Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qoyadan tushgan marmar

Bizga arab tili orqali kirgan marmar soʻzi yunonchada marmaros shakliga ega. U tosh, choʻqqi, qoya parchasi, yaltiroq tosh kabi maʼnolarni anglatadi. Yunoncha bu soʻz juda koʻp dunyo tillariga kirib borgan.

Marmar – asosan qurilishda, baʼzi ziynat buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan, har xil rangda uchraydigan kristalli togʻ jinsi. Marmardan oʻlkamizda qadimdan foydalanilgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlardagi meʼmoriy obidalarda yirik va mayda marmartoshlar ishlatilgan. Oʻzbekistonda Gʻozgʻon, Nurota, Zarband, Tomchiota, Koʻchat kabi marmar konlari bor.

Turkiyaning Yevropa va Osiyo qismlarini ajratib turuvchi dengiz Marmar nomi bilan ataladi. Yaqin oradagi orolda marmar koʻpligi uchun orol va dengizga shunday nom berilgan.

@oriftolib
👍19🔥4
​​“Xodunok”ning oʻzbekchasi nima?

Yurishni oʻrganayotgan goʻdaklar, sogʻligʻini tiklayotgan bemorlar, nogiron va qariyalar foydalanadigan arava turi bor. Ruschada xodunok deyiladi.

Bolalarga moʻljallangan bunday “toy-toy” aravachalar bizda endi ommalashdi. Oldin predmetning oʻzi boʻlmagani uchun, tabiiyki, uning oti ham boʻlmagan. Masalan, 1984-yili nashr etilgan 2 jildli ruscha-oʻzbekcha lugʻatga bu soʻz kiritilmagan.

Bemorlar, nogironlar va qariyalar oldin ham bu vositadan foydalangan. Shifoxonalarda kasallar stulsimon bu jihozga tayanib yurganiga koʻzim tushgan, lekin u oʻzbekchada qanday atalishini eshitmaganman.

Xodunok Xorazm shevasida adaqarva, otaqarva deyilar ekan. Bilgichlarning aytishicha, adoq, yaʼni oyoq va arava soʻzlaridan yasalgan. Boshqa variantga koʻra: yetoq arava, yaʼni yetov arava soʻzining talaffuz varianti. Juda yaxshi ot qoʻyishgan ekan, menga maʼqul keldi. Qoraqalpogʻistonda esa adagarba deyilarkan, bu ham adaqarvaning qoraqalpoqcha talaffuzi.

Xoʻsh, oʻzbekchada qanday atash kerak? Menimcha, yetov arava – zoʻr variant. Bitta tushunchani ifodalayotgani uchun qoʻshma soʻz sifatida qoʻshib yozish ham mumkin: yetovarava. Yoki adogʻarava deyish kerak.

Men boshqa bir variant ham oʻyladim, qisqa-loʻnda: tayanchiq. Ammo bu soʻz tilimizda tirgovuch, suyanchiq, tayanch kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.

🟢 Siz qanday fikrdasiz?

@oriftolib
👍41🤨3💯1
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Havaskor va professional ijodkorlarni "Galaktikada bir kun" nomli fantast yozuvchilar klubiga taklif qilamiz.

Klub ​​fantastika janrini rivojlantirishni, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni, yurtimizda olim va muhandislar, ixtirochi-yu kashfiyotchilarning ko‘payishiga hissa qo‘shishni ko‘zlaydi.

Klubga aʼzo bo‘lish uchun

👤nomzodning yoshi 12 ga to‘lgan bo‘lishi;
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilishi;
🚀o‘zbek tilida, aynan ilmiy-fantastika, fentezi, komiks janrlarida ijod qilishi;
📋o‘zi yozgan asardan 200-400 so‘zdan iborat kichik parchani (imlo xatolariga eʼtibor beriladi) yuborishi lozim.

Agar nomzodning ijodiy ishlari talabga javob bersa, u klubga aʼzo etiladi.

Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi va ijodlaridan namuna yuborishi mumkin:

👉 https://forms.gle/YDJkyDLDUERSBsYf9
👍16
Quti – sandiqning bolasi

Sandiq soʻzi asli yunonchaligi haqida oldinroq yozgan edim. Sandiqning kichik shaklini ifodalovchi quti soʻzi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunon tilidagi kutí(on) – kichik sandiq soʻzidan hosil boʻlgan. Qadimgi yunon tilidagi kibōtion soʻzi keyinchalik tovush oʻzgarishiga uchragan. Baʼzi olimlar bu soʻzni oromiy tilidagi ḳubbtā – qubba, hujra soʻzi bilan bogʻlaydi.

Quti arab tili orqali oʻzlashgan, oʻzbekchada sandiqcha, yashik, korobka, pilla qurti korobkasi va undan chiqqan ipak qurti kabi maʼnolarni anglatadi.

Qoʻqon xonligida oliq-soliqlardan toʻplangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori qutidor deb nomlangan. Bu soʻz quti-quti pul-dunyosi boʻlgan yirik boy va sarmoyadorni ham bildirgan.

@oriftolib
👍21
Yaxshi xabar: jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbekchaga oʻgiriladi

Prezidentning “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Yoshlar ishlari agentligi rahbarligida jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar roʻyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

2023–2024-yillarda dastlabki 50 nomdagi kitob tarjima qilinadi, nashrga tayyorlanadi va chop etiladi.

Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi bepul foydalanadigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

@oriftolib
👍57🔥9
​​Bepul xalqona izohli lugʻat

Oldinroq onlayn imlo lugʻatlari haqida yozgandim. Shu lugʻat mualliflari xalqona izohli lugʻat ham ishlab chiqishibdi. Unda 35 000 dan ortiq soʻzning maʼnosi sharhlangan. Mualliflar jamoasi oʻzbek tilini oʻrganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun bir necha foydali loyihalarni ishga tushirgan: lotin.uz, imlo.uz, sinonim.uz, sarlavha.com.

Yozishlaricha, bu onlayn izohli lugʻatni foydalanuvchilar muntazam toʻldirib boradi, shu sababli ham u xalqona izohli lugʻat. Soʻzlar ombori deyarli har kuni turmushimizga kirib kelayotgan internet va axborot texnologiyalari, avtomobil sanoati, dizayn, musiqa, qishloq xoʻjaligi, ilm-fan, texnika, madaniyat va sanoatning boshqa barcha yoʻnalishlariga oid yangi hamda klassik adabiyotimizdagi unutilayotgan soʻzlar bilan boyitib boriladi.

“Albatta, ish bor joyda, xato boʻladi. Biz jamlagan maʼlumotlarni absolyut haqiqat deb bilmasdan, ularga tanqidiy yondashib, mustaqil ravishda tekshirgan holda oʻz fikr-mulohazalaringizni berishingizni soʻraymiz... Oʻzbek tili bilan bogʻliq turli xil dasturlar, sunʼiy intellekt va boshqalar bilan band doʻstlarimizga esa hamkorlik qilishni taklif qilamiz. Birlashgan oʻzar”, deydi mualliflar.

Marhamat:
👉 izoh.uz

@oriftolib
🔥14👍4💯1
Burchakdagi toshoyna, servant ustidagi soatda gʻurub shuʼlasi yalligʻlanar edi. (X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”.)

Jumladagi “gʻurub” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
33%
Katta hajmli sham
48%
Kun botishi
19%
Olov, alanga
🔥14👍10💯6😢1
Hovli – toʻsiqli maydon

Hovli soʻzining asli yunonchaga borib taqalishi oʻzimni ham hayron qoldirdi. Bu soʻzni sof turkiycha, juda boʻlmasa, arabcha yoki forscha deb oʻylardim. Chunki unli bilan boshlanuvchi soʻzlar oldidan h tovushini orttirish – eski oʻzbek soʻzlarida kuzatiladigan holat. Masalan, ovuch hovuchga, yid hidga, oʻkuz hoʻkizga, oʻl hoʻlga aylangan. Biroq hovli soʻzining kechmishi tamom boshqa manzillarga eltadi.

Yunoncha avlí soʻzi atrofi oʻralgan yer, ogʻil, hovli kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbekchada soʻz boshida bir h tovushi ortgan. Bu soʻzni oʻzlashtirgan turkman, uygʻur tillarida ham shu holat, qozoq va turk tillari esa tovush orttirmagan.

Hovli oʻzbekchada biror binoning imoratsiz, koʻpincha atrofi oʻralgan qismi, oila yashaydigan joy, xonadon kabi maʼnolarni anglatadi.

@oriftolib
👍32😱1
Koʻpchilik adashadigan holat: oʻzbekistonlikmi yoki Oʻzbekistonlik?

-lik qoʻshimchasi oʻzakka qoʻshilib, ot va sifat yasaydi. Joy nomlariga qoʻshilganda shu joyga mansublikni bildiruvchi soʻz hosil qiladi: hindistonlik, turkiyalik, rossiyalik kabi.

Bunday soʻzlar gap ichida kichik harfda yoziladi. Chunki u joy nomini bildirmayapti. Biror joylik kishini yoki odamning biror joyga mansubligini ifodalayapti:

Bugun xorazmlik kursdoshlarim keldi.

❗️ Eʼtibor bering: joyga mansublik -dan qoʻshimchasi bilan ifodalanganda soʻz bosh harfda yoziladi. Chunki -dan soʻz yasovchi qoʻshimcha emas, u qoʻshilgandan keyin ham soʻz joy nomi xususiyatini saqlab qoladi:

Bugun Xorazmdan kursdoshlarim keldi.

📌 Demak:

Men oʻzbekistonlikman, men Oʻzbekistondanman
Men Oʻzbekistonlikman, men oʻzbekistondanman

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Boshyorar muammo: oʻringa nisbat beruvchi sifatlar imlosi
🔹 Ismlar imlosi: ruxmi yoki ruh?
🔹 Zulayxomi yoki Zulayho?
🔹 Ism-familiyalarni boʻgʻinga koʻchirmagan yaxshi

@oriftolib
👍33🔥3
Forwarded from -terminchi
Statistikaga koʻra, karlardan tashqari barcha odamlar eshitgan ibora ekan. 😁

#kuchinskiy #ibora

@terminchi
🔥18💯15👍9😢1😎1
Savodxonlik darslari

“Ibrat farzandlari” loyihasida tayyorlangan videodarslar:

1-dars. Bogʻgami yo boqqa?
2-dars. Qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar imlosi
3-dars. -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi
4-dars. Takror tovushlar imlosi
5-dars. Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi
6-dars. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
7-dars. Yuklamalar imlosi
8-dars. Koʻmakchilar imlosi
9-dars. Hammayoq yoki hamma yoq?
10-dars. Timqorami yo tim qora?
11-dars. Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?
12-dars. Izofali birikmalar imlosi
13-dars. Joy nomlari imlosi
14-dars. Qisqartma soʻzlar imlosi
15-dars. Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
16-dars. Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi
17-dars. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi
18-dars. Tartib sonlar imlosi
19-dars. Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi
20-dars. Unvonlar qanday yoziladi?
21-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1
22-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
23-dars. Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi
24-dars. Mana bu va manavi, ana bu va anavi
25-dars. Fan nomi qanday yoziladi?
26-dars. -yapti, -yabdi, -ayapti
27-dars. Variantdosh soʻzlar imlosi
28-dars. Sulola nomi qanday yoziladi?
29-dars. Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar, yoʻnalishlar va kafedralar nomi imlosi
30-dars. Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi
31-dars. Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi?
32-dars. -chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
33-dars. Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?
34-dars. Ism-familiyalar imlosi

👉 YouTube’da koʻrish

@oriftolib
👍27
Karavot – yotoq

Ruscha krovat oʻzbekcha talaffuzga moslashib, shu shaklga kirgan deb oʻylashingiz mumkin. Taxminingizda jon bor. Biroq bu soʻz ruscha emas, ruslar ham yunonlardan olgan. Qadimgi yunon tilida krávvatos, oʻrta yunon tilida kravvati(o)n shaklida boʻlgan soʻz zamonaviy yunon tiliga kreváti shaklida yetib kelgan.

Asliyatda yotoq, toʻshak maʼnosiga ega, oʻzbekchada toʻrt oyoqli, ustiga koʻrpa-toʻshak solib yotiladigan uy-roʻzgʻor anjomini anglatadi. Yoz kunlari hovli, choyxona va shu kabi joylarga qoʻyiladigan, koʻpchilik oʻtirishiga moʻljallangan qurilmani, yaʼni soʻrini ham shu soʻz bilan atash mumkin.

@oriftolib
👍38🔥7💯5😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tahrirchiga ovoz bering!

President Tech Award startaplar tanlovida Tahrirchi sun’iy intellekt yo‘nalishida TOP-5 loyiha safiga kirdi. Endi g‘oliblar onlayn ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi.

Tilimiz rivojiga hissa qoʻshadigan loyihani qoʻllab-quvvatlaylik. Agar gʻoliblik nasib etsa, Tahrirchi tuzukkina sarmoyaga ega boʻladi, bu esa dasturni takomillashtirish imkoni deganidir.

Ovoz berish uchun havola: https://awards.gov.uz
MyID ilovasini yuklab olish: Android | iOS

🔎 Ovoz berish tartibi videoda tushuntirilgan.

Oʻzim ovoz berdim. 2 daqiqacha vaqt ketdi.

@oriftolib
👍32🔥4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
38%
Holis yordam
62%
Xolis yordam
💯25👍15😢4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
78%
Mumkin
14%
Mumkun
8%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯27🔥4👍3
Piyola – yassi kosa

Oʻzbekchaga forschadan kirgan bu soʻzning ildizlari qadimgi yunon tiliga borib taqaladi. Eski yunonchada phiale suv ichiladigan yassi kosachani anglatgan. Oʻzbekchada tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan taglikli idishni bildiradi.

Tadqiqotlarga koʻra, piyolalar miloddan oldingi I mingyillikning ikkinchi yarmidan beri maʼlum. Qadimgi piyolalar oddiy loydan yasalgan. Zamonaviylari fayans, chinni, keramika, metall, yogʻoch, plastika va boshqa materiallardan ishlanadi.

Piyolalar Osiyoda ommalashgan. Bu idishdan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Tatariston va Boshqirdistonda hozir ham keng foydalaniladi.

@oriftolib
👍25
Yoshlikning siri

Uzoq yillar oldin bir qishloqda toʻqson yoshli chol yashardi. Yoʻq, uni chol deb boʻlmasdi. Yigitlarday bardam va oʻktam edi. Uni koʻrganlar, tanigan-tanimaganlar yosh koʻrinishining siri nimada ekanini soʻrardi. Bunday paytlarda boboy mayin jilmayib qoʻyar, bir soʻz demasdi. Lekin soʻrovchilar koʻpayib borar, javob bermaslikning iloji tobora kamayardi. Axiyri otaxon bu jumboqning yechimini aytishga qaror qildi.

Bir kuni bu sirga qiziquvchilarni mehmonga chaqirdi. Bundan xabar topganlar navqiron cholning uyiga daryoday oqib keldi. Katta ziyofat tashkil etildi. Taomlar yeyildi, sharbatlar ichildi, shirin suhbatlar qurildi. Biroq yoshlik siri haqida bir ogʻiz ham soʻz aytilmadi. Oʻtirganlar osh-nonga emas, boboyning ogʻziga mahtal boʻlib turgan bir paytda nuroniy otaxon kuymalanib yurgan kampirini chaqirib qoldi:

– Onasi, malol kelmasa, omborga kirib, tarvuz olib chiqqin.

Choli kabi ochiq yuzli, farishtali bu kampir qilayotgan ishini shu zahoti tashladi, omborga yoʻl oldi. Zum oʻtmay bitta tarvuz koʻtarib chiqdi. Boboy tarvuzni chertib koʻrdi-da:

– Yoʻq, bu tarvuzing boʻlmaydi, boshqasini opchiq. Seniyam ovora qildim-da, – dedi.

Onaxon bir ogʻiz soʻz aytmay, yana ortiga qaytdi. Keyingi tarvuz ham boboyga yoqmadi:

– Yana ovora boʻlasan-da endi, onasi. Bu tarvuz ham yaramaydi. Mehmonlarga eng yaxshisini soʻyib beraylik, tanlab olib chiq, – dedi u.

Bu holat yana davom etdi. Beshinchi qatnovda olib chiqilgan tarvuzgina boboyga maʼqul tushdi. Tarvuz soʻyilib, dasturxonga qoʻyildi. Yigʻilganlar miriqib tarvuzxoʻrlik qilayotgan paytda otaxon soʻradi:

– Mening yoshligim siri mana shunda, bildilaringmi, qadrdonlar?

Hamma bir-biriga hayron boʻlib qaradi. Hech kim hech narsa eshitmadi-ku.

– Yoʻq, otaxon, hech narsa anglamadik. Tushuntiribroq gapiring, – deyishdi mehmonlar.

Boboy kuldi:

– Obbo, azamatlar-yey, – dedi u, – sezmadilaringmi, ayolim har gal bir xil tarvuzni olib chiqdi. Omborda bittagina tarvuz bor edi xolos. Men unga: “Bor, boshqasini olib chiq”, deganim zahoti omborga yugurdi. Oʻsha tarvuzni qayta-qayta olib kelaverdi. Biror marta: “Ey inson, aqlingizni yeb qoʻyganmisiz?! Oʻzi bittagina tarvuz boʻlsa, nimaga meni yugurtiraverasiz”, deb norozilanmadi. Meni sizning oldingizda oʻngʻaysiz holatga tushirmadi. Shu paytgacha sogʻ, bardam va keng koʻngilli boʻlib yurganim uchun xotinimdan qarzdorman. Biz bir-birimizni boshqalarning oldida hech qachon qiyin vaziyatga tushirmaymiz. Oila ichidagi hech bir gapni tashqariga chiqarmaymiz. Doim bir-birimizni qoʻllab-quvvatlab, dardimizni boʻlishib, bir-birimizga koʻmaklashib kelganmiz. Oʻzaro muammolarimizni bir-birimizga aytamiz, birga hal qilamiz. Yaxshi-yomon har qanday holatda birga boʻlamiz.

👉 Ibratli hikoyalardan

“Maʼrifat” gazetasining 2015-yil 18-iyul sonida eʼlon qilingan.

@oriftolib
👍33🔥19
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Targ‘ibot ishlari avjida!

Tahrirchiga ovoz bering!

Qo‘llanma:

1. MyID ilovasini o‘rnating: Android | iOS
2. Avtorizatsiyadan o‘ting.
3. Keyin awards.gov.uz saytiga kirib, Ovoz berish tugmasini bosing.
4. Sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida Tahrirchi loyihasini tanlang.
5. Mezonlar bo‘yicha baholab, ovoz bering.
6. Bo‘ldi!
👍22🔥5