OʻzA telegram kanali lotinchaga oʻtgan ekan
O‘zbekiston milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladigan @uzauz kanali lotincha imloga oʻtibdi. Yaxshi qadam. uza.uz sayti ham tez orada shu yoʻlni tanlaydi deb umid qilamiz.
Bu kanal amaldagi imloga oʻtganidan baʼzilar jazavaga tushayotgan ekan. Ularga samimiy qilib “Pashoʻl tiy na Havayi” deb qolamiz.
@oriftolib

👍65😎22😱8🔥4
Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada soʻz va qoʻshimchalar raqamlar bilan kelganda qanday yozilishi tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/6MvLij5C2UI

👍26🔥2
Saratov – sariq togʻ
Saratov – Volga boʻyidagi yirik madaniy, iqtisodiy shahar. 1590-yili qoʻrgʻon sifatida tashkil etilgan.
Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan fikrga koʻra, turkiy tillardagi sari tau – sariq togʻ iborasi shahar nomiga asos boʻlgan. Qalʼa Volganing yuqori qirgʻogʻida, togʻlar atrofida qad koʻtargan. Bu togʻlar atrofdan sariq-kulrang koʻringan. Mahalliy xalq uni sari tov deb atagan. Keyinchalik bu nom yon-atrof hududlarga va qalʼaga nisbatan ham ishlatila boshlagan.
Boshqa bir fikrga koʻra, shahar nomi turkiy tillardagi sar atav – pastlikdagi orol yoki sarik atov – qirgʻiy oroli iboralaridan hosil boʻlgan.
Toponim tarixini slavyan va eroniy tillarga bogʻlovchilar, turli afsonalarni asos qilib koʻrsatuvchilar ham bor.

👍30🔥7
Lotincha imloni qulaylashtiradigan terilma
2020-yili bir terilma bilan boʻlishgandim. Uni ayti va tarjima sohasi mutaxassisi Hamza Foziljonov ishlab chiqqan. Biroq bu klaviaturadan koʻpchilik xabarsiz ekan.
Hammasi oddiy: terilmani Windowsʼga oʻrnatsangiz, Oʻ va Gʻ dagi begilar va tutuq belgisi muammosiz chiqadi. Kirilcha Э oʻrnida ʻ belgisi, Ё oʻrnida ʼ belgisi joylashgan. Terilmaning boshqa zoʻr qulayliklari ham bor. Ichidagi rasmli qoʻllanmada hammasi koʻrsatilgan.
Dastur 500 kb atrofida va juda yengil oʻrnaydi. Oʻrnatilgach, terilmalar qatoridan oʻzbek lotin klaviaturasini tanlaysiz. Boʻldi.
🟢 Eslatma: dastur arxivlangan holatda. Oʻrnatishdan oldin arxiv ochuvchi dasturda yoyib olasiz. Soʻng Setup.exe fayliga bosasiz va qadamlarni tasdiqlaysiz.
👉 Batafsil

Telegram
Orif Tolib
Mana bu klaviaturaning oʻzi. Bevosita yuklab olish uchun.
Foydalanuvchilarga katta qulaylik yaratgani uchun dastur muallifi Hamza Foziljonovga rahmat.

👍27🔥2
Yuqoridagi terilmaning xususiyatlari
Ushbu Windows uchun maxsus terilmani oʻrnatib olsangiz, juda koʻp belgilarni yozish qulaylashadi. Masalan, Wordʼda ularni terish uchun belgilar qatoridan izlab yurmaysiz, klaviaturaning oʻzidayoq chiqadi.
Maxsus belgilarni chiqarish Telegram yoki boshqa dasturlarda bir necha karra osonlashadi. Agar bunday texnik yechim boʻlmasa, ularni Wordʼda simvollar ichidan topib, sahifaga tushirish, soʻng nusxalab, boshqa dasturga tashlash kerak boʻladi. Yoki internetdan yunikod belgilarini topib, ulardan nusxalashga toʻgʻri keladi.
Hayotingizni yengillashtiring.

👍25🔥5
MacOS uchun lotinchani qulaylashtiradigan terilma
Windows uchun terilma haqidagi bitik izohida MacOS uchun ham terilma soʻrashdi. Oʻzim bu operatsion tizimni ishlatmaganman. Lekin terilmaga internetda koʻzim tushgandi.
Klaviaturani Farhodjon Chinberdiyev ishlab chiqqan. Tugmalarga moslangan belgilar yuqoridagi Windows terilmaga mos.
🟢 Xususiyatlari
1️⃣ Oʻ va Gʻ harflari uchun ishlatiladigan ʻOkina (modifier letter turned comma) belgisi apostrof oʻrniga qoʻyilgan: bu belgi tipografik tomondan birtirnoqdan koʻra toʻgʻri: tinish belgisimas va soʻzni boʻlmaydi.
2️⃣ Tutuq belgisi uchun qoʻllanadigan modifikator apostrof (modifier letter apostrophe) “gravis” oʻrniga qoʻyilgan (Esc tagiga): bu belgi ham yuqoridagi kabi tipografik tomondan toʻgʻri.
3️⃣ Ushbu terilma 1993-yildagi oʻzbek va hozirgi turk, ozarbayjon, turkman alifbolarida ishlatiladigan harflarni ham oʻz ichiga olgan: Ŏ, Ğ, Ş, Ç, İ (Alt bilan teriladi).
🟢 Oʻrnatish
1️⃣ Yuklab olingan Uzbek Keyboard Layouts.dmg faylini oching.
2️⃣ Uzbek Keyboard Layouts.bundle faylini Drag here to install nomli yorliqqa yuboring (faylni sudrab yorliq ustiga tashlaysiz).
3️⃣ System Preferences ichidan Keyboard → Input Sources ekraniga oʻtasiz.
4️⃣ + tugmasini bosib roʻyxatdan yangi terilmalarni qoʻshasiz (xuddi boshqa terilmalarni qoʻshgandek). Ushbu terilmalar roʻyxatda oʻzbek tili sifatida chiqadi.
👉 Yuklab olish

👍8
Uzbek Typography Layouts.dmg
32.2 KB
MacOS terilmasi fayli
Mabodo faylni saytdan yuklash muammo boʻlsa, bevosita kanaldan yuklab olishingiz mumkin.

👍9
Azov – adoqdagi shahar
Azov – Don daryosi etagidagi shahar. Uning nomi kelib chiqishi boʻyicha har xil qarashlar bor.
Bir qarashga koʻra, oti joylashuviga koʻra qoʻyilgan. Shahar nomiga turkiycha azau soʻzi asos boʻlgan. Turkiy tillarda azaq, azagʻ, azau, adaq kabi shakllarda qoʻllangan bu soʻz quyi joy, tugallanish, oxir kabi maʼnolarni ifodalagan. Bugun biz ishlatadigan oyoq, adoq soʻzlari ham ana shu oʻzakka borib taqaladi.
Baʼzi tarixchilarga koʻra, taxminan 1067-yili hududni qipchoqlar egallagan va Azov oʻrnidagi qishloqqa Azuvxon (Azoqxon) nomini bergan.
Keyinchalik shaharga yaqin dengiz ham shunday nomlangan: dastlab sohilga tutash suvlar Azov dengizi deb yuritilgan boʻlsa, vaqtlar oʻtib butun havza shu nom bilan atala boshlagan.

👍26🤨2
✅ Xatoga yoʻl qoʻyilmagan qatorni belgilang.
Anonymous Quiz
8%
Katta-yu kichik, bo-yu kambagʻal, jo-nu dil
72%
Katta-yu kichik, boy-u kambagʻal, jon-u dil
21%
Kattayu kichik, boyu kambagʻal, jonu dil
👍35😎22💯12🔥4🤨3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi | 3️⃣8️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍16
Degan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Kitoblarda, gazeta-jurnallarda degan soʻzidan oldin vergul ishlatish holatlari juda koʻp uchraydi. Aslida vergul kerak emas.
Amaliyotdan misol. Degan soʻzidan oldin bitta soʻz boʻlsa, odatda vergul ishlatilmaydi:
Holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi.
Jumla bir necha soʻzdan iborat boʻlib qolsa, birdan vergul qoʻyamiz. Keragi yoʻq. Jumla bir soʻzdan iborat boʻlsa ham, oʻn soʻzdan iborat boʻlsa ham, mohiyat oʻzgarmaydi:
Buni tushunishning oʻzi ham katta gap degan xulosaga keldik.
Bugun ishga vaqtliroq boraman degan edim.
Vergul ishlatish kerakligi haqida ham bitta-yarim sabab topish mumkindir. Biroq matn vergulzor emas. Tinish belgilarini oʻta zarur holatda qoʻllash kerak. Ularning koʻpligi matnning tushunilishini qiyinlashtiradi.

👍52🔥11
Tilga hurmat – elementar talab
“Daryo” nashri jamoatchilik faoli va bloger Nikita Makarenko bilan suhbat uyushtiribdi. Toʻgʻrisi, Makarenkoni kuzatmayman, yozganlarini yaxshi bilmayman. Lekin bu suhbat menga juda maʼqul boʻldi.
Nikita ona tili rus tili boʻlsa-da, oʻzbek tilida intervyu bergan. Aksariyat aholisi oʻzbek tilida gaplashadigan yurtda oʻzbekcha gapirish oddiy mantiq, hurmatning elementar belgisi ekanini taʼkidlaydi u. Makarenkoning aytishicha, begona kishi bilan gaplashadigan boʻlsa, birinchi galda oʻzbek tilida murojaat qilar ekan.
Albatta, oʻzaro muloqot kerak va u davomli boʻlishi zarur. Agar millatga, tilga, mamlakatga shunday hurmat bilan yondashilsa, juda koʻp muammolarni juda oson yechish, murosa yoʻlini topish mumkin.
Intervyuni koʻring:
👉 dy.uz/ITEVX

👍57🔥5
Tyumen – oʻzimizning “tuman”
Tyumen shahriga 1586-yili asos solingan. Tura daryosi boʻyida. Aholi soni boʻyicha Sibirdagi toʻrtinchi yirik shahar.
Bu shahar nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Keng tarqalgan talqinlardan biriga koʻra, u turkiy tillardagi tuman – oʻn ming soʻzidan kelib chiqqan. Mahmud Koshgʻariy bu soʻzni juda koʻp va oʻn ming maʼnolarida izohlaydi.
Tuman tarixda oʻn ming kishilik harbiy qismni, oʻn ming va undan ortiq askar yetkazib berish imkoniga ega hududiy birlikni ham ifodalagan. Baʼzilar shahar nomida shu maʼno bor deb hisoblaydi. Lekin buni maʼqullamaydiganlar koʻp: Sibirda oʻzi hozir ham odam kam boʻlsa, bu hudud oʻtmishda oʻn ming askar bera olgan boʻlishi mumkin emas.
Mantiqan asosli variant ham bor: Tyumen shahri pastlikda joylashgan. Sibir tatarlari tilida tuman soʻzi pastlik, uva maʼnosiga ega. Shahar nomi shu soʻzdan olingan. Sibir tatarlari tilidagi bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida tuban shakliga ega. Uning bosh maʼnosi – quyi, past degani.

👍46
Bepul kurs soʻraganlar, qayerdasiz?
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy boʻlinmalarida oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan oʻzga millat vakillari uchun “Oʻzbek tili” kursi bor ekan.
“Oʻzbek tili” kursining oʻquv dasturi 144 soatga moʻljallangan, davomiyligi 3 oy. Kurs orqali tinglovchilar oʻzbek tilini oʻrganish, amalda qoʻllash, gapirish, yozish, tinglab tushunish, oʻqib tushunish koʻnikmalarini shakllantiradi va oʻzbek madaniyatidan xabardor boʻladi.
Marhamat. Boring, oʻrganing. Qanaqadir takliflaringiz boʻlsa, ularni ham ayting.

👍43🔥6
Oʻquv adabiyotlari tili: oʻzbekcha ifodalang
Oʻquv-taʼlimiy adabiyotlar, ilmiy kitoblarda koʻp uchraydigan va tishga tegadigan holatlardan biri – taʼriflarda joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini oʻrinsiz ishlatish. Masalan:
Hajm birligiga toʻgʻri keladigan massaga moddaning zichligi deyiladi.
Moddaning zichligi deb hajm birligiga toʻgʻri keladigan massaga aytiladi.
Yuqoridagi kabi ifodalar tiqilib yotibdi. Misollarda qalinda belgilangan joʻnalish kelishigi qoʻshimchasiga aslida hojat yoʻq. Bu shaklda gap tuzish oʻzbek tili tabiatiga xos emas. Goʻyo kimdir massani toʻxtatib olib, unga “ey moddaning zichligi” deyayotgandek. Ustiga ustak joʻnalish kelishigi ham takror kelyapti. Ikkinchi misol unchalik xato boʻlmasa-da, ifodasi loʻnda emas, tahrir nuqtayi nazaridan qusurli.
Toʻgʻri variant:
Hajm birligiga toʻgʻri keladigan massa moddaning zichligi deyiladi.
Yoki:
Moddaning zichligi – hajm birligiga toʻgʻri keladigan massa.
Moddaning zichligi hajm birligiga toʻgʻri keladigan massadir.
Oʻquv va ilmiy matnlar uslubini hisobga olsak, birinchi variant afzal.
Qiyoslang:
Matnni tuzatishlar kiritib yaxshilash tahrir deyiladi. ✅
Matnni tuzatishlar kiritib yaxshilashga tahrir deyiladi. ❌
Tahrir matnni tuzatishlar kiritib yaxshilashdir. ✅
Tahrir deb matnni tuzatishlar kiritib yaxshilashga aytiladi. ❌

👍31🔥5
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ⚡️ Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 million nafar yoshga bepul oʻrgatish boʻyicha “Ibrat farzandlari” loyihasini taqdimot qilgan edik. Loyiha jadid bobolarimiz xotirasini tiklash va ularning ishlarini davom ettirishni maqsad qilgan edi. Oʻsha paytda bu gʻoyaga ishonish qiyin edi. Lekin Prezidentimiz jamoamizni ruhlantirgandilar, harakat qilsak, koʻzlangan marrani zabt etish mumkinligiga hammamizni ishontirgan edilar.
Oradan qariyb bir yil oʻtdi, loyiha rahbari Rustam Qoriyev andijonlik faol yoshlar bilan muloqotda natijalar (ayni vaqtda 800 ming yoshlarimiz bepul taʼlim olmoqda) va rejalar haqida Prezidentimizga axborot berdilar. Eng xursand boʻladigani, davlatimiz rahbari: “Meni ham hayajon bosadigan payt boʻlar ekan”, deganlarida jamoa kayfiyati va rejalari karrasiga oshib ketdi.
Endigi marra – million! Oldinda oʻnlab katta loyihalar yoshlarimiz uchun tayyor. Millat shaʼni va nufuzi bizning qoʻlimizda. Harakatdan toʻxtamaylik!
@alisher_sadullaev

👍42🔥15💯4
Qirim – xandaqli shahar
Qirim – juda qadim oʻlka. Miloddan oldingi 1-mingyillikda bu yerlarda kimmeriy, tavr va skif qabilalari yashagan. Shu bois antik adabiyotlarda Tavrika, Tavriya, Tavrida kabi nomlar bilan tilga olingan. Bu toponimlar tavr qabilasi nomidan kelib chiqqan. XIII asrda hudud Oltin Oʻrda qoʻl ostiga oʻtadi. Shu davrdan eʼtiboran Qirim nomi urfga kirgan.
Qirim yarimorolining oti boʻyicha turfa xil qarashlar bor. Qirim soʻzi qadimda bu hududda yashagan kimmeriy qabilasi nomidan kelib chiqqan degan fikr ham bor. Lekin uning ehtimoli kam. Chunki Qirim nomi ishlatila boshlagan paytda hududda bu qabilalar ham, ulardan nishon ham qolmagan edi.
Eng keng tarqalgan bir talqinga koʻra, dastlab qoʻrgʻon, keyinchalik shahar boʻlgan Qirimning nomi turkiy tillardagi qirim – chuqurlik, jarlik, handaq soʻzlaridan yuzaga kelgan. Oldin shahar atrofida yirik mudofaa inshooti – xandaq boʻlgan.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, qirim soʻzining talaffuzi oʻzimizning qir soʻzi bilan uyqash. Qir oʻzbekchada yassi togʻ, baland tekislik maʼnosiga ega. Chet, chekka maʼnosidagi qir soʻzi ham bor. Sidirmoq, tarashlamoq, yengil oʻymoq maʼnosidagi qirmoq soʻzini ham ishlatamiz.
Baʼzilar Qirim nomini mening qirim maʼnosida ham sharhlaydi.
Qirim yarimorolida asli turkiycha boʻlgan joy nomlari juda koʻp. Chunki oʻlkani ruslar egallagunga qadar bu yerda asosan turkiy tilli qavmlar yashagan va juda koʻp yerlarga ular nom bergan.
Qirim soʻzini ruschaga taqlidan Qrim shaklida yozish urfga kirgan. Lekin bu xato. Chunki uning talaffuzi chaqirim soʻzidagi qirim bilan bir xil. Xorijiy joy nomlarini, ayniqsa asli turkiy boʻlgan toponimlarni oʻzbek tili qoidalariga koʻra yozish kerak.

👍32