Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Yosh kitobxon” tanloviga 2024-yil uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 

Tanlovning 10 – 14 yosh toifasi uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ro‘yxatida “Galaktikada bir kun” asarining har ikki qismi ham kiritilgan.

“Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
👍40🔥5💯2
Shoir toʻqigan ot

Rus ayollari nomi – Svetlana aslida slavyan tillarida boʻlmagan. Uni shoir Aleksandr Vostokov oʻylab topgan va “Svetlana va Mstislav” (1802) romansida ishlatgan. Bu nomni yasash uchun u svet (nur) va lan (qadimgi rus tilida dala) soʻzlarini qoʻshgan. Natijada nurafshon dala maʼnosidagi ism paydo boʻlgan.

1813-yili shoir Vasiliy Jukovskiy “Svetlana” degan ballada yozadi va bu ism ommalashib ketadi.

@oriftolib
👍57😎9🔥5😱2
Mavzu nomlari qanday yoziladi?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada mavzu nomlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/uPvqwcNfpKQ

@oriftolib
👍24
Haqiqatan va haqiqatdan

Haqiqatan soʻzi arab tilidan kirgan, oʻzbekchada rosti bilan, chindan kabi maʼnolarni anglatadi:

Boshliqning avzoyi haqiqatan ham tashvishli edi.
N. Aminov, “Suvarak”.

Haqiqatan soʻzi modal soʻz boʻlib kelganda, yaʼni soʻzlovchining fikrga munosabatini bildirganda vergul bilan ajratiladi:

Haqiqatan, bu fikringizda jon bor.

Bu jumlada soʻzlovchi oʻzining va suhbatdoshining fikrini maʼqullayapti.

Haqiqatan soʻzi arab tilidan aynan olingan. Haqiqat soʻziga -dan qoʻshimchasi qoʻshib soʻz yasalganda boshqa maʼno hosil boʻladi:

Haqiqatdan yiroq narsalarni gapirmang.

🟢 Farqlash uchun: haqiqatdan soʻziga nimadan? deb soʻroq berish mumkin, haqiqatan soʻziga bunday soʻroq berib boʻlmaydi. Haqiqatan xuddi masalan, xususan, lutfan, shaxsan soʻzlari kabi yasalgan. Bu soʻzlarni ham masaldan, xususdan, lutfdan, shaxsdan shaklida ishlatish xato. Solishtiring:

Men unga shaxsan uchrashdim.
Men unga shaxsdan uchrashdim.

Demak, haqiqatan va haqiqatdan soʻzlarini mazmuniga koʻra farqlaymiz.

@oriftolib
👍78🔥1
Bizni qiynaydigan so‘zlar: biror harf qo‘shib yo tushirib yozadigan so‘zlarimiz

Baʼzi so‘zlarning imlosi bizni qiynaydi. Ular orasida harf qo‘shib yo tushirib yozish holatlari ko‘p uchraydiganlari bor. “Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday so‘zlarning baʼzilarini sharhladim.

👉 dy.uz/Trbf7

@oriftolib
👍35🔥6
Rostdan va rostan

Rostdan soʻzi rost soʻziga -dan qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilingan. Uning yasalishi jumladan, chindan, aftidan kabi soʻzlarga oʻxshaydi. Rostdan soʻzi ravish boʻlib kelganda haqiqatan, chindan ham maʼnolarini anglatadi:

Ishonavering, rostdan aytyapman.

Kirish soʻzi boʻlib kelganda ha, aytganday maʼnosini anglatadi va vergul bilan ajratiladi:

Ha, rostdan ham, bunga eʼtibor bermagan ekanman.

Bu soʻzni baʼzan rostan, rosdan shaklida yozish uchraydi. Har ikki shakl ham xato. Chunki soʻzning bunday varianti yoʻq.

📌 Demak:

Rostdan shunaqa, rostdan ham
Rostan shunaqa, rosdan ham, rosdan shunaqa, rosdan ham

@oriftolib
👍62
👍36😎21💯4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mavzu nomlari qanday yoziladi? | 4️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍29
Birinchi taqriz

Mashhur fransuz adibi Gi de Mopassan yozuvchi boʻlishidan oldin dengiz vazirligida masʼul bir vazifada ishlaydi. Oʻn yil umri shu yerda oʻtadi. Biroq adabiyotga muhabbat sabab ishini qoʻyib, oʻqish-oʻrganish, yozish bilan mashgʻul boʻladi. Flober qoʻlida olti yil shu tarzda tarbiyalangach, mashqlari uslub va mazmun jihatidan ustoziga maʼqul tushadi va ularni eʼlon qilishga ruxsat oladi.

Bir necha yillardan soʻng Mopassan ishlagan vazirlik arxividan u haqidagi bir tavsifnomani topishadi. Unda shunday deyilgandi: “Harakatchan xodim, lekin yomon yozadi”.

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
👍41🔥7😎4
Mutolaa – diqqat bilan oʻqish

Mutolaa oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan, diqqat bilan oʻqish, oʻqib tushunib olish maʼnosini anglatadi. Bu soʻzni oxirgi a harfini tushirib, l harfidan oldin bitta a qoʻshib mutoala shaklida yozish bot-bot koʻzga tashlanadi. Bu albatta xato. Chunki soʻzning bunday shakli yoʻq. Garchi uni shunday talaffuz qilsak-da, mutolaa koʻrinishida yozishimiz kerak:

Husayn boʻsh vaqtlarida... baʼzan tabobatga doir kitoblarni mutolaa qilar edi.
M. Osim, “Ibn Sino qissasi”.

@oriftolib
👍42🤨1
Elektron OAV va portallar nomi qanday yoziladi?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada elektron OAV va portallar nomi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/tovHDwOCIko

@oriftolib
👍26
“Muvaffaqiyat”dagi muvaffaqiyatsizlik

Muvaffaqiyat soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan, biror ishda erishilgan yaxshi natijani, yutuq va gʻalabani bildiradi. Bu soʻz ham xato yozilish borasida yetakchilardan. Koʻpincha bir f harfini tushirib, baʼzan esa v yoki q harfini juftlashtirib yozib qoʻyiladi. Bunda ham talaffuzning taʼsiri bor. Biroq imlomiz koʻp oʻrinlarda talaffuzdan farq qiladi. Demak, soʻzning toʻgʻri shakli – muvaffaqiyat:

Kurashchilarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozondi.

@oriftolib
👍51😱3🔥1😢1
🤨56😎23👍16🔥10😱7😢7💯6
Forwarded from Orif Tolib
Ramazon

Hijriy-qamariy yil hisobida toʻqqizinchi oy shunday nomlanadi. Bu oy davomida musulmonlar roʻza tutadi.

Maʼlumotlarga koʻra, bu soʻz qadim tarixga ega. Ramazon dastlab juda issiq kunlarga toʻgʻri kelgani uchun unga ramazonjuda issiq, kuydiradigan issiq deb nom berganlar. Soʻzning ana shu maʼnosidan kelib chiqib, bu oyda roʻza tutgan odamning gunohlari kuyib, yoʻq boʻladi degan fikr ham aytiladi.

@oriftolib
👍59🔥19😎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron OAV va portallar nomi qanday yoziladi? | 4️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍22
“Tugʻuruqxona”dan chiqqan harf

Tugʻuruq, tugʻuruqxona soʻzlarini hatto obroʻ-eʼtiborli nashrlar ham tugʻruq, tugʻruqxona shaklida yozadi va bir u harfini soʻz tarkibidan chiqarib yuboradi. Biroq lugʻatlar bu holatni maʼqullamaydi, soʻzda u harfi boʻlishi kerak. Demak, garchi tugʻruq, tugʻruqxona deb gapirsak-da, tugʻuruq, tugʻuruqxona deb yozishimiz zarur.

Tugʻuruq farzand koʻrishni, tugʻuruqxona esa tugʻuruq bilan bogʻliq tibbiy yordam koʻrsatadigan shifoxonani bildiradi:

Tumanimizda yangi tugʻuruq kompleksi qurildi.
Tumanimizda yangi tugʻuruqxona qurildi.


@oriftolib
👍86🤨14🔥10💯3😢2
Uyi barobar kitob yozgan adib

Ustoz Abdulla Qahhor Lev Tolstoyni “boʻyi barobar kitob yozgan” deya taʼriflaydi. Shu maʼnoda, ispan dramaturgi Lope de Vega (1562–1635) haqida bemalol “uyi barobar kitob yozgan” deb aytish mumkin. Chunki u 2000 ga yaqin pyesa va 3000 ga yaqin sonet muallifidir. De Vega pyesalarining 426 tasi bugungacha yetib kelgan.

Dramaturg asosan tarixiy, ishqiy va hajviy mavzularda qalam tebratgan. Uning pyesalari Uygʻonish davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalari sanaladi.

@oriftolib
👍56🔥12😎3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Yolbormoq
86%
Yolvormoq
👍46😎14🤨3🔥1💯1
Sport musobaqalari nomi imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada sport musobaqalari nomi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/U3tCSVrWJXE

@oriftolib
👍25