Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
🔥26👍18😎11💯4
Ularga yarashaveradi

Sherzodxon Qudratxoʻjaning soʻzlariga munosabat jaydari bir gapni yana esga tushirdi: ularga yarashaveradi, bizga sholpillab qoladi.

Bunaqa paytda mantiq chekkada nosvoy chekib turadi, ommaviy sazoyi boshlanadi.

Oʻzbek tilining jozibadorligini oshirish haqidagi gaplar ham yaxshi, chiroyli. Lekin shu yoʻlda nimadir harakat boshlasangiz, hatto yozuvdagi toʻrtta belgini oʻnglashga urinsangiz, doʻstona burun tiqishlar boshlanadi-ku?

Siyosatchi emas, jurnalist fikrini aytdi. Fikrlari asossiz emas. Yoqmasa, tirsaklaringni tishlanglar.

@oriftolib
👍100💯18🔥5😎4😢1🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Belorussiya
41%
Belarussiya
👍18💯7🤨3😎3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Belorus tili
49%
Belarus tili
👍17🤨10💯4😎4😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Belorus Respublikasi
29%
Belarus Respublikasi
🤨46👍15😢12🔥6😱6
Orenburg – oʻrdagi shahar

Orenburg – Janubiy Uraldagi eng yirik shaharlardan biri. Unga 1734 yili imperator Anna Ioannovna qarori bilan asos solingan. Or (oʻqilishi – Oʻr) va Yoyiq daryolari qoʻshilgan joyda bir qoʻrgʻon barpo etiladi. Uni daryo nomi bilan Or qalʼasi deb ataydilar. Oʻsha davrdagi urfga koʻra shahar-qoʻrgʻon nemischa uslubda Orenburg – Or daryosi boʻyidagi shahar nomini oladi. Keyinchalik u bir necha bor Yoyiq daryosining quyi qismiga koʻchiriladi. Eski oʻrnida faqat qalʼa saqlanib qoladi. Qalʼa oʻrnida hozir Orsk shahri qad koʻtargan. Shunday qilib, daryo nomi ikki shahar otiga koʻchgan.

Or daryosining nomi hozirgi oʻzbek tilida ham ishlatiladigan turkiy oʻr – chuqurlik, jarlik, oʻra soʻzidan hosil boʻlgan. Oʻr qazmoq, oʻrga tushmoq, oʻru qir kabi iboralarda ayni shu oʻr soʻzi qatnashgan. Oʻr soʻzining tepalik, balandlik maʼnosi ham bor.

@oriftolib
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kattalik birliklari imlosi (2-qism) | 3️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍12
Bolaning anglash tezligi qancha?

“Qutlugʻ qon” asari tarjimoni, yangi oʻzbekcha-turkcha lugʻat hammuallifi Zamira Oʻzturk telegramda sahifa ochibdilar.

Kanalda yozilishicha, kitob oʻqimagan bolalar oʻrtacha bir jumlani 45 soniyada anglay olar ekan. Kitob oʻqish madaniyati shakllangan bolalar esa buni 13 soniyada uddalaydi. Demak, bolalarning ham, kattalarning ham anglash qobiliyati bevosita kitob oʻqishga bogʻliq.

👉 Batafsil

@oriftolib
👍63🔥9
​​Dadil qadamlarni kattalardan kutamiz

Sezdilaringmi, Kun.uz saytining bosh imlosi lotinchaga oʻzgardi. Endi saytga kirsangiz, lotincha varianti ochiladi. Kirilcha oʻqimoqchi boʻlsangiz, kirilchani maxsus tanlashingiz kerak. Oldin aksi edi. 1,1 milliondan oshiq obunachisi bor telegram kanalni ham amaldagi imloga oʻtkazishmoqchi ekan. Dadil qadam.

Toʻgʻri, boshida biroz qiyinchiliklar boʻlishi mumkin. Imlo xatolari koʻp uchraydi. Balki, Tahrirchi kabi yechimlardan foydalanilar.

Lekin bu kam. Men davlatning bosh axborot agentligi – uza.uz, yirik axborot saytlari – kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz va boshqa katta saytlardan lotincha imloga toʻliq oʻtishni, kirilchadan voz kechishni soʻrayman. Siz boshlab bermasangiz, boshqalar qilmaydi bu ishni.


Asta-sekin Hukumatga tegishli saytlar, davlat tashkilotlari saytlari ham faqat lotin alifbosidan foydalanishga oʻtishi kerak. Faqatgina sayt emas, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar ham faqat bitta imloda – oʻzbek lotin imlosida yuritilsin. Yetar endi.

Hamma ishlatsa, amaldagi lotincha imloning qiyinchiliklarini koʻpchilik his qiladi va toʻrtta xomsemiz harfimizni ixchamlashtirish ham osonroq kechadi.

@oriftolib
👍53💯11🔥4
OʻzA telegram kanali lotinchaga oʻtgan ekan

O‘zbekiston milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladigan @uzauz kanali lotincha imloga oʻtibdi. Yaxshi qadam. uza.uz sayti ham tez orada shu yoʻlni tanlaydi deb umid qilamiz.

Bu kanal amaldagi imloga oʻtganidan baʼzilar jazavaga tushayotgan ekan. Ularga samimiy qilib “Pashoʻl tiy na Havayi” deb qolamiz.

@oriftolib
👍65😎22😱8🔥4
Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada soʻz va qoʻshimchalar raqamlar bilan kelganda qanday yozilishi tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/6MvLij5C2UI

@oriftolib
👍26🔥2
Saratov – sariq togʻ

Saratov – Volga boʻyidagi yirik madaniy, iqtisodiy shahar. 1590-yili qoʻrgʻon sifatida tashkil etilgan.

Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan fikrga koʻra, turkiy tillardagi sari tau – sariq togʻ iborasi shahar nomiga asos boʻlgan. Qalʼa Volganing yuqori qirgʻogʻida, togʻlar atrofida qad koʻtargan. Bu togʻlar atrofdan sariq-kulrang koʻringan. Mahalliy xalq uni sari tov deb atagan. Keyinchalik bu nom yon-atrof hududlarga va qalʼaga nisbatan ham ishlatila boshlagan.

Boshqa bir fikrga koʻra, shahar nomi turkiy tillardagi sar atav – pastlikdagi orol yoki sarik atov – qirgʻiy oroli iboralaridan hosil boʻlgan.

Toponim tarixini slavyan va eroniy tillarga bogʻlovchilar, turli afsonalarni asos qilib koʻrsatuvchilar ham bor.

@oriftolib
👍30🔥7
Lotincha imloni qulaylashtiradigan terilma

2020-yili bir terilma bilan boʻlishgandim. Uni ayti va tarjima sohasi mutaxassisi Hamza Foziljonov ishlab chiqqan. Biroq bu klaviaturadan koʻpchilik xabarsiz ekan.

Hammasi oddiy: terilmani Windowsʼga oʻrnatsangiz, va dagi begilar va tutuq belgisi muammosiz chiqadi. Kirilcha Э oʻrnida ʻ belgisi, Ё oʻrnida ʼ belgisi joylashgan. Terilmaning boshqa zoʻr qulayliklari ham bor. Ichidagi rasmli qoʻllanmada hammasi koʻrsatilgan.

Dastur 500 kb atrofida va juda yengil oʻrnaydi. Oʻrnatilgach, terilmalar qatoridan oʻzbek lotin klaviaturasini tanlaysiz. Boʻldi.

🟢 Eslatma: dastur arxivlangan holatda. Oʻrnatishdan oldin arxiv ochuvchi dasturda yoyib olasiz. Soʻng Setup.exe fayliga bosasiz va qadamlarni tasdiqlaysiz.

👉 Batafsil

@oriftolib
👍27🔥2
Yuqoridagi terilmaning xususiyatlari

Ushbu Windows uchun maxsus terilmani oʻrnatib olsangiz, juda koʻp belgilarni yozish qulaylashadi. Masalan, Wordʼda ularni terish uchun belgilar qatoridan izlab yurmaysiz, klaviaturaning oʻzidayoq chiqadi.

Maxsus belgilarni chiqarish Telegram yoki boshqa dasturlarda bir necha karra osonlashadi. Agar bunday texnik yechim boʻlmasa, ularni Wordʼda simvollar ichidan topib, sahifaga tushirish, soʻng nusxalab, boshqa dasturga tashlash kerak boʻladi. Yoki internetdan yunikod belgilarini topib, ulardan nusxalashga toʻgʻri keladi.

Hayotingizni yengillashtiring.

@oriftolib
👍25🔥5
​​MacOS uchun lotinchani qulaylashtiradigan terilma

Windows uchun terilma haqidagi bitik izohida MacOS uchun ham terilma soʻrashdi. Oʻzim bu operatsion tizimni ishlatmaganman. Lekin terilmaga internetda koʻzim tushgandi.

Klaviaturani Farhodjon Chinberdiyev ishlab chiqqan. Tugmalarga moslangan belgilar yuqoridagi Windows terilmaga mos.

🟢 Xususiyatlari

1️⃣ va harflari uchun ishlatiladigan ʻOkina (modifier letter turned comma) belgisi apostrof oʻrniga qoʻyilgan: bu belgi tipografik tomondan birtirnoqdan koʻra toʻgʻri: tinish belgisimas va soʻzni boʻlmaydi.

2️⃣ Tutuq belgisi uchun qoʻllanadigan modifikator apostrof (modifier letter apostrophe) “gravis” oʻrniga qoʻyilgan (Esc tagiga): bu belgi ham yuqoridagi kabi tipografik tomondan toʻgʻri.

3️⃣ Ushbu terilma 1993-yildagi oʻzbek va hozirgi turk, ozarbayjon, turkman alifbolarida ishlatiladigan harflarni ham oʻz ichiga olgan: Ŏ, Ğ, Ş, Ç, İ (Alt bilan teriladi).

🟢 Oʻrnatish

1️⃣ Yuklab olingan Uzbek Keyboard Layouts.dmg faylini oching.

2️⃣ Uzbek Keyboard Layouts.bundle faylini Drag here to install nomli yorliqqa yuboring (faylni sudrab yorliq ustiga tashlaysiz).

3️⃣ System Preferences ichidan Keyboard → Input Sources ekraniga oʻtasiz.

4️⃣ + tugmasini bosib roʻyxatdan yangi terilmalarni qoʻshasiz (xuddi boshqa terilmalarni qoʻshgandek). Ushbu terilmalar roʻyxatda oʻzbek tili sifatida chiqadi.

👉 Yuklab olish

@oriftolib
👍8
Uzbek Typography Layouts.dmg
32.2 KB
MacOS terilmasi fayli

Mabodo faylni saytdan yuklash muammo boʻlsa, bevosita kanaldan yuklab olishingiz mumkin.

@oriftolib
👍9
​​Azov – adoqdagi shahar

Azov – Don daryosi etagidagi shahar. Uning nomi kelib chiqishi boʻyicha har xil qarashlar bor.

Bir qarashga koʻra, oti joylashuviga koʻra qoʻyilgan. Shahar nomiga turkiycha azau soʻzi asos boʻlgan. Turkiy tillarda azaq, azagʻ, azau, adaq kabi shakllarda qoʻllangan bu soʻz quyi joy, tugallanish, oxir kabi maʼnolarni ifodalagan. Bugun biz ishlatadigan oyoq, adoq soʻzlari ham ana shu oʻzakka borib taqaladi.

Baʼzi tarixchilarga koʻra, taxminan 1067-yili hududni qipchoqlar egallagan va Azov oʻrnidagi qishloqqa Azuvxon (Azoqxon) nomini bergan.

Keyinchalik shaharga yaqin dengiz ham shunday nomlangan: dastlab sohilga tutash suvlar Azov dengizi deb yuritilgan boʻlsa, vaqtlar oʻtib butun havza shu nom bilan atala boshlagan.

@oriftolib
👍26🤨2