Oʻzbek tilini oʻzbeklardan himoya qilish kerak (mi?)
“Agar” koʻrsatuvi “Madaniyat va maʼrifat” telekanalining YouTube sahifasiga joylandi.
Soʻraganlar bor edi. Marhamat, koʻrishingiz mumkin:
👉 https://youtu.be/J6zgV1QS7j8
@oriftolib

👍35😱5🔥1
Aniq, tabiiy va gumanitar fanlar: farqi nimada?
Milliy ensiklopediyaga koʻra, fan tizimi tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, texnika fanlari va ijtimoiy fanlarga boʻlinadi. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil fan sohalari ajraladi.
Quyida tez-tez koʻzimiz tushadigan baʼzi tushunchalar sharhini keltiryapman. Bu fan sohalari nimani anglatishi, ularga qaysi fanlar xosligini bilib oling:
👉 Aniq fanlar – asosan aniq qonuniyatlarni oʻrganiladigan va gipotezalarni tekshirishning qatʼiy metodlari ishlatiladigan fan sohasi. Bunda tajribalar va qatʼiy mantiqiy mulohazalarga asoslaniladi. Aniq fanlarga matematika, fizika, ximiya, informatika kabi fanlar, biologiyaning baʼzi boʻlimlari kiritiladi.
👉 Tabiiy fanlar olamni va uning qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan sohasidir. Asosiy tabiiy fanlar – matematika, fizika, ximiya, biologiya, astronomiya, geografiya, geologiya, ekologiya. Matematika va mantiq shakliy (formal) fanlar majmuasiga kirgani sababli ularni koʻpincha tabiiy fanlarga qoʻshmaydilar.
👉 Gumanitar fanlar – inson va uning jamiyatdagi faoliyatiga ixtisoslashgan fan sohasi. Falsafa, ilohiyotshunoslik, siyosatshunoslik, psixologiya, tarix, huquqshunoslik, jurnalistika, filologiya, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, sotsiologiya kabi fanlar gumanitar fanlardir.
👉 Ijtimoiy fanlar jamiyatni va uning tuzilishi, oʻzgarishi, rivojlanishi, tarixi va tarkibiy qismlarini bir butun holida oʻrganuvchi fanlar majmuasidir. Antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, tilshunoslik, boshqaruv fanlari, aloqa fanlari, siyosat fanlari, psixologiya, pedagogika kabilar ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi.
👆 Ijtimoiy va gumanitar fanlarning umumiy jihatlari koʻp. Shuning uchun ularga xos fanlar bir-birining roʻyxatlarida sanalaveradi. Inglizcha manbalarga koʻra, ularning farqi fanning eʼtibor nuqtasi, metodologiyasi va qoʻllash mohiyatida namoyon boʻladi. Sodda tushuntiradigan boʻlsak, ijtimoiy fanlar eʼtiborni jamiyatga qaratsa, gumanitar fanlarda insonni oʻrganish yetakchilik qiladi.

👍34🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Changqovuz, changqoʻbiz va changovuz
Changqovuz – labga qoʻyib, poʻlat tilini barmoq bilan turtib, nafas bilan chalinadigan kichik cholgʻu asbobi. Bu soʻzning imlosi hatto muharrir-u musahhihlarni ham adashtiradi. Chunki uni asosan chanqovuz tarzida talaffuz qilamiz va yozganda ham shu variantni tanlaymiz. Lekin bu xato.
Qiziq tomonini aytay. Bu soʻz imlo lugʻatiga changqoʻbiz va changqovuz shaklida kiritilgan. Biroq bu ikki shakl kiril yozuvidagi izohli lugʻatlarda yoʻq. Izohli lugʻat bu soʻzning bosh shakli sifatida chang soʻzini bergan. Uning shevadagi varianti sifatida changovuz soʻzini koʻrsatgan.
Lotin alifbosida bosilgan yangi 6 jildi izohli lugʻat esa buni toʻgʻrilabdi. Unga changqoʻbiz bosh soʻz sifatida kiritilgan.
Xullas, lugʻatlarimizda changqoʻbiz bor, changqovuz bor, hatto changovuz bor. Lekin chanqovuz yoʻq.

👍34🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi | 4️⃣1⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍18
“Mark Tven” nima degani?
Heklberri Fin va Tom Soyer haqidagi asarlari bilan dunyoga mashhur bu yozuvchining asl ismi Semuel Lenghorn Klemensdir. U Mark Tven taxallusini Missisipida lotsman yordamchisi boʻlib ishlab yurgan kezlarida tanlagan.
Daryo qatnoviga oid bu atama kema oʻtishi mumkin boʻlgan chuqurlikni anglatadi. Buni aniqlash uchun daryoga arqon tashlangan, suv 2 dengiz sarjini (3,7 metrga yaqin) belgisiga kelganda oʻlchovchi: “Mark tven!” (inglizchada – mark twain) deya hayqirgan. Bu ibora soʻzma-soʻz “ikki oʻlcham” deb tarjima qilinadi. Kema qatnovi uchun daryo kamida shuncha chuqurlikka ega boʻlishi kerak.
Garchi adibning taxallusi ikki sarjin maʼnosini bersa-da, asarlarining maʼnosi juda chuqur. Yozuvchi sarguzasht asarlari, oʻtkir fikrlari bilan millionlab oʻquvchilarning qalbiga chuqur kirib borgan.

👍48
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tilini yaxshi bilish xodimga va talabalarga qo‘shimcha ustunlik berishi kerak. Kirish imtihonida 30 ta test savolining barchasiga to‘g‘ri javob bersa-yu, eplab jumla tuzolmasa yoki beshta so‘zdan to‘rtta xato qilsa, buni til bilish deb bo‘lmaydi.
Orif Tolib, tadqiqotchi
📺 “Agar...”
@mm_telekanal
Orif Tolib, tadqiqotchi
📺 “Agar...”
@mm_telekanal
👍70🔥16💯7
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Yaqinda al-Xorazmiy haqida maqola oʻqidim.
52%
Yaqinda Al-Xorazmiy haqida maqola oʻqidim.
👍34😎14🔥10🤨10
🔥34👍26🤨16😱15💯8
“Al” va uning imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada al artikli imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/2ZAeTq4R2iA

👍26
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
37%
E, kelsinlar-kelsinlar. Toʻrga oʻting.
63%
E, kelsinlar, kelsinlar. Toʻrga oʻting.
😎45👍20😢10💯5🤨2
Qanday tushunish toʻgʻri?
Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” (“Война и мир”) romani nomidagi мир soʻzini “jahon” yoki “atrof-borliq” deb tushunish kerak deydiganlar bor. Aslida-chi?
Rus tilining eski imlosida bu omonim soʻzlar boshqa-boshqa shaklda yozilgan. Мiръ soʻzi borliq maʼnosini, миръ soʻzi esa tinchlik maʼnosini anglatgan. Adib hayotligida nashr etilgan barcha variantlarda миръ soʻzi ishlatilgan.
Tolstoyning oʻzi romanini fransuz tilida “La guerre et la paix” – “Urush va tinchlik” deb atagan. Biroq turli nashrlarda yoʻl qoʻyilgan xatolar sabab haligacha nom maʼnosi borasidagi bahslar toʻxtagani yoʻq.

👍72
Ona tilini oʻrganmoqchi boʻlsangiz
Koʻpincha mendan testga oid yoki grammatikaga oid savollarni soʻrab qolishadi. Test boʻyicha mutaxassis emasligimni aytaman. Ayni shu yoʻnalishda ishlaydigan mutaxassislar bor.
YouTubeʼda ona tili grammatikasini tushuntiradigan yangi sahifa ochilibdi. Videodarslar koʻrgazmali olib borilar ekan. Yaʼni shunchaki maʼlumot aytib berilmaydi, misollar bilan tushuntiriladi.
Marhamat, koʻrib oʻzingiz baho bering:
🛜 @proeducation_uz

👍34🔥2😎1
Baron Myunxauzen qachon, qayerda yashagan?
Bu mashhur adabiy qahramon real shaxs boʻlgan, XVIII asrda yashagan. U yoshligida Germaniyaning Bodenverder shahridan Rossiyaga keladi. Harbiy xizmatga kiradi, unvoni rotmistrgacha koʻtariladi.
Soʻng yurtiga qaytadi. U yerda Rossiyadagi xizmat haqida ajabtovur hikoyalar soʻzlab beradi va shu bilan shuhrat qozonadi. Masalan, Peterburgga boʻri qoʻshilgan aravada borgani, Ochakovda qoq ikkiga boʻlinib ketgan otni koʻrgani, bugʻuning boshida oʻsgan olcha daraxti haqidagi gaplari tinglovchilarni hang-u mang qilib qoʻyadi.
Shu singari lofnamo sarguzashtlar, shuningdek, boshqa mualliflar baronga nisbat berib yozgan hikoyalar adabiyotda Myunxauzen obrazi paydo boʻlishiga olib keldi.

👍44🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Al” va uning imlosi | 4️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍24💯5😎1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
45%
Haqiqatan, bu fikringizda jon bor.
55%
Haqiqatdan, bu fikringizda jon bor.
👍40🤨21😎15😢6💯3
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Rostan, bu fikringizda jon bor.
65%
Rostdan, bu fikringizda jon bor.
😎44👍24😢10💯7🤨6🔥5
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Yosh kitobxon” tanloviga 2024-yil uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Tanlovning 10 – 14 yosh toifasi uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ro‘yxatida “Galaktikada bir kun” asarining har ikki qismi ham kiritilgan.
“Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

👍40🔥5💯2
Shoir toʻqigan ot
Rus ayollari nomi – Svetlana aslida slavyan tillarida boʻlmagan. Uni shoir Aleksandr Vostokov oʻylab topgan va “Svetlana va Mstislav” (1802) romansida ishlatgan. Bu nomni yasash uchun u svet (nur) va lan (qadimgi rus tilida dala) soʻzlarini qoʻshgan. Natijada nurafshon dala maʼnosidagi ism paydo boʻlgan.
1813-yili shoir Vasiliy Jukovskiy “Svetlana” degan ballada yozadi va bu ism ommalashib ketadi.

👍57😎9🔥5😱2
Mavzu nomlari qanday yoziladi?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada mavzu nomlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/uPvqwcNfpKQ

👍24