Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Uksus va kislota

Uksus mevalarni konservalashda va ovqatga qoʻshiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan oʻtkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlikdir. Bu soʻz bizga rus tili orqali kirib kelgan. Asli yunoncha oxys – achchiq, nordon soʻziga borib taqaladi.

Ilmiy adabiyotlar va qoʻllanmalarda ishlatiladigan kislota va oksid soʻzlari ham uksus bilan qarindosh. Kislota soʻzini rus olimi Mixail Lomonosov oʻylab topgan. U yunoncha oxytatos – juda nordon soʻzini ruschaga shunday tarjima qilgan. Dastlab bu soʻz uning oʻziga ham gʻalati tuyulgan, lekin tilga singib ketishidan umid qilgan. Olimning niyati amalga oshgan va u yasagan bir nechta yangi atamalar qatori kislota ham rus tilining lugʻat boyligiga aylangan.

@oriftolib
👍32🔥6
​​PISA natijalari eʼlon qilindi

Oʻzbekiston ilk bor PISA xalqaro baholash dasturida ishtirok etdi. Natijalar quvonarli emas: reytingda eng oxirgi oʻrinlardan birini egalladik. Biroq bu baribir yaxshi. Chunki holatimizga oyna tutdik, ahvolimizni bildik. Endi shunga yarasha oʻzimizni oʻnglashimiz kerak.

Ikki yil oldin PISA, TIMSS, PIRLS tadqiqotlari sinovlariga tayyorgarlik koʻrishga moʻljallangan STesting loyihasiga muharrirlik qilgandim. Dunyo oʻquvchilarga qoʻyadigan talab, malaka va koʻnikmalarni baholash mezonlari tamoman boshqacha ekanini oʻshanda koʻrib-bilgandim.

PISA haqida:

Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 yoshli oʻquvchilarning bilim olish darajasini oʻlchashga qaratilgan.

Baholash ilk bor 2000-yilda oʻtkazilgan. Oʻshandan beri har uch yilda bir marta oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalari sinaladi. Soʻnggi yillarda PISA koʻplab IHTT (OECD)ga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar ham qoʻshildi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, mamlakat qancha boyroq boʻlsa, oʻquvchilarning matematik qobiliyati, oʻqish qobiliyati va tabiiy fanlarni bilish qobiliyati balandroq boʻladi. Biroq bunda ham istisnolar bor. Masalan, Vyetnam iqtisodiy ahvoliga nisbatan baland natijani qayd etgan boʻlsa, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni oʻz iqtisodiy salohiyatiga nisbatan pastroq natija koʻrsatgan.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar hatto urush quchogʻida, bombalar ostida yashayotgan falastinlik tengdoshlaridan yomonroq ballar olgan.

@oriftolib
😢14👍9
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
PISA, o‘qish ko‘nikmasi va bolalar adabiyoti

PISA tadqiqotlaridan yomon natija qayd etganimiz bolalar adabiyotidagi muammolarimiz bilan ham bog‘liq ekanini unutmaylik. O‘qish savodxonligi bolalarda kichik yoshdan rivojlantirib boriladigan muhim ko‘nikma. Sir emas, adabiyotimizda zamonaviy bolalar ehtiyojiga mos, sifatli matnlar juda-juda kam.

Qolaversa, o‘qib tushunish ko‘nikmasi aniq ta’limiy maqsadlarni qamrab olgan, o‘qishlilik darajasi (readability) bolaning yoshiga mos matnlar asosida shakllantiriladi. Ya’ni 8 yoshli bolaga 10 yoshli bolaning matni berilmaydi. Afsuski, bizda bolalar uchun yozilgan matnlarning yosh toifasini aniqlab beruvchi ilmiy metodlar mavjud emas. Bu haqida ko‘p yozganman.

Yana o‘zbek ijodkorlariga xos g‘alati qarashlar ham yo‘q emas. Emishki, bolalar uchun yozilgan asarda albatta katta hikmat, tarbiyaviy g‘oya bo‘lishi shart. Mana shu qarash tufayli biz 5 yoshli bola uchun ham "hikmatli" asarlar yozib ularni bezdiramiz. Yo‘q, bola shunchaki o‘qib malaka oshirishi, matnni his qilishi, harakat va ma’lumotlar ketma-ketligini kuzatishi uchun ham sodda asarlar yozish mumkin-ku! "Kitob stolning ustida. Kitob stolning ostida. Kitob stolning ortida. Endi kitob qayerda? (rasm)" kabi juda sodda matnlar biz uchun ma’nisizdek, badiiy asar emasdek tuyuladi. Sababi bola shu matn vositasida juda muhim "boshqa" ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi haqida tasavvurga ega emasmiz.

Umuman, biz o‘qish savodxonligi faqatgina ravon o‘qish, badiiy asardan zavqlanish va undan hikmat izlash emasligini anglab olishimiz shart!

Ta’limimiz rivojlanishi uchun bizga sifatli bolalar adabiyoti zarur!

@bolalar_yozuvchisi
👍40
Dirham va drahma

Dirham – oʻtmishda va hozir baʼzi musulmon oʻlkalarda pul birligini, ayrim joylarda ogʻirlik oʻlchovini bildiruvchi soʻz. U tilimizga arab va fors tillarini oralab yetib kelgan. Asli yunoncha drachme soʻzidir. U kumush pulni va ogʻirlik oʻlchov birligini ifodalagan.

Drahma esa qadimgi va zamonaviy Gretsiyaning pul birligidir. U ogʻirlik oʻlchov birligi sifatida ham ishlatilgan. Eski yunonchada drachme soʻzi tutam, hovuch, Qadimgi Afina pul birligi kabi maʼnolarda qoʻllangan. 2002-yili yevroga oʻtilishi munosabati bilan drahma muomaladan olingan, lekin uni yevroga almashtirishga 10 yil davomida ruxsat berilgan. Gretsiyada drahmani yevro bilan barobar muomalaga kiritish harakatlari ham bor.

@oriftolib
👍16
“Qaltis yemoq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
23%
Ziyonga kirmoq
55%
Shikastlanmoq
23%
Tanbeh eshitmoq
👍32😢4💯2
Shotut, chilonjiyda, kishmish: oʻtmishi qiziq nomlar

Hamidulla Hasanov “Geografik nomlar siri” kitobida yozishicha:

👉 Shotut soʻzi koʻpincha shohtut deb izohlanadi, aslida esa shomtut, yaʼni Shom (Suriya) nomidan olingan. Ruschada шелковица сирийская deyiladi.

Xalq tilida aytiladigan baliq tut aslida balxi tutdir. U Afgʻonistondagi Balx shahri nomidan hosil boʻlgan.

👉 Chilonjiyda asli jilonjiydaning oʻzgargan shakli. Jilon soʻzining ilonga aloqasi yoʻq, bu soʻz Erondagi Gʻilon (Jilon) viloyati nomidan olingan.

👉 Qirmiska uzumning ham Qrimga daxli yoʻq, bu qirmizi – qizgʻish soʻziga, kishmish esa Eron janubidagi Keshm oroli nomiga bogʻliq.

@oriftolib
👍67🔥7
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Duplikat
87%
Dublikat
💯30👍14🔥2
Topilmagan, aniqlangan

OAV xabari:

JSST o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan bolalar siropi topilganini ma’lum qildi.
 
🔎 Sirop fanga noma’lum qanaqadir giyoh yoki jonivor emas. U maxsus ishlab chiqarilgan suyuqlik. Uning zaharli ekani, sog‘liqqa zarar yetkazishi topilmaydi, aniqlanadi.

Demak, jumlani mana bunday shaklda berish kerak:

JSST o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan bolalar siropi aniqlanganini ma’lum qildi.

@oriftolib
👍67💯10🔥6
Qor

Qor turkiy soʻz sanaladi. Biz tomonlarda qor yogʻadi, uchqunlaydi, pagʻalaydi, pagʻa-pagʻa yogʻadi, boʻralaydiLaylak qor, qor kuramoq, qorbobo, qor suvi kabi iboralar bor. Qolgan ishga qor yogʻmasin desangiz, siz ham fikr qoldiring 😇☺️

Siz tomonda nima gaplar? Qor yogʻishini qanday soʻzlar bilan ifodalaysiz? Umuman qor bilan bogʻliq soʻzlarni yozishingiz mumkin.

👉 Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang.

@shevashunos
👍51💯3🔥2
Goʻniya va Pentagon

Ustalar burchakning toʻgʻriligini tekshirish uchun ishlatadigan uskuna bor – goʻniya. Bu soʻzning koʻrinishi oʻzbekcha boʻlsa ham, oʻzi chet ellik ekani oz-moz sezilib turadi. U yunoncha gōniá – burchak soʻzidan hosil boʻlgan. Qadimgi yunon tilida ham bor boʻlgan bu soʻz hind-yevropa tillaridagi ǵónutizza, jagʻ oʻzagidan hosil boʻlgan.

Usta va duradgorlar goʻniya soʻzi bilan birga burchak, toʻqsonburchak kabi soʻzlarni ham qoʻllaydi.

Pentagon soʻzi beshburchak maʼnosiga ega. Shu sabab AQSH Mudofaa vazirligining beshburchak shaklidagi binosi Pentagon deb ataladi. Bu soʻz koʻpincha vazirlik nomi oʻrnida ham ishlatiladi. Uning oʻzagida gōniá soʻzi qatnashgan.

Tilimizda qoʻllanadigan diagonal, poligon, trigonometriya kabi oʻzlashmalar ham goʻniya bilan oʻzakdosh.

@oriftolib
👍38
​​Texnika xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi

Bu ikki tushuncha ko‘pincha adashtirib qo‘llanadi. Aslida texnika xavfsizligi ruschadan biroz yanglish o‘girilgan. To‘g‘risi – texnik xavfsizlik.  U tizimning mustahkamligi, butunligiga zarar yetkazadigan holatlarning, sanoat tizimlaridagi xavfli to‘xtalishlar va uzilishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu atama hozir kam ishlatiladi.

Xavfsizlik texnikasi atamasining bir necha izohi bor. U yuqoridagi sharhga yaqin ma’noda ham qo‘llanadi. Bundan tashqari, insonning har qanday faoliyati, jumladan, mehnat faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni bildiradi. Oldin shu nomdagi o‘quv fani ham bo‘lgan.

Vikipediyaga ko‘ra, bu atamaning sanoat jarayonidagi faoliyat xavfsizligini ta’minlash ma’nosi hozir eskirgan. Uning o‘rniga mehnat himoyasi atamasi ishlatilyapti. U inglizchada Health & Safety (H&S) – sog‘liq va xavfsizlik birikmasi bilan ifodalanadi.

🟢 Demak, faoliyat xavfsizligi bilan bog‘liq o‘rinlarda texnika xavfsizligi birikmasini emas, xavfsizlik texnikasi atamasini ishlatgan afzal.

#Soʻragan_edingiz
 
@oriftolib
👍21
Lotin alifbomizdagi kamchiliklar bartaraf etiladimi?

Yozishlaricha, “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi konferensiyada Saida Mirziyoyeva lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi kamchiliklarni tilga olib, ularni tuzatish zarurligini ta’kidlabdi.

Alifbomizdagi xomsemiz, qiyinchilik tugʻdiradigan 4 harf – Oʻ, Gʻ, Sh, Ch ixchamlashishi tarafdoriman. Alifbo islohi haqida oʻzim ham bir necha chiqishlar qilganman.

Oʻzgarishlar chala-yarim qilinmaydi, hech qursa, shu 4 harf toʻliq tarkibda ixchamlashadi degan umiddaman.

@oriftolib
👍32🤨3
Elmurod Nishondan tahrir darsi

Futbol xabaridan
Urugvaylik "Real" futbolchisi Valverde “PSJ”ga o‘tadi deb o‘ylamayman.
"Real"ning urugvaylik futbolchisi Valverde “PSJ”ga o‘tmasa kerak.

Futbol sharhidan
Lautaro Martines Xakan Chalxanogluni almashtirdi.
Lautaro Martines Xoqon Cholxono‘g‘liga almashtirildi.

Ob-havo ma'lumotidan
Bugun Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatida havo bulutli bo‘lib...
Bugun Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida havo bulutli bo‘lib...

Serialdan
– Jinoyatchi necha yoshda ekan?
– Salkam oltmishga yaqin.

– Jinoyatchi necha yoshda ekan?
– Ellik besh yoshda (yoki ellik besh-ellik olti yoshlarda).

Eshmon Malla:
Men bu dialogni eshitib, juda hayron qoldim. Suhbatlashayotgan kishilar oddiy odamlar emas, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari. Ular konkret shaxs – o‘zlari tergov qilayotgan jinoyatchi haqida gaplashishyapti-yu, uning aniq yoshini, tug‘ilgan yilini bilishmaydi. Senariy yozayotgan odam qahramonining darajasi, kasb-koriga qarab gapirtirsa, ishonarli va tabiiy chiqadi. Salkam oltmishga yaqin deb taxmin qilib tursa, bunday "yurist"ga, binobarin, uni so‘zlatayotgan serialchilarga qanday ishonasiz?

Manba:
👉 Eshmon Malla kanali

@oriftolib
👍23😱3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
87%
Muvozanat
13%
Muozanat
👍33😎11🤨4💯3
👍34😎19😱5💯5
Otlar uyuri

Ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar tarqaldi:

Otlar podasi yurib ketayotgan joyida muzlab qolibdi.

Og‘aynilar, tilimizda hamma narsaning nomi bor. Otlar to‘dasiga nisbatan uyur so‘zi qo‘llanadi. Poda deb qoramollar to‘dasiga aytiladi. Demak:

Otlar uyuri yurib ketayotgan joyida muzlab qolibdi.

Manba: @tahrir_uz

@oriftolib
👍91🔥11😎5😱4
Ism-familiyalarda boʻgʻin koʻchirilmaydimi?

Ism-familiya boʻgʻinga koʻchirilmaydi deb hisoblaydiganlar koʻp. Aslida qanaqa?

Imlo qoidalariga koʻra, ism va otaismning birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi: A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev, S. R. Muxtorov, M. N. Oqilov kabilarda qisqartmani tepa satrda qoldirib, familiyani pastga koʻchirish mumkin emas.

Ismlar qisqartmasiz yozilganda-chi? Bunda imkon qadar ism, otaism va familiyalarni, taxalluslarni boʻgʻinga koʻchirmagan afzal. Ismga hurmat, madaniyat yuzasidan shunday yoʻl tutgan yaxshi.

❗️ Ammo imkonsiz oʻrinlarda bemalol boʻgʻin koʻchirish mumkin. Bunday soʻzlarda boʻgʻin koʻchirmaslik kerak degan qoida yoʻq. Ayniqsa bosma nashrlarda joy bilan hisoblashishga toʻgʻri keladi. Shu bois boʻgʻin koʻchirmaslik prinsipini qattiq ushlamaslik zarur.

@oriftolib
👍55
Gʻazalkent, Chiroqchi, Buyrak – kutilganidan boshqa maʼnoga ega joy nomlari

Joy nomlarining kelib chiqish tarixi qiziq. Baʼzi joy nomlari dastlab tasavvur qilganimizdan tamoman boshqacha maʼnoga ega. Yurtimizda bunday sirli otga ega shahar va qishloqlar talaygina. “Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday nomlardan baʼzilarini sharhladim.

Toʻliq oʻqish:
👉 dy.uz/F7jwN

@oriftolib
👍17🔥10
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
53%
Gornizon
47%
Garnizon
😎26👍21😢9
😎20🤨14👍12😱2