Internetda shunaqa maʼlumotnoma bor ekan. Ruschasi. Shuning oʻzbekcha variantini tayyorladim. Tushunish, farqlashni osonlashtiradi.
Rasmdagi atamalardan qay birini izohlash kerak deb hisoblaysiz?
@oriftolib

👍61🔥16😎1
Gʻazalkent gʻazallar shahrimi?
Kent qadimgi sugʻd tilida kand, kant shakliga ega boʻlgan va devor, uy, xonadon, qoʻrgʻon, qishloq kabi maʼnolarni anglatgan. Kent soʻzi va uning talaffuz variantlari qatnashgan joy nomlari mintaqamizda juda koʻp: Toshkent, Samarqand, Yorkent, Vobkent, Parkent, Piskent kabi.
Xoʻsh, Gʻazalkentning maʼnosi nima? Kent shahar maʼnosida boʻlsa, Gʻazalkent gʻazallar shahri boʻladimi? Toponimik adabiyotlarda yozilishicha, shahar nomi hazar qabilasi nomidan kelib chiqqan. Hazarlar – qadimgi turkiy qavm. Hazarkent – hazarlar qishlogʻi. Hazar soʻzi keyinchalik tovush oʻzgarishiga uchragan.
Qashqadaryodagi Gʻuzor shahri, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻi nomi asosida ham hazar soʻzi yotadi.

👍33
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Togʻlaringga qor boʻlarman, yor
Gʻulomjon xoʻjam shu qoʻshiq tarjimasini menga ilingan ekan. Undan bexabar Avazxon Umar ham shu niyatda bu sheʼrni menga moʻljallab qoʻyibdi. Hay, unutilgan shoirligimni esga solib, qoʻshiq soʻzlarini oʻzbekchalashtirdim.
Juda koʻp soʻzlari bizga tanish, uni tarjimasiz ham ancha yaxshi tushunasiz. Qiynalib qolsangiz, mana tarjimasi:
Esat Kabakli
Togʻlaringga qor boʻlarman
Sen bahorsan, men-chi, yozman,
Bir sen uchun ishq-u rozman, yor.
Meni sensiz chalolmassan,
Sen bir noxun, men bir sozman, yor.
Togʻlaringga qor boʻlarman, yor,
Ishqingga bahor boʻlarman, yor.
Gar istasang, yor boʻlarman, yor,
Togʻlaringga qor boʻlarman, yor.
Daraxt boʻlsang, boʻlarman novdang,
Chechak boʻlsang, boʻlajakman bol.
Yoʻl boʻlarman olisda boʻlsang,
Seni mendan ololmassan, yor.
Otash boʻlsang, yoʻl boʻlarman,
Inon, mendan ketolmassan, yor.

👍36🔥5
Sariosiyo va Osiyo
Sariosiyo soʻzini talaffuz qilganda dastlab kishining xayoliga sari va Osiyo soʻzlari keladi. Osiyo sari deganimikan deb oʻylash ham mumkin. Biroq etimologiyadan yoki fors tilidan xabardor kishi bunday emasligini oson payqaydi. Sariosiyo Osiyo qitʼasidagi minglab qishloqlardan biri xolos, uning Osiyoga bevosita aloqadorligi yoʻq.
Bu joy nomi forscha sar – bosh va osiyo – tegirmon soʻzlaridan hosil boʻlgan. Sariosiyo tegirmonboshi, tegirmon yuqorisidagi qishloq demakdir. Surxondaryodagi tumandan tashqari oʻlkamizda osiyo tarkibli toponimlar talaygina: Galaosiyo, Qoʻshosiyo, Tagiosiyo.

👍28🔥5
Feruz Allayev kitob yozdi
“Asaxiy” asoschisi, ishbilarmon Feruz Allayev “Tadbirkor” nomli kitob yozdi. Yoshlar ijod saroyida shu kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Loyiha Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Tadbir soʻngida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev yigʻilganlarni ijod saroyidagi oʻzgarishlar bilan tanishtirdi. Saroy taʼmirlanib, yangi jihoz va xonalarga ega boʻlibdi, ilm bilan shugʻullanaman deganlar, ayniqsa, yoshlar uchun yaxshi bir maskanga aylanibdi.
Soha mutaxassislarining oʻz bilim va malakalarini ulashishi juda yaxshi samara beradi. Kitoblar yozish, videodarslar tayyorlash, bloglar yuritish kerak. Bilimli, kitob oʻqiydigan, fikrlaydigan kishilar jamiyati rivojlanadi. Turli sohalarga oid saviyali, sifatli oʻzbekcha asarlar bugun jamiyatimizga juda-juda kerak.
Feruz Allayev kitobning ikkinchi va uchinchi qismlarini ham yozmoqchi ekanini taʼkidladi. Muallifga bu yoʻlda muvaffaqiyatlar tilayman.

👍27🔥2
Buzuq telefon
Sershovqin shaharning kichik yoʻlkasi boʻylab bir moʻysafid ketib borardi. Yuzlari ajinga toʻla, qoshlari oʻsiq bu odam koʻzlarini yerga tikkancha ohista qadam tashlardi. Shoshilib, tez-tez ketib borayotgan yoʻlovchilar, oʻrindiqlarda gap sotib oʻtirgan bekorchilar, shunchaki sayr qilib yurgan oʻtkinchilar – hech kim unga eʼtibor bermasdi. Qariya yura-yura telefon ustaxonasi oldida toʻxtadi.
– Bolam, shuni bir koʻrib bersang. Ishlamay qopti, shekilli.
Usta eski rusumdagi abgor telefonga ajabsinib qaradi. “Yoshini yashab, oshini oshagan” bu matoh tuzatishga arzirmikan? Telefonning u yoq-bu yogʻini koʻzdan kechirgan boʻldi, quvvat olishini tekshirdi, qoʻngʻiroq qilib ham koʻrdi. Hammasi joyida.
– Otaxon, telefoningiz buzuq emas. Ishlayapti. Mabodo sindirib qoʻymasangiz, sizga umrbod xizmat qiladi bu! Eski telefonlarning joni qattiq boʻladi, – dedi usta.
– Ishlayapti, degin... – Cholning koʻzlari birdan yoshlandi. – Unda nega bolalarim menga qoʻngʻiroq qilishmayapti?
Moʻysafidning koʻzlaridagi mung va iztirobga bardosh berolmagan usta nigohini boshqa tomonga olib qochdi.
“Hidoyat” jurnalining 2023-yil 12-sonida chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan

😢56👍13🔥2
Orif Tolib
Bil, oʻgʻlim! Serhat Kabakli soʻzi Esat Kabakli musiqasi va ijrosi @oriftolib
Bil, oʻgʻlim!
Serhat Kabakli soʻzi
Esat Kabakli musiqasi va ijrosi
Kunlar ketib, oy kelganda kel, oʻgʻlim,
Dunyo kular sen kulganda, kul, oʻgʻlim.
Bir yoʻl bordir – haq yoʻlidir, top, oʻgʻlim,
Yer-u koʻkni oʻrgan, ilmin bil, oʻgʻlim.
Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,
Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

Kez, oʻgʻlim!
Vataningga koʻz tikkanni ez, oʻgʻlim!
Doʻsting kimdir, dushmaning kim – sez, oʻgʻlim!
Tarixingni sharafing-la yoz, oʻgʻlim,
Yoz, oʻgʻlim!
Sen boshlarsan mangulikka yoʻl, oʻgʻlim,
Toʻrt tomonga chuqur nazar sol, oʻgʻlim.
Muhtojga ber noning, joʻmard boʻl, oʻgʻlim,
Harom yema, haq yoʻlida oʻl, oʻgʻlim!
Zulm qurgan taxt-u baxtdan kech, oʻgʻlim,
Zolim boʻlsin nafratingga duch, oʻgʻlim.
Nafs degani – mantiq yutar dev, oʻgʻlim,
Kibrlanma, insonlarni sev, oʻgʻlim.
Naqarot:

Qarshimda tur, soʻz ber menga, soʻz, oʻgʻlim,
Soʻz, oʻgʻlim!
Turkchadan
Orif Tolib
tarjimasi
🟢 Oʻzbekchada ham shunaqa vatanparvarlik qoʻshiqlari yaratish kerak. Toʻgʻri, oʻzimizda yoʻq emas. Lekin xalqona uslubda, hamma joʻr boʻlib kuylaydigan qoʻshiqlar kam, menimcha.
Yuqoridagi sheʼr – qoʻshiq matni. Mabodo yuksak badiiy sanʼatlar topolmasangiz, jigʻibiyron boʻlmang. Menga maʼqul keldi. Shu holida ham.

👍55🔥14
Ulugʻnor va katta anor
Ulugʻnor – Andijon viloyatidagi tuman. Shakl-u shamoyiliga qarab ulugʻ va nor soʻzlaridan yasalgan boʻlsa kerak, oldin bu yerlarda biror katta anor boʻlgan, nom ham shundan degan xayolga borish mumkin. Biroq taxminimiz bu safar ham bizni aldaydi.
Andijonda Ulugʻnor nomli kanal bor. Tumanga ana shu kanalning nomi berilgan. Uni 1868–1871-yillarda Qoʻqon xoni Xudoyorxon qazdirgan. Nom tarkibidagi nor aslida arabcha nahr – daryo, anhor soʻzining talaffuzda oʻzgargan shaklidir.
Ulugʻnor ulugʻ nahr, yaʼni katta anhor demakdir.

👍52🔥1💯1
🤨31👍15💯9😢6😎6🔥5😱4
Tahrir amaliyotidan: vaqt oʻzgardimi yo biz oʻzgardik?
Tarjimaga misol:
Ammo vaqt hammasini o‘zgartirib yubordi.
Matnning asli:
But time is beginning to feel different.
Mana shu jumlani asliga solishtirishda “Nahotki tarjimon shu gapni tushunmadi?” degan savol tug‘ildi. Chunki gap murakkab emas, undagi so‘zlar tilni endigina o‘rganishni boshlaganlargayam tanish…
Xullas, taxminlar o‘z yo‘liga-yu, tarjimadagi bu qadar e’tiborsizlikdan (balki tajribasizlikdir) tarjimon o‘z ustida yaxshigina ishlashi kerakligini tushunish qiyin emas.
Tahrirdan keyin gap shunday o‘zgardi:
Ammo endi vaqt boshqacha tuyula boshladi. ✅
Aytgancha, yana bir gap – dangasa tarjimon muharrirning ishini (aslida chala tarjimani qayta o‘girish muharrirning ishi emas!) ko‘paytiradi. Tushunmasangiz, izlab ko‘ring, izlashga erinsangiz, tarjimonlikni havas qilmaganingiz ma’qul. Bu shunaqa juuuuuda mayda ish.
Manba: @muhabbatsharifova

👍37
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Baʼzi kanal va saytlarda ushbu mazmundagi sarlavhalarni koʻrdim:
Yurtimizning ayrim hududlarida kuchli tuman tushadi.
Ustozlar, oʻquvchilaringizga aytib qoʻying, tuman kuchli boʻlmaydi, qalin, quyuq boʻlishi mumkin. Yaʼni:
Ayrim hududlarimizda quyuq tuman tushadi.
Siz oʻquvchilarga oʻrgatingki, kelajakda hech kim bunday xato qilmasin.
@birgap

👍86🔥8😢1😎1
Jom va Jomboy
Samarqand viloyatida Jom, Jomboy degan qishloqlar bor. Jomboy tumanning nomi ham. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Jom – Oʻzbekistonning eng katta qishloqlaridan biri. Vikipediyaga koʻra, aholisi 35 ming kishidan ortiq.
Jom deganda kishining xayoliga togʻora, qadah maʼnosidagi forscha jom soʻzi keladi. Biroq bu ikki qishloqning nomi forschaga umuman bogʻliq emas. Toponimning ildizi qadimgi turkiy va moʻgʻul tillarida qoʻllangan yom soʻziga borib taqaladi. Yom yoki jom soʻzi bekat, istehkom maʼnosini bildirgan. Demak, Jom bekat, ot-ulov boqiladigan joy, xabarlarni bekatdan bekatga yetkazuvchi xizmatchilar yashaydigan qoʻnimgoh yonidagi qishloq maʼnosidadir.
Kitoblarda Jomboy soʻzi tarkibidagi boy boyli urugʻi nomidan ekani, qishloq shu urugʻ vakillari xizmat qilgan bekat atrofida boʻlgani sababli shunday ot berilgani qayd etilgan. Baʼzi olimlar fikricha, bu nomning yomga ham, boyli urugʻiga ham aloqasi yoʻq, jomboy – qozoqlarning bir urugʻi.

👍36🔥10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizdagi maʼlumotlar millionlarni hal qilyapti 👍
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan intellektual olimpiada doirasidagi “Zakovat” oʻyinida qoʻshimcha savollardan soʻng barcha gʻoliblar maʼlum boʻldi. Obunachimizning yozishicha, Orif Tolib sahifasida eʼlon qilingan mana bu post boʻyicha tuzilgan savol ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni hal qilib bergan.
👉 Maʼlumot uchun: 2-oʻrin 60 million soʻm, 3-oʻrin esa 40 million soʻm pul mukofoti sohibi boʻladi.
Anchadan buyon turli darajadagi “Zakovat” musobaqalari uchun kanal postlari asosida savollar tuzib turishadi. Respublika darajasidagi oʻyinda savol tushgani yaxshi yangilik boʻldi. Savolda sal chalkashlik ketib qolibdi, lekin talabalar toʻgʻri javobni baribir topa olishibdi.
“Zakovat” va turli quiz-oʻyinlarga qiziqadigan tanishlarga @oriftolib sahifasini tavsiya qilib qoʻying. Shunaqa 60 yo 40 millionlik joyi kelib qolganda attang qilib yurishmasin 😉

🔥40👍23😎7💯4😢1
Chiroqchida chiroq yasalganmi?
Qashqadaryoda Chiroqchi tumani bor. Xoʻsh, bu nom nimani anglatadi? Suvchi ekinlarni sugʻoruvchi, oʻtinchi oʻtin toʻplovchi, temirchi temirga ishlov beruvchi boʻlgandan keyin chiroqchi chiroq yasovchi boʻladi-da deb xulosa yasashimiz mumkin. Yuz-ikki yuz yil narisida koʻcha chiroqlarini yoqish bilan shugʻullanuvchi kishilar chiroqchi deyilgan. Balki, shundan kelib chiqqandir bu nom?
Milliy ensiklopediya toponimni chiroq yasovchi hunarmandlarga bogʻlagan. Biroq etimologik adabiyotlar bunga qoʻshilmaydi. Bu fikrning asosli emasligini chiroqchi soʻzi lugʻatlarda chiroq yasovchi sifatida izohlanmagani ham isbotlaydi.
Chiroqchi nomi uzoq tarixga ega. Manbalarda yozilishicha, sirakchi yoki siroqchi – qadimgi turkiy qabila-urugʻning oti. Bu maskanda ana shu urugʻ jamoasi yashagan. Joy nomi urugʻ otidan kelib chiqqan.
Bu toponimning tarixi haqida boshqa xil qarash va taxminlar ham bor.
Chiroqchi 1980-yildan shahar maqomiga ega.

👍40🔥3
Oʻqish qishkimi yo koʻchirish?
OAV xabari:
Oʻzbekistonda qishki oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari yilda ikki bor: yozda (avgust oyida) va qishda (dekabr-yanvar) oʻqishni koʻchirish uchun ariza berish imkoniga ega. Xabarda qishki koʻchirish mavsumiga urgʻu berish niyat qilingan. Biroq jumla mazmuni oʻqish qishki ekaniga tortib ketyapti. Qishki mavsumni taʼkidlash zarur boʻlsa, jumlani boshqacharoq tuzgan afzal:
Oʻzbekistonda oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabulining qishki mavsumi boshlandi.
Hozir oʻzi qish, shu sababli qishki ekaniga urgʻu berishga ham u qadar ehtiyoj yoʻq. Jarayon Oʻzbekistonda boʻlayotgani koʻpchilikka maʼlumligi sabab hududni aytmasak ham boʻladi:
Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi. ✅

👍53💯2
Burchmulla – minorali qoʻrgʻon
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Burchmulla qishlogʻini koʻpchilik yaxshi biladi. Bu yer tarixiy-madaniy yodgorliklari, goʻzal tabiati bilan mashhur.
Uning nomini burch va mulla soʻzlariga bogʻlab, burchli mulla maʼnosida talqin qiluvchilar ham bor. Biroq bu xalq etimologiyasi natijasi xolos. Aslida qishloq otining burch soʻziga ham, mulla soʻziga ham aloqasi yoʻq.
Etimologik adabiyotlarda yozilishicha, qishloq nomi burj va moʻla soʻzlaridan yasalgan. Burj – qalʼa devorining burchagi; burchakdagi yo burchaklar oraligʻidagi minora. Moʻla esa minorasimon dumaloq qurilma. Toponimshunos olim Toʻra Nafasov moʻla soʻzini tuproq uyib, chim yo gʻisht qalab, baland qilingan soʻrisimon joy deya izohlaydi. Demak, Burchmulla himoyalanadigan qoʻrgʻon, burjli, moʻlali joy maʼnosidadir.

👍39🔥7
Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada maktablar va sinflar nomi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/VTGv4qD1arc

👍14💯1
Qoʻrboshilar qoʻshigʻi
#Sheʼriy_lahza
Shimoldan yog‘iy kelar
Talab qilib Turonni,
Ming asr esh bo‘lsak ham ,
Bizga qo‘shilmas qoni.
O‘rningdan qo‘zg‘al endi,
Turkiy elning o‘g‘loni,
Tulporingga qamchi ur
Selday qalqi, bovurim,
Bizlardan shon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turonning er-u qizi
To azaldan mard kelar,
Turklar dunyo so‘rar deb
Qadimdan bir shart kelar,
Dushmanga qul bo‘lganning
Avlodi nomard kelar,
To abad tinmasin-a
Meros charxi, bovurim,
Bizlardan or so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
To‘tiga oshno bulbul
Chamanga arzimaydi,
Dushmandan qochib o‘lgan
Kafanga arzimaydi,
Mustabidga qul elat
Vatanga arzimaydi,
Balki ko‘rar umrning
Keldi gashti, bovurim,
Bizlardan hol so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turkiy elat boshida
Begona taxt ko‘rmasin,
Bosh egar omonlikni
O‘ziga baxt ko‘rmasin,
Kun kelib farzandini
Yovga ulfat ko‘rmasin,
O‘zliging ko‘rsatmoqning
Keldi vaqti, bovurim,
Bizlardan kor so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Bobomdan meros vatan
Bolamga meros o‘tsin,
Shuuriga mangulik
Uyg‘otar ovoz o‘tsin,
Yovga qahri qattiqlik
Turkiylarga xos o‘tsin,
Ko‘zlardan olov o‘tsin,
O‘tsin shaxti, bovurim,
Bizlardan yurt so‘rmoqqa,
Avlod haqli, bovurim.
Yurt deb yo‘lga otlandik,
Buyukroq safar qayda,
Shu yo‘lda shahid ketsak,
Boshqa bir zafar qayda,
Qul bo‘lgan tiriklikdan
Ortiqroq xatar qayda,
Otlangan har yigitning
Shudir ahdi, bovurim,
Bizlardan qon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Agar yotga qo‘shilib,
Qondoshlar sotsa bizni,
Nomimizga tupurib,
Xoindek otsa bizni,
O‘tmishidan yuz burib,
Bir kun unutsa bizni,
Yashamoqdan mani ne,
Bu jon nadir, bovurim?..
Bizlardan jon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Najmiddin Ermatov
@oriftolib
#Sheʼriy_lahza
Shimoldan yog‘iy kelar
Talab qilib Turonni,
Ming asr esh bo‘lsak ham ,
Bizga qo‘shilmas qoni.
O‘rningdan qo‘zg‘al endi,
Turkiy elning o‘g‘loni,
Tulporingga qamchi ur
Selday qalqi, bovurim,
Bizlardan shon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turonning er-u qizi
To azaldan mard kelar,
Turklar dunyo so‘rar deb
Qadimdan bir shart kelar,
Dushmanga qul bo‘lganning
Avlodi nomard kelar,
To abad tinmasin-a
Meros charxi, bovurim,
Bizlardan or so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
To‘tiga oshno bulbul
Chamanga arzimaydi,
Dushmandan qochib o‘lgan
Kafanga arzimaydi,
Mustabidga qul elat
Vatanga arzimaydi,
Balki ko‘rar umrning
Keldi gashti, bovurim,
Bizlardan hol so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turkiy elat boshida
Begona taxt ko‘rmasin,
Bosh egar omonlikni
O‘ziga baxt ko‘rmasin,
Kun kelib farzandini
Yovga ulfat ko‘rmasin,
O‘zliging ko‘rsatmoqning
Keldi vaqti, bovurim,
Bizlardan kor so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Bobomdan meros vatan
Bolamga meros o‘tsin,
Shuuriga mangulik
Uyg‘otar ovoz o‘tsin,
Yovga qahri qattiqlik
Turkiylarga xos o‘tsin,
Ko‘zlardan olov o‘tsin,
O‘tsin shaxti, bovurim,
Bizlardan yurt so‘rmoqqa,
Avlod haqli, bovurim.
Yurt deb yo‘lga otlandik,
Buyukroq safar qayda,
Shu yo‘lda shahid ketsak,
Boshqa bir zafar qayda,
Qul bo‘lgan tiriklikdan
Ortiqroq xatar qayda,
Otlangan har yigitning
Shudir ahdi, bovurim,
Bizlardan qon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Agar yotga qo‘shilib,
Qondoshlar sotsa bizni,
Nomimizga tupurib,
Xoindek otsa bizni,
O‘tmishidan yuz burib,
Bir kun unutsa bizni,
Yashamoqdan mani ne,
Bu jon nadir, bovurim?..
Bizlardan jon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Najmiddin Ermatov
@oriftolib
👍33🔥9
Eshitilishi xunuk yoki xijolatli joy nomlari haqida
Eshitilishi xunuk yo xijolatli joy nomlari haqida material tayyorlamoqchiman. Bunday joy nomlarining asl maʼnosi baʼzan umuman boshqacha boʻladi. Tovush oʻzgarishi sabab xijolatli maʼnodagi soʻz bilan bir xil boʻlib qoladi. Odamlar esa uning tarixini bilmaydi va xato maʼnoda talqin qiladi.
Albatta, rosmana xunuk nomlar ham bor, bir zamonlar kimlarningdir xatosi sabab shunday ot qoʻyilib qolgan. Chunki ayrim hollarda shahar-qishloqlarga oʻsha yerda yashovchilar emas, tashqaridagilar nom beradi. Bunday xijolatli nomlarni albatta oʻzgartirish kerak. Lekin tarixi, mazmuni boshqa boʻlgan soʻzlarni buzib talqin qilish ham xato.
Asl maʼnosi oʻzgacha boʻlgan shunday joy nomlaridan bir nechtasini yigʻdim. Mabodo siz ham bunday toponimlarni bilsangiz, izohlarda qoldiring. Qayerda joylashganini aytmang. Nom tarixi haqida oʻrganib, maʼlumot qidirib koʻraman. Topa olsam, boʻlajak materialimga kiritaman.

👍17🔥10