Oʻzbekiston milliy universiteti: “milliy” kichik harfda
Imlo qoidalarimizda chalkashliklar, amal qilinmaydigan holatlar bor. Shulardan biri Oʻzbekiston milliy universiteti nomini yozishda kuzatiladi. Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalariga koʻra, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi. Universitet ham tashkilot.
Xoʻsh, unda nega milliy soʻzini bosh harfda yozishadi? Oldin ham aytganman, bu kabi holatlar ruschadagi imloga taqlid natijasida yuzaga kelgan. Chunki ruschada milliy soʻzi birikma boshida keladi: Национальный университет Узбекистана.
Biroq oʻzbekchada milliy soʻzini bosh harfda yozishga asos yoʻq. U nom tarkibidagi birinchi soʻz emas.
Universitet nomi toʻgʻri yozilgan oʻrinlar ham yoʻq emas. Masalan, milliy ensiklopediyaning OʻzMU haqidagi maqolasida milliy soʻzi kichik harfda berilgan.
📌 Demak:
Oʻzbekiston milliy universiteti ✅
Oʻzbekiston Milliy universiteti ❌
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
🔹 Qisqartmalar imlosi: lotin yozuvidagi xatolar
🔹 Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi
🔹 Vazirlarning mansabi bosh harfda yoziladi
@oriftolib

👍47😱8🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport musobaqalari nomi imlosi | 4️⃣5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍23
Bolalikdagi Ramazon
Ramazon va roʻza oyi bilan tanishgan kunlarimni hech unuta olmayman. Boshida boshqa bolalar kabi oʻyinqaroqlik bilan roʻza tutar edik. Tushlikkacha edi roʻzamiz 🤗 Ammo toʻqqiz, oʻn yoshimda roʻzaning toʻliq kun (kun chiqqandan kun botgunga qadar) tutilishini oʻrgandim 🤗
Kechagidak yodimda. Qish kunlari edi. Kunlar ham qisqa va sovuq boʻlar edi. Ertalab onam saharlik uchun dasturxon yozar, keyin esa bizlarni uygʻotar edilar. Birgalikda saharlik qilar, ortidan televizorda beriladigan paygʻambarlar, avliyolar, olimlar haqidagi va boshqa maʼnaviy filmlarni koʻrar edik. Oʻsha filmlar hali ham esimda turibdi. Shuning uchun boʻlsa kerak, Ramazon desa faqat yaxshi va sevinchli narsalar esimga tushadi.
Ayniqsa, Ramazonga xos taomlar, shirinliklar va xurmo. Ogʻizochar nisholdasiz oʻtmas edi. Ogʻizochardan keyin esa ukalarim va qoʻshni bolalar bilan mahalla markazidagi masjidga yugurar edik. Chunki tarovih namozi va fayzli masjid (hozir yopilib ketgan) bizlarni oʻziga tortar, masjid toʻlib-toshar edi. Ham oʻynar, ham tarovih namozini oʻqir edik.
Bir-ikki marta “rabibam”, yaʼni ramazon qoʻshigʻi ham aytganmiz. Keyin dadam izn bermaganlar. Qoʻshiq shunday boʻlar edi:
Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Qoʻchqordek oʻgʻil bersin beshigingizga.
Oʻchoqda kul, karmonda pul,
Olib chiqa qoling ming soʻm pul...
Farzandlaringizga, yaqinlaringizga oylarning sultoni boʻlgan Ramazonni sevdiring. Bu oy bilan keladigan qut-barakani uqtirib boring. 🍭🍬🎉🎊
Manba:
👉 Shevashunos

👍92🔥15💯6😢2🤨2
Uch-toʻrt kundan buyon Sheralining yonida hemiri yoʻq. (S. Karomatov, “Oltin qum”.)
Jumladagi “hemiri” soʻzi nimaning yoʻqligini anglatadi?

Anonymous Quiz
9%
Xamiri yupqa non
84%
Pul
7%
Ulfat va oshnalar
👍42😎11💯4
Forwarded from Orif Tolib
Ramazon
Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.
Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.
Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.
Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.
Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.
Orif Tolib
2011
@oriftolib
Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.
Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.
Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.
Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.
Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.
Orif Tolib
2011
@oriftolib
👍87🔥25💯2😎2
Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qoʻsh undoshli oʻzlashmalar, jumladan, metall, ball, kongress kabi soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/nn6bpCZpZqs

👍22
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Narsa yoki biror joyning ustidan qarshi tomoniga sakrab oʻtish ma'nosini beruvchi soʻz qaysi?
Anonymous Quiz
69%
hatlamoq
31%
xatlamoq
👍34😎11🤨5💯3😢1
OʻzMTDP: partiyaning nomini qanday yozish kerak?
Milliy soʻzini Oʻzbekiston milliy universiteti nomida bosh harfda berish xatoligi haqida oldinroq yozgandim. Bu soʻz bosh harfda yanglish yoziladigan boshqa holatlar ham.
Imlo qoidalarida davlat oliy tashkilotlaridan boshqa tarkibli nomlarda birinchi soʻzgina bosh harf bilan boshlanishi belgilangan. Misollar ichida esa Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi birikmasi berilgan. Ammo bu misol shu qoidaning oʻziga teskari. Qizigʻ-a, atay qoida berilgan, misolida esa unga amal qilinmagan 🥴.
Agar Oʻzbekiston soʻzi partiya nomining ichida boʻlsa, faqat Oʻzbekiston soʻzi bosh harf bilan yozilishi, qolgan soʻzlar, jumladan, milliy soʻzi ham kichik harfda berilishi kerak. Agar Oʻzbekiston mamlakatga tegishlilikni bildirsa, Oʻzbekistonning, Oʻzbekistondagi, Oʻzbekistonda joylashgan maʼnosida boʻlsa, milliy soʻzini bosh harfda yozish mumkin. Bu yerda geografik tegishlilik maʼnosi yoʻq deb qarasak, partiya nomida milliy soʻzini kichik harfda yozish kerak:
Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi.
❗️ Ammo, lekin, biroq.
Milliy ensiklopediya milliy tiklanish soʻzini partiyaning atab qoʻyilgan nomi, shartli nom sifatida koʻrsatadi va bu soʻzni qoʻshtirnoqqa oladi. Bu holatda oʻz-oʻzidan milliy soʻzi bosh harfda yoziladi va bu toʻgʻri.
Partiyaning oʻzi ham nomini xilma-xil yozar ekan. Lekin nizomida toʻliq rasmiy nomi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shaklida berilgan. Demak, milliy tiklanish birikmasi partiyaning nomini bildiradi. Rasmiy qisqartmasi: OʻzMTDP.
Imlo qoidalari isloh qilinganda boshqa chalkashliklar qatori bunisi ham bartaraf etilishi kerak.
📌 Demak, partiya nomining toʻgʻri varianti:
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ✅
OʻzMTDP ✅

👍33😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi | 4️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍21
“Mudofaa”ni harf tushishidan mudofaa qiling
Mudofaa soʻzini mudofa tarzida talaffuz qilamiz. Talaffuzga ergashib, shu shaklda yozib qoʻyish ham uchrab turadi. Biroq uning bunday shakli yoʻq. Mudofaa soʻzi arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada jang harakati turini, himoya vosita va choralari majmuini anglatadi:
Futbolchilarimiz raqib jamoa mudofaasini yorib oʻtdi.
Mamlakat mudofaa salohiyatini kuchaytirish – davr talabi.

👍43💯1
😎53👍33😢5💯5🤨3😱1
Qo‘qon shahrida turk tilidan dars bera oladigan malakali ustozlar kerak.
Bo‘sh ish o‘rni 5 ta.
Maosh boshlanishiga 4 mln +
+998330514040
@Hilol_Edu_Kokand
Bo‘sh ish o‘rni 5 ta.
Maosh boshlanishiga 4 mln +
+998330514040
@Hilol_Edu_Kokand
Reklama
👍45🤨2
Mashhur kemaning prototipi
“Titanik” kemasi halokatga uchrashidan 14 yil oldin – 1898-yili amerikalik fantast yozuvchi Morgan Robertson “Behudalik” nomli novella eʼlon qiladi. Asarda tilga olingan “Titan” kemasi aprel oqshomlarining birida muztogʻga urilib, choʻkib ketadi. Yoʻlovchilarning juda koʻpi halok boʻladi. Qiziq tomoni, “Titan” hajm jihatidan ham “Titanik”ka juda yaqin keladi.
Novella 1912-yili “Titanik” halokatidan soʻng ayrim oʻzgartirishlar bilan “Behudalik yoxud “Titan”ning halokati” nomi ostida chop etiladi va mashhur boʻlib ketadi.

👍47😱12🤨3😎2
“H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada barchani qiynaydigan va koʻp xatolarga sabab boʻladigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/pNgynCxUU2I

👍29💯9🔥2
Taassurot – taʼsir natijasi
Taassurot arab tilidan oʻzlashgan, oʻzbekchada koʻngilda, xotirada qolgan iz, tugʻilgan fikr va his-tuygʻular majmuini anglatadi. Aytganda tushib qoladigan tovushlar biryoʻla ikkita boʻlgani uchun bu soʻz imlosida xatolar juda koʻp uchraydi. Soʻzni tasurot, taasurot, tassurot kabi shakllarda yozish xatodir:
Bolalar togʻ qishlogʻiga uyushtirilgan safardan olam-olam taassurot oldi.

👍46🔥5
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Manapoliyaning zarari hammaga yetadi.
22%
Monapoliyaning zarari hammaga yetadi.
67%
Monopoliyaning zarari hammaga yetadi.
👍52😎21💯11😢6🤨3
“Murojaat”da ikkilanmang
Birovga qarata aytilgan gap, qilingan daʼvat, chaqiriq murojaatdir. Arab tilidan oʻzlashgan, tarkibida ikkita a bor koʻplab soʻzlar kabi bu soʻzni ham bir a bilan talaffuz qilamiz. Lekin imlomizga talaffuzga mos shakli olinmagan. Uni murojat shaklida yozish xato:
Murojaatingizga ijobiy javob boʻldimi?

👍65
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Bu sizga ham taluqli.
30%
Bu sizga ham taaluqli.
59%
Bu sizga ham taalluqli.
😎43👍16🔥8💯7🤨2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin? | 4️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍23🔥2🤨1
Tarixda qolish
Bernard Shou elga tanilib, obroʻ-eʼtibor qozongan payt. Kunlarning birida koʻchada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim ogʻir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qoʻrqib ketishadi xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan toʻxtovsiz uzr soʻray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:
– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina gʻayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

💯44👍26😎16🔥7
Soʻz qoʻllash mavzusidagi maqolalar
5-qism
🔹 “Parol” uchun yana bir variant: oʻron
🔹 Yod va yot
🔹 Nol yoki nul?
🔹 Naq va naqd
🔹 Mijoz va mizoj
🔹 Qulf urishmi yoki qulp urish?
🔹 Kitobiy soʻzlar: inchunin
🔹 Kitobiy soʻzlar: chunonchi
🔹 Axaltaka otlari haqida
🔹 Sumalak sermalakmi?
🔹 Meva solmagan daraxt nima deb ataladi?
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism

👍22😱1