Rafiqov Obid ketmonning sajiyasiga taajjublanadi. (A. Qodiriy, “Obid ketmon”).
Jumladagi “sajiya” soʻzining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
40%
Xarakter
39%
Vajohat
21%
Muloyimlik
👍18😱12😎3🔥1😢1
Keda – krossovkaning bir turi
Xalq tilida kita, keta, keda kabi talaffuz qilinadigan bu soʻz rezina taglikli oyoq kiyimini anglatadi. AQSHdagi U.S. Rubber kompaniyasi 1916-yildan Keds savdo belgisi ostida shunday oyoqkiyimlar ishlab chiqara boshlaydi. U dastlab sport mashgʻulotlari uchun moʻljallangan edi, keyinchalik kundalik turmushda ham ommalashadi.
Kedalarning krossovkalar va boshqa sport poyabzallaridan asosiy farqi tagliklarida – ular egilib tiklanuvchi rezinadan ishlab chiqariladi. Ustki qismi odatda turli matolardan ishlanadi.
@oriftolib

👍35🔥8
👍31😱25😎8🔥2💯2
😎24👍9💯6
Unutilayotgan soʻzlar: izma
Kiyim, yostiq jildi va shu kabilarning tugma oʻtkaziladigan teshigini nima deb ataymiz? Koʻpchilik qatori siz ham bilmasangiz kerak. U izma deyiladi: izma ochmoq, izmasini tikmoq.
Fotima zanglab, koʻkarib ketgan mis tugmani izmadan chiqarib olib, choʻntagiga qadabdi.
S. Ahmad, “Onajonlar”.
Baʼzida atamalar tarjimasida soʻz topolmay qiynalib ketamiz. Ayrim soʻzlar esa tilimizning lugʻat sandigʻida zang bosib yotadi.
Menimcha, poyabzallarning ip oʻtkaziladigan teshigini ham shu soʻz bilan atash mumkin. Vazifasi oʻxshash.
🟢 Siz bu soʻzga shu paytgacha duch kelganmidingiz?

👍80🔥24😱13💯1
Issiq-sovuqlarga dosh bergan nom – termos
Xalq tilida termiz shaklida qoʻllanadigan bu soʻz ichiga solingan issiq yoki sovuq narsani uzoq vaqt shu holicha saqlaydigan maxsus idishni anglatadi. Termoslarda asosan choy yoki ovqat saqlaymiz.
Bunday turdagi idishni 1892-yili shotland fizigi va kimyogari Jeyms Dyuar ixtiro qilgan. Shu bois ilmiy doirada termoslar Dyuar idishlari deb ataladi.
Dyuarning ixtirosini 1904-yili nemis kompaniyasi tijoriy mahsulotga aylantiradi. U Thermos savdo belgisi ostida ishlab chiqarila boshlaydi. Vaqt oʻtib savdo belgisi bevosita idishning nomiga aylanadi. Termos atamasi bugun juda koʻp dunyo tillariga kirib borgan.

👍37🔥8
Kapalakning zaif qanotlari
Tokcha chetida bir pilla qolib ketgan edi. Unda kichkina tirqish paydo boʻldi. Uy egasining koʻzi toʻsatdan shu pillaga tushib qoldi va kapalak uni qanday qilib yorib chiqishga urinayotganini kuzata boshladi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Kapalak urinishdan toʻxtaganga oʻxshar, tirqishning kattaligi esa oʻzgarmaganday edi. Goʻyo u qoʻlidan kelgan hamma ishni qilgan-u, bu yogʻiga madori umuman qolmaganday edi.
Odam unga yordam berishga qaror qildi. Qalamtaroshini oldi-da, pillani kesib, teshikni kattaytirdi. Kapalak shu zahoti tashqariga chiqdi. Lekin uning tanasi judayam kuchsiz va nimjon edi, nozik qanotlari zoʻrgʻa qimirlardi.
Uy egasi kuzatishda davom etdi. Kapalak hozir qanotlarini yoyadi-da, uchib ketadi, deb oʻyladi u. Ammo hech bir oʻzgarish boʻlmadi!
Kapalak umrining qolgan qismini oʻlimsangi tanasi va ochilmagan qanotlarini yerga sudrab oʻtkazdi. Ucha olmadi.
Nega bunday boʻldi? Chunki unga yordam bermoqchi boʻlgan odam pillaning kichkina tirqishidan chiqish uchun kapalakka qoʻshimcha vaqt va kuch kerakligini anglamadi. Tanasidan yetib kelgan suyuqlik kapalakning qanotlarini harakatga keltirar, u shundagina ucha olardi. Hayot uning oldiga ana shu qobiqni yorib chiqish mashaqqatini qoʻygan, evaziga esa oʻsish-rivojlanishni vaʼda etgan edi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 7-sonida chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan

Jismoniy-maʼnaviy jihatdan bir pogʻona yuqorilash, tajriba orttirib, oʻz yoʻlimizni topish uchun baʼzida qiyinchiliklarga ehtiyoj sezamiz. Ularsiz biz gʻoʻr va moʻrt boʻlib qolamiz. Agar ularni sabr-bardosh, matonat bilan yengmasak, oʻz kuchimizga, Xudo bergan qobiliyatimizga ishonmasak, hech qachon chiniqa olmaymiz. Imkoniyatlarimiz, iqtidorimiz kapalakning zaif qanotlari kabi foydasiz boʻlib qoladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 7-sonida chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan
@oriftolib
👍41🔥6😢4
👍33😢16😱3💯3😎2
Noyob soʻzlar: indamoq
Buning nimasi noyob, hamma biladigan soʻz-ku, deyishingiz mumkin. Lekin indamoq feʼlining nodir bir xususiyati bor – 99 foiz holatda boʻlishsiz shaklda ishlatiladi: indamay ish qilmoq, indamay oʻtib ketmoq.
Mastura esa menga bir qaradi-yu, tanimadi shekilli, indamadi.
A. Qahhor, “Ming bir jon”.
Bu feʼlning boshqa shakllari ham boʻlishsiz qoʻllanadi:
Bugun yigʻilishga bormasak, indashmasmikan?
Gapni ham odamiga aytibsiz-da, indamaslardan-ku u.
Indamoq baʼzan boʻlishli shaklda ham ishlatiladi, odatda bu paytda uning yonida boʻlishsiz shakli boʻladi:
– Kech qolsang, dadang indamaydimi?
– Indaydi, indash ham gapmi!
Ammo indamoq feʼlining biror narsa demoq, soʻz aytmoq, gapirmoq kabi sinonimlari boʻlishli shaklda bemalol ishlatilaveradi.
🟢 Siz shunga oʻxshash yana qanday feʼllarni bilasiz?

👍49😎5🔥4🤨3
Akvalangdan Kusto hayratda
Eshitgan, oʻqigan boʻlsangiz kerak, suv ostiga shoʻngʻiganda kiyiladigan nafas olish apparati akvalang deb ataladi. Mashhur dengiz sayyohi Jak Iv Kusto va muhandis Emil Gayan xavfsiz va foydalanishga qulay suvosti nafas apparatini ixtiro qiladi. 1943-yili Kusto va Jan Delorm Aqua Lung International firmasiga asos soladi. Bu korxona nafas apparatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Aqua Lung nomini Jak Iv Kusto oʻylab topadi, u lotincha aqua – suv va inglizcha lung – oʻpka soʻzlaridan hosil boʻlgan. Maqsad Amerika bozoriga kirish edi. Bu soʻz hozir ham dunyoning juda koʻp tillarida savdo belgisini anglatadi. Faqat sobiq Ittifoq hududidagina u nafas uskunasi nomiga aylangan. Bu soʻz oʻzbek tili lugʻatlaridan ham joy olib ulgurgan. Akvalang soʻzga aylanib ketishini Jak Iv Kustoning oʻzi ham kutmagan boʻlsa kerak.

👍33💯4😎3🔥2
Naim amaki gʻaddorroq-ku, lekin otamdan hayiqardi. (M. M. Doʻst, “Galatepaga qaytish”)
Jumladagi “gʻaddor” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “gʻaddor” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
29%
Yolgʻonchi, koʻp aldaydigan
40%
Ayyor, quv
32%
Mehr-shafqatsiz
👍32😎11😢3
Vazelin – neft sharbati
Tibbiyot, kosmetika va texnikada ishlatiladigan quyuq moy – vazelinni 1859-yili ingliz kimyogari Robert Chezbro hosil qilgan. Dastlab u oʻz mahsulotiga petroleum jelly, yaʼni neft sharbati deb ot qoʻyadi. Biroq bu nom xaridorlarni jalb eta olmaydi. Soʻng u “Vazelin” degan nom oʻylab topadi. Nemischa wasser – suv, yunoncha elaion – moy soʻzlarini chatishtiradi va soʻz oxiriga ilmiyroq koʻrinishi uchun -ine qoʻshimchasini qoʻshadi. Natijada vaseline soʻzi hosil boʻladi.
Ixtirochi 1872-yili bu mahsulot uchun patent oladi va 1878-yili Vaseline soʻzini savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi. Vaqtlar oʻtib nom soʻzga aylanib ketadi.
Vikipediyaning yozishicha, agar savdo belgisi soʻzga aylanib ketsa, huquqiy himoyasidan mahrum boʻladi va undan istalgan ishlab chiqaruvchi foydalanishi mumkin.

👍43😱3
Choyxonachi ellik yoshlarda boʻlgan yumaloq, girdigʻum odam. (Oybek, “Tanlangan asarlar”)
Jumladagi “girdigʻum“ soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “girdigʻum“ soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
65%
Miqti, baqaloq
21%
Jahli tez
14%
Birovga zugʻum oʻtkazadigan
👍31😢9💯6😎6🤨2
Bechora pyesaning taqdiri
Mashhur rus adibi Gogol bir kuni ajoyib hajviy pyesa yozadi va oʻqib berish uchun tanishi shoir Vasiliy Jukovskiy huzuriga boradi. U bu paytda allaqachon ovqatlanib boʻlgan, uyquga yotish taraddudida edi. Doʻsti mudrab turgan boʻlsa-da, Gogol mutolaani boshlab yuboradi. Biroz oʻtib, Jukovskiy uyquga ketadi.
Bu holatni oʻzicha tushungan adib pyesa zerikarli chiqibdi deb xulosa chiqaradi-da, qoʻlyozmani yirtib tashlaydi.
👉 Mashhurlar hayoti

😱35😢23👍11🤨8🔥3
Diktofon – eng eski savdo belgilaridan biri
Diktofon – AQSHdagi eng eski savdo belgilaridan biri. Uning tarixi telefon asoschilaridan Aleksand Graham Bellga borib taqaladi.
Diktofon soʻzini Columbia Graphophone Company kompaniyasi 1907-yili savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi. Bu savdo belgisi ostida ogʻzaki nutq, kuy va tovushlarni yozib olib, qayta eshittiradigan qurilmalar ishlab chiqarila boshlaydi. Keyinchalik savdo belgisi qurilmaning nomiga aylanib ketadi.
Yuz yildan oshiqroq vaqt davomida bu uskunaning shakli va ishlash tarzi juda koʻp oʻzgardi, lekin vazifasi oʻsha-oʻsha. Bugun qoʻlimizdagi telefonlarda ham diktofon xizmati bor.
Darvoqe, diktofonning yaqin qarindoshi va bugun deyarli ishlatilmaydigan magnitofon ham bir paytlar savdo belgisining nomi boʻlgan.

👍25🔥2
Oʻzbek tilidagi afrikalik soʻzlar: ularning rang-roʻyi qanday?
Afrikalik deganda koʻz oldimizga qora tanli kishi keladi. Bu qitʼa vakillarini oson tanish, ajratish mumkin. Biroq soʻz dunyosida bunday emas. Oʻzbekchada Afrika tillaridan kelgan bir nechta soʻz bor. Ularning baʼzilari oʻzbekchaga singib, moslashib ketgan, oʻzimizning qorakoʻz soʻzlarga aylangan.
“Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday afrikalik soʻzlarni sharhladim.
👉 dy.uz/mSBgu

👍18🔥5💯2😎2
Qirgʻizistonmi yoki Qirgʻiz Respublikasi?
Vikipediyachilar yozyapti:
Qoʻshni mamlakatning nomi oʻzbek tilida ham bir necha shaklda yoziladi: Qirgʻiziston, Qirgʻiz Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?
Bari toʻgʻri. Qirgʻiz Respublikasi asosan rasmiy uslubda ishlatiladi. Yon qoʻshnilarimizning konstitutsiyasiga koʻra, mamlakat nomining Qirgʻiz Respublikasi va Qirgʻiziston variantlari toʻgʻri.
Oʻzbekchada Qirgʻiziston shakli koʻp ishlatiladi. Internetdan qarab koʻrdim, qirgʻiz tilida Qirgʻiziston Respublikasi shakli ishlatilmas ekan. Ammo bu variantni ham xato deb boʻlmaydi. Chunki oʻzbek tili alohida til. Joy nomlari oʻzbek tili tabiati, imlosiga koʻra yozilishi kerak.
@oriftolib
Vikipediyachilar yozyapti:
Ruscha Vikipediyada 2023-yilning 3-dekabr kuni ochilgan muhokama 2024-yilning 7-yanvar kuni yakuniga yetdi. Muhokama mavzusi ruscha Vikipediyada shu kungacha ishlatilib kelingan Киргизия oʻrniga Кыргызстан shaklini keng qoʻllash masalasi boʻldi.
Deyarli 1 oy davom etgan qizgʻin muhokama natijasiga koʻra, ortiq Киргизия emas, rasman Кыргызстан shakli qabul qilingani tan olindi.
Qoʻshni mamlakatning nomi oʻzbek tilida ham bir necha shaklda yoziladi: Qirgʻiziston, Qirgʻiz Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?
Bari toʻgʻri. Qirgʻiz Respublikasi asosan rasmiy uslubda ishlatiladi. Yon qoʻshnilarimizning konstitutsiyasiga koʻra, mamlakat nomining Qirgʻiz Respublikasi va Qirgʻiziston variantlari toʻgʻri.
Oʻzbekchada Qirgʻiziston shakli koʻp ishlatiladi. Internetdan qarab koʻrdim, qirgʻiz tilida Qirgʻiziston Respublikasi shakli ishlatilmas ekan. Ammo bu variantni ham xato deb boʻlmaydi. Chunki oʻzbek tili alohida til. Joy nomlari oʻzbek tili tabiati, imlosiga koʻra yozilishi kerak.
@oriftolib
👍32🔥3🤨1😎1
“Xudo xayringizni bersin!” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
43%
Rahm qiling!
31%
Iltimosimni qabul qiling!
26%
Maqsadingizga yeting!
👍30😎10💯9🤨4
Fen – Alp togʻlari shamoli
Deyarli har birimiz fendan foydalangan boʻlsak kerak. Oʻzbekchada sochquritkich, sochquritar deb ifodalash mumkin boʻlgan bu uskunaning asosiy jihati issiq yoki sovuq havo purkashidir. U XIX asr soʻngida ixtiro qilingan. Albatta, dastlabki soch quritish moslamalari hajman katta va anchagina noqulay edi.
Fen soʻzi bizga rus tili orqali kirib kelgan. Nemislarning elektr jihozlar ishlab chiqaruvchi AEG kompaniyasi 1908-yili sochquritkich uchun Fön savdo belgisini roʻyxatdan oʻtkazadi. Bu soʻz Alp togʻlaridan esadigan issiq shamol – foʻnga ishora edi. Vaqtlar oʻtib savdo belgisi bevosita jihozning oʻzini anglata boshlagan.

👍33🔥9
Banan: oʻzi osiyolik, soʻzi afrikalik
Banan soʻzining kelib chiqishi haqida har xil qarashlar bor. Izohli lugʻat uni arabcha banan – barmoq soʻziga bogʻlaydi. Ingliz va rus tilidagi manbalar esa boshqacha qarashni ilgari suradi.
Bir taxminga koʻra, banan bakongo yoki kongo xalqi tilidagi banam soʻzidan hosil boʻlgan. U Yevropa tillariga portugal tili orqali XVI asrda oʻtgan. Boshqa bir qarashga koʻra, volof tilidagi banana soʻzi ispan yoki portugal tillari vositasida Yevropa tillaridan qoʻnim topgan. Rus tiliga fransuz tilidan oʻzlashgan va XVIII asr boshlaridan ommalashgan.
Bakongo Kongo va Angolada yashovchi xalq boʻlib, kikongo tilida soʻzlashadi. Voloflar esa Senegal, Gambiya, Mavritaniya kabi Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida yashovchi xalq. Volof tili Senegalning rasmiy tillaridan biridir.
Olimlar afrikancha banam va banananing arabcha banan bilan ildizi bir ekanini taxmin qiladi. Banan toʻpmevasi barmoqlarga oʻxshagani uchun shunday nom berilgan boʻlishi ehtimoli katta.
Bananning vatani Janubi-sharqiy Osiyo sanaladi. Hozir Hindiston, Xitoy, Uganda, Filippin, Indoneziya, Ekvador kabi mamlakatlar eng yirik banan yetishtiruvchilardir. 2021-yili dunyoda 170 million tonna banan hosili olingan. Shundan 25 foizi Hindiston va Xitoy hissasiga toʻgʻri keladi.

👍33