Orif Tolib
Finlyandiya emas, Finlandiya Shu mavzuda yozish rejasi anchadan beri bor edi. Lekin vaqt-imkon boʻlmayotgandi. @xatoliklar kanali mavzuga oid maqola eʼlon qilib qoldi. Biroq undagi fikrlar men aytmoqchi boʻlganlarga qarama-qarshi edi. Kanal rahbari bilan…
Finlarning o‘zi yurtini Suomi deb ataydi. Ma’nosi – botqoqli yer. Finlandiya esa ovchilar o‘lkasi demak. Qadimgi skandinav tilida fin – ovchi, shvedcha land esa mamlakat ma’nosida.
Ba’zi Yevropa tillarida, jumladan, fin o‘lkasiga yaqin yashovchi ayrim xalqlarning tilida Suomi nomi ishlatiladi, ammo aksariyat dunyo tillarida Finlandiya shakli ma’qul ko‘rilgan.

👍59
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (3-qism) | 5️⃣0️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍23🔥5
ts va boʻgʻin koʻchirish
Kirilchadagi ц harfi lotincha imloda baʼzan s, baʼzan ts shaklida ifodalanadi. Kirilchada ц bitta harf boʻlgani uchun boʻgʻin koʻchirishda ham bitta harf sifatida qaraladi. Lekin lotincha imloda ts yaxlit harf emas. Chunki oʻzbek lotin alifbosida ts harfi yoʻq. Alohida t va s harflari bor. Demak, boʻgʻin koʻchirishda ularni alohida harf sifatida koʻrishimiz kerak:
Lit-sey ✅
Li-tsey ❌
Ofit-ser ✅
Ofi-tser ❌
Baʼzi mualliflar lotincha imloda ham kirilga taqlid qilib, ts harflarini bitta belgi sifatida talqin qilgan ekan. Bu imlo qoidalariga, alifboga zid borish, behuda taqlidchilik xolos.
🟢 Solishtirish uchun: yolashgan unlilarni kirilda yolgʻiz holda satrda qoldirish ham, keyinga satrga yolgʻiz koʻchirish ham mumkin emas. Chunki ular yaxlit harf, bitta belgi. Lotincha imloda esa yolashgan unlilar yoʻq. Ular ikkita alohida belgi bilan ifodalanadi va kirildagidan farqli boʻgʻin koʻchirish qoidasi amal qiladi:
Dar-yo, dun-yo, so-ya, ya-qin, yu-mush, yo-rugʻ ✅

Yuqoridagi soʻzlarni kirilda bu shaklda boʻgʻinga koʻchirib boʻlmaydi. Ts tarkibli soʻzlar ham shunga oʻxshash.
@oriftolib
👍55🔥1
ID karta: chiziqcha kerak emas
ID karta tilimizga yangi kirib kelgan atamalardan biri. Unga oʻzbekcha ot qoʻymadik. Inglizcha qisqartmasini olib qoʻya qoldik. Garchi bu soʻz ruscha boʻlmasa-da, imloda yana ruschaga taqlid qilish holatlari kuzatilyapti va chiziqcha bilan yozilyapti. Aslida chiziqchaga umuman hojat yoʻq. Chunki u juft yoki takror soʻz emas.
ID karta – inglizcha ID card birikmasining tarjimasi. Kengaytmasi – identifikatsion karta. Yurtimizda pasport oʻrnida berilayotgan bunday hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydi. Undagi chipga karta egasining shaxsiy biografik va biometrik maʼlumotlari kiritiladi.
Inglizchada bu hujjat citizen card, passport card kabi nomlar bilan ham ataladi.
📌 Demak:
ID karta ✅
ID-karta ❌

👍73🔥8💯8
“Oʻgay”ning maʼnosi nima?
Oʻgay soʻzi tugʻishganlik soʻziga teskari maʼnoda ota-onaga ham, bolaga ham nisbatan ishlatiladi. Ota yoki onasi boshqa bolalar ham oʻzaro bir-biriga oʻgay sanaladi.
Bu soʻzning kelib chiqishi haqida “Etimologiya burchagi” kanali qiziq maʼlumot bilan boʻlishibdi:
Iqtibos tugadi.
“Boburnoma”da ogʻa, oqo soʻzlari ayollarga nisbatan ishlatilishini koʻrib, biroz hayron boʻlgandim. Asosi bor ekan.
Vodiy shevalarida ayol oʻqituvchilarni opoʻy deb chaqirish uchraydi. Demak, bunda opacha maʼnosi bor.
Hozirgi tilimizda ishlatiladigan oʻksik, oʻksiz soʻzlarining oʻzagi ham ög ekani oydinlashdi. Oʻksiz soʻzi yetim, himoyasiz, gʻamgin maʼnolarini ifodalasa, oʻksik soʻzi qaygʻuli, xafalik kabi maʼnolarga ega. Bu soʻz oʻksizdan hosil boʻlgan degan fikrdaman.

Ögäy soʻzi ikki boʻlakdan iborat: ög+äy. Tilimiz tarixida “ona” maʼnosidagi ilk soʻz ög soʻzi boʻlib, toshbitiklarda ota maʼnosidagi qang soʻzi bilan birga koʻp ishlatiladi. Ög ona uchun ishlatilgan turkiy tildagi asliy soʻz boʻlishi kerak, biroq hozir birorta turkiy tilda ishlatilmaydi. Turk tilida yetim maʼnosidagi öksüz shu soʻzdan kelgani aniq.
Oʻzbek tilidagi ögäy soʻzi ham shu soʻzdan keladi. Soʻzdagi ikkinchi boʻlak +äy esa kichraytirish qoʻshimchasi boʻlib, unli bilan tugovchi soʻzlarga toʻgʻridan-toʻgʻri +y sifatida, undosh bilan tugaganda esa +ay sifatida qoʻshiladi. Masalan bobo > boboy, togʻa > togʻay/togʻoy, opa > opoy, ogʻa > ogʻoy. Demak, bu soʻzlar bobojon, opajon/opacha, togʻajon, akajon kabi maʼnolarni bildirsa, ögäy onajon, kichik ona maʼnosida boʻladi. Soʻzning dastlabki maʼnosi shunday edi, vaqt oʻtib nafaqat ona uchun, balki qon-qarindoshligi boʻlmagan har qanday yaqinlik uchun ishlatila boshlandi.
Iqtibos tugadi.
“Boburnoma”da ogʻa, oqo soʻzlari ayollarga nisbatan ishlatilishini koʻrib, biroz hayron boʻlgandim. Asosi bor ekan.
Vodiy shevalarida ayol oʻqituvchilarni opoʻy deb chaqirish uchraydi. Demak, bunda opacha maʼnosi bor.
Hozirgi tilimizda ishlatiladigan oʻksik, oʻksiz soʻzlarining oʻzagi ham ög ekani oydinlashdi. Oʻksiz soʻzi yetim, himoyasiz, gʻamgin maʼnolarini ifodalasa, oʻksik soʻzi qaygʻuli, xafalik kabi maʼnolarga ega. Bu soʻz oʻksizdan hosil boʻlgan degan fikrdaman.
@oriftolib
👍52🔥14
“Oʻtinch” qarzmi, tilak?
Oʻtinch soʻzi bugungi kunda qattiq iltimos, yalinish maʼnosini anglatadi.
Janoblaridan ojizona oʻtinchim shulki... (Abdulla Qodiriy).
Koshgʻariy izohiga koʻra, bu soʻzning qadimgi maʼnosi bugungi maʼnosidan keskin farq qiladi. Yaʼni oʻtinch bu qarzdir. Ammo boshqa manbalarda oʻtinch soʻzining ildizi oʻt boʻlib, bu soʻz tila degan maʼnoni bildirgani aytilgan va oʻtinch soʻzi tilak deb izohlangan. Gunohidan oʻting deyilganda ham gunohini tilab olish maʼnosi anglanadi.
Eshqobil Shukur

👍42🔥9💯3
Imlosi qiyin soʻzlar (4-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Mutolaa
🔹 Muvaffaqiyat
🔹 Tugʻuruq
🔹 Tugʻuruqxona
🔹 Suiisteʼmol
🔹 Manba
👉 https://youtu.be/ReXyBjTu0Mo

👍17
👍26💯10🤨5
👍33😎6💯2
Odatda aspirinni turli koʻrinishdagi ogʻriqlarda: bosh ogʻrigʻi, tish ogʻrigʻi, xala boʻlganda ichishga odatlanganmiz. (Gazetadan.)
Jumladagi “xala” soʻzining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
43%
Sanchiq, sanchib ogʻrish
12%
Koʻz ogʻrigʻi
45%
Yengil isitma
💯26👍15😱6🤨3
Zambil bu – ...
Anonymous Quiz
8%
Qovogʻari
11%
Spora bilan koʻpayadigan oʻsimliklar
80%
Qurilishdagi ish quroli
💯34👍14🔥2😎1
“Bir qaynovi ichida” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
47%
Yashirin maʼnoli gap
34%
Aqli pastroq, dumbul
19%
Yaxshi qaynamagan choy
👍29🤨9😱4💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (4-qism) | 5️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19😎1
Nufusimiz ham, nufuzimiz ham oshaversin!
Oʻzbekiston aholisi 37 millionga yetdi. Shu munosabat bilan “Nufusimiz ham, nufuzimiz ham oshaversin!” deb yozyapti Muhrim Aʼzamxoʻjayev.
Nufus va nufuz soʻzlarining maʼnosini yaxshi bilsangiz kerak. Bilmaganlar uchun:
👉 Nufus va nufuz

👍54🔥3😎3
Qay biri ot turini anglatadi?
Anonymous Quiz
35%
Jayron
44%
Jiyron
22%
Ikki soʻz ham otga tegishli emas.
👍24🤨8💯7😎7
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
31%
Radio muruvvatini buradi.
60%
Radio murvatini buradi.
9%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😎32👍22🤨13💯8
Zambur, zambil va zamburugʻ
Zambil soʻzining maʼnosi soʻralgan testda baʼzilar xato qildi. Variantlarda berilgan izohlarga mos soʻzlar bilan tanishing:
🟢 Zambur – forschadan oʻzlashgan soʻz, shevada qovogʻari maʼnosida qoʻllanadi.
Kavakdan chiqqan zamburni danak chaqqandek bitta-bitta urib tushiraverdi.
S. Nurov, “Narvon”.
🟢 Zambil – gʻisht, tuproq, tosh va shu kabi yuklarni tashish uchun ishlatiladigan, ikki parallel dastaga tol yoki tut novdalaridan oʻrtasini chuqurroq qilib toʻqilgan ish quroli. Keyinchalik esa dastalarga koʻndalangiga yupqa taxtalar, shuningdek, tunuka qoqilgan. Hozir tunukali yoki simtoʻrli zambillar koʻp uchraydi.
Kimlar ketmon bilan, kimlar choʻkich va yo zambil bilan ishlar edi.
M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”.
🟢 Zamburugʻ – tarkibida xlorofill boʻlmaydigan, spora bilan koʻpayadigan, ildizsiz va urugʻsiz tuban oʻsimliklarning umumiy nomi.
Olma mevasiga sakkiz protsentli kaltsiy xlor eritmasi bilan ishlov berilsa, undagi zamburugʻlarning rivojlanishi toʻxtaydi.
“Fan va turmush”.

👍28🔥2💯1
Vatandoshlar uchun sahifa
Vatandosh TV kanali dunyodagi oʻzbeklar uchun Oʻzbekiston ichidagi va Oʻzbekiston ichidagilar uchun dunyodagi oʻzbeklarga oid eng muhim xabarlarni ulashib boradi.
Kanalda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sport, umuman barcha yoʻnalishdagi eng muhim xabarlarni topish mumkin.
Obuna boʻlish:
👉 @vatandosh_tv

Reklama
🔥6👍4
#Amaliyot
Uncha qimmat bo‘lmagan havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar ❌
Uncha qimmat bo‘lmagan, havo sifatini monitoring qiluvchi sensorlar ✅
Havo sifatini monitoring qiluvchi uncha qimmat bo‘lmagan sensorlar ✅✅

👍42🔥25😎7🤨2😱1
#Amaliyot
Ular maxsus pufaklardan ajoyib hayvonlar shaklini yasashdi 🤔
Ular maxsus pufaklardan hayvonlarning ajoyib shakllarini yasadi ✅

👍46🔥21🤨3😱2💯1
👍27😎15💯3🤨3