʼvoga
😎55👍45🤨24😱9😢4🔥2
Asra hamisha
Bilol
Yosh ijodkordan qoʻshiq

Yosh ijodkor Bilol Darvish “Askar qoʻshigʻi” sheʼrimni kuyga solibdi. Qoʻshiq “Milliy tiklanish” partiyasi eʼlon qilgan harbiy musiqiy kompozitsiyalar va videoroliklar tanloviga topshiriligan ekan.

Tanlov natijalari 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida eʼlon qilinishi aytilgan boʻlsa-da, eʼlon qilinmabdi. Ishtirokchilarning soʻrovlariga javob ham berilmayotgan ekan. “Milliy tiklanish” partiyasi aynan shu tanlovni deb qoʻlidagi telefonini ham sotib, qoʻshiqni sayqallash uchun ishlatgan, tashkilotchilardan shaffoflik va ijobiy munosabat kutayotgan yosh ijodkorga eʼtibor qaratadi deb umid qilaman.

Qoʻshiq menga maʼqul keldi. Eshitib, siz ham baho bering.

@oriftolib
👍36🔥5😎1
Orif Tolib
Bilol – Asra hamisha
Askar qoʻshigʻi

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni koʻrsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!

Duosi, soʻzlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli koʻzlari yodingda tursin,
Onayizoringni asra hamisha!

Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Ogʻa-ining esa – magʻrur, dovyurak.
Chin doʻstlaring boʻlar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, koʻngling ham fayzga toʻladi.
Bolangga munosib ona boʻladi –
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qoʻrgʻon, or – senga qoʻrgʻon,
Oringni – boringni asra hamisha!

Orif Tolib

@oriftolib
👍68🔥12😎2🤨1
​​Til va tahrir mavzusiga qiziqadiganlar uchun

Ertaga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtadi. Nasib qilsa, anjumanda “Adabiy tahrir konsepsiyasi: matnni qayta ishlash mohiyati” mavzusida maʼruza qilaman. Qiziqadiganlar kelib, tinglashlari mumkin:

🧭 Vaqti va joyi:

2024-yil 16-may, soat 10:30.
ToshDOʻTAU binosi, 212-xona (konferensiyalar zali)

🛜 “Zoom” orqali onlayn kuzatish imkoni ham bor:

https://us06web.zoom.us/j/4790857343?pwd=GGGAoZYGdtrvin8xTgagiMhov0jIae.1

@oriftolib
👍49🔥9😎4
👍21😎19💯9🤨3
Qay biri toʻgʻri?

Oʻzini katta oluvchi, kibr-havosi baland, kibrli, takabbur – ...
Anonymous Quiz
70%
Mutakabbir
30%
Mutakkabur
💯23😎16👍15🤨4😢3