Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Uch-toʻrt kundan buyon Sheralining yonida hemiri yoʻq. (S. Karomatov, “Oltin qum”.)

Jumladagi “hemiri” soʻzi nimaning yoʻqligini anglatadi?
Anonymous Quiz
9%
Xamiri yupqa non
84%
Pul
7%
Ulfat va oshnalar
👍42😎11💯4
Forwarded from Orif Tolib
Ramazon

Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.

Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.

Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.

Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.

Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.

Orif Tolib

2011

@oriftolib
👍87🔥25💯2😎2
Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qoʻsh undoshli oʻzlashmalar, jumladan, metall, ball, kongress kabi soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/nn6bpCZpZqs

@oriftolib
👍22
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Narsa yoki biror joyning ustidan qarshi tomoniga sakrab oʻtish ma'nosini beruvchi soʻz qaysi?
Anonymous Quiz
69%
hatlamoq
31%
xatlamoq
👍34😎11🤨5💯3😢1
​​OʻzMTDP: partiyaning nomini qanday yozish kerak?

Milliy soʻzini Oʻzbekiston milliy universiteti nomida bosh harfda berish xatoligi haqida oldinroq yozgandim. Bu soʻz bosh harfda yanglish yoziladigan boshqa holatlar ham.

Imlo qoidalarida davlat oliy tashkilotlaridan boshqa tarkibli nomlarda birinchi soʻzgina bosh harf bilan boshlanishi belgilangan. Misollar ichida esa Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi birikmasi berilgan. Ammo bu misol shu qoidaning oʻziga teskari. Qizigʻ-a, atay qoida berilgan, misolida esa unga amal qilinmagan 🥴.

Agar Oʻzbekiston soʻzi partiya nomining ichida boʻlsa, faqat Oʻzbekiston soʻzi bosh harf bilan yozilishi, qolgan soʻzlar, jumladan, milliy soʻzi ham kichik harfda berilishi kerak. Agar Oʻzbekiston mamlakatga tegishlilikni bildirsa, Oʻzbekistonning, Oʻzbekistondagi, Oʻzbekistonda joylashgan maʼnosida boʻlsa, milliy soʻzini bosh harfda yozish mumkin. Bu yerda geografik tegishlilik maʼnosi yoʻq deb qarasak, partiya nomida milliy soʻzini kichik harfda yozish kerak:

Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi.

❗️ Ammo, lekin, biroq.

Milliy ensiklopediya milliy tiklanish soʻzini partiyaning atab qoʻyilgan nomi, shartli nom sifatida koʻrsatadi va bu soʻzni qoʻshtirnoqqa oladi. Bu holatda oʻz-oʻzidan milliy soʻzi bosh harfda yoziladi va bu toʻgʻri.

Partiyaning oʻzi ham nomini xilma-xil yozar ekan. Lekin nizomida toʻliq rasmiy nomi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shaklida berilgan. Demak, milliy tiklanish birikmasi partiyaning nomini bildiradi. Rasmiy qisqartmasi: OʻzMTDP.

Imlo qoidalari isloh qilinganda boshqa chalkashliklar qatori bunisi ham bartaraf etilishi kerak.

📌 Demak, partiya nomining toʻgʻri varianti:

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
OʻzMTDP

@oriftolib
👍33😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi | 4️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍21
“Mudofaa”ni harf tushishidan mudofaa qiling

Mudofaa soʻzini mudofa tarzida talaffuz qilamiz. Talaffuzga ergashib, shu shaklda yozib qoʻyish ham uchrab turadi. Biroq uning bunday shakli yoʻq. Mudofaa soʻzi arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada jang harakati turini, himoya vosita va choralari majmuini anglatadi:

Futbolchilarimiz raqib jamoa mudofaasini yorib oʻtdi.
Mamlakat mudofaa
salohiyatini kuchaytirish – davr talabi.

@oriftolib
👍43💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
8%
Tasurot
27%
Taasurot
65%
Taassurot
😎53👍33😢5💯5🤨3😱1
Qo‘qon shahrida turk tilidan dars bera oladigan malakali ustozlar kerak.

Bo‘sh ish o‘rni 5 ta.

Maosh boshlanishiga 4 mln +

+998330514040

@Hilol_Edu_Kokand

Reklama
👍45🤨2
Mashhur kemaning prototipi

“Titanik” kemasi halokatga uchrashidan 14 yil oldin – 1898-yili amerikalik fantast yozuvchi Morgan Robertson “Behudalik” nomli novella eʼlon qiladi. Asarda tilga olingan “Titan” kemasi aprel oqshomlarining birida muztogʻga urilib, choʻkib ketadi. Yoʻlovchilarning juda koʻpi halok boʻladi. Qiziq tomoni, “Titan” hajm jihatidan ham “Titanik”ka juda yaqin keladi.

Novella 1912-yili “Titanik” halokatidan soʻng ayrim oʻzgartirishlar bilan “Behudalik yoxud “Titan”ning halokati” nomi ostida chop etiladi va mashhur boʻlib ketadi.

@oriftolib
👍47😱12🤨3😎2
“H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada barchani qiynaydigan va koʻp xatolarga sabab boʻladigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/pNgynCxUU2I

@oriftolib
👍29💯9🔥2
Taassurot – taʼsir natijasi

Taassurot arab tilidan oʻzlashgan, oʻzbekchada koʻngilda, xotirada qolgan iz, tugʻilgan fikr va his-tuygʻular majmuini anglatadi. Aytganda tushib qoladigan tovushlar biryoʻla ikkita boʻlgani uchun bu soʻz imlosida xatolar juda koʻp uchraydi. Soʻzni tasurot, taasurot, tassurot kabi shakllarda yozish xatodir:

Bolalar togʻ qishlogʻiga uyushtirilgan safardan olam-olam taassurot oldi.

@oriftolib
👍46🔥5
“Murojaat”da ikkilanmang

Birovga qarata aytilgan gap, qilingan daʼvat, chaqiriq murojaatdir. Arab tilidan oʻzlashgan, tarkibida ikkita a bor koʻplab soʻzlar kabi bu soʻzni ham bir a bilan talaffuz qilamiz. Lekin imlomizga talaffuzga mos shakli olinmagan. Uni murojat shaklida yozish xato:

Murojaatingizga ijobiy javob boʻldimi?

@oriftolib
👍65
😎43👍16🔥8💯7🤨2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin? | 4️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍23🔥2🤨1
Tarixda qolish

Bernard Shou elga tanilib, obroʻ-eʼtibor qozongan payt. Kunlarning birida koʻchada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim ogʻir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qoʻrqib ketishadi xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan toʻxtovsiz uzr soʻray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:

– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina gʻayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

@oriftolib
💯44👍26😎16🔥7
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#shukuh

RAMAZON

Ulug‘ niyat bilan umrim bezatsang,
Xatoim tong va shom qadar tuzatsang,
O‘ttizta kuningda sabr o‘rgatsang,
Nafsimga o‘ttizta dor qil, Ramazon.

O‘zing bag‘ishlagin ruhimga shifo,
Rabbim nurlaridan etma mosuvo,
Ruhimning ozig‘i – ibodat, duo,
Ko‘nglim halovatga yor qil, Ramazon.

Imon-u ixlosda barchani teng qil,
Gunohi kamaysin, savobin ming qil,
Odamzot fe’lini yanada keng qil,
Yomonning yo‘lini tor qil, Ramazon.

Tangrim marhamati tugab-bitmasdir,
Bir nazar qilsa gar, shu o‘zi basdir,
Tong-u shom orasi ilohiy darsdir,
Saflarda meni ham bor qil, Ramazon.

Shodi OTAMUROD

14.03.2024

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
🔥20👍16😱1
“Taalluqli”ga ham taalluqli

Taalluqli soʻzi oʻzagidagi taalluq soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan. Taalluqli soʻzi aloqasi bor, daxldor, tegishli kabi maʼnolarni anglatadi. Talaffuziga mos yozilmaydi. Uni taluqli, taaluqli yoki talluqli shaklida yozish xatodir:

Mahkamov boshliqning ogʻzigʻa koʻz tikib, ishga taalluqli biror muhim gap kutardi. (“Mushtum”).

@oriftolib
👍47😱1
Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism)

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Soʻzlar:
🔹 Yanada
🔹 Afv
🔹 Qizil kitob
🔹 Shuʼba
🔹 Buhron

👉 https://youtu.be/eva-oP_hEtg

@oriftolib
👍34😱3