Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ⚡️ Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 million nafar yoshga bepul oʻrgatish boʻyicha “Ibrat farzandlari” loyihasini taqdimot qilgan edik. Loyiha jadid bobolarimiz xotirasini tiklash va ularning ishlarini davom ettirishni maqsad qilgan edi. Oʻsha paytda bu gʻoyaga ishonish qiyin edi. Lekin Prezidentimiz jamoamizni ruhlantirgandilar, harakat qilsak, koʻzlangan marrani zabt etish mumkinligiga hammamizni ishontirgan edilar.
Oradan qariyb bir yil oʻtdi, loyiha rahbari Rustam Qoriyev andijonlik faol yoshlar bilan muloqotda natijalar (ayni vaqtda 800 ming yoshlarimiz bepul taʼlim olmoqda) va rejalar haqida Prezidentimizga axborot berdilar. Eng xursand boʻladigani, davlatimiz rahbari: “Meni ham hayajon bosadigan payt boʻlar ekan”, deganlarida jamoa kayfiyati va rejalari karrasiga oshib ketdi.
Endigi marra – million! Oldinda oʻnlab katta loyihalar yoshlarimiz uchun tayyor. Millat shaʼni va nufuzi bizning qoʻlimizda. Harakatdan toʻxtamaylik!
@alisher_sadullaev

👍42🔥15💯4
Qirim – xandaqli shahar
Qirim – juda qadim oʻlka. Miloddan oldingi 1-mingyillikda bu yerlarda kimmeriy, tavr va skif qabilalari yashagan. Shu bois antik adabiyotlarda Tavrika, Tavriya, Tavrida kabi nomlar bilan tilga olingan. Bu toponimlar tavr qabilasi nomidan kelib chiqqan. XIII asrda hudud Oltin Oʻrda qoʻl ostiga oʻtadi. Shu davrdan eʼtiboran Qirim nomi urfga kirgan.
Qirim yarimorolining oti boʻyicha turfa xil qarashlar bor. Qirim soʻzi qadimda bu hududda yashagan kimmeriy qabilasi nomidan kelib chiqqan degan fikr ham bor. Lekin uning ehtimoli kam. Chunki Qirim nomi ishlatila boshlagan paytda hududda bu qabilalar ham, ulardan nishon ham qolmagan edi.
Eng keng tarqalgan bir talqinga koʻra, dastlab qoʻrgʻon, keyinchalik shahar boʻlgan Qirimning nomi turkiy tillardagi qirim – chuqurlik, jarlik, handaq soʻzlaridan yuzaga kelgan. Oldin shahar atrofida yirik mudofaa inshooti – xandaq boʻlgan.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, qirim soʻzining talaffuzi oʻzimizning qir soʻzi bilan uyqash. Qir oʻzbekchada yassi togʻ, baland tekislik maʼnosiga ega. Chet, chekka maʼnosidagi qir soʻzi ham bor. Sidirmoq, tarashlamoq, yengil oʻymoq maʼnosidagi qirmoq soʻzini ham ishlatamiz.
Baʼzilar Qirim nomini mening qirim maʼnosida ham sharhlaydi.
Qirim yarimorolida asli turkiycha boʻlgan joy nomlari juda koʻp. Chunki oʻlkani ruslar egallagunga qadar bu yerda asosan turkiy tilli qavmlar yashagan va juda koʻp yerlarga ular nom bergan.
Qirim soʻzini ruschaga taqlidan Qrim shaklida yozish urfga kirgan. Lekin bu xato. Chunki uning talaffuzi chaqirim soʻzidagi qirim bilan bir xil. Xorijiy joy nomlarini, ayniqsa asli turkiy boʻlgan toponimlarni oʻzbek tili qoidalariga koʻra yozish kerak.
@oriftolib

👍32
-u, -yu va chiziqcha
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada -u, -yu yordamchi soʻzlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/GyfzcIx_ltA

👍23🔥2
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Tahrirchi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi!
Kanal va sayt adminlari uchun Tahrirchi bir yillik Premium obunasini sovg‘a qiladi! Dasturimiz yordamida ular kirillcha matnlarni lotinga xatosiz o‘girishlari va matnda uchragan imloviy va grammatik xatoliklarni to‘g‘rilashlari mumkin.
Obunani olish uchun @tahrirchi_yordam hisobiga murojaat qiling.
Obunalar miqdori cheklangan, shoshiling 😊
Telegram | Instagram | Facebook

👍21🔥4
Ural – oʻralgan joy
Ural – Rossiyadagi geografik hudud. Shu nomdagi togʻ va daryo, qishloq va shaharchalar bor.
Ural nomining kelib chiqishi haqida turfa xil qarashlar bor. Rus tilining mahalliy tillar bilan aloqasini oʻrgangan mutaxassislar bu soʻz boshqird tiliga mansub degan xulosaga kelgan. Chunki mahalliy xalq va elatlar tilida faqat boshqird tilidagina bu joy nomi shu shaklda ishlatiladi. Xanti, mansi, udmurt, komi kabi xalqlar hududga boshqa nom berganlar.
Oʻr soʻzi boshqird tilida eskidan ishlatiladi, u qadimgi turkiy tilga mansub. Oʻzbek tilidagi tepalik, balandlik maʼnosidagi oʻr soʻzi ham ayni shu soʻzga borib taqaladi. Oʻr-qir, oʻrlamoq, oʻralamoq, oʻrkach kabi soʻzlar oʻr ildizidan oʻsib chiqqan.
Taniqli geograf olim Eduard Murzayev ruslar Uraltov nomini boshqirdlardan XVI asr oʻrtalarida oʻrganganini yozadi. Shu bois bu nom turkiycha orol yoki oʻral (oʻralmoq) nomlariga bogʻlanadi.
Oʻral soʻzi boshqird tilida belbogʻ maʼnosiga ham ega. Boshqirdlarning “Oʻral botir” nomli xalq dostoni ham bor.
Agar ozgina diqqat bilan tinglasangiz, boshqirdchani tushunsa boʻladi. Tatarcha, qozoqcha va turkmancha qorishmasiga oʻxshaydi.

👍28🔥1
🤨42😱11👍10🔥8😢7😎4💯2
“Madaniyat va maʼrifat” telekanalida til mavzusidagi koʻrsatuv boshlanish arafasida. Jonli efirda uzatiladi.
Vaqt-imkon boʻlsa, koʻring.
@oriftolib
Vaqt-imkon boʻlsa, koʻring.
@oriftolib
👍92🔥9😱1
😎29👍21🔥9💯2
👍30😎14💯6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-u, -yu va chiziqcha | 3️⃣9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Madaniyat va maʼrifat” telekanalida “Agar...” koʻrsatuvi bugun takroran efirga uzatilar ekan. Soat 20:00 da.
@oriftolib
@oriftolib
👍32
Belorus, Belorussiya, Belarus Respublikasi
Beloruslar – sharqiy slavyan xalqlaridan biri, belorus tilida soʻzlashadi. Ularning mamlakati nomi milliy ensiklopediyamizda Belorussiya Respublikasi deb, qavs ichida Belarus deb berilgan. Imlo va izohli lugʻatlarimizda esa millat va til nomi uchun belorus soʻzi ishlatilgan. Nega bunday chalkash: birida belorus, boshqasida belarus shakli tanlangan?
Belorussiya – rus tilidagi shakli. Sovet davrida mamlakatlar nomini rus tili orqali oʻzlashtirganmiz. Til va millatni ifodalashda ham ruschaga taqlid qilganmiz. Beloruslarning oʻzi tilini ham, millatini ham, mamlakatini ham belarus soʻzi orqali ifodalaydi.
🟢 Lugʻatlar va ensiklopedik adabiyotlarning keyingi nashrlarida shunday tuzatish kiritiladi deb umid qilaman.

Eʼtiborli tomoni – prezident sayti ham, yirik axborot saytlari ham mamlakat nomini Belarus Respublikasi shaklida ishlatyapti. Aslida shunisi toʻgʻri. Millat va til nomida ham belarus shaklini tanlash va lugʻatlarga kiritish kerak. Oʻzbekcha talaffuzga ham, asliyatga ham mos. Oʻzbekcha Vikipediya allaqachon shu yoʻlga oʻtgan.
🟢 Lugʻatlar va ensiklopedik adabiyotlarning keyingi nashrlarida shunday tuzatish kiritiladi deb umid qilaman.
@oriftolib
👍31💯2
Takror soʻzlar va takrorlangan soʻzlar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada takror soʻzlar va takrorlangan soʻzlarning farqi, ularning imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/KcI0kcvaR9E

👍20
Turk tilini 70 kunda B2 darajada oʻrgansa boʻladimi? Mana bu yerda buning imkoni bor deyishyapti.
Men esa tajribamdan kelib chiqib aytaman: rostdanam imkoni bor. Agar iroda va tilga mehringiz boʻlsa, uddalaysiz.
👉 Batafsil

👍23🔥3💯2
“An-Nassr”mi yoki “An-Nasr”?
Shu futbol klubining nomini “An-Nassr” shaklida yozish avj oldi. Katta-katta saytlar ham shu shaklni afzal koʻradi. Aslida bitta s bilan yozish toʻgʻri. Oldin imloda ruschaga taqlid qilish kuchli edi, endi inglizchaga ergashyapmiz.
Bu soʻz tilimizda oldindan ishlatiladi. Nasr, Nasrulloh, Nosir, Mansur kabi ismlar ana shu oʻzakdan. Nasr soʻzi arab tilidan oʻzlashgan, yordam, koʻmak va zafar, gʻalaba maʼnolariga ega. Hozirgi tilimizda ishlatilmaydi. U proza maʼnosidagi nasr soʻzidan boshqa soʻz.
Futbol klubi nomidagi nasr soʻzini ikki s bilan yozishga hech qanday asos va hojat yoʻq.
Soʻz oldidagi al artikli shamsiy harfga moslashib, an shakliga oʻtgan. “Al-Nasr” deyish ham oʻzbek tilida shakllangan tartibga zid.
📌 Demak:
“An-Nasr” futbol klubi ✅
“An-Nassr” futbol klubi ❌

👍99🔥8😎2💯1
Oʻzbek tilini ham bir oʻrganib qoʻying
“An-Nasr” soʻzining imlosi masalasida inglizchasini asos qilib koʻrsatganlar boʻldi. Ogʻaynilar, gap arabcha soʻzni oʻzbekchada yozish haqida ketdi, inglizchada yozish haqida emas.
Oʻzbek tili arab tili bilan ming yillardan beri faol aloqa qilib keladi. Asli arabcha boʻlgan va tilimizga singib ketgan minglab soʻzlar bor.
Al artiklini hozirgi imloda ifodalash boʻyicha maʼlum bir tartib shakllangan. Masalan, Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonini arabchadan oʻzbek imlosiga oʻgirganda oʻqilishi bilan olganmiz. “Xazoyin al-maoniy” demaganmiz. At-Termiziy, az-Zamaxshariy nomlarini ham al-Termiziy, al-Zamaxshariy shaklida aytmaymiz va yozmaymiz. Inglizlar yozilishini asos qiladi va har doim al yozadi. Solishtiring:
👉 Al-Tirmidhi
👉 Al-Zamakhshari
Oʻzbekchada kiril va lotin imlosida oʻqilishi boʻyicha yozish amalda. XX asrgacha esa bu soʻzlar shundoq ham arab imlosida yozilgan.
Tanqid qilish, boshqalarni bilmaslikda ayblashdan oldin ozroq oʻzbek tilini ham oʻrganib qoʻying. “Toʻgʻri yozamiz” sahifasi Misrdagi kurort-shahar Sharmushshayx haqida yozgan maqola izohlarini koʻzdan kechirsam, u yerda ham norozilik bildirilibdi. Baraka topkurlar, hech boʻlmasa, Vikipediyaga qarang: hatto ruschada ham, turkchada ham talaffuziga yaqin yozisharkan.
Arabchada ham al deyiladi deb hukm oʻqivoradiganlar Google okamgilardan soʻrab koʻrsa boʻladi, oʻqib beradi:
👉 “An-Nasr”
👉 Sharmushshayx
👉 Dorussalom
Xullas, bilmagan sohamizda ekspertlik qilmasak, hayot ancha goʻzallashadi.

👍47🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takror soʻzlar va takrorlangan soʻzlar imlosi | 4️⃣0️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍22🔥2😎2
Sherlok Xolms haqidagi asarlar
Bu mashhur izquvar haqidagi hikoyalarning muallifi Artur Konan Doyl ekanini bilmaydigan odam kam topiladi.
Sherlok Xolms obrazi juda koʻp yozuvchilarga taʼsir koʻrsatgan. Natijada u haqida boshqa mualliflar ham asarlar yozgan. Bunday mualliflar ichida yozuvchining oʻgʻli Adrian Konan Doyl, Mark Tven, Stiven King, Ayzek Azimov, Nil Geyman singari taniqli adiblar ham bor.

👍39🔥3💯1
“Smena”ni oʻzbekchada ifodalasa boʻladimi?
Bir matnni tahrir qilayotib smena soʻzini oʻzbekchalashtirmoqchi boʻldim. Masalan, birinchi smenada oʻqiyman, ikkinchi smena boʻldik kabi oʻrinlarda smena soʻziga qanday muqobil bor?
Maktabda ikkinchi smenada oʻqiyapmiz.
Maktabda ikkinchi smenaga oʻtdik.
Gal soʻzini qoʻllash mumkin-u, quloq oʻrganmagani uchun tushunarsizroqday koʻrinyapti. Boshqa maʼnoga tortib ketishi ham mumkin:
Maktabda ikkinchi galda oʻqiyapmiz.
Maktabda ikkinchi galga oʻtdik.
Smena ruscha smenitsya – almashinmoq, boshqasining oʻrniga kelmoq soʻzidan yasalgan.
Hozircha oʻzini qoldirdim.
🟢 Siz nima taklif qilasiz?

👍60🔥4🤨3💯2
Tahrirga oid maqolalar
3-qism
🔹 -ni va majhul nisbat
🔹 Nur ustiga nur
🔹 Ora yoki oro
🔹 Ortiqcha soʻz odamga ham yuk: tildagi oʻrinsiz soʻz va iboralar
🔹 Saudiya Arabistoni: qirollikmi yoki podshohlik?
🔹 Soʻz tartibi va maʼno oʻzgarishlari
🔹 Super ogʻir vazn toifasidagi jumla 💪
🔹 Tarjima tahriri: mashgʻulotni yopish mumkinmi?
🔹 U uni asabiylashtirardi...
🔹 Oʻqiganim kitob va oʻqigan kitobim
🔹 Oʻrnini bilmagan raqam
🔹 Halok boʻldimi, vafot etdimi?
🔹 Har va -lar
🔹 Hozir va hozirda
🔹 Chalkashtirmang, aniqlashtiring
🔹 Egalik qoʻshimchasi ikki bor qoʻshilmaydi
🔹 Eski chaqaloq ham tugʻiladimi?
👉 1-qism
👉 2-qism

👍14
Taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/9QldUddhdhU