✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
26%
Universitetimizga turkiyadan olimlar tashrif buyurdi.
74%
Universitetimizga Turkiyadan olimlar tashrif buyurdi.
😎35👍13💯9🤨5
Tefal aslida elektr choynak emas
Elektr choynakni tefal deb ataymiz. “Tefalda suv qaynat”, “Tefaldagi suvni olib kel”, “Iliq suv kerak boʻlsa, tefalda bor” kabi jumlalarni ishlatamiz.
Bu soʻz aslida elektr choynak maʼnosini bermaydi, u xalqaro brend, savdo belgisi. Bu belgi ostida faqat elektr choynaklar emas, turli maishiy uskunalar va idishlar ishlab chiqariladi. Lekin elektr choynakka xalq tilida shunday nom berilgan. Nega? Ikkita taxmin bor: yo ichki bozorga ilk bor shu yorliqdagi suvqaynatar choynaklar olib kirilgan, yo ommalashish bosqichida ayni shu brend boshqalaridan sifati va narxi bilan ustun boʻlgan, koʻpchilikka maʼqul kelgan. Natijada odamlar elektr choynaklarni shu savdo belgisi nomi bilan atay boshlagan.
Tefalni oʻzbekchada chovgum, choydish deb atash mumkin. Toʻgʻri, ishlash uslubi oʻzgargan, lekin mohiyat oʻzgarmagan.
@oriftolib

👍69💯7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik? | 3️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19
Burnogʻi yili terakka oʻn xil atirgul payvand qilgan. (S. Ahmad, ”Sud”)
Jumladagi “burnogʻi yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Jumladagi “burnogʻi yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Anonymous Quiz
13%
Oʻn yillar oldin
56%
Oʻtgan yili
31%
Oʻtgan yildan oldingi yil
👍34😱7😎5🔥1😢1
“Qush uyqusi” iborasi qanday uyquni anglatadi?
Anonymous Quiz
83%
Yengil-yelpi, qisqa uyqu
9%
Qattiq uyqu
8%
Uzoq vaqtga choʻzilgan uyqu
👍18😎12
Buxoroda, uzoq yili betob boʻlib yotganida ham, koʻziga shunday murdalar, alvastilar.. koʻringan edi. (Mirmuhsin, “Meʼmor”)
Jumladagi “uzoq yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Jumladagi “uzoq yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Anonymous Quiz
62%
Oʻn yillar oldin
18%
Oʻtgan yili
20%
Oʻtgan yildan oldingi yil
👍25🤨17🔥7😱6😢1
Suvqozon desa boʻlmaydimi?
Hammom qozonlari – boylerda ham shunga oʻxshash vaziyat: ularga ariston deb nom berilgan. Aslida ariston ham savdo belgisi. Bugun soʻzlashuv tilida boshqa rusumdagi suvqozonlar ham ariston deyiladi. Bu soʻz elektr va gazda ishlaydigan suv isitkichlarga birday ishlatilaveradi. Ikki konturli isitish qozonlariga ham shunday ot qoʻyganmiz.
Hammom qozoni deyish aytishga qiyin, shu sabab oddiyroq variant – ariston maʼqul koʻrilgan. Xalq tili soddalikni yoqtiradi.
Oʻzbek tili bilan bir oiladan joy olgan turkchada suv isituvchisi, isitma qozonlari, qozon kabi soʻzlar ishlatilar ekan. Erinmagan odamlar-ey, tayyorini, osonini olib qoʻyavermaysizlarmi, deydigan odam yoʻq.

👍53🔥5
Korrupsionerlarsiz ham sharoit yaratsa boʻlar?
Taʼlim eksperti Shokir Tursun muhim bir masalaga eʼtibor qaratibdi:
Men esa hojatxonalarni tartibga keltirish uchun korrupsionerlarga qarab oʻtirish shartmas deb hisoblayman. Bu ish korrupsionerlarsiz ham bitar? Lekin mabodo shulardan undirilgan pul boʻlsa va u maktabga sarflansa, nur ustiga nur.
Shokir Tursunning obunachilaridan biri oʻz tumanida bu holat izga solingani, unga tuman hokimi bosh-qosh boʻlgani haqida yozibdi. Shu hokimga hurmat paydo boʻldi menda. Farosatli va oliyjanob rahbarlar koʻpaysin.
@oriftolib
Taʼlim eksperti Shokir Tursun muhim bir masalaga eʼtibor qaratibdi:
Kanalimni anchadan beri kuzatadiganlar biladi – maktablardagi hojatxonalar haqida bir necha marta yozganman.
Shaxsan men uchun hojatxona har qanday bino (uy, ishxona, ovqatlanish maskani, mehmonxona va shu kabi)dagi eng muhim hudud hisoblanadi. Chunki u yer odamning eng muhim ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Istasak-istamasak, oʻsha ehtiyojimizni qondirishdan xavotir olmasak, halovatimiz toʻkis boʻladi.
Maktablarimizda esa bunday emas. U yerdagi sharoit har qanday odamni (oʻqituvchi, oʻquvchi, rahbar) stressga qoʻyadi. Halovatini oladi.
Xullas, biz ham korrupsionerlardan olingan pullarga maktab qurvormasak-da, maktablarimizdagi xarob hojatxonalarni havo aylanish tizimi, suv, qogʻoz bilan taʼminlab qoʻysak boʻlardi.
Men esa hojatxonalarni tartibga keltirish uchun korrupsionerlarga qarab oʻtirish shartmas deb hisoblayman. Bu ish korrupsionerlarsiz ham bitar? Lekin mabodo shulardan undirilgan pul boʻlsa va u maktabga sarflansa, nur ustiga nur.
Shokir Tursunning obunachilaridan biri oʻz tumanida bu holat izga solingani, unga tuman hokimi bosh-qosh boʻlgani haqida yozibdi. Shu hokimga hurmat paydo boʻldi menda. Farosatli va oliyjanob rahbarlar koʻpaysin.
@oriftolib
👍34🔥3
Sayhonlikka tushganda ola hoʻkiz orqada qolaverdi va birdan toʻxtadi. (Sh. Xolmirzayev, “Ogʻir tosh koʻchsa”)
Jumladagi “sayhonlik” nimani anglatadi?
Jumladagi “sayhonlik” nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
31%
Jarlik
22%
Ekin paykali
47%
Keng maydon
🤨23👍16😎4🔥2💯1
Rafiqov Obid ketmonning sajiyasiga taajjublanadi. (A. Qodiriy, “Obid ketmon”).
Jumladagi “sajiya” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “sajiya” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
40%
Xarakter
39%
Vajohat
21%
Muloyimlik
👍18😱12😎3🔥1😢1
Keda – krossovkaning bir turi
Xalq tilida kita, keta, keda kabi talaffuz qilinadigan bu soʻz rezina taglikli oyoq kiyimini anglatadi. AQSHdagi U.S. Rubber kompaniyasi 1916-yildan Keds savdo belgisi ostida shunday oyoqkiyimlar ishlab chiqara boshlaydi. U dastlab sport mashgʻulotlari uchun moʻljallangan edi, keyinchalik kundalik turmushda ham ommalashadi.
Kedalarning krossovkalar va boshqa sport poyabzallaridan asosiy farqi tagliklarida – ular egilib tiklanuvchi rezinadan ishlab chiqariladi. Ustki qismi odatda turli matolardan ishlanadi.

👍35🔥8
👍31😱25😎8🔥2💯2
😎24👍9💯6
Unutilayotgan soʻzlar: izma
Kiyim, yostiq jildi va shu kabilarning tugma oʻtkaziladigan teshigini nima deb ataymiz? Koʻpchilik qatori siz ham bilmasangiz kerak. U izma deyiladi: izma ochmoq, izmasini tikmoq.
Fotima zanglab, koʻkarib ketgan mis tugmani izmadan chiqarib olib, choʻntagiga qadabdi.
S. Ahmad, “Onajonlar”.
Baʼzida atamalar tarjimasida soʻz topolmay qiynalib ketamiz. Ayrim soʻzlar esa tilimizning lugʻat sandigʻida zang bosib yotadi.
Menimcha, poyabzallarning ip oʻtkaziladigan teshigini ham shu soʻz bilan atash mumkin. Vazifasi oʻxshash.
🟢 Siz bu soʻzga shu paytgacha duch kelganmidingiz?

👍80🔥24😱13💯1
Issiq-sovuqlarga dosh bergan nom – termos
Xalq tilida termiz shaklida qoʻllanadigan bu soʻz ichiga solingan issiq yoki sovuq narsani uzoq vaqt shu holicha saqlaydigan maxsus idishni anglatadi. Termoslarda asosan choy yoki ovqat saqlaymiz.
Bunday turdagi idishni 1892-yili shotland fizigi va kimyogari Jeyms Dyuar ixtiro qilgan. Shu bois ilmiy doirada termoslar Dyuar idishlari deb ataladi.
Dyuarning ixtirosini 1904-yili nemis kompaniyasi tijoriy mahsulotga aylantiradi. U Thermos savdo belgisi ostida ishlab chiqarila boshlaydi. Vaqt oʻtib savdo belgisi bevosita idishning nomiga aylanadi. Termos atamasi bugun juda koʻp dunyo tillariga kirib borgan.

👍37🔥8
Kapalakning zaif qanotlari
Tokcha chetida bir pilla qolib ketgan edi. Unda kichkina tirqish paydo boʻldi. Uy egasining koʻzi toʻsatdan shu pillaga tushib qoldi va kapalak uni qanday qilib yorib chiqishga urinayotganini kuzata boshladi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Kapalak urinishdan toʻxtaganga oʻxshar, tirqishning kattaligi esa oʻzgarmaganday edi. Goʻyo u qoʻlidan kelgan hamma ishni qilgan-u, bu yogʻiga madori umuman qolmaganday edi.
Odam unga yordam berishga qaror qildi. Qalamtaroshini oldi-da, pillani kesib, teshikni kattaytirdi. Kapalak shu zahoti tashqariga chiqdi. Lekin uning tanasi judayam kuchsiz va nimjon edi, nozik qanotlari zoʻrgʻa qimirlardi.
Uy egasi kuzatishda davom etdi. Kapalak hozir qanotlarini yoyadi-da, uchib ketadi, deb oʻyladi u. Ammo hech bir oʻzgarish boʻlmadi!
Kapalak umrining qolgan qismini oʻlimsangi tanasi va ochilmagan qanotlarini yerga sudrab oʻtkazdi. Ucha olmadi.
Nega bunday boʻldi? Chunki unga yordam bermoqchi boʻlgan odam pillaning kichkina tirqishidan chiqish uchun kapalakka qoʻshimcha vaqt va kuch kerakligini anglamadi. Tanasidan yetib kelgan suyuqlik kapalakning qanotlarini harakatga keltirar, u shundagina ucha olardi. Hayot uning oldiga ana shu qobiqni yorib chiqish mashaqqatini qoʻygan, evaziga esa oʻsish-rivojlanishni vaʼda etgan edi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 7-sonida chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan

Jismoniy-maʼnaviy jihatdan bir pogʻona yuqorilash, tajriba orttirib, oʻz yoʻlimizni topish uchun baʼzida qiyinchiliklarga ehtiyoj sezamiz. Ularsiz biz gʻoʻr va moʻrt boʻlib qolamiz. Agar ularni sabr-bardosh, matonat bilan yengmasak, oʻz kuchimizga, Xudo bergan qobiliyatimizga ishonmasak, hech qachon chiniqa olmaymiz. Imkoniyatlarimiz, iqtidorimiz kapalakning zaif qanotlari kabi foydasiz boʻlib qoladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 7-sonida chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan
@oriftolib
👍41🔥6😢4
👍33😢16😱3💯3😎2
Noyob soʻzlar: indamoq
Buning nimasi noyob, hamma biladigan soʻz-ku, deyishingiz mumkin. Lekin indamoq feʼlining nodir bir xususiyati bor – 99 foiz holatda boʻlishsiz shaklda ishlatiladi: indamay ish qilmoq, indamay oʻtib ketmoq.
Mastura esa menga bir qaradi-yu, tanimadi shekilli, indamadi.
A. Qahhor, “Ming bir jon”.
Bu feʼlning boshqa shakllari ham boʻlishsiz qoʻllanadi:
Bugun yigʻilishga bormasak, indashmasmikan?
Gapni ham odamiga aytibsiz-da, indamaslardan-ku u.
Indamoq baʼzan boʻlishli shaklda ham ishlatiladi, odatda bu paytda uning yonida boʻlishsiz shakli boʻladi:
– Kech qolsang, dadang indamaydimi?
– Indaydi, indash ham gapmi!
Ammo indamoq feʼlining biror narsa demoq, soʻz aytmoq, gapirmoq kabi sinonimlari boʻlishli shaklda bemalol ishlatilaveradi.
🟢 Siz shunga oʻxshash yana qanday feʼllarni bilasiz?

👍49😎5🔥4🤨3