Orif Tolib
Yozing va mashq qiling Har kuni biror kitobning kamida bir betini koʻchirib yozing. Endi koʻz xotirasidan tashqari harakat xotirasi ham ishga tushadi. Qoʻl yozish jarayonida imloni eslab qoladi. Miya esa yozilgan narsani yaxshiroq uqadi. Tinish belgilari…
Qoidalarni oʻrganing
Ha, bundan qochib qutulib boʻlmaydi. Kitoblar, gazeta-jurnallarni oʻqib, baʼzi qoidalarni mantiq, savqi tabiiy bilan oʻzlashtirib olish mumkin. Lekin imlo va punktuatsiyani toʻlaqonli bilish uchun baribir qoidalarni oʻrganish zarur.
Shu yoʻnalishdagi blog va sahifalar, videodarslar ham yaxshi foyda beradi.
Vaqt, xohish va imkon boʻlsa, repetitorga borish yoki onlayn kurslarga qatnashish ham mumkin. Tabiatimiz shunaqa: tekin narsaning qadri kam boʻladi, pul toʻlasak, xarajatimizni oqlashga harakat qilamiz.
@oriftolib

👍24🔥5🤨1
Tasavvur qilish qiyin: bular aslida yunoncha soʻzlar
Garchi oʻzbek va yunon tillari bir-biridan ancha uzoq boʻlsa-da, ularni bogʻlab turadigan rishtalar bor. Koʻpchilikka maʼlum: fan va texnikaga oid juda koʻp soʻzlar yunonchadan olingan. Biroq turmushimizda ishlatiladigan, biz gʻirt oʻzbekcha deb biladigan baʼzi soʻzlarning ildizi ham qadim Ellada zaminiga borib taqaladi.
“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.
👉 dy.uz/aqR57
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha soʻzlar
🔹 Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha soʻzlar
🔹 Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya – asli odamlarning ismi boʻlgan joy nomlari
🔹 Bular aslida ruscha emas: rus tiliga oʻzlashgan turkiycha soʻzlar
🔹 Doʻppi kiygan soʻzlar – gʻirt oʻzbekcha boʻlib ketgan 15 ta oʻzlashma
🔹 Bu soʻzlar aslida ruscha. Oʻzlashma ekani bilinmaydigan 15 ta qadrdon soʻz

👍19😎4🔥1
Arosat asoratlari
Aralash imloda yozilgan, baʼzan kulgili xatolari bor yozuvlarga koʻzimiz tushib qoladi. Bular – ikki imloda yurganimiz, nuqsonli lotin alifbosining tuya goʻshti yegan islohi, taʼlimdagi muammolar, davlat tilidan foydalanish ehtiyojining pastligi va hokazo muammolar hosilasi.
* Rasm obunachilardan.

🤨26😢19👍11💯2😎1
💯28😱1
Qizini yer-koʻkka ishonmagan... uning butun nuqsonlarini bir maziyat bilgan onasi – Lutfiniso erining davlatidan mumkin qadar koʻproq qoʻporib, shu kenja arzandasiga sarf qilish uchun urinar... edi. (Oybek, “Tanlangan asarlar”.)
Jumladagi “maziyat” nima?
Jumladagi “maziyat” nima?
Anonymous Quiz
42%
Ortiqlik, afzallik
37%
Ayb, gunoh
21%
Kutilmagan holat
👍18😢7
Orif Tolib
Qoidalarni oʻrganing Ha, bundan qochib qutulib boʻlmaydi. Kitoblar, gazeta-jurnallarni oʻqib, baʼzi qoidalarni mantiq, savqi tabiiy bilan oʻzlashtirib olish mumkin. Lekin imlo va punktuatsiyani toʻlaqonli bilish uchun baribir qoidalarni oʻrganish zarur. …
Lugʻatlar bilan ishlang
Imlo lugʻati va izohli lugʻat doimiy ish qurolingizga aylansin. Maʼnosini tushunmagan yoki yozilishida ikkilangan soʻzlaringizni albatta lugʻatdan tekshiring. Buning uchun alohida lugʻat daftar tutganingiz afzal. Yoddan koʻtarilgan soʻzlarga qarab olish ham osonlashadi.
Shaxsiy yozishmalarda, ijtimoiy tarmoqlarda savodli boʻlishga intiling. Toʻgʻri yozish odatga asoslanadi. Xatoga eʼtiborsiz boʻlaverish boshqa oʻrinlarda ham nuqsonli yozishingizga yoʻl ochadi.
Word dasturida oʻzbek lotin imlosini tekshirish xizmati ishga tushgan. Biroq u hali juda zaif. Juda koʻp soʻzlarni tanimaydi. Wordʼda yoki brauzerlarda ishlaganda oʻzbek imlosini tekshirib beradigan maxsus kengaytmalardan foydalanishingiz mumkin. Bunda ham qayerda xato qilayotganingizni oʻrganasiz, ham uni bartaraf etasiz.

👍37
Afinadan kelgan afandi
Afandi soʻzi asli yunoncha desa, odamning ishongisi kelmaydi. Arabcha boʻlishi mumkin, forscha boʻlishi mumkin, lekin yunoncha emas, degan oʻy oʻtadi xayoldan. Biroq tasavvurlarimiz baʼzan bizni aldaydi.
Bugun afandi deganda koʻproq kulgili voqealar qahramoni Nasriddin afandini yoki latifani tushunamiz. Lekin bu soʻz oʻzbekchada janob, hurmatli, oʻqituvchi kabi maʼnolarni ham anglatgan. Bugun esa uni bu maʼnolarda qoʻllash eskirib ulgurdi.
Yangi yunon tilida aféntis – hokim, boshliq, oʻrta yunonchada avféndis – hurmatli kishi, ustoz, eski yunon tilida esa auféntēs – sudda oʻzini oʻzi himoya qila oluvchi kishi maʼnolarini anglatgan. U turkchaga afandi shaklida oʻzlashgan. Afandi Usmonli sultonligida martaba belgisi va harbiy unvonni bildirgan. Bu unvon yevropacha leytenantga toʻgʻri kelgan. XIX asrdan boshlab afandi soʻzi sulton oilasi aʼzolari, ulamolar, amaldorlarga nisbatan hurmat maʼnosida qoʻllana boshlagan. Usmonli sultonligida barcha savodxon kishilar afandi sanalgan.
Zamonaviy turk tilida bu soʻz oʻzbekchadagi muhtaram, inglizchadagi ser, slavyan tillaridagi pan kabi ehtiromli murojaat uchun ishlatiladi.
Xoʻja Nasriddin obrazi va afandi unvonining bogʻlanishiga kelsak. Bu qahramon Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq, Kavkaz, Bolqon mintaqalari va hatto xitoy adabiyotida bor. U baʼzan faylasuf, baʼzan esa baxillik, ochkoʻzlik, ikkiyuzlamachilik, sudxoʻrlik kabi illatlardan kuluvchi soʻfiy qiyofasida tasvirlangan. Ana shu sabab ham uning nomiga hurmat-ehtirom rutbasi – afandi qoʻshib aytilgan.
Baʼzi tadqiqotlarga koʻra, Xoʻja Nasriddin haqidagi latifalar XIII asrda paydo boʻlgan. Uning oʻzi ham shu davrda yashagan. U 1208-yili Turkiyaning Eskishehir shahri yaqinidagi qishloqda tugʻilgan, Koʻniyada oʻqigan, Kastomonuda ishlagan va 1284-yili Akshehir shahrida vafot etgan. Nasriddinning maqbarasi va qabri shu kungacha saqlangan. Baʼzi tadqiqotchilar Xoʻja Nasriddin obrazi VIII–XI asrlarda paydo boʻlgan deb hisoblaydi. Bundan boshqacha talqin va taxminlar ham bor.
2022-yili oʻtkazilgan YUNESKO majlisida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Oʻzbekiston taklifi bilan Xoʻja Nasriddin haqida latifalar aytish anʼanasi insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritildi.
Latifalar qahramoni Xoʻja Nasriddin, Nasriddin xoʻja, Mulla Nasriddin, Nasriddin, Nasriddin afandi, Afandi kabi nomlar bilan mashhur. Uni afandi deb atash Oʻrta Osiyoda, xususan, qirgʻiz, tojik, turkman, uygʻur va oʻzbeklar orasida keng tarqalgan.
👉 Shu kabi soʻzlar izohi

👍37😎4
Boʻron
Gʻarbiy Amerikadagi bir fermernikiga kelishgan bir yigit ish soʻrab keldi. Fermer undan qanday afzalliklari, oʻziga xos sifatlari borligini soʻradi. Yigit javob berdi:
– Men boʻron turganda ham bemalol uxlay olaman.
Bu gap keksa fermerni oʻyga toldirdi: nima demoqchi bu bilan? Lekin yigitni baribir ishga oldi, chunki u nimasi bilandir fermer boboga maʼqul tushdi.
Oradan kunlar oʻtdi. Bir tun qattiq va shiddatli boʻronning guv-guvidan er-xotin fermerlar uygʻonib ketishdi. Obbo, bir falokat boʻlmasaydi degan xayolda uyning u burchidan bu burchiga yugurib, ichkari-yu tashqarini koʻzdan kechira boshlashdi. Deraza va eshiklar zichlab yopilgan, ilgaklari solib qoʻyilgandi. Uy-roʻzgʻor va dalada ishlatiladigan buyumlar omborga olib kirilgan, traktor garajda turardi. Otxona eshigi yaxshilab yopilgan, qulflangan edi. Ichkaridagi hayvonlarning tovushi umuman eshitilmasdi.
Fermer bobo ishchisining xonasiga moʻraladi: yigit miriqib uxlab yotardi. Shu fursat uning xayolida ishchisining gaplari jaranglaganday, oʻsha gaplarning maʼno-mohiyati anglashilganday boʻldi:

Haqiqatan ham, bu harakatchan yigit sokin kunlardayoq harakatga tushgan, boʻronga tayyorgarlik koʻrib qoʻygandi. Hamma narsani joy-joyiga keltirgani sabab bugun shiddatli, qasirgʻali boʻron bosh koʻtarganda u umuman bosh koʻtarmasdi.
Bunday talatoʻpli shamollar barchamizning boshimizda bor. Imkonimiz boʻla turib bajarmagan ishlarimiz bir kuni quyosh botganida manglayimizga ajinlar soladi, yuragimizni gʻijimlaydi. Quyoshi qayta chiqmaydigan boʻlib botadigan kunimiz kelguncha hamma narsani miridan sirigacha toʻgʻrilab, hozirlik koʻra olamizmi? Oʻzimizni oʻnglay, chogʻlay bilamizmi? Buni uddalasak-ku, xoʻp-xoʻp, yoʻqsa, boʻron koʻtarilgan kunda uyqusiz qolamiz. Ammo unda gʻisht qolipdan koʻchgan boʻladi...
👉 Ibratli hikoyalardan

👍48🔥6
Punktuatsiyaga oid maqolalar
2-qism
🔹 Boʻlsa: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Vergul qachon ishlatiladi: eng asosiy 7️⃣ ta qoida
🔹 -gancha: vergul kerakmi yoki yoʻq
🔹 Garchi: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 -guncha, -gungacha: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 -da yuklamasi va vergul
🔹 Jumladan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Zora: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Islohtalab qoidalar: -ganda va vergul
🔹 Koʻra: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Qani: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Qarab: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Qoʻshtirnoq haqida
🔹 Mana: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Matn vergulzor emas
👉 1-qism

👍21🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi yogurt soʻzi haqida videolavha tayyorlabdi. Ammo maʼlumotlar qayerdan olinganini aytish yoddan koʻtarilibdi.
Mayli, keyingi safar aytishar.
👉 Yogurt
👉 Jahongashta soʻzlar
@oriftolib
Mayli, keyingi safar aytishar.
👉 Yogurt
👉 Jahongashta soʻzlar
@oriftolib
🤨25👍12💯2
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Kun hikmati
… Vaqtni “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi”lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
Najmiddin Kubro
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

👍33🔥7
Falsafa va faylasuf
Falsafa va faylasuf soʻzlari ovroʻpocha qiyofada emasligi, koʻzimizga issiq koʻrinayotgani arab tili taʼsiriga tushgani sabablidir. Falsafa yunoncha philosophia – donishmandlikni sevaman soʻzidan hosil boʻlgan. Faylasuf esa philosophos – donolikni sevuvchidir. Tilimizda shu oʻzakdan yasalgan, lekin asl qiyofasini saqlagan boshqa soʻz ham bor – filolog, filologiya.
Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. U olam va unda insonning tutgan oʻrni haqidagi gʻoyalar, dunyoqarashlar tizimini ham anglatadi. Soʻzlashuv tilida mavhum fikr, quruq safsata maʼnosida ham qoʻllanadi. Darvoqe, safsata soʻzi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunoncha sophisma – ayyorlik qilish, aldash soʻzlaridan hosil boʻlgan.

🔥20👍15😎2
Qoyadan tushgan marmar
Bizga arab tili orqali kirgan marmar soʻzi yunonchada marmaros shakliga ega. U tosh, choʻqqi, qoya parchasi, yaltiroq tosh kabi maʼnolarni anglatadi. Yunoncha bu soʻz juda koʻp dunyo tillariga kirib borgan.
Marmar – asosan qurilishda, baʼzi ziynat buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan, har xil rangda uchraydigan kristalli togʻ jinsi. Marmardan oʻlkamizda qadimdan foydalanilgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlardagi meʼmoriy obidalarda yirik va mayda marmartoshlar ishlatilgan. Oʻzbekistonda Gʻozgʻon, Nurota, Zarband, Tomchiota, Koʻchat kabi marmar konlari bor.
Turkiyaning Yevropa va Osiyo qismlarini ajratib turuvchi dengiz Marmar nomi bilan ataladi. Yaqin oradagi orolda marmar koʻpligi uchun orol va dengizga shunday nom berilgan.

👍19🔥4
“Xodunok”ning oʻzbekchasi nima?
Yurishni oʻrganayotgan goʻdaklar, sogʻligʻini tiklayotgan bemorlar, nogiron va qariyalar foydalanadigan arava turi bor. Ruschada xodunok deyiladi.
Bolalarga moʻljallangan bunday “toy-toy” aravachalar bizda endi ommalashdi. Oldin predmetning oʻzi boʻlmagani uchun, tabiiyki, uning oti ham boʻlmagan. Masalan, 1984-yili nashr etilgan 2 jildli ruscha-oʻzbekcha lugʻatga bu soʻz kiritilmagan.
Bemorlar, nogironlar va qariyalar oldin ham bu vositadan foydalangan. Shifoxonalarda kasallar stulsimon bu jihozga tayanib yurganiga koʻzim tushgan, lekin u oʻzbekchada qanday atalishini eshitmaganman.
Xodunok Xorazm shevasida adaqarva, otaqarva deyilar ekan. Bilgichlarning aytishicha, adoq, yaʼni oyoq va arava soʻzlaridan yasalgan. Boshqa variantga koʻra: yetoq arava, yaʼni yetov arava soʻzining talaffuz varianti. Juda yaxshi ot qoʻyishgan ekan, menga maʼqul keldi. Qoraqalpogʻistonda esa adagarba deyilarkan, bu ham adaqarvaning qoraqalpoqcha talaffuzi.
Xoʻsh, oʻzbekchada qanday atash kerak? Menimcha, yetov arava – zoʻr variant. Bitta tushunchani ifodalayotgani uchun qoʻshma soʻz sifatida qoʻshib yozish ham mumkin: yetovarava. Yoki adogʻarava deyish kerak.
Men boshqa bir variant ham oʻyladim, qisqa-loʻnda: tayanchiq. Ammo bu soʻz tilimizda tirgovuch, suyanchiq, tayanch kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.
🟢 Siz qanday fikrdasiz?

👍41🤨3💯1
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Havaskor va professional ijodkorlarni "Galaktikada bir kun" nomli fantast yozuvchilar klubiga taklif qilamiz.
Klub fantastika janrini rivojlantirishni, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni, yurtimizda olim va muhandislar, ixtirochi-yu kashfiyotchilarning ko‘payishiga hissa qo‘shishni ko‘zlaydi.
Klubga aʼzo bo‘lish uchun
👤nomzodning yoshi 12 ga to‘lgan bo‘lishi;
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilishi;
🚀o‘zbek tilida, aynan ilmiy-fantastika, fentezi, komiks janrlarida ijod qilishi;
📋o‘zi yozgan asardan 200-400 so‘zdan iborat kichik parchani (imlo xatolariga eʼtibor beriladi) yuborishi lozim.
Agar nomzodning ijodiy ishlari talabga javob bersa, u klubga aʼzo etiladi.
Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi va ijodlaridan namuna yuborishi mumkin:
👉 https://forms.gle/YDJkyDLDUERSBsYf9

👍16
Quti – sandiqning bolasi
Sandiq soʻzi asli yunonchaligi haqida oldinroq yozgan edim. Sandiqning kichik shaklini ifodalovchi quti soʻzi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunon tilidagi kutí(on) – kichik sandiq soʻzidan hosil boʻlgan. Qadimgi yunon tilidagi kibōtion soʻzi keyinchalik tovush oʻzgarishiga uchragan. Baʼzi olimlar bu soʻzni oromiy tilidagi ḳubbtā – qubba, hujra soʻzi bilan bogʻlaydi.
Quti arab tili orqali oʻzlashgan, oʻzbekchada sandiqcha, yashik, korobka, pilla qurti korobkasi va undan chiqqan ipak qurti kabi maʼnolarni anglatadi.
Qoʻqon xonligida oliq-soliqlardan toʻplangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori qutidor deb nomlangan. Bu soʻz quti-quti pul-dunyosi boʻlgan yirik boy va sarmoyadorni ham bildirgan.

👍21
Yaxshi xabar: jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbekchaga oʻgiriladi
Prezidentning “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Yoshlar ishlari agentligi rahbarligida jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar roʻyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
2023–2024-yillarda dastlabki 50 nomdagi kitob tarjima qilinadi, nashrga tayyorlanadi va chop etiladi.
Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi bepul foydalanadigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

👍57🔥9
Tahrirga oid maqolalar
2-qism
🔹 Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun
🔹 Doʻstingizga ulashing, doʻstingiz bilan emas
🔹 Jala yomgʻiri?
🔹 Jangu jadalmi yo jangi jadal?
🔹 Ibrat olamizmi yo oʻrnak?
🔹 Ingliz tilidan tarjima qilingan matnlar tahriridagi oʻziga xosliklar: til iyerarxiyasi va ekvivalentlik
🔹 Ifoda tarzi oʻzbekcha boʻlsin
🔹 Kelinlik uy va kelinli uy
🔹 -ki bogʻlovchisini (yuklamasini) oʻrinsiz qoʻllamang
🔹 Qay birini ishlatish kerak?
🔹 Qarisi bor uyning parisi yoʻq
🔹 Qoʻllanadimi, qoʻllaniladimi?
🔹 Moʻgʻulistonmi yoki Mongoliya?
🔹 Mutasaddimi yoki masʼul?
🔹 Nafar va -ta
👉 1-qism
👉 3-qism

🔥9👍2
Bepul xalqona izohli lugʻat
Oldinroq onlayn imlo lugʻatlari haqida yozgandim. Shu lugʻat mualliflari xalqona izohli lugʻat ham ishlab chiqishibdi. Unda 35 000 dan ortiq soʻzning maʼnosi sharhlangan. Mualliflar jamoasi oʻzbek tilini oʻrganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun bir necha foydali loyihalarni ishga tushirgan: lotin.uz, imlo.uz, sinonim.uz, sarlavha.com.
Yozishlaricha, bu onlayn izohli lugʻatni foydalanuvchilar muntazam toʻldirib boradi, shu sababli ham u xalqona izohli lugʻat. Soʻzlar ombori deyarli har kuni turmushimizga kirib kelayotgan internet va axborot texnologiyalari, avtomobil sanoati, dizayn, musiqa, qishloq xoʻjaligi, ilm-fan, texnika, madaniyat va sanoatning boshqa barcha yoʻnalishlariga oid yangi hamda klassik adabiyotimizdagi unutilayotgan soʻzlar bilan boyitib boriladi.
“Albatta, ish bor joyda, xato boʻladi. Biz jamlagan maʼlumotlarni absolyut haqiqat deb bilmasdan, ularga tanqidiy yondashib, mustaqil ravishda tekshirgan holda oʻz fikr-mulohazalaringizni berishingizni soʻraymiz... Oʻzbek tili bilan bogʻliq turli xil dasturlar, sunʼiy intellekt va boshqalar bilan band doʻstlarimizga esa hamkorlik qilishni taklif qilamiz. Birlashgan oʻzar”, deydi mualliflar.
Marhamat:
👉 izoh.uz

🔥14👍4💯1
Burchakdagi toshoyna, servant ustidagi soatda gʻurub shuʼlasi yalligʻlanar edi. (X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”.)
Jumladagi “gʻurub” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “gʻurub” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
33%
Katta hajmli sham
48%
Kun botishi
19%
Olov, alanga
🔥14👍10💯6😢1
Hovli – toʻsiqli maydon
Hovli soʻzining asli yunonchaga borib taqalishi oʻzimni ham hayron qoldirdi. Bu soʻzni sof turkiycha, juda boʻlmasa, arabcha yoki forscha deb oʻylardim. Chunki unli bilan boshlanuvchi soʻzlar oldidan h tovushini orttirish – eski oʻzbek soʻzlarida kuzatiladigan holat. Masalan, ovuch hovuchga, yid hidga, oʻkuz hoʻkizga, oʻl hoʻlga aylangan. Biroq hovli soʻzining kechmishi tamom boshqa manzillarga eltadi.
Yunoncha avlí soʻzi atrofi oʻralgan yer, ogʻil, hovli kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbekchada soʻz boshida bir h tovushi ortgan. Bu soʻzni oʻzlashtirgan turkman, uygʻur tillarida ham shu holat, qozoq va turk tillari esa tovush orttirmagan.
Hovli oʻzbekchada biror binoning imoratsiz, koʻpincha atrofi oʻralgan qismi, oila yashaydigan joy, xonadon kabi maʼnolarni anglatadi.

👍32😱1