Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Forwarded from Sanjar Nazar
O‘zbek tilidagi kitoblarga xos uyatli holatlardan biri — hatto eng mukammal nashrlarda ham bo‘g‘in ko‘chirish xatolari uchraydi. Ayniqsa, lotin alifbosidagi nashrlarda. Buning noshirlarga bog‘liq bo‘lmagan jiddiy sababi bor.

Kitob sahifalash uchun ishlatiladigan Adobe InDesign dasturi boshqa ko‘plab dasturlar singari o‘zbek tilini “bilmaydi”. Kirill alifbosida muammo kamroqligining sababi qardosh qirg‘izlar o‘z tillarini “bildirish” uchun Adobe InDesign dasturiga kengaytma ishlab chiqishgan. Bundan xabari bor noshirlar shu kengaytmani o‘zbek tili uchun ham ishlatib kelishardi. Ha, noo‘ng‘ay vaziyat. Ana shu kengaytmani o‘zbek tili uchun ham ishlab chiqishni 10 yillardan buyon dasturchilardan qayta-qayta iltimos qilib kelardim. Ehtimol kichik ish bo‘lib ko‘ringani uchun yoki eplolmaganliklaridan iltimosim javobsiz qolaverardi.

Telegramdagi o‘zbek tilining rivojiga befarq bo‘lmaganlar uchun Mehrinoz Abbosova bir guruh ochgan. Aʼzolari 20 taga ham bormaydi. Shu yerda mavzudan tashqari bo‘lsa ham oraga suqilib o‘sha iltimosimni yana bir bor takrorladim. Karnaychiga “puf”dan osoni bormi ))) Tilga befarq bo‘lmagan har bir o‘zbek taniydigan va minnatdor bo‘lib yuradigan Orif Tolib bu muammoni yechishi mumkin bo‘lgan odamlar — Tahrirchi jamoasi bilan bizni bog‘lab qo‘ydi.

Vaziyatdan foydalanib Orif Tolibga o‘zbek tili rivoji uchun qilayotgan ko‘plab xizmatlari qatori bu yordami uchun ham rahmat aytib qo‘ymoqchiman. Shuncha yillik muammo 1-2 oy ichida hal bo‘ldi. Yosh yigitlar, ammo vazifani biz kutganimizdan mukammalroq qilib bajarishdi. Kitobni sahifalashda bo‘g‘in ko‘chirish muammolari deyarli to‘liq hal bo‘ldi.

Masalan, “Akademnashr”da 20 bosma taboqli kitobning bo‘g‘in ko‘chirishini to‘g‘rilab chiqish uchun kamida 2 kun yo‘qotardik. Bu tomonlama yengillik bo‘ldi. Kengaytma nafaqat bo‘g‘in ko‘chirishdagi xatolarni bartaraf etadi, balki imlo xatolarini ham topishingizga, tuzatishingizga yordam beradi. Xullas, “Kitob xatosiz bo‘lmas ... ” maqoli muomaladan chiqadigan bo‘lib turibdi.

▪️ https://tahrirchi.uz/product/indesignbu kengaytmaning imkoniyatlari haqida maʼlumotlar.

▪️ @tahrirchi_uzbu esa kengaytma muallifi.

Telegram | Instagram | Facebook
👍54🔥16💯1
Bashirjon chagʻir koʻzli shofyorga zimdan qarab-qarab qoʻyar... edi. (N. Aminov, “Qahqaha”)

Jumladagi “chagʻir” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
34%
Ola-bula, kulrang
48%
Oʻtkir, sezgir
18%
Xira, nursizlangan
👍30😱15😎7😢4🤨1
Ijodda ham xizmatkorlar boʻlar ekan-da!

Aleksandr Dyuma asar yozishda yordamchilardan unumli foydalangan. Ular orasida Ogyust Make ancha mashhur edi. Dyumaning taniqli biografi, yozuvchi Klod Shopp guvohlik berishicha, aynan Ogyust Make “Graf Monte Kristo” asari syujetini oʻylab topgan va “Uch mushketyor” asari shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.

Ammo Dyumaning iqtidorini ham alohida taʼkidlash zarur. Garchi baʼzi asarlari yordamchilarining qoʻlyozmalaridan oʻsib chiqqan boʻlsa-da, yorqin detallar va hayotiy dialoglar yozuvchi isteʼdodining mahsuli edi.

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
👍55🔥7
Jumlani “va” bogʻlovchisi bilan boshlamagan maʼqul

Savol:
Oʻzbek tilida gap va bogʻlovchisi bilan boshlanmaydi degan qarash isboti bor narsami?

Javob:
Va soʻzi birikma va jumlalarda yordamchi vazifani bajaradi: soʻz va gaplarni bir-biriga bogʻlaydi. Shu sababli uni jumla boshida ishlatmagan afzal. Ikkita jumlani birlashtirish uchun va ishlatib, soʻng gapni ajratib yozish mantiqli emas:

U menga hayron qaradi va angraygan koʻyi biroz turib qoldi.
U menga hayron qaradi. Va angraygan koʻyi biroz turib qoldi.


Bu tartib boshqa bogʻlovchilarga, masalan, zidlov bogʻlovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ularni bemalol gap boshida ishlatish mumkin:

U menga hayron qaradi, lekin indamadi.
U menga hayron qaradi. Lekin indamadi.

Va bogʻlovchisi baʼzi istisnoli holatlarda jumla boshida ham kelishi mumkin. Bunda matn talabidan kelib chiqiladi. Bunday hol koʻpincha sheʼriyatda kuzatiladi. Yangi satr va soʻzi bilan boshlanadi.

@oriftolib
👍54💯7🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
16%
Dedektiv film
75%
Detektiv film
9%
Didektiv film
💯32😎26👍14🤨1
Pushkin va “Revizor”

Mashhur rus yozuvchisi Gogolning “Revizor” pyesasiga asos boʻlgan voqea Rossiyaning Novgorod guberniyasidagi Ustyujna shahrida boʻlib oʻtgan. Bu haqda muallifga Pushkin aytib bergan va asar yozilishiga sababchi boʻlgan.

Gogol “Revizor”ni tashlab qoʻygan paytlarda ham aynan Pushkin tugallashga undagan.

👉 Mashhurlar hayotidan

@oriftolib
👍60😱2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
72%
Jimjit
28%
Jim-jit
👍33😎21😱4🤨2😢1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
65%
Jimjima
35%
Jim-jima
👍33😎18😱8😢3🔥1💯1🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Uzulish
75%
Uzilish
👍23😎16💯8🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
26%
Uzul-kesil hal qildi.
74%
Uzil-kesil hal qildi.
👍18😎17💯11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jumla tuzish musobaqasi

Boshlangʻich sinf ustozi oʻtkazgan jumla tuzish musobaqasi ekan. Menga juda maʼqul boʻldi. Oʻqituvchining bolajonligi, bolalarga mehri va bolalarning ham unga mehri yaqqol sezilib turibdi. Sinfda doʻstona muhit.

Bizda ham shunday darslar tashkil etish mumkinmikan? Yo formachi, paypoqchi direktorlar shovqin koʻtaryapsan deb oʻqituvchini jazolash yoʻlini tutarmikan?

Musobaqa orqali bolada topqirlik, ijodkorlik, soʻz qoʻllash, soʻz maʼnosini anglash kabi koʻnikmalar shakllantirilyapti. Bu oʻquvchi uchun juda-juda zarur.

@oriftolib
👍55🔥12😎2
​​“Krujka”ning oʻzbekchasi nima?

Oxirgi kunlarda shu savolni juda koʻp soʻrashdi. Sababi bor ekan. Shunaqa soʻrovnoma oʻtkazishibdi. Oldinroq javobi ham berilgan ekan: sarxum.

Sarxum soʻzini oldin eshitmagandim. Xorazm shevasiga xos soʻz ekan. Forschadan olingan, lugʻaviy maʼnosi – xumning boshi. Mutaxassislar bu atama dastlab qopqoqli xumlarga nisbatan ishlatilganini taxmin qilgan.

Krujka asli yunonchadan, koʻza maʼnosida. Yunonchadan nemischaga, undan ruschaga va ruschadan oʻzbekchaga oʻzlashgan. Tilimizda metall, chinni yoki plastmassadan yasalgan, stakan shaklidagi dastali idishni anglatadi.

Menimcha, sarxumni krujkaning oʻzbekcha varianti sifatida talqin va targʻib etish toʻgʻri emas. Asli forscha soʻz. Tilimizga singib ketgan forscha soʻzlardan boʻlganida ham boshqa gap edi. Shevada qoʻllanadi xolos. Shuning uchun unga ustunlik berish shart emas. Krujka soʻzini ishlataverish kerak.

Tilimizda eskidan ishlatilgan va koʻpchilikka tanish soʻz bor – finjon. Krujka oʻrnida bemalol ishlatish mumkin. Videoda finjon javobini xato deb qabul qilishibdi. Izohli lugʻat esa bu fikrga qoʻshilmaydi: finjon – dastali (sopli) piyola, chinni krujka.

@oriftolib
👍58🔥8
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
6%
Yelpugʻich
83%
Yelpigʻich
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍39😎24🔥2
“Fid-dorayn” nima degani?

Savol:
Alisher Navoiyning “Istangiz” gʻazalida fid-dorayndin soʻzi keladi. Shuning maʼnosi nima?

Javob:
Bu soʻz gʻazaldagi mana bu baytda kelgan:

Eyki, istarsiz savodul vajh fid-dorayndin
Boxabar boʻlmoq – meni yuzi qoroda istangiz.


Navoiy asarlari tilining izohli lugʻatiga koʻra, fid-dorayn soʻzi ikki dunyoda degani. Savodul vajh fid-dorayn iborasi esa ikki dunyoda yuzi qoralikni anglatadi.

Shoir bu misrada agar ikki dunyoda yuzi qora boʻlgan kishini koʻrmoqchi boʻlsangiz, menga qarang, oʻsha odam menman, demoqchi. Bunda oʻzini haqir tutish, gunohlardan xijolat tortish, Haqqa bandalik izhori bor.

🟢 Bu gʻazalni Sherali Joʻrayev maromiga yetkazib kuylagan. Ammo qoʻshiqda ayni shu misralar yoʻq. Koʻpchilik tushunishga qiynalishi hisobga olingan boʻlishi mumkin.

👉 Qoʻshiqni tinglash
👉 Gʻazalni oʻqish

@oriftolib
👍35🔥16
​​Yuz nodir feʼl

“Navoiyshunoslik” kanalida Alisher Navoiy “Muhokamatul lugʻatayn”da keltirgan yuzta nodir feʼl berilgan ekan.

Hozir bu yuzta feʼlning yarmidan koʻpi isteʼmolda emas. Demak, tilimiz shuncha soʻzga qashshoqlashgan. Biroq ularning ichida bugungacha sogʻ-omon yetib kelganlari ham bor. Feʼllarning bugun biz ishlatadigan soʻzlar bilan bir xil yoki ularga shaklan yaqin boʻlganlarini ajratib chiqdim. Ularning Navoiy davridagi maʼnosi bugungi maʼnosidan farq qilishi mumkin:

🔹 Quruqshamoq
🔹 Toriqmoq
🔹 Aldamoq
🔹 Ishanmoq
🔹 Aylanmoq
🔹 Igranmak
🔹 Ovunmoq
🔹 Qistamoq
🔹 Qiynamoq
🔹 Qoʻzgʻalmoq
🔹 Sovrulmoq
🔹 Chayqalmoq
🔹 Qimsanmoq
🔹 Qizgʻanmoq
🔹 Siylanmoq
🔹 Tanlamoq
🔹 Qimirdamoq
🔹 Serpamak
🔹 Sigʻinmoq
🔹 Yolinmoq
🔹 Munglanmoq
🔹 Indamak
🔹 Tergamak
🔹 Siypamoq
🔹 Qoralamoq
🔹 Surkanmak
🔹 Kuymanmak
🔹 Ingranmoq
🔹 Toʻshalmak
🔹 Mungʻaymoq
🔹 Burmak
🔹 Turmak
🔹 Sipqormoq
🔹 Jurkanmak
🔹 Oʻrtanmak
🔹 Bichimoq
🔹 Yigirmak
🔹 Chidamoq
🔹 Tuzmak
🔹 Qichigʻlamoq
🔹 Gangiramoq
🔹 Qadamoq
🔹 Sundurmak
🔹 Suqlatmoq

Navoiy bu soʻzlarni taqdim qilarkan, turklar (yaʼni Navoiy tilida soʻzlashuvchilar) sortlar (yaʼni fors-tojiklar)dan koʻra “tabʼi muloyimroq” ekanini aytadi. Chunki ular “juzviy mafhumot uchun”, yaʼni nozik maʼno farqi uchun alohida soʻz ishlatadi. Sort tilida esa bu kabi soʻzlarni toʻkis ifodalash imkonsiz, baʼzan bitta soʻzni bir necha soʻz yordamida tarjima qilish talab etiladi.

Albatta, har bir tilning oʻz ustun taraflari bor. Forschada ham, inglizchada ham, nemischada ham, ruschada ham boshqa tilda toʻla ifodalash imkonsiz boʻlgan soʻz va tushunchalar bor. Navoiy tilining avlodi boʻlgan oʻzbek tili ham xuddi shunday ustunliklarga ega.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi nima?
🔹 “Barra” nima degani?
🔹 Oʻzbek tili ot qoʻyishdan ojizmi: tilimizning toʻrini egallayotgan chet soʻzlar
🔹 Oʻzbekchasi boʻlaturib, ishlatilmaydi – oʻzimizning “begona” soʻzlar

@oriftolib
👍37😎1
Bilaguzuk va bilakuzuk: farqi nimada?

Obunachilardan biri shu ikki soʻz imlosi haqida soʻrab qoldi. Lugʻatlarni qarab, qiziq maʼlumotga koʻzim tushdi: bilaguzuk ham, bilakuzuk ham toʻgʻri. Biroq ular variantdosh soʻzlar emas. Maʼnosi keskin farqli.

Bilaguzuk – ayollar bilakka taqadigan ziynat buyumi, taqinchoq.

Bilakuzuk – kaltakesak turi. Koʻpincha tanasi toʻq kulrang, ikki yonida qoramtir yoʻllari boʻladi.

👉 Demak, qoʻlga hech qachon bilakuzuk taqilmaydi, bilaguzuk taqiladi!

Kaltakesakning bu turini ruslar yalangkoʻz yoki ilonkoʻz deyishar ekan.

@oriftolib
👍89🔥4😎3🤨2
Band odam tezroq oʻz ishiga qaytishni istaydi

Behzod Hoshimov inglizlarning “If you want something to be done, ask a busy person to do it” degan naqli haqida yozibdi. Maʼnosi: agar bir ish bitishini xohlasang, juda band odamga buyur.

“Eng band deb oʻylagan odamlarim eng hozirjavob boʻladi. Bir ish bilan murojaat qilsangiz, eng tez hal qiladigan odamlar ham eng band boʻlganlari. Shuning sababi nimada ekan?” deb savol qoʻyadi muallif.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytsam: band odamlar sizning ishingizni tezroq bitirib, yana oʻz ishiga qaytishni istaydi. Chunki unda vaqt kam. Choʻzib yurishdan faqat yutqazadi. “Boʻsh vaqtlarimda koʻpincha boʻsh boʻlaman” uslubida yashaydigan kishida esa hamma narsa – bemalolchilik. Sizning ishingizga ham shu nuqtayi nazardan qaraydi. Bugun boʻlmasa, ertaga. U vaqtini qizgʻanmaydi.

Lekin bandlik meʼyori ortib ketsa, band odamlar ham hozirjavoblik xislatini yoʻqotadi. Shakarning ham ozi shirin. Menimcha.

@oriftolib
👍55💯11😱4🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Tayziq
68%
Tazyiq
21%
Taziyq
💯28👍11😎11🤨3🔥2😢1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
12%
Qapogʻon it
11%
Qapagʻon it
76%
Qopagʻon it
💯32👍13😎12🤨3🔥1😢1