Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Chelyabinsk, Saratov, Tyumen – bu nomlar turkiycha ekanini bilarmidingiz?

Bir zamonlar turkiy qavmlarning yeri boʻlgan oʻlkalar vaqti kelib Rossiya imperiyasi tarkibiga oʻtdi. Biroq joy nomlarida oʻsha olis tarix izlari bugungacha saqlanib qolgan.

“Daryo” nashridagi maqolamda nomi turkiy ildizga ega shunday joylar haqida hikoya qildim.

👉 dy.uz/PskLQ

@oriftolib
👍42🔥2🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tutuq belgisining qiyinchiliklari | 3️⃣5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍18
Orif Tolib
​​“Krujka”ning oʻzbekchasi nima? Oxirgi kunlarda shu savolni juda koʻp soʻrashdi. Sababi bor ekan. Shunaqa soʻrovnoma oʻtkazishibdi. Oldinroq javobi ham berilgan ekan: sarxum. Sarxum soʻzini oldin eshitmagandim. Xorazm shevasiga xos soʻz ekan. Forschadan…
Krujka mavzusiga qaytib...

Bu idishni koʻpchiligimiz oʻrischasiga krushka/krujka deb bilamiz.

Krujka oʻris tiliga olmon va yunon tillaridan oʻzlashgan.

Xoʻsh, uning oʻzbekchasi nima boʻladi?

Tadqiqotchi Shahnoza Alimovaning “Xorazm qipchoq shevalarida maʼnodosh soʻzlar tahlili” maqolasida maʼlum qilinishicha, krujka ona tilimizda sarxum, shangil boʻladi.

Milliy ensiklopediyamizga koʻra esa, idishdan suv olishda ishlatiladigan dastali uy-roʻzgʻor buyumi doʻlcha deb nomlanadi.

Manba: Eshmon Malla

@oriftolib
👍40🔥6😱2
👍38🤨28💯9🔥4😢3😱2😎2
Chelyabinsk – Chalabiy shahri

Chelyabinsk – aholi soni boʻyicha Rossiyada sakkizinchi oʻrinda turuvchi shahar. Aholisi bir milliondan ortiq.

Chelyabinsk shahri nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan talqinga koʻra, u kishi ismidan – Chalabiy soʻzidan kelib chiqqan. Chalabiy oti va unvoni turklarda keng tarqalgan. Shu nomdagi bir necha mashhur kishilar bor. Ammo manbalar bu soʻzni dastlab Oʻrta Osiyodagi turkiy qavmlar oʻzlashtirganini taʼkidlaydi.

Turkcha cheleb soʻzi xoʻjayin, ulugʻ zot, tangri kabi maʼnolarga ega. Ildizi suryoniycha ṣəlab – xoch soʻziga borib taqaladi. Oʻzbekchada qoʻllanadigan salib soʻzi ham ana shu oʻzakdan.

Rus oʻlkashunosi Vladimir Vitevskiy fikricha, chelab – boshqirdcha soʻz. Maʼnosi – chelak yoki lavlagi. Olim Chelyabinsk chindan ham chelaksimon havzada joylashganiga eʼtibor qaratadi.

@oriftolib
👍24🔥2
Kattalik birliklari imlosi (2-qism)

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada kattalik birliklari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/JIuOmtCYXwM

@oriftolib
👍17
“Sazan”ning oʻzbekchasi nima?

Barchamizga tanish bu baliq turi rus tilida ham sazan deb ataladi. Buni bilgan odam sazan asli ruscha boʻlsa kerak degan oʻyga borishi mumkin. Ammo unday emas. Sazan – toza turkiycha soʻz. Rus tiliga turkiy tillardan oʻzlashgan.

Sazanning oʻzbekchada yana bir maʼnodoshi bor – zogʻora baliq. Bu nom uning tashqi qiyofasiga nisbatan berilgan. Zogʻora – makkajoʻxori unidan yopilgan non. Sazanning tangachalari zogʻora nonni eslatadi.

Demak, sazan ham, zogʻora baliq ham oʻzimizning qorakoʻz soʻzlardan.

@oriftolib
👍84😎26🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kattalik birliklari imlosi (1-qism) | 3️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍12
🔥26👍18😎11💯4
Ularga yarashaveradi

Sherzodxon Qudratxoʻjaning soʻzlariga munosabat jaydari bir gapni yana esga tushirdi: ularga yarashaveradi, bizga sholpillab qoladi.

Bunaqa paytda mantiq chekkada nosvoy chekib turadi, ommaviy sazoyi boshlanadi.

Oʻzbek tilining jozibadorligini oshirish haqidagi gaplar ham yaxshi, chiroyli. Lekin shu yoʻlda nimadir harakat boshlasangiz, hatto yozuvdagi toʻrtta belgini oʻnglashga urinsangiz, doʻstona burun tiqishlar boshlanadi-ku?

Siyosatchi emas, jurnalist fikrini aytdi. Fikrlari asossiz emas. Yoqmasa, tirsaklaringni tishlanglar.

@oriftolib
👍100💯18🔥5😎4😢1🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Belorussiya
41%
Belarussiya
👍18💯7🤨3😎3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Belorus tili
49%
Belarus tili
👍17🤨10💯4😎4😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Belorus Respublikasi
29%
Belarus Respublikasi
🤨46👍15😢12🔥6😱6
Orenburg – oʻrdagi shahar

Orenburg – Janubiy Uraldagi eng yirik shaharlardan biri. Unga 1734 yili imperator Anna Ioannovna qarori bilan asos solingan. Or (oʻqilishi – Oʻr) va Yoyiq daryolari qoʻshilgan joyda bir qoʻrgʻon barpo etiladi. Uni daryo nomi bilan Or qalʼasi deb ataydilar. Oʻsha davrdagi urfga koʻra shahar-qoʻrgʻon nemischa uslubda Orenburg – Or daryosi boʻyidagi shahar nomini oladi. Keyinchalik u bir necha bor Yoyiq daryosining quyi qismiga koʻchiriladi. Eski oʻrnida faqat qalʼa saqlanib qoladi. Qalʼa oʻrnida hozir Orsk shahri qad koʻtargan. Shunday qilib, daryo nomi ikki shahar otiga koʻchgan.

Or daryosining nomi hozirgi oʻzbek tilida ham ishlatiladigan turkiy oʻr – chuqurlik, jarlik, oʻra soʻzidan hosil boʻlgan. Oʻr qazmoq, oʻrga tushmoq, oʻru qir kabi iboralarda ayni shu oʻr soʻzi qatnashgan. Oʻr soʻzining tepalik, balandlik maʼnosi ham bor.

@oriftolib
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kattalik birliklari imlosi (2-qism) | 3️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍12
Bolaning anglash tezligi qancha?

“Qutlugʻ qon” asari tarjimoni, yangi oʻzbekcha-turkcha lugʻat hammuallifi Zamira Oʻzturk telegramda sahifa ochibdilar.

Kanalda yozilishicha, kitob oʻqimagan bolalar oʻrtacha bir jumlani 45 soniyada anglay olar ekan. Kitob oʻqish madaniyati shakllangan bolalar esa buni 13 soniyada uddalaydi. Demak, bolalarning ham, kattalarning ham anglash qobiliyati bevosita kitob oʻqishga bogʻliq.

👉 Batafsil

@oriftolib
👍63🔥9
​​Dadil qadamlarni kattalardan kutamiz

Sezdilaringmi, Kun.uz saytining bosh imlosi lotinchaga oʻzgardi. Endi saytga kirsangiz, lotincha varianti ochiladi. Kirilcha oʻqimoqchi boʻlsangiz, kirilchani maxsus tanlashingiz kerak. Oldin aksi edi. 1,1 milliondan oshiq obunachisi bor telegram kanalni ham amaldagi imloga oʻtkazishmoqchi ekan. Dadil qadam.

Toʻgʻri, boshida biroz qiyinchiliklar boʻlishi mumkin. Imlo xatolari koʻp uchraydi. Balki, Tahrirchi kabi yechimlardan foydalanilar.

Lekin bu kam. Men davlatning bosh axborot agentligi – uza.uz, yirik axborot saytlari – kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz va boshqa katta saytlardan lotincha imloga toʻliq oʻtishni, kirilchadan voz kechishni soʻrayman. Siz boshlab bermasangiz, boshqalar qilmaydi bu ishni.


Asta-sekin Hukumatga tegishli saytlar, davlat tashkilotlari saytlari ham faqat lotin alifbosidan foydalanishga oʻtishi kerak. Faqatgina sayt emas, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar ham faqat bitta imloda – oʻzbek lotin imlosida yuritilsin. Yetar endi.

Hamma ishlatsa, amaldagi lotincha imloning qiyinchiliklarini koʻpchilik his qiladi va toʻrtta xomsemiz harfimizni ixchamlashtirish ham osonroq kechadi.

@oriftolib
👍53💯11🔥4
OʻzA telegram kanali lotinchaga oʻtgan ekan

O‘zbekiston milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladigan @uzauz kanali lotincha imloga oʻtibdi. Yaxshi qadam. uza.uz sayti ham tez orada shu yoʻlni tanlaydi deb umid qilamiz.

Bu kanal amaldagi imloga oʻtganidan baʼzilar jazavaga tushayotgan ekan. Ularga samimiy qilib “Pashoʻl tiy na Havayi” deb qolamiz.

@oriftolib
👍65😎22😱8🔥4
Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada soʻz va qoʻshimchalar raqamlar bilan kelganda qanday yozilishi tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/6MvLij5C2UI

@oriftolib
👍26🔥2
Saratov – sariq togʻ

Saratov – Volga boʻyidagi yirik madaniy, iqtisodiy shahar. 1590-yili qoʻrgʻon sifatida tashkil etilgan.

Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan fikrga koʻra, turkiy tillardagi sari tau – sariq togʻ iborasi shahar nomiga asos boʻlgan. Qalʼa Volganing yuqori qirgʻogʻida, togʻlar atrofida qad koʻtargan. Bu togʻlar atrofdan sariq-kulrang koʻringan. Mahalliy xalq uni sari tov deb atagan. Keyinchalik bu nom yon-atrof hududlarga va qalʼaga nisbatan ham ishlatila boshlagan.

Boshqa bir fikrga koʻra, shahar nomi turkiy tillardagi sar atav – pastlikdagi orol yoki sarik atov – qirgʻiy oroli iboralaridan hosil boʻlgan.

Toponim tarixini slavyan va eroniy tillarga bogʻlovchilar, turli afsonalarni asos qilib koʻrsatuvchilar ham bor.

@oriftolib
👍30🔥7
Lotincha imloni qulaylashtiradigan terilma

2020-yili bir terilma bilan boʻlishgandim. Uni ayti va tarjima sohasi mutaxassisi Hamza Foziljonov ishlab chiqqan. Biroq bu klaviaturadan koʻpchilik xabarsiz ekan.

Hammasi oddiy: terilmani Windowsʼga oʻrnatsangiz, va dagi begilar va tutuq belgisi muammosiz chiqadi. Kirilcha Э oʻrnida ʻ belgisi, Ё oʻrnida ʼ belgisi joylashgan. Terilmaning boshqa zoʻr qulayliklari ham bor. Ichidagi rasmli qoʻllanmada hammasi koʻrsatilgan.

Dastur 500 kb atrofida va juda yengil oʻrnaydi. Oʻrnatilgach, terilmalar qatoridan oʻzbek lotin klaviaturasini tanlaysiz. Boʻldi.

🟢 Eslatma: dastur arxivlangan holatda. Oʻrnatishdan oldin arxiv ochuvchi dasturda yoyib olasiz. Soʻng Setup.exe fayliga bosasiz va qadamlarni tasdiqlaysiz.

👉 Batafsil

@oriftolib
👍27🔥2