Zebra – Afrika yovvoyi oti
Zebrani kino va multfilmlarda, balki, hayvonot bogʻida koʻrgandirsiz. Oq va qora koʻndalang yoʻl-yoʻl chiziqli terisi bor. Otsimonlar oilasiga mansub bu hayvon Sharqiy va Janubiy Afrika savannalarida va togʻ hududlarida tarqalgan.
Zebra soʻzining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Shulardan biriga koʻra, u bantu tillaridagi zebra soʻzidan hosil boʻlgan. Bu soʻz som tillari guruhiga mansub amhara tiliga oid degan fikrlar ham bor.
Boshqa bir talqinga koʻra, zebra lotincha equiferus – yovvoyi ot soʻzidan hosil boʻlgan.
Antik davrlarda yunonlar va qadimgi rimliklar bu hayvonni hippotigris – ot yoʻlbars deb atagan.
Zebra soʻzi dunyoning juda koʻp tillarida turli talaffuz variantlarida uchraydi.
@oriftolib

👍28🔥3
😎34👍12💯5🤨2
Odekolon – Kyoln suvi
1709-yili nemis ishbilarmoni Yohan Farin atir ishlab chiqarishni boshlaydi va unga Kölnisch Wasser – Kyoln suvi deb nom beradi. Asta-sekin bu atir turi shuhrat qozonadi. 1863-yilga kelib Kyolnda bunday atir sotadigan parfyumeriya doʻkonlari soni 63 taga yetadi. Bu doʻkonlarning egalari oʻzini Farinlar oilasiga qarindosh deb sanardi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Kyoln suvi Fransiyaga yetib boradi va nomi fransuzchaga oʻgiriladi: Eau de Cologne. Faranglar tilida U doʻ Koʻloʻni deb talaffuz qilingan nom ruschaga O de Kolon shaklida oʻtadi va xushboʻy suyuqlikka nisbatan ishlatila boshlaydi. Ruscha orqali esa oʻzbekchada oʻtroqlashadi.

👍50
Kafe, kofe va qahva
Bu uch soʻzning oʻzagi bir – arabcha qahva. Ammo qahva arabchaga amhara tilidan oʻtgan. Habashistondagi Kaffa hududi qahvaning vatani sanaladi. Ichimlikka ana shu hudud nomi berilgan. Bugungi Efiopiya janubidagi Sidamo, Kaffa, Arsi va Harar hududlaridagi togʻ oʻrmonlarida turli-tuman qahva daraxtlari oʻsadi. Butun dunyodagi Coffea arabica – arab qahvasi oʻsimliklari Janubiy Efiopiyadagi qahva daraxtlarining avlodlaridir. Bu nav juda ommalashgan, jahondagi qahva ekinlarining 60 foizi arab qahvalaridir.
Qahva soʻzi arab va turk tillari orqali Yevropa tillariga kirib borgan. Manbalarda yozilishicha, ilk qahva uylari Makka shahrida 1510-yili ochilgan, 1530-yili bu ichimlik Turkiya hududlariga yetib borgan. Qahva urugʻi yoki uning tolqoni qoʻshib tayyorlanadigan ichimlik tez orada Yevropada ham dovruq qozongan.
Qahva Yevropa tillariga baʼzi tovush oʻzgarishlari bilan oʻzlashgan. Masalan, ruschaga kofe shaklida kirgan.
Kafe ham qahvaning ayni oʻzi. Dastlab qahva ichiladigan joy boʻlgan kafe keyinchalik kichik restoranga aylangan – unda tamaddi qilish, hordiq chiqarish ham mumkin boʻlgan.

👍39
Baobab – maymun daraxti
Baobab haqida oʻqigan, eshitgan boʻlsangiz kerak – dunyodagi eng yirik daraxt. Tanasining diametri 8 metrga yetadi, boʻyi 18–25 metr atrofida boʻladi. Afrika va Avstraliyaning quruq tropik savannalarida oʻsadi.
Baobab soʻzi amhara tilidagi bamiba – maymun daraxti soʻzidan hosil boʻlgan. Bu ulkan daraxtning mevasini maymunlar oson qoʻlga kirita olgani uchun mevaga maymun noni deb nom berilgan. Uni maymunlar yeydi ham. Baobab mevasi oziq-ovqat yoki ziravor sifatida ishlatiladi.
Baobab soʻzi arabcha abu hibob – urugʻlar otasi birikmasidan yasalgan degan qarash ham bor.

👍45
Shimpanze va makaka
Shimpanze va makaka – maymun turi. Shimpanze Afrikada tarqalgan, makaka esa Osiyoda. Makakalarning berber makakasi turigina Osiyodan tashqarida – Shimoliy Afrika va Gibraltarda yashaydi.
Shimpanze bantu tillariga mansub luba tilidagi kivili chimpenze – odamga oʻxshash maxluq, maymun soʻzidan olingan. Makaka esa bantu tillaridagi makaku soʻzidan yasalgan.
Bu ikki soʻz bizga rus tili orqali yetib kelgan. Shimpanze ruschaga fransuz tilidan kirgan boʻlsa, makaka lotinchadan oʻzlashgan.

👍34🔥1
🤨51😱12😎10👍9💯3😢2
Ibrat farzandlari loyihasining yillik sarhisobi va 2024-yil rejalarini muhokama qildik.
Bu yil loyihaga koʻproq vaqt va kuch sarflamoqchiman. Xudo xohlasa, tez orada yangi videodarslar bilan tanishasiz. Rejada yangi loyihalar ham bor.
2023-yili tayyorlangan darslar mana bu yerda:
👉 t.iss.one/oriftolib/3281

👍65🔥19
Ism-familiyalar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada ism-familiyalar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/seYlNUfzWqA

👍25🔥3
Zombi – manqurt degani
Zombi soʻzi oxirgi 15–20 yil ichida oʻzbekchada ham ommalashdi. U begona odam yo vosita taʼsirida birovning buyrugʻiga, xohish-irodasiga soʻzsiz boʻysunadigan, mustaqil fikrlay olmaydigan, oʻz shaxsi va erkiga ega boʻlmagan kishini anglatadi. Bu taʼrif janrlarga koʻra farqlanishi mumkin. Masalan, fantastikada zombilar qandaydir virusga chalingan odamlar, baʼzan esa hayvonlardir. Ular oʻzini mutlaqo boshqara olmaydi, boshqalarga hujum qilish, ularga virus yuqtirish yoki halok qilishga harakat qiladi.
Bu soʻz oʻzbekchaga inglizchadan oʻzlashgan, inglizchaga esa bantu tillariga mansub kimbundu tilidan oʻtgan. Kimbundu tili asosan Angolada, qisman Kongo Demokratik Respublikasi va Zambiyada tarqalgan. Kimbundu tilidagi nzumbe soʻzi jon, ruh maʼnosini anglatadi.

👍57💯3
👍28💯7😎4🤨3
👍36😎8😱7🤨1
Gnu ohulari va gerenuk
Gnu ohulari Afrika haqidagi hujjatli filmlarda qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak. Afrikada tarqalgan, buqaga oʻxshab ketadigan antilopa turi. Gnu soʻzini nemis sayyohi Georg Forster isteʼmolga kiritgan. U Janubiy Afrika xalqlarining koysan tilidagi i-ngu soʻzini gnoe shaklida qoʻllagan. Bu soʻz ayni shu antilopa turini ifodalash uchun ishlatilgan.
Gerenuk esa koʻpchilikka notanish. Bu hayvon jirafa ohu deb ham ataladi, chunki boʻyni uzun boʻladi. Gerenuk somali tilidagi gáránúug soʻzidan hosil boʻlgan. Bu jonivor Efiopiya, Somali va Tanzaniya hududlaridagi savannalarda yashaydi.

👍36
“Chap koʻz bilan qarash” bu – ...
Anonymous Quiz
33%
Eʼtiborsiz qarash
45%
Yomon koʻrish, nafratlanish
22%
Aniq nishonga olish
🤨26👍10😢7😎7💯2
Safari – ov safari
Safari soʻzi dastlab Sharqiy Afrika boʻylab ov uchun uyushtirilgan sayohatlarni ifoda etgan. Keyinchalik bu tushuncha Afrikaning boshqa hududlari uchun ham ishlatila boshlagan. Soʻzning maʼnosi bora-bora oʻzgarib ketgan. Safari bugun yovvoyi tabiatga qilinadigan nisbatan arzon ekskursiyalarni anglatadi. Bunda odatda yirtqich hayvonlar suratga olinadi. Vikipediyaga koʻra, baʼzi mamlakatlarda yoʻlboshlovchilar bilan taʼminlanadigan safarilar yirik xizmat turiga aylangan.
Ov safarilari hozir ham uyushtirib turiladi. Afrikadagi ayrim mamlakatlarning byudjetini aynan ov safarilari anchagina toʻldiradi.
Safari soʻzi suahili tilidan Yevropa tillariga oʻtgan va ommalashgan. Suahili – bantu tillariga mansub til. Bu tilda soʻzlashuvchilar – suahililar Tanzaniya, Keniya va Mozambikda yashaydi. Suahili tili oʻzlashmalarga boy, ayniqsa arabchadan koʻp soʻz olgan. Bu til lugʻat boyligining yarmini arabcha soʻzlar tashkil etadi. Safari ham shulardan biri. U siz-u bizga yaxshi tanish va oʻzbek tilida ham qoʻllanadigan safar soʻzidan yasalgan.

👍22
Shoʻring qurgʻur ukam mardikorlikdan ramaqijon boʻlib qaytib keldi. (M. Muhammadjonov, “Turmush urinishlari”)
Jumladagi “ramaqijon” soʻzi qanday maʼnoda?
Jumladagi “ramaqijon” soʻzi qanday maʼnoda?
Anonymous Quiz
24%
Bir oyogʻi ishlamaydigan
68%
Oʻta ozib ketgan
8%
Duduqlanib gapiradigan
😎30👍17💯6😱3😢2🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ism-familiyalar imlosi | 3️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍30
Rasul Hamzatov
***
Shomil qilichiga yozilgan bu bayt
Bolaligimdan yod, hech unutilmas:
“Maydonga ot solib jangga kirgan payt
Oxirin o‘ylagan qahramon bo‘lmas!”
Shoir, shu hikmatni unutma sen ham,
Qilichday qalamda she’rlar yoz o‘lmas:
“Maydonga ot solib jangga kirgan dam
Oxirin o‘ylagan qahramon bo‘lmas!”
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
=====================
👉 Maʼlumot uchun:
“Qashqirlar makoni” seriali bosh qahramoni Poʻlat Alemdarning sevimli iboralaridan biri – “Oxirini oʻylagan qahramon boʻlolmaydi” jumlasi Kavkaz xalqlari yoʻlboshchisi, ozodlik kurashchisi Shayx Shomilga tegishli. Sheʼrda ana shu hikmatli gapga ishora bor.

👍79🔥5💯5
Paradoks bu – ...
Anonymous Quiz
16%
Olimlarning aksariyat qismi tan olgan fikr
20%
Hujjatlarga asoslangan, tasdiqlangan fikr
64%
Mantiqsizday tuyuladigan keskin qarshi fikr
😎20👍14💯1🤨1
Xoʻmraygan yalangtoʻsh chollar, burnining suvi oqib yigʻlamsiragan bola-baqralar... (X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”)
Jumladagi “yalangtoʻsh” soʻzi qanday maʼnoda?
Jumladagi “yalangtoʻsh” soʻzi qanday maʼnoda?
Anonymous Quiz
24%
Sochi qirilgan
21%
Gʻazabli, qahrli
55%
Koʻksi ochiq
👍22💯6🤨5😎4