Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
“Bir qaynovi ichida” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
47%
Yashirin maʼnoli gap
34%
Aqli pastroq, dumbul
19%
Yaxshi qaynamagan choy
👍29🤨9😱4💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (4-qism) | 5️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍19😎1
Nufusimiz ham, nufuzimiz ham oshaversin!

Oʻzbekiston aholisi 37 millionga yetdi. Shu munosabat bilan “Nufusimiz ham, nufuzimiz ham oshaversin!” deb yozyapti Muhrim Aʼzamxoʻjayev.

Nufus va nufuz soʻzlarining maʼnosini yaxshi bilsangiz kerak. Bilmaganlar uchun:

👉 Nufus va nufuz

@oriftolib
👍54🔥3😎3
Qay biri ot turini anglatadi?
Anonymous Quiz
35%
Jayron
44%
Jiyron
22%
Ikki soʻz ham otga tegishli emas.
👍24🤨8💯7😎7
😎32👍22🤨13💯8
Zambur, zambil va zamburugʻ

Zambil soʻzining maʼnosi soʻralgan testda baʼzilar xato qildi. Variantlarda berilgan izohlarga mos soʻzlar bilan tanishing:

🟢 Zambur – forschadan oʻzlashgan soʻz, shevada qovogʻari maʼnosida qoʻllanadi.

Kavakdan chiqqan zamburni danak chaqqandek bitta-bitta urib tushiraverdi.
S. Nurov, “Narvon”.

🟢 Zambil – gʻisht, tuproq, tosh va shu kabi yuklarni tashish uchun ishlatiladigan, ikki parallel dastaga tol yoki tut novdalaridan oʻrtasini chuqurroq qilib toʻqilgan ish quroli. Keyinchalik esa dastalarga koʻndalangiga yupqa taxtalar, shuningdek, tunuka qoqilgan. Hozir tunukali yoki simtoʻrli zambillar koʻp uchraydi.

Kimlar ketmon bilan, kimlar choʻkich va yo zambil bilan ishlar edi.
M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”.

🟢 Zamburugʻ – tarkibida xlorofill boʻlmaydigan, spora bilan koʻpayadigan, ildizsiz va urugʻsiz tuban oʻsimliklarning umumiy nomi.

Olma mevasiga sakkiz protsentli kaltsiy xlor eritmasi bilan ishlov berilsa, undagi zamburugʻlarning rivojlanishi toʻxtaydi.
“Fan va turmush”.

@oriftolib
👍28🔥2💯1
Vatandoshlar uchun sahifa

Vatandosh TV kanali dunyodagi oʻzbeklar uchun Oʻzbekiston ichidagi va Oʻzbekiston ichidagilar uchun dunyodagi oʻzbeklarga oid eng muhim xabarlarni ulashib boradi.

Kanalda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sport, umuman barcha yoʻnalishdagi eng muhim xabarlarni topish mumkin.

Obuna boʻlish:
👉 @vatandosh_tv

Reklama
🔥6👍4
#Amaliyot

Uncha qimmat bo‘lmagan havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar

Uncha qimmat bo‘lmagan, havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar

Havo sifatini monitoring qiluvchi uncha qimmat bo‘lmagan sensorlar

@oriftolib
👍42🔥25😎7🤨2😱1
#Amaliyot

Ular maxsus pufaklardan ajoyib hayvonlar shaklini yasashdi 🤔

Ular maxsus pufaklardan hayvonlarning ajoyib shakllarini yasadi

@oriftolib
👍46🔥21🤨3😱2💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
Metan shoxobchalar
20%
Metan-shoxobchalar
👍27😎15💯3🤨3
Yangi atamalar va oʻzlashmalar boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar kutamiz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi yangi tarkibda tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror loyihasi muhokama portaliga joylanibdi.

Nizom loyihasiga koʻra, Atamalar komissiyasiga bir necha vazifalar yuklanadi. Jumladan:

🔹 ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish;
🔹 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
🔹 boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
🔹 oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash.

Takliflaringiz boʻlsa, muhokama portalida yozib qoldiring:

👉 regulation.gov.uz/oz/d/97177

@oriftolib
👍24🔥1
Hamma yoqda bahorgi yashillik. Tabiatga qoʻshilib inson ham yangilanishni, yosharishni istaydi. Ayni shu niyatda obunachilarga nimadir yangilik bera oladigan foydali va saviyali kanallarni bir jildga toʻpladik. Roʻyxatdan siyosat, ijtimoiy hayot, til, adabiyot kabi turli mavzularda yuritiladigan bloglar joy olgan.

Taklif etayotgan sahifalarimiz nuqtayi nazari, yondashuvi va professionalligi bilan sizga manzur boʻladi degan umiddamiz.

Havolaga oʻting va kanallarga obuna boʻling:
👉 https://t.iss.one/addlist/y7tK0DNy7eg3N2Ji
👍10
Zamzama nima?

Hech soʻz ishlatmay qoʻshiq aytganmisiz? Odatda gʻoʻngʻillab, burun bilan aytiladi. Yo soʻz oʻrniga tushunarsiz, lekin ohangli tovushlar ishlatib kuylash mumkin. Ana shu zamzama boʻladi.

Zamzama sekin, past ovoz bilan kuylangan qoʻshiqni va xirgoyini ham anglatadi. Koʻchma maʼnoda esa imo-ishora, shama, gʻoʻngʻillab gapirish mazmunida qoʻllanadi.

@oriftolib
👍63🔥4🤨3
​​Pyesa va drama: farqi nimada?

Koʻpincha shu ikki tushunchani almashlab, bir-birining oʻrnida qoʻllashadi va bu koʻp oʻrinlarda toʻgʻri. Lekin maʼno farqlanadigan oʻrinlar ham bor.

Pyesa – asar turi. Har qanday sahna asari pyesa deb atalishi mumkin.

Drama esa badiiy adabiyotning uch asosiy turidan biri; dramaturgiya (sahna) janri.

“Adabiyotshunoslik lugʻati”ga koʻra, pyesa – dramatik turga mansub har qanday asar. Bu atama XX asrdan boshlab shu maʼnoda qoʻllanadi, dramatik asar, janridan qatʼi nazar – u tragediya, komediya yo drama boʻladimi – pyesa deb ham yuritilaveradi.

Yana shu lugʻatda yozilishicha, tarixiy taraqqiyot jarayonida dramatik turning qadimda paydo boʻlgan tragediya va komediya janrlariga bir-birining ziddi deb qaralgan boʻlsa, drama ularning sintezi sifatida XVIII asrga kelib maydonga chiqqan.

Dramada komedik yoki tragedik unsurlar boʻlishi mumkin, lekin undagi voqea va qahramonlar hayotiyroq, ziddiyatlari esa yechimga ega boʻladi.

Drama adabiy tur sifatida epos (nasr) va lirika (sheʼriyat)ga xos xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin. Biroq aniq-tiniq ajralib turuvchi jihatlari bor. Milliy ensiklopediya bu farqlarni shunday izohlaydi: syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi dramaning oʻziga xos xususiyatidir.

Demak, janr sifatida pyesa soʻzini ishlatish xato. Komediya, tragediya yoki drama deyish kerak. Bunday asarlarning janrini emas, turini ifodalaganda drama soʻzini ham, pyesa soʻzini ham ishlatish mumkin.

Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasini oʻqiganmisiz? (janr)
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” pyesasini oʻqiganmisiz? (asar turi)
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” dramasini oʻqiganmisiz? (adabiy tur)
Muallifning oʻzi “Temir xotin”ni “jiddiy komediya” deb ataydi. Bu asar tragediyani aks ettirgan komediyadir. (janr)

@oriftolib
👍42🔥2😱2🤨2
Burundiq va burunduq

Burundiq soʻzi haqida oldinroq yozgan edim. ⁠“Namordnik”ning oʻzbekchasi. Asov, tishlongʻich tuyaning yoki qopagʻon itning tumshugʻiga kiydirib qoʻyiladigan maxsus toʻr.

Burunduq esa kemiruvchilar oilasiga mansub hayvon. Uning olasichqon degan nomi ham. Olmaxonga oʻxshab ketadi. Shimoliy yarimshardagi oʻrmonlarda tarqalgan. Lunjida oziq olib yuradigan xaltasi boʻladi.

Demak, bu ikki soʻz maʼnosi va imlosini bilib olish kerak. Bitta harfda xato qilsangiz, maʼno kilometrlab uzoqlashib ketadi.

@oriftolib
👍49🔥15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangicha loyihadan yangicha taklifnoma

“Mutolaa”
loyihasi taqdimoti va “Qo‘rqma” filmining premyerasiga taklifnoma oldim. Sunʼiy idrok yordamida Abdulla Avloniy tasviri gapirtirilgan.

Taqdimot 27-aprel, shanba kuni soat 18:00 da Yoshlar ijod saroyida boshlanadi.

Tadbirni jonli efirda ko‘rishingiz mumkin.

@oriftolib
👍43🔥11
Ravon va rovon

Ravon soʻzini koʻpchiligimiz yaxshi bilamiz. Silliq, tekis, tinch oqayotgan, puxta, tekis ishlaydigan kabi maʼnolarni bildiradi.

Rovon soʻzi esa derazalar bilan oʻralgan ayvon, oynaband ayvondir. Uni ravon shaklida ishlatish soʻzlashuv tiliga xos. Demak, uning toʻgʻri imlosi rovondir.

@oriftolib
👍57😎5🔥2🤨1
#Amaliyot

Soliha bodroqni 3 kg dan kichik paketlarga joyladi.

Soliha bodroqni kichik paketlarga 3 kg dan joyladi.

@oriftolib
👍80🔥8💯8
Nonni nanna, togʻorani vanna...

Hozir telegramdagi bir guruhda yangicha iboragami yo maqolgami duch keldim:

Besh-olti yil oldin nonni nanna, togʻorani vanna derdim.


Ajoyibus sigʻar degan joyidan ekan 😁

Yosh avlodning ijodkorlik salohiyatini bilmoqchi boʻlsang, u toʻqigan maqollarga boq 😎

Ayyorona, qitmirona yumori bor. Qizlar toʻqigan boʻlsa kerak, odatda shunaqa antiqa iboralarga usta boʻlishadi. Nonni nanna deyish oʻzi oldindan bor ibora, lekin unga topilgan qofiya ham oʻrni-oʻrniga tushgan. Togʻora vanna sifatida xizmat qiladigan payt avji goʻdaklik boʻladi, sal ulgʻayib qolgan bola vannada oʻzi mustaqil choʻmilaveradi. Bu qism nonni nanna deyishdan ham taʼsirliroq chiqqan. Qofiya va kulgi esa naqlga yanada joziba bergan.

@oriftolib
👍114😎25🔥13💯13🤨4
Taqdimot boshlandi

“Mutolaa” loyihasi taqdimoti boshlandi.

Ayni damda teatrlashgan sahna koʻrinishlarini yigʻilganlarni oʻziga qaratgan.

Tadbirni jonli efirda ko‘rishingiz mumkin.

@oriftolib
👍32😢5🔥2
😎44👍27💯8😢2🔥1