Qoʻrboshilar qoʻshigʻi
#Sheʼriy_lahza
Shimoldan yog‘iy kelar
Talab qilib Turonni,
Ming asr esh bo‘lsak ham ,
Bizga qo‘shilmas qoni.
O‘rningdan qo‘zg‘al endi,
Turkiy elning o‘g‘loni,
Tulporingga qamchi ur
Selday qalqi, bovurim,
Bizlardan shon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turonning er-u qizi
To azaldan mard kelar,
Turklar dunyo so‘rar deb
Qadimdan bir shart kelar,
Dushmanga qul bo‘lganning
Avlodi nomard kelar,
To abad tinmasin-a
Meros charxi, bovurim,
Bizlardan or so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
To‘tiga oshno bulbul
Chamanga arzimaydi,
Dushmandan qochib o‘lgan
Kafanga arzimaydi,
Mustabidga qul elat
Vatanga arzimaydi,
Balki ko‘rar umrning
Keldi gashti, bovurim,
Bizlardan hol so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turkiy elat boshida
Begona taxt ko‘rmasin,
Bosh egar omonlikni
O‘ziga baxt ko‘rmasin,
Kun kelib farzandini
Yovga ulfat ko‘rmasin,
O‘zliging ko‘rsatmoqning
Keldi vaqti, bovurim,
Bizlardan kor so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Bobomdan meros vatan
Bolamga meros o‘tsin,
Shuuriga mangulik
Uyg‘otar ovoz o‘tsin,
Yovga qahri qattiqlik
Turkiylarga xos o‘tsin,
Ko‘zlardan olov o‘tsin,
O‘tsin shaxti, bovurim,
Bizlardan yurt so‘rmoqqa,
Avlod haqli, bovurim.
Yurt deb yo‘lga otlandik,
Buyukroq safar qayda,
Shu yo‘lda shahid ketsak,
Boshqa bir zafar qayda,
Qul bo‘lgan tiriklikdan
Ortiqroq xatar qayda,
Otlangan har yigitning
Shudir ahdi, bovurim,
Bizlardan qon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Agar yotga qo‘shilib,
Qondoshlar sotsa bizni,
Nomimizga tupurib,
Xoindek otsa bizni,
O‘tmishidan yuz burib,
Bir kun unutsa bizni,
Yashamoqdan mani ne,
Bu jon nadir, bovurim?..
Bizlardan jon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Najmiddin Ermatov
@oriftolib
#Sheʼriy_lahza
Shimoldan yog‘iy kelar
Talab qilib Turonni,
Ming asr esh bo‘lsak ham ,
Bizga qo‘shilmas qoni.
O‘rningdan qo‘zg‘al endi,
Turkiy elning o‘g‘loni,
Tulporingga qamchi ur
Selday qalqi, bovurim,
Bizlardan shon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turonning er-u qizi
To azaldan mard kelar,
Turklar dunyo so‘rar deb
Qadimdan bir shart kelar,
Dushmanga qul bo‘lganning
Avlodi nomard kelar,
To abad tinmasin-a
Meros charxi, bovurim,
Bizlardan or so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
To‘tiga oshno bulbul
Chamanga arzimaydi,
Dushmandan qochib o‘lgan
Kafanga arzimaydi,
Mustabidga qul elat
Vatanga arzimaydi,
Balki ko‘rar umrning
Keldi gashti, bovurim,
Bizlardan hol so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turkiy elat boshida
Begona taxt ko‘rmasin,
Bosh egar omonlikni
O‘ziga baxt ko‘rmasin,
Kun kelib farzandini
Yovga ulfat ko‘rmasin,
O‘zliging ko‘rsatmoqning
Keldi vaqti, bovurim,
Bizlardan kor so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Bobomdan meros vatan
Bolamga meros o‘tsin,
Shuuriga mangulik
Uyg‘otar ovoz o‘tsin,
Yovga qahri qattiqlik
Turkiylarga xos o‘tsin,
Ko‘zlardan olov o‘tsin,
O‘tsin shaxti, bovurim,
Bizlardan yurt so‘rmoqqa,
Avlod haqli, bovurim.
Yurt deb yo‘lga otlandik,
Buyukroq safar qayda,
Shu yo‘lda shahid ketsak,
Boshqa bir zafar qayda,
Qul bo‘lgan tiriklikdan
Ortiqroq xatar qayda,
Otlangan har yigitning
Shudir ahdi, bovurim,
Bizlardan qon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Agar yotga qo‘shilib,
Qondoshlar sotsa bizni,
Nomimizga tupurib,
Xoindek otsa bizni,
O‘tmishidan yuz burib,
Bir kun unutsa bizni,
Yashamoqdan mani ne,
Bu jon nadir, bovurim?..
Bizlardan jon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Najmiddin Ermatov
@oriftolib
👍33🔥9
Eshitilishi xunuk yoki xijolatli joy nomlari haqida
Eshitilishi xunuk yo xijolatli joy nomlari haqida material tayyorlamoqchiman. Bunday joy nomlarining asl maʼnosi baʼzan umuman boshqacha boʻladi. Tovush oʻzgarishi sabab xijolatli maʼnodagi soʻz bilan bir xil boʻlib qoladi. Odamlar esa uning tarixini bilmaydi va xato maʼnoda talqin qiladi.
Albatta, rosmana xunuk nomlar ham bor, bir zamonlar kimlarningdir xatosi sabab shunday ot qoʻyilib qolgan. Chunki ayrim hollarda shahar-qishloqlarga oʻsha yerda yashovchilar emas, tashqaridagilar nom beradi. Bunday xijolatli nomlarni albatta oʻzgartirish kerak. Lekin tarixi, mazmuni boshqa boʻlgan soʻzlarni buzib talqin qilish ham xato.
Asl maʼnosi oʻzgacha boʻlgan shunday joy nomlaridan bir nechtasini yigʻdim. Mabodo siz ham bunday toponimlarni bilsangiz, izohlarda qoldiring. Qayerda joylashganini aytmang. Nom tarixi haqida oʻrganib, maʼlumot qidirib koʻraman. Topa olsam, boʻlajak materialimga kiritaman.

👍17🔥10
👍15😎9💯6🔥2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Boʻlishmoq, oʻrtoqlashmoq – ...
Boʻlishmoq, oʻrtoqlashmoq – ...
Anonymous Quiz
96%
Baham koʻrmoq
4%
Barham koʻrmoq
👍18😎7💯5😢1
Buyrak inson aʼzosi emas
Sarlavhani oʻqib hayron boʻlmang. Tibbiyotga qarshi bormoqchi emasman, buyrak – inson aʼzosi. Lekin joy nomi sifatida u boshqa maʼnoga ega.
Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida Buyrak nomli qishloq bor. Xalq etimologiyasiga koʻra, qishloq buyrakka oʻxshash joyda bino boʻlgani uchun shunday nom olgan. Ammo etimologik tadqiqotlar buni rad etadi.
Joy nomi boʻyicha ikki xil qarash bor. Biriga koʻra, u bayri soʻzi va -ak kichraytirish qoʻshimchasidan tashkil topgan. Bayri soʻzi bekat, toʻxtash joyi, qarorgoh kabi maʼnolarga ega. Demak, Buyrak kichik bekat demakdir. Bu fikrda jon bor. Buyrak qishlogʻi qadim Qoʻqon shahriga yaqin masofada joylashgan. Qishloq oʻrnida bir zamonlar bekat boʻlgani, chopar va otliqlar, karvonlar shu yerda toʻxtab oʻtgani ehtimoli katta.
Boshqa bir qarashga tayanilsa, buyrak – urugʻ nomi. Juda koʻp tarixiy manbalarda buyrak nomli oʻzbek urugʻi borligi qayd etilgan. Bu ham haqiqatga yaqin. Chunki bu qishloqqa yaqin hududda yerlashgan Jaloyir, Qatagʻon, Qangʻil, Bahrin, Kenagas, Naymas, Turgʻoq, Qirq kabi qishloqlar nomi ham oʻzbek urugʻlari otidan hosil boʻlgan.

👍34🔥11🤨2
Tanbal emasligini isbotlagan yozuvchi
Mashhur amerikalik yozuvchi Ayzek Azimov (1920–1992) har kuni soat oltida turgan, yetti yarimda yozishga oʻtirib, kechgacha tinmay ishlagan. Koʻpincha butun hafta davomida shu tartibda, dam olish kunisiz ter toʻkkan. Shu sababli baʼzida butun boshli kitobni bir necha kun ichida yozib tugatgan.
Yozuvchi bunday kun tartibiga yoshligidayoq odatlangan. Uning otasi Bruklindagi shirinlik doʻkonlari tarmogʻiga egalik qilar, doʻkonlar haftada yetti kun ertalabki oltidan kechqurungi birgacha ishlardi. Ayzek olti yoshidan yigirma ikki yoshigacha otasining shirinlik doʻkonida ishladi. U doʻkonni har kuni oltida ochar, keyin buyurtmalarni tarqatgani chiqib ketardi. Oʻqishdan soʻng doʻkonga chopar, mabodo kech qolsa, “Tanbal!” degan dakki eshitardi. Maktabni tugatganidan keyin ham otasiga yordam berishda davom etdi. U doʻkonni har kuni tungi birda yopar, hech qanday dam olish kuni yoʻq edi.
Ilmiy-fantastik asarlar ustasi ellik yildan soʻng shunday soʻzlarni yozdi: “Xoʻrozsoatim bor, lekin uni qichqirishga moslab qoʻymayman. Shunga qaramay har kuni roppa-rosa oltida turaman. Bu bilan esa faxrlanaman. Tanbal emasligimni shu paytgacha otamga isbotlab kelyapman”. Otasi oʻrnatgan doʻkon tartibi yozuvchining keyingi hayotida ham saqlanib qoldi. U dam olish va bayram kunlari, hatto kasalxonada davolangan paytlarida ham yozishdan toʻxtamagan.
👉 Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?

👍61🔥9
Kampirravot kampir rabotimi?
Xalq etimologiyasi odatda soʻzning tashqi shakl-shamoyiliga qarab baho beradi, xulosa chiqaradi.
Kampirravot – Andijondagi suv ombori. Shu nomdagi toʻgʻon, kanal ham bor. Kampirravotdagi kampir soʻzining keksa ayol maʼnosidagi kampirga aloqasi yoʻq. U sugʻdcha kand va forscha pir soʻzlaridan yasalgan.
Oldinroq kand soʻzi devor, qoʻrgʻon, qishloq kabi maʼnolarni anglatishi haqida aytgandim. Oʻtmishda shaharlar va yirik qishloqlar himoya devorlari bilan oʻralgan va kand deb atalgan. Pir esa qadim, eski, koʻhna demakdir. Rabot soʻzi qalʼa, istehkom, bekat kabi maʼnolarga ega. Demak, Kampirravot eski qoʻrgʻon, qadimiy qoʻrgʻon atrofidagi rabot anglamidadir.
Bu toponim koʻpincha Kampirobod shaklida ham qoʻllanadi. Lekin bu yanglishdir.

👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi? | 3️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍16
Mukofot qutlugʻ boʻlsin!
Tahrirchi jamoasini yutuq bilan qutlayman!
Bu loyihaga ozroq boʻlsa-da hissam qoʻshilganidan xursandman. Oʻzbek tili rivojiga xizmat qiladigan bu kabi innovatsiyalar koʻpayaversin.
Tahrirchi President Tech Award tanlovida Sunʼiy intellekt texnologiyalari yoʻnalishi gʻolibi boʻldi va 100 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritdi. Oʻzbek soʻmida hisoblasak, rostakam milliarderga aylanishdi 😎
Bu mablagʻ loyiha yanada yaxshilanishiga, foydalanuvchilarning ogʻirini yengil qiladigan toʻkis dastur shakllanishiga xizmat qiladi degan umiddaman.
Charchamanglar. Omadlaringni bersin. Bundan katta natijalarga ham erishish nasib etsin.

👍59🔥9😎6
-chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada -chi qoʻshimchasi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/iH9t31gCHlQ

👍15🤨5
😱42👍20💯10😢5🤨1
Iflos havosi tufayli Toshkent saraton va astma oʻchogʻiga aylanmoqda – OAV
Jurnalist Shuhrat Shokirjonov bugun eʼlon qilingan maqolasida jiddiy ekologik muammoga eʼtibor qaratibdi.
Maqolada Toshkentdagi daraxtkushliklar, avjiga chiqqan qurilishlar, shaxsiy avtomobillar koʻpligi, yoʻllar mashinalar uchun kengaytirilayotgani kabilar tilga olingan.
Jamoat transporti qulay, imkonli boʻlmas ekan, odamlar shaxsiy avtomobilni baribir afzal koʻraveradi. Jazirama issiqda yo qahraton qishda soatlab avtobus kutganidan biror kasalga chalingan, toliqqan, zerikkan yoki ertalab va kechki payt metrodagi tiqilinchda bir yutum toza havoga zor qolgan odam nima qilib boʻlsa ham mashina olishim kerak degan xayolga boradi-da.
Menimcha, taqiqlarning oʻzi bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Muallif boshqa shaharlar tajribasini oʻrganish zarurligini aytar ekan, Ostonani misol qilib keltiradi. Qaniydi Toshkentda ham Ostonadagi kabi yashil belbogʻ boʻlsa! Beton uylarga toʻla megapolis Nyu Yorkdagi Markaziy park haqida oʻqib hayratlangandim. Bir tasavvur qilib koʻring-a, Toshkentda shunaqa parklar boʻlsa...
Xullas, maqolani oʻqing.
👉 kun.uz/29176379

“Toshkent havosi kundan kunga yomonlashib borayotgani tufayli poytaxtimiz vaqti-vaqti bilan sayyoramizning eng havosi iflos va salomatlik uchun zararli shaharlari qatorida tilga olinadigan boʻldi. Ayrim kunlarda PM2.5 mitti zarralari miqdori ruxsat etilganidan 45-50 barobargacha oshib ketmoqda. Avto tutunlari, SO2 darajasi meʼyordan 4,4 barobar oshgan. Bu esa odamlarni, ayniqsa yosh bolalarni tuzalmas dardlarga mubtalo qilishi tayin. Umr koʻrish qisqaradi. Nahotki Toshkentimizni boy berdik?” deb yozadi jurnalist.
Maqolada Toshkentdagi daraxtkushliklar, avjiga chiqqan qurilishlar, shaxsiy avtomobillar koʻpligi, yoʻllar mashinalar uchun kengaytirilayotgani kabilar tilga olingan.
Jamoat transporti qulay, imkonli boʻlmas ekan, odamlar shaxsiy avtomobilni baribir afzal koʻraveradi. Jazirama issiqda yo qahraton qishda soatlab avtobus kutganidan biror kasalga chalingan, toliqqan, zerikkan yoki ertalab va kechki payt metrodagi tiqilinchda bir yutum toza havoga zor qolgan odam nima qilib boʻlsa ham mashina olishim kerak degan xayolga boradi-da.
Menimcha, taqiqlarning oʻzi bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Muallif boshqa shaharlar tajribasini oʻrganish zarurligini aytar ekan, Ostonani misol qilib keltiradi. Qaniydi Toshkentda ham Ostonadagi kabi yashil belbogʻ boʻlsa! Beton uylarga toʻla megapolis Nyu Yorkdagi Markaziy park haqida oʻqib hayratlangandim. Bir tasavvur qilib koʻring-a, Toshkentda shunaqa parklar boʻlsa...
Xullas, maqolani oʻqing.
👉 kun.uz/29176379
@oriftolib
👍38😢11
😎24👍18😢8💯1
😢20👍18😎10🤨5💯4
Eng qiyin til qaysi?
Eng qiyin tillardan biri bask tilidir. Hatto uni Ikkinchi jahon urushi yillarida maxfiy axborotlarni almashish uchun ishlatishgan.
Qiyinlik bobida tabasaran tili ham oʻziga xos. U Dogʻistonda rasmiy tillar qatoriga kiritilgan. Bu tilda 48 ta kelishik bor!
Eskimoslar tilida esa hozirgi zamon feʼlining 63 ta shakli, otlarga qoʻshiladigan 252 ta qoʻshimcha bor!
Sanskrit tilidagi matnlarni malakali tarjima qilish yoki shu tilda yozish uchun bu tilni kamida 12 yil oʻrganish kerak boʻladi.
Xitoy tilida 50 mingdan ortiq iyeroglif bor. Biroq gazeta oʻqish uchun ularning 2 mingtasini bilish kifoya.

👍48😱3
Venger tilidagi turkiycha soʻzlar
Venger (mojor) tili turkiy tillar oilasiga kirmaydi, u fin-ugor tillari oilasiga mansub. Lekin vengerlar uzoq yillar turkiy qavmlar bilan qoʻshnichilikda yashagan, faol ijtimoiy-iqtisodiy aloqada boʻlgan. Shu bois juda koʻp turkiy soʻzlar oʻzlashtirilgan. Baʼzi soʻzlarning talaffuzini eshitib: “Oʻzbekacha-ku!” deb yuborish ham hech gap emas. Hatto ota va ona soʻzlari ham mojorchada oʻzbekchaday jaranglaydi.
Baʼzi oʻzlashma soʻzlar zamonaviy venger tilida boshqa maʼnodoshlariga nisbatan kam ishlatiladi.
Olimlar fikricha, vengerlarning ajdodlari Uraldan shimolroqdagi dasht hududlarida yarim koʻchmanchi tarzda yashagan chorvador elatlardir. Venger soʻzi Yevropa tillarida ungar, hungar, ungrar kabi shakllarda uchraydi. Bu talaffuzlarga asos boʻlgan soʻz esa bulgʻorcha oʻn oʻgurdir. Mashhur rus tilshunosi Fasmerga koʻra, oʻn oʻgur turkiy tillardagi oʻn oʻgʻuzdan, yaʼni oʻn oʻgʻiz elati demak.
Oʻrta asrlarda Vengriyani xunlar oʻlkasi deb hisoblashgan.
Vergerlar oʻzlarini madyor, yaʼni mojor deb ataydi.
Maʼlumot uchun: Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida kuzatuvchi mamlakat hisoblanadi.
Quyida venger tiliga turkiy tillardan oʻtgan baʼzi soʻzlarni eʼtiboringizga havola etaman.

👍36🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz | 3️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍21🔥2