Tahrirga oid maqolalar
2-qism
🔹 Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun
🔹 Doʻstingizga ulashing, doʻstingiz bilan emas
🔹 Jala yomgʻiri?
🔹 Jangu jadalmi yo jangi jadal?
🔹 Ibrat olamizmi yo oʻrnak?
🔹 Ingliz tilidan tarjima qilingan matnlar tahriridagi oʻziga xosliklar: til iyerarxiyasi va ekvivalentlik
🔹 Ifoda tarzi oʻzbekcha boʻlsin
🔹 Kelinlik uy va kelinli uy
🔹 -ki bogʻlovchisini (yuklamasini) oʻrinsiz qoʻllamang
🔹 Qay birini ishlatish kerak?
🔹 Qarisi bor uyning parisi yoʻq
🔹 Qoʻllanadimi, qoʻllaniladimi?
🔹 Moʻgʻulistonmi yoki Mongoliya?
🔹 Mutasaddimi yoki masʼul?
🔹 Nafar va -ta
👉 1-qism
👉 3-qism
@oriftolib

🔥9👍2
Bepul xalqona izohli lugʻat
Oldinroq onlayn imlo lugʻatlari haqida yozgandim. Shu lugʻat mualliflari xalqona izohli lugʻat ham ishlab chiqishibdi. Unda 35 000 dan ortiq soʻzning maʼnosi sharhlangan. Mualliflar jamoasi oʻzbek tilini oʻrganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun bir necha foydali loyihalarni ishga tushirgan: lotin.uz, imlo.uz, sinonim.uz, sarlavha.com.
Yozishlaricha, bu onlayn izohli lugʻatni foydalanuvchilar muntazam toʻldirib boradi, shu sababli ham u xalqona izohli lugʻat. Soʻzlar ombori deyarli har kuni turmushimizga kirib kelayotgan internet va axborot texnologiyalari, avtomobil sanoati, dizayn, musiqa, qishloq xoʻjaligi, ilm-fan, texnika, madaniyat va sanoatning boshqa barcha yoʻnalishlariga oid yangi hamda klassik adabiyotimizdagi unutilayotgan soʻzlar bilan boyitib boriladi.
“Albatta, ish bor joyda, xato boʻladi. Biz jamlagan maʼlumotlarni absolyut haqiqat deb bilmasdan, ularga tanqidiy yondashib, mustaqil ravishda tekshirgan holda oʻz fikr-mulohazalaringizni berishingizni soʻraymiz... Oʻzbek tili bilan bogʻliq turli xil dasturlar, sunʼiy intellekt va boshqalar bilan band doʻstlarimizga esa hamkorlik qilishni taklif qilamiz. Birlashgan oʻzar”, deydi mualliflar.
Marhamat:
👉 izoh.uz

🔥14👍4💯1
Burchakdagi toshoyna, servant ustidagi soatda gʻurub shuʼlasi yalligʻlanar edi. (X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”.)
Jumladagi “gʻurub” soʻzining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
33%
Katta hajmli sham
48%
Kun botishi
19%
Olov, alanga
🔥14👍10💯6😢1
Hovli – toʻsiqli maydon
Hovli soʻzining asli yunonchaga borib taqalishi oʻzimni ham hayron qoldirdi. Bu soʻzni sof turkiycha, juda boʻlmasa, arabcha yoki forscha deb oʻylardim. Chunki unli bilan boshlanuvchi soʻzlar oldidan h tovushini orttirish – eski oʻzbek soʻzlarida kuzatiladigan holat. Masalan, ovuch hovuchga, yid hidga, oʻkuz hoʻkizga, oʻl hoʻlga aylangan. Biroq hovli soʻzining kechmishi tamom boshqa manzillarga eltadi.
Yunoncha avlí soʻzi atrofi oʻralgan yer, ogʻil, hovli kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbekchada soʻz boshida bir h tovushi ortgan. Bu soʻzni oʻzlashtirgan turkman, uygʻur tillarida ham shu holat, qozoq va turk tillari esa tovush orttirmagan.
Hovli oʻzbekchada biror binoning imoratsiz, koʻpincha atrofi oʻralgan qismi, oila yashaydigan joy, xonadon kabi maʼnolarni anglatadi.

👍32😱1
Koʻpchilik adashadigan holat: oʻzbekistonlikmi yoki Oʻzbekistonlik?
-lik qoʻshimchasi oʻzakka qoʻshilib, ot va sifat yasaydi. Joy nomlariga qoʻshilganda shu joyga mansublikni bildiruvchi soʻz hosil qiladi: hindistonlik, turkiyalik, rossiyalik kabi.
Bunday soʻzlar gap ichida kichik harfda yoziladi. Chunki u joy nomini bildirmayapti. Biror joylik kishini yoki odamning biror joyga mansubligini ifodalayapti:
Bugun xorazmlik kursdoshlarim keldi.
❗️ Eʼtibor bering: joyga mansublik -dan qoʻshimchasi bilan ifodalanganda soʻz bosh harfda yoziladi. Chunki -dan soʻz yasovchi qoʻshimcha emas, u qoʻshilgandan keyin ham soʻz joy nomi xususiyatini saqlab qoladi:
Bugun Xorazmdan kursdoshlarim keldi.
📌 Demak:
Men oʻzbekistonlikman, men Oʻzbekistondanman ✅
Men Oʻzbekistonlikman, men oʻzbekistondanman ❌
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Boshyorar muammo: oʻringa nisbat beruvchi sifatlar imlosi
🔹 Ismlar imlosi: ruxmi yoki ruh?
🔹 Zulayxomi yoki Zulayho?
🔹 Ism-familiyalarni boʻgʻinga koʻchirmagan yaxshi

👍33🔥3
Forwarded from -terminchi
Statistikaga koʻra, karlardan tashqari barcha odamlar eshitgan ibora ekan. 😁
#kuchinskiy #ibora
@terminchi
#kuchinskiy #ibora
@terminchi
🔥18💯15👍9😢1😎1
Savodxonlik darslari
“Ibrat farzandlari” loyihasida tayyorlangan videodarslar:
1-dars. Bogʻgami yo boqqa?
2-dars. Qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar imlosi
3-dars. -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi
4-dars. Takror tovushlar imlosi
5-dars. Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi
6-dars. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
7-dars. Yuklamalar imlosi
8-dars. Koʻmakchilar imlosi
9-dars. Hammayoq yoki hamma yoq?
10-dars. Timqorami yo tim qora?
11-dars. Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?
12-dars. Izofali birikmalar imlosi
13-dars. Joy nomlari imlosi
14-dars. Qisqartma soʻzlar imlosi
15-dars. Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
16-dars. Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi
17-dars. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi
18-dars. Tartib sonlar imlosi
19-dars. Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi
20-dars. Unvonlar qanday yoziladi?
21-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1
22-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
23-dars. Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi
24-dars. Mana bu va manavi, ana bu va anavi
25-dars. Fan nomi qanday yoziladi?
26-dars. -yapti, -yabdi, -ayapti
27-dars. Variantdosh soʻzlar imlosi
28-dars. Sulola nomi qanday yoziladi?
29-dars. Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar, yoʻnalishlar va kafedralar nomi imlosi
30-dars. Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi
31-dars. Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi?
32-dars. -chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
33-dars. Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?
34-dars. Ism-familiyalar imlosi
👉 YouTube’da koʻrish

👍27
Karavot – yotoq
Ruscha krovat oʻzbekcha talaffuzga moslashib, shu shaklga kirgan deb oʻylashingiz mumkin. Taxminingizda jon bor. Biroq bu soʻz ruscha emas, ruslar ham yunonlardan olgan. Qadimgi yunon tilida krávvatos, oʻrta yunon tilida kravvati(o)n shaklida boʻlgan soʻz zamonaviy yunon tiliga kreváti shaklida yetib kelgan.
Asliyatda yotoq, toʻshak maʼnosiga ega, oʻzbekchada toʻrt oyoqli, ustiga koʻrpa-toʻshak solib yotiladigan uy-roʻzgʻor anjomini anglatadi. Yoz kunlari hovli, choyxona va shu kabi joylarga qoʻyiladigan, koʻpchilik oʻtirishiga moʻljallangan qurilmani, yaʼni soʻrini ham shu soʻz bilan atash mumkin.

👍38🔥7💯5😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tahrirchiga ovoz bering!
President Tech Award startaplar tanlovida Tahrirchi sun’iy intellekt yo‘nalishida TOP-5 loyiha safiga kirdi. Endi g‘oliblar onlayn ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi.
Tilimiz rivojiga hissa qoʻshadigan loyihani qoʻllab-quvvatlaylik. Agar gʻoliblik nasib etsa, Tahrirchi tuzukkina sarmoyaga ega boʻladi, bu esa dasturni takomillashtirish imkoni deganidir.
Ovoz berish uchun havola: https://awards.gov.uz
MyID ilovasini yuklab olish: Android | iOS
🔎 Ovoz berish tartibi videoda tushuntirilgan.
✅ Oʻzim ovoz berdim. 2 daqiqacha vaqt ketdi.

👍32🔥4
💯25👍15😢4
💯27🔥4👍3
Piyola – yassi kosa
Oʻzbekchaga forschadan kirgan bu soʻzning ildizlari qadimgi yunon tiliga borib taqaladi. Eski yunonchada phiale suv ichiladigan yassi kosachani anglatgan. Oʻzbekchada tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan taglikli idishni bildiradi.
Tadqiqotlarga koʻra, piyolalar miloddan oldingi I mingyillikning ikkinchi yarmidan beri maʼlum. Qadimgi piyolalar oddiy loydan yasalgan. Zamonaviylari fayans, chinni, keramika, metall, yogʻoch, plastika va boshqa materiallardan ishlanadi.
Piyolalar Osiyoda ommalashgan. Bu idishdan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Tatariston va Boshqirdistonda hozir ham keng foydalaniladi.

👍25
Imloga oid maqolalar
3-qism
🔹 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin
🔹 Yondashmoq va yondoshmoq
🔹 Jahon chempionati: bosh harf bilanmi yoki kichik?
🔹 Zulayxomi yoki Zulayho?
🔹 Igrekmi yoki igrik?
🔹 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
🔹 Izofali birikmalar imlosi
🔹 Iksmi yoki eks?
🔹 Imlo islohi: xalqaro tashkilot va brendlar nomi
🔹 Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar
🔹 Ismlar imlosi: ruxmi yoki ruh?
🔹 Ism-familiyalarni boʻgʻinga koʻchirmagan yaxshi
🔹 Ketma-ket yuklamalar imlosi
🔹 -ki bogʻlovchisi imlosi
🔹 Kobeydjing va Gyote
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 4-qism

🔥6👍3
Yoshlikning siri
Uzoq yillar oldin bir qishloqda toʻqson yoshli chol yashardi. Yoʻq, uni chol deb boʻlmasdi. Yigitlarday bardam va oʻktam edi. Uni koʻrganlar, tanigan-tanimaganlar yosh koʻrinishining siri nimada ekanini soʻrardi. Bunday paytlarda boboy mayin jilmayib qoʻyar, bir soʻz demasdi. Lekin soʻrovchilar koʻpayib borar, javob bermaslikning iloji tobora kamayardi. Axiyri otaxon bu jumboqning yechimini aytishga qaror qildi.
Bir kuni bu sirga qiziquvchilarni mehmonga chaqirdi. Bundan xabar topganlar navqiron cholning uyiga daryoday oqib keldi. Katta ziyofat tashkil etildi. Taomlar yeyildi, sharbatlar ichildi, shirin suhbatlar qurildi. Biroq yoshlik siri haqida bir ogʻiz ham soʻz aytilmadi. Oʻtirganlar osh-nonga emas, boboyning ogʻziga mahtal boʻlib turgan bir paytda nuroniy otaxon kuymalanib yurgan kampirini chaqirib qoldi:
– Onasi, malol kelmasa, omborga kirib, tarvuz olib chiqqin.
Choli kabi ochiq yuzli, farishtali bu kampir qilayotgan ishini shu zahoti tashladi, omborga yoʻl oldi. Zum oʻtmay bitta tarvuz koʻtarib chiqdi. Boboy tarvuzni chertib koʻrdi-da:
– Yoʻq, bu tarvuzing boʻlmaydi, boshqasini opchiq. Seniyam ovora qildim-da, – dedi.
Onaxon bir ogʻiz soʻz aytmay, yana ortiga qaytdi. Keyingi tarvuz ham boboyga yoqmadi:
– Yana ovora boʻlasan-da endi, onasi. Bu tarvuz ham yaramaydi. Mehmonlarga eng yaxshisini soʻyib beraylik, tanlab olib chiq, – dedi u.
Bu holat yana davom etdi. Beshinchi qatnovda olib chiqilgan tarvuzgina boboyga maʼqul tushdi. Tarvuz soʻyilib, dasturxonga qoʻyildi. Yigʻilganlar miriqib tarvuzxoʻrlik qilayotgan paytda otaxon soʻradi:
– Mening yoshligim siri mana shunda, bildilaringmi, qadrdonlar?
Hamma bir-biriga hayron boʻlib qaradi. Hech kim hech narsa eshitmadi-ku.
– Yoʻq, otaxon, hech narsa anglamadik. Tushuntiribroq gapiring, – deyishdi mehmonlar.
Boboy kuldi:
– Obbo, azamatlar-yey, – dedi u, – sezmadilaringmi, ayolim har gal bir xil tarvuzni olib chiqdi. Omborda bittagina tarvuz bor edi xolos. Men unga: “Bor, boshqasini olib chiq”, deganim zahoti omborga yugurdi. Oʻsha tarvuzni qayta-qayta olib kelaverdi. Biror marta: “Ey inson, aqlingizni yeb qoʻyganmisiz?! Oʻzi bittagina tarvuz boʻlsa, nimaga meni yugurtiraverasiz”, deb norozilanmadi. Meni sizning oldingizda oʻngʻaysiz holatga tushirmadi. Shu paytgacha sogʻ, bardam va keng koʻngilli boʻlib yurganim uchun xotinimdan qarzdorman. Biz bir-birimizni boshqalarning oldida hech qachon qiyin vaziyatga tushirmaymiz. Oila ichidagi hech bir gapni tashqariga chiqarmaymiz. Doim bir-birimizni qoʻllab-quvvatlab, dardimizni boʻlishib, bir-birimizga koʻmaklashib kelganmiz. Oʻzaro muammolarimizni bir-birimizga aytamiz, birga hal qilamiz. Yaxshi-yomon har qanday holatda birga boʻlamiz.
👉 Ibratli hikoyalardan
“Maʼrifat” gazetasining 2015-yil 18-iyul sonida eʼlon qilingan.

👍33🔥19
Soʻz qoʻllash mavzusidagi maqolalar
3-qism
🔹 Tinch okean
🔹 Toʻrt muchaga nimalar kiradi?
🔹 Oʻzbekchasi boʻlaturib, ishlatilmaydi – oʻzimizning “begona” soʻzlar
🔹 Ulgurji va chakana
🔹 Xatoday koʻrinadigan, aslida toʻgʻri soʻzlar
🔹 Hammayoqda “shapka”!
🔹 Hirs va xirs
🔹 Hokimiyatmi yoki hokimlik?
🔹 Chalkashtiruvchi paronimlar – bizni shakli va talaffuzi bilan adashtiradigan soʻzlar
🔹 Chigirtka soʻzlar
🔹 Sovqotmoq va maʼnodoshlari
🔹 Shamol va sinonimlari
🔹 Lozimanda
🔹 Yondashmoq va yondoshmoq
🔹 Kushxonami yoki qushxona?

👍13
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Targ‘ibot ishlari avjida!
Tahrirchiga ovoz bering!
Qo‘llanma:
1. MyID ilovasini o‘rnating: Android | iOS
2. Avtorizatsiyadan o‘ting.
3. Keyin awards.gov.uz saytiga kirib, Ovoz berish tugmasini bosing.
4. Sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida Tahrirchi loyihasini tanlang.
5. Mezonlar bo‘yicha baholab, ovoz bering.
6. Bo‘ldi!

👍22🔥5
Uksus va kislota
Uksus mevalarni konservalashda va ovqatga qoʻshiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan oʻtkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlikdir. Bu soʻz bizga rus tili orqali kirib kelgan. Asli yunoncha oxys – achchiq, nordon soʻziga borib taqaladi.
Ilmiy adabiyotlar va qoʻllanmalarda ishlatiladigan kislota va oksid soʻzlari ham uksus bilan qarindosh. Kislota soʻzini rus olimi Mixail Lomonosov oʻylab topgan. U yunoncha oxytatos – juda nordon soʻzini ruschaga shunday tarjima qilgan. Dastlab bu soʻz uning oʻziga ham gʻalati tuyulgan, lekin tilga singib ketishidan umid qilgan. Olimning niyati amalga oshgan va u yasagan bir nechta yangi atamalar qatori kislota ham rus tilining lugʻat boyligiga aylangan.

👍32🔥6
PISA natijalari eʼlon qilindi
Oʻzbekiston ilk bor PISA xalqaro baholash dasturida ishtirok etdi. Natijalar quvonarli emas: reytingda eng oxirgi oʻrinlardan birini egalladik. Biroq bu baribir yaxshi. Chunki holatimizga oyna tutdik, ahvolimizni bildik. Endi shunga yarasha oʻzimizni oʻnglashimiz kerak.
Ikki yil oldin PISA, TIMSS, PIRLS tadqiqotlari sinovlariga tayyorgarlik koʻrishga moʻljallangan STesting loyihasiga muharrirlik qilgandim. Dunyo oʻquvchilarga qoʻyadigan talab, malaka va koʻnikmalarni baholash mezonlari tamoman boshqacha ekanini oʻshanda koʻrib-bilgandim.
PISA haqida:
Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 yoshli oʻquvchilarning bilim olish darajasini oʻlchashga qaratilgan.
Baholash ilk bor 2000-yilda oʻtkazilgan. Oʻshandan beri har uch yilda bir marta oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalari sinaladi. Soʻnggi yillarda PISA koʻplab IHTT (OECD)ga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar ham qoʻshildi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, mamlakat qancha boyroq boʻlsa, oʻquvchilarning matematik qobiliyati, oʻqish qobiliyati va tabiiy fanlarni bilish qobiliyati balandroq boʻladi. Biroq bunda ham istisnolar bor. Masalan, Vyetnam iqtisodiy ahvoliga nisbatan baland natijani qayd etgan boʻlsa, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni oʻz iqtisodiy salohiyatiga nisbatan pastroq natija koʻrsatgan.
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar hatto urush quchogʻida, bombalar ostida yashayotgan falastinlik tengdoshlaridan yomonroq ballar olgan.

😢14👍9
Savodxonlik testlari
Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar uchun
2-qism
🔹 Ajdarho, ajdaho
🔹 Suhbat, suxbat
🔹 Chopagʻon, chopogʻon
🔹 Uzilish, uzulish
🔹 Shaxd, shaxt, shahd
🔹 Xayriya, hayriya
🔹 Usti-bosh, ust-bosh, ustbosh
🔹 Sovumoq, sovimoq
🔹 Hiqichoq, xiqichoq
🔹 Burushmoq, burishmoq
🔹 Sovurmoq, sovirmoq
🔹 Ilgargi, ilgarigi
🔹 Mazaxlamoq, mazahlamoq
🔹 Mana bu, manavi
🔹 Tuzik, tuzuk

👍19