“Taalluqli”ga ham taalluqli
Taalluqli soʻzi oʻzagidagi taalluq soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan. Taalluqli soʻzi aloqasi bor, daxldor, tegishli kabi maʼnolarni anglatadi. Talaffuziga mos yozilmaydi. Uni taluqli, taaluqli yoki talluqli shaklida yozish xatodir:
Mahkamov boshliqning ogʻzigʻa koʻz tikib, ishga taalluqli biror muhim gap kutardi. (“Mushtum”).
@oriftolib

👍47😱1
Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Yanada
🔹 Afv
🔹 Qizil kitob
🔹 Shuʼba
🔹 Buhron
👉 https://youtu.be/eva-oP_hEtg

👍34😱3
“Vakuum”da saqlanadigan ikki “u”
Asli-nasli lotincha boʻlgan vakuum soʻzi ham imlomizga oʻzbekcha talaffuzga mos shaklda kirmagan. Biz uni vakum deb aytamiz, lekin bunday yoza olmaymiz. Vakuum gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holatidir:
Vakuum bosim birligi bilan oʻlchanadi.

👍40😱2
Soʻz tarixi va etimologiya mavzusidagi maqolalar
2-qism
🔹 “Stakan” – aslida oʻzbekcha soʻz
🔹 “Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” – bu soʻzlarning asl maʼnosi nima?
🔹 Abituriyent, shpargalka, imtihon – trenddagi soʻzlar dastlab qanday maʼnoga ega boʻlgan?
🔹 Baliqdan balchiqqa, balchiqdan Balxashga
🔹 Boliviya va ozodlik kurashchisi
🔹 Bordonkoʻl, Bordonchi, Bordonqishloq – “bordon” nima?
🔹 Bular aslida ruscha emas: rus tiliga oʻzlashgan turkiycha soʻzlar
🔹 Venger tilidagi turkiycha soʻzlar
🔹 Daqqiyunusdan qolgan
🔹 Dekan harbiy boʻlganmi?
🔹 Denov – “yangi qishloq”
🔹 Dunyo kezib, boshqa tillar orqali qaytib kelgan jahongashta soʻzlarimiz
🔹 Doʻppi kiygan soʻzlar – gʻirt oʻzbekcha boʻlib ketgan 15 ta oʻzlashma
🔹 Ishonish qiyin: namoz va namaste, musicha va moʻri, koʻprik va koʻppak – kutilmagan qarindosh soʻzlar
🔹 Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya – asli odamlarning ismi boʻlgan joy nomlari
👉 1-qism

👍33😎4😱1💯1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
65%
Birpas kutib tur.
22%
Birpast kutib tur.
13%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😎43👍32💯11😱6🤨5🤣1
Qaytimini oling
Hajviy asarlari bilan nom qozongan chex yozuvchisi Yaroslav Hashek Bavariyaga sayohat qiladi. Safar payti mahalliy tansiq taom – sosiska yeyishni koʻngli tusab qoladi.
Stansiyalarning birida perronda daydib yurgan bir bolani chaqiradi va deydi:
– Mana, senga 40 pfenning. Ikkita sosiska ol. Bittasini oʻzing ye, ikkinchisini menga olib kel.
Poyezd joʻnashiga bir daqiqacha qolganda haligi bolakay yoʻl-yoʻlakay chaynalgancha vagonga yugurib keladi. Gashekka 20 pfenning uzatadi va deydi:
– Faqat bitta sosiska qolgan ekan. Uni oʻzim yedim. Manavi 20 pfenning sizning sosiskangizning puli.
👉 Mashhurlar hayotidan

👍100😎39😢9🔥6🤨5💯4😱2
Maqol qaysi qatorda toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
51%
Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
49%
Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.
👍47🔥9🤨9😢8💯6😎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism) | 4️⃣8️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍17🔥5
“Birpas”da past yoʻq
Birpas soʻzi qisqa vaqt, biroz, sal, andak kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Erkin Vohidov bu soʻzning kelib chiqishini pos soʻziga bogʻlab, qiziqarli xulosalar qilgan edi. Chunki lugʻatlarda pos kechaning sakkizdan biri deb izohlangan. Bu anchagina vaqtni anglatadi. Birpas esa kichik vaqt, bir necha soniya yoki daqiqa. Navoiy asarlari lugʻatidan bir qiziq maʼlumotni topdim: pos soʻzi eski tilimizda lahza, daqiqa maʼnosida ham ishlatilgan oʻrinlar bor ekan.
Birpas soʻzini birpast shaklida yozish uchrab turadi. Taxminimcha, soʻzdagi pas qismi past soʻzi bilan adashtiriladi. Pastni talaffuzga mos shaklda pas deb yozish xato, demak, birpasni ham birpast shaklida yozishim kerak deb xulosa qilingan boʻlishi mumkin. Biroq birpas soʻzi oʻzagida past soʻzi yoʻq:
Mansur tagʻin birpas oʻylanib turdi-yu, indamay chiqib ketdi.
Oʻ. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”.

👍58🔥6
Qilgan ishing oʻzingga qaytadi
Quyidagi hikoyani koʻpchilik afsona deb hisoblaydi. Bu voqea balki boʻlgandir, balki toʻqimadir. Lekin unda katta ibrat borligi aniq.
Yigirmanchi asr boshlari. Shotlandiyalik bir dehqon daladan qaytayotib bir botqoqlik yonidan oʻtadi. Uning qulogʻiga kimningdir yordam soʻrab baqirayotgan tovushi eshitiladi. Dehqon ovoz kelgan tomonga shoshib yoʻl oladi va vahshatli botqoqlik qaʼriga choʻkib borayotgan bolani koʻradi. Bola qutulishga urinib chiranar, lekin bu urinishlar uni yanayam ichkari tortardi. Dehqon katta bir daraxt shoxini sindirib oladi va botqoqqa ehtiyotkorlik bilan yaqinlashib, shoxni bolaga uzatadi. U bir amallab xavfsiz joyga chiqadi. Bechora gapira olmas, tishlari takillar, oʻzi dagʻ-dagʻ qaltirar edi. Lekin qoʻrquv ortda qolgan, xavfdan ozod boʻlgandi.
– Bizning uyga boramiz. Oʻsha yerda qurinib, oʻzingga kelib olasan, oʻgʻlim, – deydi unga dehqon.
– Yoʻq, yoʻq... – deb rad etadi bola, – meni dadam kutyapti. Rosa xavotir olayotgan boʻlsa kerak.
Soʻng dehqonga koʻzlarida mehr-minnatdorlik bilan boqib, yugurganicha yoʻlga tushadi.
Ertasiga ertalab dehqonning eshigi oldiga otlari turli zeb-ziynatlar bilan bezatilgan arava kelib toʻxtaydi. Undan qimmatbaho kiyimlar kiygan bir kibor kishi tushib keladi.
– Kecha mening oʻgʻlimni qutqargan kishi sizmi? – deb soʻraydi u dehqondan.
– Ha, men, – deb javob beradi dehqon.
– Sizga qancha berishim kerak?
– Meni xafa qilyapsiz, taqsir. Siz mendan umuman qarzdor emassiz. Men oʻzini inson deb hisoblaydigan kishi qilishi kerak boʻlgan ishni qildim xolos.
– Yoʻq, men bu yaxshilikni eʼtiborsiz qoldira olmayman. Oʻgʻlim men uchun juda qadrli. Istagan pulingizni ayting.
– Bu mavzuda ortiq gaplashishni istamayman. Salomat boʻling.
Dehqon ortiga buriladi. Shu payt ostonada uning oʻgʻli paydo boʻladi.
– Bu sizning oʻgʻlingizmi? – deb soʻraydi kibor mehmon.
– Ha, – deydi dehqon faxrlanib, oʻgʻlining boshini silarkan.
– Keling, bundoq qilamiz. Men oʻgʻlingizni oʻzim bilan Londonga olib ketaman va uning oʻqishiga homiylik qilaman. Agar u otasiga oʻxshagan halol odam boʻlsa, bu qarordan siz ham, men ham afsuslanmaymiz.
Oradan bir necha yil oʻtadi. Dehqonning oʻgʻli oldin maktabni, soʻng tibbiyot universitetini tugatadi. Uning nomi penitsillin ixtirochisi sifatida tez orada butun dunyoga taniladi. Bu mashhur olimning ismi Aleksandr Flemingdir.
Aleksandr Flemingning oliy taʼlim olishiga sababchi boʻlgan kishining nomi esa lord Randolf Cherchilldir. Uning oʻgʻli keyinchalik Angliya bosh vaziri boʻladi va butun dunyoga Uinston Cherchill nomi bilan taniladi. Bu mashhur siyosatchi nutqlaridan birida: “Qilgan ishing oʻzingga qaytadi”, degandi. Haqiqatan shunday. Bunga hayotdan juda koʻp misol topish mumkin.
👉 Ibratli hikoyalardan

👍89💯3🔥1😱1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman. "Mutolaa" ilovasi yuklab olishlar bo'yicha Google Playning O'zbekiston ta'lim chartida 3-o'ringa chiqib oldi. Maqsadimiz — shu yilning o'zida 1 million kitobxonga bepul audio va elektron kitoblarni taqdim qilish. Oldimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun katta marralar bor, birgalikda kitobxon millatga aylanish nasib qilsin.
Mutolaa qilish uchun ilovani yuklab oling:
Play Market | App Store
@alisher_sadullaev

👍66🔥6😎5😱2
Noshir, muharrir, mualliflik huquqi bo‘yicha mutaxassis, adabiy agentmisiz?
6–20-oktyabr kunlari Germaniyadagi Frankfurt kitob yarmarkasiga borishni istaysizmi? Yo‘q, deysizmi? Unda "ha" deydiganlarga yuboring! :)
Mana bu ma’lumotni ko‘ring va bepul sayohat yutib olish imkonidan foydalaning! Ingliz tilini bilish sharti borligini nazarda tuting. Arizalar 30-aprelgacha qabul qilinadi.
https://www.buchmesse.de/en/fellowship-and-grant-programmes/frankfurt-fellowship?fbclid=IwAR1bpMChlgcWazefr2DPS0kCA1lqL787yf-6TKBCUuJMn4BJ65AOEb_fL6g_aem_AR_GPaANYiNgxPUGhzuw2-ZDz3BzCpPMEgEdPdO2DQ84b1CJEgKnXzJp7AjdOL4YVZ8IeCsfjlWNtnoSMHRl_sDH
Manba:
👉 Mitti ko‘prik

👍18😱2
Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Milodiy
🔹 Koʻngilchan
🔹 Koʻngilchang
🔹 Aks sado
🔹 Ohanrabo
👉 https://youtu.be/xwZg4bqa6bU

👍24💯3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SS podcast – samimiy suhbat
“Sodiq school” maktabi shu nomdagi yangi loyiha boshladi. Shu podkastning ilk sonida qatnashdim. Unda ona tili va tilshunoslik orasidagi farq, darsliklar, davlat tili, alifbo va yozuv turlarining o‘zgarish tarixi hamda oqibatlari, yangi lotin alifbosi islohi haqida gurunglashdik. Katta xatoliklarga sabab bo‘luvchi yumshoq h va qattiq x haqida ham fikrlashdik.
Suhbatdoshlarim:
Mansur Siddiqov
“Sodiq school” maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi
Shokir Tursun

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq
“Sodiq school” maktabi asoschisi
https://youtu.be/tcFEBGkWGJo

Aytgancha, pul haqida gaplashgan joyimiz ham bor 😉
https://youtu.be/tcFEBGkWGJo
@oriftolib
👍48🔥4
Qaysi qatorda imlo xatosi bor?
Anonymous Quiz
25%
U juda koʻngilchan ekan.
36%
Koʻngilchang buncha nozik boʻlmasa?!
39%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😎54🤨23👍19😱5😢4💯2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Atigi 15 ming soʻm ekan.
27%
Atiga 15 ming soʻm ekan.
22%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😎27👍18😱10💯6🤨6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism) | 4️⃣9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍18
Tarjima tahriri: asliyat taʼsiridan chiqing
Baʼzan tarjimon asliyat tili taʼsiriga tushib qoladi va fikr yoki tushunchani oʻz tiliga xos boʻlmagan shaklda ifodalay boshlaydi. Shunday holatlardan biri qiyosiy darajadagi birikmalar tarjimasida kuzatiladi.
Ingliz va rus tillarida aniq qiymat koʻrsatib qiyoslaganda ham -roq qoʻshimchasi maʼnosi saqlanadi. Lekin uni oʻzbekchaga shu shaklda tarjima qilmaslik kerak:
Inglizchada:
A pencil is 3 cm longer than a pen.
Ruschada:
Карандаш на 3 см длиннее ручки.
Oʻzbekchada:
Qalam ruchkadan 3 cm uzun. ✅
Qalam ruchkadan 3 cm uzunroq. ❌
Aniq qiymat koʻrsatilmasa, -roq qoʻshimchasini qoʻllash oʻrinli boʻladi:
Qalam ruchkadan uzunroq. ✅
Ana shu kattalik sifatini qiymatsiz, biroq aniq ifodalayman desak, qoʻshimcha ishlatmaymiz:
Qalam ruchkadan uzun. ✅

Aniq qiymat koʻrsatilganda oʻzbekchada -roq ishlatilmaydi. Qiymat aniq miqdorni ifodalab turibdi, -roq qoʻshimchasi shu aniqlikka teskari.
Aniq qiymat koʻrsatilmasa, -roq qoʻshimchasini qoʻllash oʻrinli boʻladi:
Qalam ruchkadan uzunroq. ✅
Ana shu kattalik sifatini qiymatsiz, biroq aniq ifodalayman desak, qoʻshimcha ishlatmaymiz:
Qalam ruchkadan uzun. ✅
Shu kabi xatolar tarjima matnlarda juda koʻp uchraydi. Tarjima va tahrirda eʼtiborga oling.
@oriftolib
👍74🔥6💯3😎3
Doʻl va doʻlana
Doʻlana yeyayotganingizda uning doʻlga oʻxshashligini sezganmisiz? Sariq doʻlning oʻzginasi. Bu meva bekorga doʻlana deb atalmagan. Uning tub ildizi yumaloq muz shaklidagi yogʻin maʼnosini anglatgan doʻl soʻzi ekan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻatida izohlanishicha, doʻl soʻziga oʻxshash maʼnosini ifodalaydigan -ona qoʻshimchasini qoʻshish bilan doʻlona soʻzi hosil boʻlgan. Bu soʻz aslida doʻlga oʻxshash degan maʼnoni anglatadi.
Eshqobil Shukur

👍83🔥11🤨1😎1
Imlosi qiyin soʻzlar (3-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Changqoʻbiz
🔹 Changqovuz
🔹 Haqiqatan
🔹 Rostdan
🔹 Suvosti
🔹 Atigi
👉 https://youtu.be/4Bh17vN4kWk

👍33🔥5😎4
Kompozitor va bastakor: farqi nimada?
Izohli lug‘at bu ikki so‘zni sinonim sifatida ko‘rsatgan. Milliy ensiklopediya esa ularning ma’nosini farqlagan. Kompozitor – ko‘p ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori. Bastakor – an’anaviy, mumtoz musiqa asarlari muallifi.
Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, kompozitorlik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga kompozitsiya fani bo‘yicha puxta bilim ham talab etadi. Kompozitor nota yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan an’anaviylik mezoniga tayanib monodiya tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi. Monodiya tizimi musiqaning bir ovozli ijro va bir ovozli cholg‘uga asoslangan sohasidir.
Tojikiston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda ko‘p ovozli musiqa asarlari muallifi — kompozitor ham ba’zan bastakor deb yuritiladi. Biroq professional nuqtayi nazardan ular farqlanadi.
O‘zbekistonda Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Sulaymon Yudakov, Sayfi Jalil, Avaz Mansurov, Dilorom Omonullayeva kabi kompozitorlar tanilgan. To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, G‘anijon Toshmatov, Muhammadjon Mirzayev, Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyev, Abduhoshim Ismoilov kabi mashhur bastakorlar bor.
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu tashkilot nomida ortiqcha takror yo‘q. Ikki tushunchada farq borligi uchun ham nomni shu shaklda berishni afzal ko‘rishgan bo‘lsa kerak.

👍48💯2🔥1