👍28😎15💯7😱6
Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada Oʻzbekistondan, oʻzbekistonlik, AQSHlik kabi soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/jGiY9vKEKkM
@oriftolib

👍20🔥4
Sarhisob va rejalar
2023-yilda ancha-muncha ish qilindi:
🔹 UNICEF, RTI, American Councils kabi xalqaro tashkilotlar, vazirliklar va davlat tashkilotlarining turli taʼlimiy loyihalarida tarjimon va muharrir sifatida ishladim.
🔹 Daryo.uz nashrida 17 ta maqola eʼlon qildim. “Maʼnaviy hayot”, “Hidoyat”, “Guliston” jurnallari, “Yoshlar ovozi” gazetasida materiallarim chop etildi.
🔹 “Ibrat farzandlari” loyihasida 34 ta videodars tayyorladim, 20 ta dars uchun testlar ishlab chiqdim.
🔹 “Ingliz tilidan tarjima qilingan matnlar tahririning oʻziga xos jihatlari” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi yozdim.
🔹 Turk tili boʻyicha qoʻshimcha shugʻullandim va B2 sertifikati oldim.
🔹 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranturasiga qabul qilindim.
🔹 Kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz kabi nashrlarning intervyularida, korzinka.uz podkastida qatnashdim.
2024-yil uchun rejalar:
🔹 Tirikchilik tashvishlari bilan kamroq band boʻlib, ilmiy-ijodiy ishlarga kuch berish.
🔹 Ilmiy ish va ilmiy maqolalar yozish.
🔹 Rejalashtirgan kitoblarimni yozib tugatish.
🔹 Qurʼon kurslarida oʻqish.
🔹 Ingliz tilidan til bilish darajamni C1 ga yetkazish.
🔹 Ruschadan soʻzlashuv darajamni yaxshilash.
🔹 Mutolaaga koʻproq vaqt ajratish.
Rejadagi ishlarni qay darajada uddalaganimni yil soʻngida sarhisob qilaman, inshaalloh.
🟢 Siz bu yilda nimalarni reja qildingiz?

🔥58👍55
Bu esa kanalning yillik sarhisobi. Obunachilar u qadar koʻp boʻlmasa-da, til-adabiyot, soʻz, tahrir, imlo mavzulariga qiziqadigan, sifatli auditoriya yigʻilgan degan fikrdaman.
Yangi yilda koʻpchilikka foydali boʻladigan postlar yozish nasib etsin.
@oriftolib
Yangi yilda koʻpchilikka foydali boʻladigan postlar yozish nasib etsin.
@oriftolib
👍108🔥19💯8😎4🤨3
Haligi savatbosh odam odamlar orasiga kirib, bir zumda gʻoyib boʻldi. (Gazetadan)
Jumladagi “savatbosh” soʻzining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
35%
Boshi katta
43%
Paxmoq sochli
21%
Uquvsiz, landavur
👍36😎10😢6💯4🔥1🤨1
Borni tejab, yoʻndirib, dam och, dam chalaqursoq boʻlib yashadik. (Oybek, “Tanlangan asarlar”)
Jumladagi “chalaqursoq” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “chalaqursoq” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
14%
Oʻta och
72%
Yarim och
13%
Toʻq
👍29😢7💯3😎3
Musobaqa turiga koʻra yozasiz
Savol:
Qay shaklda yozgan toʻgʻri:
“Turon” jamoasi rais kubogini qoʻlga kiritdi
yoki
“Turon” jamoasi “Rais kubogi”ni qoʻlga kiritdi?
Javob:
Biror rais kubok uyushtirgan boʻlsa, rais kubogi shaklida yozasiz. Agar musobaqaga “Rais kubogi” deb nom berilgan boʻlsa, qoʻshtirnoq va bosh harf ishlatiladi.
Har ikki variant mazmunga qarab toʻgʻri boʻlishi mumkin.
#Soʻragan_edingiz

👍60🔥16💯2
“Materik qismida” deyish toʻgʻrimi?
Savol:
Yevropaning materik qismida roʻy bergan tarixiy voqeani aniqlang.
Jumladagi Yevropaning materik qismida iborasi gʻalizdek tuyulyapti, muammo bordek...
Javob:
Gʻalizlik yoʻq. Bemalol ishlatavering. Qitʼa soʻzini ham ishlatish mumkin: Yevropaning qitʼa qismida. Bu yerda gap yaxlit va katta quruqlik qismi haqida ketyapti. Oʻquvchi umumiy mazmundan kelib chiqadi va toʻgʻri tushunadi.
Masalan, Buyuk Britaniya Yevropa qitʼasida joylashgan. Lekin u qitʼa yoki materik bilan yaxlit emas, alohida orolda. Ispaniya, Germaniya, Chexiya, Ruminiya, Bolgariya kabi mamlakatlar esa qitʼadan ajrab qolmagan. Yevropaning qitʼa qismida deyilganda Buyuk Britaniya yoki boshqa orollar nazarda tutilmagani anglashiladi.

👍42🔥4💯2😎2
Ajnabiy ismlar imlosi: Hores Uels
Savol:
Bir matnni tarjima qilayotgandim. Horace Wells ismini oʻzbekchada qanaqa yozishga ikkilanayapman.
Javob:
Turk tilida aslicha Horace Wells deb berilsa, rus tilida Goratsiy Uells shaklida oʻgiriladi. Har ikki holat ham koʻrsatilgan tillar uchun toʻgʻri. Chunki shunday oʻgirish tartibi qabul qilingan. Bizda esa transkripsiya va transliteratsiya boʻyicha qoida ishlab chiqilmagan. Bu haqda ilmiy ishimda ham yozgan edim.
Chet soʻzlar oʻzbekchaga koʻpincha talaffuzga koʻra olinadi va bu toʻgʻri. Shu bois yuqoridagi ismni Hores shaklida yozgan maʼqul: Hores Uels. Chunki inglizchada shunga juda yaqin tarzda talaffuz qilinadi.

👍40💯8🔥5
Soʻzga aylangan savdo belgilari – gʻaroyib kechmishga ega 🔟 ta soʻz
Odamlar yangi tushunchalarga koʻpincha oʻziga maʼqul shaklda ot qoʻyib oladi. Bu nomlar vaqtlar oʻtib meʼyorga aylanishi, adabiy tilga koʻchib oʻtishi mumkin. Gohida esa maʼlum doirada qoʻllanib, ommalashmay qolib ketadi.
Shunday soʻz yasash usullaridan biri – narsa-buyumlarga savdo belgilarining nomini berish. Bu holat dunyo tillarida uchrab turadi. “Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.
👉 dy.uz/GQe2e

👍27💯4
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
66%
Universitetimizga turkiyalik olimlar tashrif buyurdi.
34%
Universitetimizga Turkiyalik olimlar tashrif buyurdi.
😎33💯13👍10🤨9
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
26%
Universitetimizga turkiyadan olimlar tashrif buyurdi.
74%
Universitetimizga Turkiyadan olimlar tashrif buyurdi.
😎35👍13💯9🤨5
Tefal aslida elektr choynak emas
Elektr choynakni tefal deb ataymiz. “Tefalda suv qaynat”, “Tefaldagi suvni olib kel”, “Iliq suv kerak boʻlsa, tefalda bor” kabi jumlalarni ishlatamiz.
Bu soʻz aslida elektr choynak maʼnosini bermaydi, u xalqaro brend, savdo belgisi. Bu belgi ostida faqat elektr choynaklar emas, turli maishiy uskunalar va idishlar ishlab chiqariladi. Lekin elektr choynakka xalq tilida shunday nom berilgan. Nega? Ikkita taxmin bor: yo ichki bozorga ilk bor shu yorliqdagi suvqaynatar choynaklar olib kirilgan, yo ommalashish bosqichida ayni shu brend boshqalaridan sifati va narxi bilan ustun boʻlgan, koʻpchilikka maʼqul kelgan. Natijada odamlar elektr choynaklarni shu savdo belgisi nomi bilan atay boshlagan.
Tefalni oʻzbekchada chovgum, choydish deb atash mumkin. Toʻgʻri, ishlash uslubi oʻzgargan, lekin mohiyat oʻzgarmagan.

👍69💯7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik? | 3️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19
Burnogʻi yili terakka oʻn xil atirgul payvand qilgan. (S. Ahmad, ”Sud”)
Jumladagi “burnogʻi yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Jumladagi “burnogʻi yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Anonymous Quiz
13%
Oʻn yillar oldin
56%
Oʻtgan yili
31%
Oʻtgan yildan oldingi yil
👍34😱7😎5🔥1😢1
“Qush uyqusi” iborasi qanday uyquni anglatadi?
Anonymous Quiz
83%
Yengil-yelpi, qisqa uyqu
9%
Qattiq uyqu
8%
Uzoq vaqtga choʻzilgan uyqu
👍18😎12
Buxoroda, uzoq yili betob boʻlib yotganida ham, koʻziga shunday murdalar, alvastilar.. koʻringan edi. (Mirmuhsin, “Meʼmor”)
Jumladagi “uzoq yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Jumladagi “uzoq yili” iborasi qanday maʼnoni bildiradi?
Anonymous Quiz
62%
Oʻn yillar oldin
18%
Oʻtgan yili
20%
Oʻtgan yildan oldingi yil
👍25🤨17🔥7😱6😢1
Suvqozon desa boʻlmaydimi?
Hammom qozonlari – boylerda ham shunga oʻxshash vaziyat: ularga ariston deb nom berilgan. Aslida ariston ham savdo belgisi. Bugun soʻzlashuv tilida boshqa rusumdagi suvqozonlar ham ariston deyiladi. Bu soʻz elektr va gazda ishlaydigan suv isitkichlarga birday ishlatilaveradi. Ikki konturli isitish qozonlariga ham shunday ot qoʻyganmiz.
Hammom qozoni deyish aytishga qiyin, shu sabab oddiyroq variant – ariston maʼqul koʻrilgan. Xalq tili soddalikni yoqtiradi.
Oʻzbek tili bilan bir oiladan joy olgan turkchada suv isituvchisi, isitma qozonlari, qozon kabi soʻzlar ishlatilar ekan. Erinmagan odamlar-ey, tayyorini, osonini olib qoʻyavermaysizlarmi, deydigan odam yoʻq.

👍53🔥5