Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi? | 3️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍16
Mukofot qutlugʻ boʻlsin!

Tahrirchi jamoasini yutuq bilan qutlayman!

Bu loyihaga ozroq boʻlsa-da hissam qoʻshilganidan xursandman. Oʻzbek tili rivojiga xizmat qiladigan bu kabi innovatsiyalar koʻpayaversin.

Tahrirchi President Tech Award tanlovida Sunʼiy intellekt texnologiyalari yoʻnalishi gʻolibi boʻldi va 100 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritdi. Oʻzbek soʻmida hisoblasak, rostakam milliarderga aylanishdi 😎

Bu mablagʻ loyiha yanada yaxshilanishiga, foydalanuvchilarning ogʻirini yengil qiladigan toʻkis dastur shakllanishiga xizmat qiladi degan umiddaman.

Charchamanglar. Omadlaringni bersin. Bundan katta natijalarga ham erishish nasib etsin.

@oriftolib
👍59🔥9😎6
Ovozingni eshitgim keldi 😉

#4ungan4undi
#hazil_vaqti

@oriftolib
👍69😎33🤨17🔥10😢9💯9😱6
-chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada -chi qoʻshimchasi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/iH9t31gCHlQ

@oriftolib
👍15🤨5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
76%
Aslzoda
24%
Asilzoda
😱42👍20💯10😢5🤨1
Iflos havosi tufayli Toshkent saraton va astma oʻchogʻiga aylanmoqda – OAV

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov bugun eʼlon qilingan maqolasida jiddiy ekologik muammoga eʼtibor qaratibdi.

“Toshkent havosi kundan kunga yomonlashib borayotgani tufayli poytaxtimiz vaqti-vaqti bilan sayyoramizning eng havosi iflos va salomatlik uchun zararli shaharlari qatorida tilga olinadigan boʻldi. Ayrim kunlarda PM2.5 mitti zarralari miqdori ruxsat etilganidan 45-50 barobargacha oshib ketmoqda. Avto tutunlari, SO2 darajasi meʼyordan 4,4 barobar oshgan. Bu esa odamlarni, ayniqsa yosh bolalarni tuzalmas dardlarga mubtalo qilishi tayin. Umr koʻrish qisqaradi. Nahotki Toshkentimizni boy berdik?” deb yozadi jurnalist.


Maqolada Toshkentdagi daraxtkushliklar, avjiga chiqqan qurilishlar, shaxsiy avtomobillar koʻpligi, yoʻllar mashinalar uchun kengaytirilayotgani kabilar tilga olingan.

Jamoat transporti qulay, imkonli boʻlmas ekan, odamlar shaxsiy avtomobilni baribir afzal koʻraveradi. Jazirama issiqda yo qahraton qishda soatlab avtobus kutganidan biror kasalga chalingan, toliqqan, zerikkan yoki ertalab va kechki payt metrodagi tiqilinchda bir yutum toza havoga zor qolgan odam nima qilib boʻlsa ham mashina olishim kerak degan xayolga boradi-da.

Menimcha, taqiqlarning oʻzi bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Muallif boshqa shaharlar tajribasini oʻrganish zarurligini aytar ekan, Ostonani misol qilib keltiradi. Qaniydi Toshkentda ham Ostonadagi kabi yashil belbogʻ boʻlsa! Beton uylarga toʻla megapolis Nyu Yorkdagi Markaziy park haqida oʻqib hayratlangandim. Bir tasavvur qilib koʻring-a, Toshkentda shunaqa parklar boʻlsa...

Xullas, maqolani oʻqing.

👉 kun.uz/29176379

@oriftolib
👍38😢11
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
6%
Mavzui
12%
Mavzuyi
82%
Mavzusi
😎24👍18😢8💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
Hayhaylamoq
51%
Hay-haylamoq
😢20👍18😎10🤨5💯4
Eng qiyin til qaysi?

Eng qiyin tillardan biri bask tilidir. Hatto uni Ikkinchi jahon urushi yillarida maxfiy axborotlarni almashish uchun ishlatishgan.

Qiyinlik bobida tabasaran tili ham oʻziga xos. U Dogʻistonda rasmiy tillar qatoriga kiritilgan. Bu tilda 48 ta kelishik bor!

Eskimoslar tilida esa hozirgi zamon feʼlining 63 ta shakli, otlarga qoʻshiladigan 252 ta qoʻshimcha bor!

Sanskrit tilidagi matnlarni malakali tarjima qilish yoki shu tilda yozish uchun bu tilni kamida 12 yil oʻrganish kerak boʻladi.

Xitoy tilida 50 mingdan ortiq iyeroglif bor. Biroq gazeta oʻqish uchun ularning 2 mingtasini bilish kifoya.

@oriftolib
👍48😱3
​​Venger tilidagi turkiycha soʻzlar

Venger (mojor) tili turkiy tillar oilasiga kirmaydi, u fin-ugor tillari oilasiga mansub. Lekin vengerlar uzoq yillar turkiy qavmlar bilan qoʻshnichilikda yashagan, faol ijtimoiy-iqtisodiy aloqada boʻlgan. Shu bois juda koʻp turkiy soʻzlar oʻzlashtirilgan. Baʼzi soʻzlarning talaffuzini eshitib: “Oʻzbekacha-ku!” deb yuborish ham hech gap emas. Hatto ota va ona soʻzlari ham mojorchada oʻzbekchaday jaranglaydi.

Baʼzi oʻzlashma soʻzlar zamonaviy venger tilida boshqa maʼnodoshlariga nisbatan kam ishlatiladi.

Olimlar fikricha, vengerlarning ajdodlari Uraldan shimolroqdagi dasht hududlarida yarim koʻchmanchi tarzda yashagan chorvador elatlardir. Venger soʻzi Yevropa tillarida ungar, hungar, ungrar kabi shakllarda uchraydi. Bu talaffuzlarga asos boʻlgan soʻz esa bulgʻorcha oʻn oʻgurdir. Mashhur rus tilshunosi Fasmerga koʻra, oʻn oʻgur turkiy tillardagi oʻn oʻgʻuzdan, yaʼni oʻn oʻgʻiz elati demak.

Oʻrta asrlarda Vengriyani xunlar oʻlkasi deb hisoblashgan.

Vergerlar oʻzlarini madyor, yaʼni mojor deb ataydi.

Maʼlumot uchun: Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida kuzatuvchi mamlakat hisoblanadi.

Quyida venger tiliga turkiy tillardan oʻtgan baʼzi soʻzlarni eʼtiboringizga havola etaman.

@oriftolib
👍36🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz | 3️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍21🔥2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Loyiha boshlayapmiz!

👉 Bolalar adabiyotida faol va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar tushunadigan so‘zlarni yosh toifasiga ko‘ra tasniflab chiqamiz.

👉 Matndagi so‘zlarni yoshga qarab tahlil qilib beradigan sayt yaratamiz.

👉 Keyingi bosqichda matnning stilistik jihatdan murakkablik darajasini ham aniqlash funksiyasini qo‘shamiz.

💪 Tilshunos, talaba va homiylar uchun eshigimiz ochiq.

@bolalar_yozuvchisi
👍37😎4🔥3
😎28😢7👍6🔥2💯2🤨2
Biron masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumatiga yozma yoki ogʻzaki bayon qilingan, hech qanday bahs yoki eʼtirozga oʻrin qoldirmaydigan qatʼiy talabi – ...
Anonymous Quiz
28%
Memorandum
31%
Nota
42%
Ultimatum
👍35😢16😎6🔥3
“Habata boʻlmoq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
39%
Behuda ketmoq
49%
Izza boʻlmoq, uyalmoq
13%
Taʼzirini yemoq
👍35😢8💯6
Yigirma besh sent

Oʻn yoshlardagi bir bola qahvaxonaga kirib, stolga oʻtirdi. Ofitsiant ayol kelgach, bola:

– Shokoladli, yongʻoqli muzqaymoq necha pul turadi? – deb soʻradi.

– Ellik sent, – deb javob berdi ayol.

Bola choʻntagidan tangalarini olib hisoblashga kirishdi.

– Oddiy, hech narsa qoʻshilmagan muzqaymoq qancha? – deb soʻradi bolakay.

Ofitsiantni boshqa stollarda mijozlar kutib turardi. Ayol norozi ohangda, istamagan koʻyi:

– Yigirma besh sent, – deb javob berdi.

Bola yana tangalarini sanab chiqdi.

– Oddiy muzqaymoq olib keling, – deb buyurdi keyin.

Xizmatchi ayol muzqaymoqni olib kelgach, biryoʻla hisob qogʻozini stolga qoʻyib koʻzdan gʻoyib boʻldi. Bolakay muzqaymoqni yeb tugatgach, kassaga pul toʻladi va chiqib ketdi.

Ofitsiant stolni tozalash uchun kelganda tomogʻiga nimadir tiqilganday boʻldi. Stol ustida, boʻsh idish yonida tartib bilan terilgan yigirma besh sent tanga turardi. Bu unga qoldirilgan choychaqa edi.

“Islom nuri” gazetasining 2023-yil 20-sonida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍56😢33🔥14
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
90%
Shokolad
6%
Shokolant
4%
Shakalat
👍28😎15💯7😱6
Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada Oʻzbekistondan, oʻzbekistonlik, AQSHlik kabi soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/jGiY9vKEKkM

@oriftolib
👍20🔥4