Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍29🔥6😱6😢3😎3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
88%
Non tandirdan uzildi.
12%
Non tandirdan uzuldi.
👍29💯7😎4🔥1😢1
👍43💯8😎5😱3
​​Nega savodxonlik darajasi past?

Baʼzan hozirgi yoshlar savodsiz boʻlib ketgani haqidagi gap-soʻzlarni eshitamiz. Bunga kimdir maktab taʼlimini, kimdir kam oʻqishni sabab qilib koʻrsatadi. Albatta, bu fikrlarda jon bor. Biroq ana shu shikoyatlarni aytayotganlarning oʻzi ham koʻpincha savod masalasida maqtanarli holatda boʻlmaydi.

Menimcha, savod darajasining umumiy darajasi pastligi jiddiy ehtiyoj yoʻqligi tufayli. Chunki toʻgʻri va xatolarsiz yozishga ehtiyoj sezgan kishi bu koʻnikmani yaxshilash harakatida boʻladi. Ishga yoki oʻqishga kirishda bu xislat hal qiluvchi ahamiyatga egami? Agar jurnalist, kopirayter, nashriyot xodimi kabi tor mutaxassisliklar egasi boʻlmasangiz, savodli yozmasdan ham ishlay, oʻqiy olasiz.

Biroq sezsak-sezmasak, tan olsak-olmasak-da, savod kasbiy obroʻ-eʼtibor va maoshga taʼsir qiladi. Hatto savodxonlik muhim emasdek koʻrinadigan hozirgi holatimizda ham. Oʻzim kuzatgan bir jihatni aytay: sohasining ustasi boʻlgan, chuqur bilimli mutaxassislar odatda savodli ham boʻladi. Bunday kishilar boshqalarga nisbatan yaxshiroq reytingga, demakki, yaxshiroq daromadga ham ega.

AQSH Savodxonlik milliy instituti maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi ishsizlarning 75 foizi oʻqish-yozishga qiynaladi, savod darajasi past boʻlganlarning 43 foizi esa kambagʻallikda kun kechiradi. Bizda bunday tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Mabodo oʻtkazilsa, ishsizlik va savodxonlik darajasi bir-biriga bogʻliqligi yana bir bor tasdiqlansa kerak.

Ikki yilcha oldin vazirlik maqomidagi bir tashkilot faqat chet tilini emas, oʻzbek tilini ham puxta biladigan, savodli mutaxassis topishda yordam soʻradi. Maoshi 15 million soʻm atrofida. Qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar ham bor. Mutaxassis uzoq vaqt topilmadi. Bu savodxonlik oʻta qiyin, egallash mushkul boʻlgan malaka ekanidan emas, savodxon kadrlar joyini tez topishidan darak.

@oriftolib
👍41🔥5💯1
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar uchun

Bilasiz, telegram sahifamda imlo boʻyicha soʻrovnomalar berib boraman. Bu boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar uchun shu soʻrovnomalarni yigʻib chiqdim. Qiziqqanlar oldingi testlar bilan ham tanishishi mumkin:

1-qism

🔹 Lotereya, lotoreya, latareya, lotareya
🔹 Maʼn qilmoq, manʼ qilmoq, man qilmoq
🔹 Muomila, muomala, muomalaa
🔹 Tushunmoq, tushinmoq
🔹 Afv qilmoq, avf qilmoq
🔹 Joniga oro kirmoq, joniga ora kirmoq
🔹 Shohrux, Shohruh, Shoxrux
🔹 Asqatmoq, asqotmoq, azqatmoq, azqotmoq
🔹 Maxsi, mahsi
🔹 Zaxira, zahira
🔹 Bekinmachoq, berkinmachoq
🔹 Zahmat, zaxmat
🔹 Karate, karate
🔹 Urushmoq, urishmoq
🔹 Laqqillamoq, laqillamoq

👉 2-qism

@oriftolib
👍25😱1
Xatolarsiz yozish tugʻma qobiliyat emas

Hech kim oʻz-oʻzidan toʻgʻri yozadigan boʻlib qolmaydi. Bunga faqat oʻrganish va mashq orqali erishish mumkin. Toʻgʻri, baʼzilar tugʻma isteʼdodi sabab buni osonroq uddalay olar. Lekin oʻqish-oʻrganishsiz savodli boʻlish imkonsiz.

Yon-atrofga bir boqing. Odamlar yetti yot begona tillarni oʻrganib, unda toʻgʻri va ravon gapiradigan, yozadigan boʻlyapti. Oʻzbekcha esa oʻz ona tilimiz, uni oʻrganish aslida oson. Imlomiz va punktuatsiyamizda baʼzi boʻshliqlar, murakkabliklar bor. Ammo bu oʻrganish eshigi tambalandi degani emas.

Savodxonlik darajasini yaxshilashni jiddiy niyat qilgan, shunga yarasha harakati va toqati bor kishi uch oy ichida toʻgʻri yozish koʻnikmasini sezilarli darajada yaxshilay oladi. Xoʻsh, shunaqa shijoat paydo boʻldi, deylik. Nima qilish kerak?

👉 Davomi bor...

@oriftolib
👍33🔥2
​​“Amaldagisida na tish va na tirnoq bor” — yangilanayotgan “Davlat tili haqida”gi qonun qanday boʻlishi kerak?

Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev va “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli bilan davlat tili toʻgʻrisidagi qonun haqida suhbat uyushtiribdi.

“Qonun maqomli hujjatda majburiylik, shartlilik boʻlishi kerak. Ammo bizning qonunda koʻproq ikki yoqlamalilik boʻldi, majburiylik sust edi... Yangi qonun loyihasidan xabarimiz yoʻq, hali ochiqlanmadi. Ehtimol, yaxshi loyiha ishlanayotgandir. Qonun maqomidami, majburiylik, javobgarlik boʻlishi kerak”.

“Qonun loyihasini mukammallashtirish ehtiyoji bor. Hech boʻlmasa, bu safar maqbul qonun boʻlsin. Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyib, qoʻshimchalar qoʻshishsa, yanayam yaxshi boʻladi”.

“Endi 12-moddaga qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga koʻra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat boʻlgan taqdirda — boshqa maqbul tilda beriladi” — Oʻzbek tili toʻgʻrisidagi qonunga rus tili nimaga aralashyapti? Sovet davridagi mustamlakachilik tafakkuri bilan yozilgan bu. 1989-yilgi emas, 1995-yildagi tahriri boʻyicha oʻqiyapman bularni”.

Batafsil:
👉 kun.uz/68495666

@oriftolib
👍14🔥4
“Nodon onangni kechir, oʻgʻlim!”

Unda hali yosh edim. Bir kuni uy tozalash bilan ovora boʻlib qolibman, kichik oʻgʻlim javonni ochib, eng yaxshi billur idishimni yerga tushirib yubordi. Qimmatbaho buyum koʻz oʻngimda chil-chil sindi. Dunyoni zulmat bosganday boʻldi, figʻonim falakka chiqib, gʻazabdan dagʻ-dagʻ titradim. Jahl ustida: “Nima qilib qoʻyding?! He, baloga yoʻliqqur! Iloyo, devor tagida qolgin, mana shu idishga oʻxshab singin senam! Onam bergan billur edi-ya! Shu uy dardisarni tozalay depman-da! E, hiqillama! Yoʻqol koʻzimdan!” deya baqirdim. Yana nimalar dedim – esimda yoʻq. Besh-oʻn kundan keyin hatto bu voqeaning oʻzi ham yodimdan koʻtarilib ketdi. Lekin oradan uzoq vaqt oʻtib, hayot uni yana esimga soldi.

Kenjam ulgʻaydi, oliy maʼlumotli boʻldi, yaxshi joyga ishga kirdi. Endi unga kelin qidirish harakatiga tushdim. Oʻzi ham toʻyga harakat boshladi, dadasi bilan maslahatlashib, eski uyni yangilash rejasini tuzdi.

Koʻp oʻtmay ustalarni olib kelishdi, haq masalasida oson til topishishdi, shekilli, ishni tezda boshlab yuborishdi. Hilviroq eski uy gupillab quladi. Shu payt qandaydir sarosima, yugur-yugur boshlandi. Ustalar bilan xoʻjayinim qulagan uy uyumi atrofida aylanar, baqir-chaqir qilar, har kim qoʻliga ilingan narsani olib chetga irgʻitardi. Koʻnglim allaqanday koʻngilsizlikni sezib, behalovat boʻldi, hovliqib yetib bordim. Uyum ostidan ingroq va baqiriq tovushlari eshitilardi. Bechora oʻgʻlim uy tagida qolib ketibdi! Oyogʻim madorsizlandi, koʻz oldim qorongʻilashib, yerga oʻtirib qoldim. Keyingi voqealar elas-elas yodimda: kiyimlari kir-chir, baʼzi joylari qontalash oʻgʻlimni koʻtarib chetga olib chiqishdi, “Tez yordam” mashinasiga solib olib ketishdi.

Shuurim karaxt edi, tilim esa tinmay: “Allohim, tavba qildim... Allohim, oʻzing kechir...” deya takrorlardi. Eng suyukli, meni yeru koʻkka ishonmaydigan, eʼzozlab, ardoqlaydigan bolam, jigarporam gʻaribu notavon boʻlib devorlar ostida qolib ketsa-ya! Birdan xayolimga yoshligim, aytgan qargʻishim tushdi. Oʻsha soʻzni aytguncha tilim uzilsa boʻlmasmidi, oʻsha billur idishdan mingtasi sinib-parchalanib ketsa boʻlmasmidi!..

Ammo endi bu soʻzlardan, hasrat-u nadomatlardan foyda yoʻq. Holsiz, majolsiz yotgan, hatto kipriklarini koʻtarishga ham kuchi yetmayotgan bolamning koʻzlariga qarab ich-ichimdan faryod toshib keladi, “Men nodon onangni kechir, oʻgʻlim!” deya toʻlib-toʻlib yigʻlayman. Taskin-tasallilar foydasiz. Koʻzyoshlarim oxiri qurib bitar, lekin yuragimdagi ogʻriq, afsus-nadomat bitmaydi.

Ey boʻlar-boʻlmasga farzandini qargʻayotgan onalar! Koʻzingizni oching! Har gapga farishtalar omin deydi. Kun kelib menday hasrat chekmang, pushaymon yoshlariga gʻarq boʻlmang! Hatto arzirli sabab boʻlsa ham, bolangizni duoyi bad qilmang. Jigargoʻshangizni balo-yu ofatlardan, yomonliklardan Yaratganning oʻzi asrasin...

“Moʻminalar” jurnalining 2019-yil 1-sonida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
😢25🔥17👍13
Orif Tolib
Xatolarsiz yozish tugʻma qobiliyat emas Hech kim oʻz-oʻzidan toʻgʻri yozadigan boʻlib qolmaydi. Bunga faqat oʻrganish va mashq orqali erishish mumkin. Toʻgʻri, baʼzilar tugʻma isteʼdodi sabab buni osonroq uddalay olar. Lekin oʻqish-oʻrganishsiz savodli boʻlish…
Eng birinchi va eng toʻgʻri yoʻl – oʻqish

Ha, shunday. Soʻzlarning toʻgʻri yozilishini oʻrganish uchun ularni birma-bir yodlab chiqmaysiz. Agar bunday qiladigan boʻlsangiz, oʻzingizni qiynaysiz xolos.

Har qanday kitobni oʻqish savodxonlikni oshiravermaydi. Faqat sifatli kitoblarni mutolaa qilish zarur. Koʻz soʻzlarning qanday yozilishini xotirada saqlab qoladi. Yozayotganingizda ana shu xotira sizga qoʻl keladi. Qancha koʻp oʻqisangiz, koʻz lugʻati ortib boraveradi. Bu soʻz boyligingiz oshishi, nutqingiz ravonlashishiga ham hissa qoʻshadi.

Badiiy adabiyotlar soʻz tovlanishlari, noyob iboralar, chiroyli oʻxshatishlarga boy boʻladi. Masalan, Gʻafur Gʻulom asarlarini oʻqib, oʻzingiz bilmagan-eshitmagan juda koʻp nodir soʻzlarni oʻrganishingiz mumkin.

Oʻz sohangizga oid kitoblarni oʻqish ham foyda beradi. Atamalar va sohaga oid tushunchalarning maʼnosi, imlosini oʻrganasiz.

Mutolaaga har kuni kamida yarim soat, oʻrtacha bir soat vaqt ajrating.

@oriftolib
👍40
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
​​Qalamhaqi haqida...

“Galaktikada bir kun” asarim ilk bor 2019-yili “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan. Nashriyot bilan oʻrtada shartnoma bor. Bunga koʻra, nashriyot sotilgan kitoblardan tushgan sof foydaning 10% ni qalamhaqi sifatida beradi. Shu vaqtga qadar “Galaktikada bir kun” 3 marta, “Koinot javohiri” esa 1 marta nashr etildi. Yaqin kunlarda yana qayta nashr boʻladi.

Shu kunga qadar men qalamhaqi sifatida 11 million soʻm oldim. Albatta, bu katta pul emas, lekin kitobim ommalashib, yildan yilga nashr hajmi oʻsib borayotganini hisobga olish kerak. Yaʼni men asarlarimga (sabr bilan) uzoq muddatli biznes loyiha sifatida qaray olaman.

Taxminim boʻyicha (kitoblarim shu tarzda ommalashishda davom etsa), keyingi yildan boshlab har yili 20 million soʻmgacha qalamhaqi olishim mumkin. Va bu summa oʻsishda davom etadi.

Aytgandek, 2022-yilda “Galaktikada bir kun” asarim uchun 75 million soʻmlik Prezident sovgʻasini ham yutib olganman. Shunday qilib, yozuvchilik ortidan 4 yil ichida topgan sof daromadim 86 million soʻmni tashkil qilmoqda 💰 Boshqacha aytganda, har oyda 1️⃣ 687 500 soʻmdan qoʻshimcha daromadga aylandi (hozircha) 😉

Ayni kunlarda bir kinostudiya bilan oʻzaro kelishuv arafasidaman. Kinostudiya asarim asosida ssenariy yozib berishim uchun 35 million soʻm vaʼda qilmoqda. Asarim film qilinsa, kinoprokatdan tushgan foydadan alohida ulush (10%) ham berishmoqchi...

Aytmoqchimanki, yozuvchilik juda katta daromad olib kelmasa ham, oddiy ishchining oʻrtacha oylik daromadini taʼminlashi mumkin. Bulardan tashqari, YOZUVCHI degan imijning koʻrinmas modiyatga aylanishini ham bor gap. Yaʼni shu imijning oʻzi sizni nisbatan qimmatroq, obroʻliroq ishchiga aylantiradi. Buni oʻz tajribam misolida aytyapman 😎

Xullas, ana shunaqa gaplar, bizning kasb ham juda bir gʻarib emas 😁 Qanday qarashga bogʻliq xolos 😊

@bolalar_yozuvchisi
👍48🔥9😎3🤨2💯1
😎30👍7💯7🤨5
Kim chiroyli?

Boylik va Kambagʻallik bir kishining oldiga kelib, uni savolga tutishdi:

– Ayt-chi, qay birimiz chiroyliroqmiz?

Odam javob berishdan choʻchidi. Xayolidan shunday oʻy oʻtdi: “Kambagʻallik chiroyli, deydigan boʻlsam, Boylik xafa boʻlib ketib qolishi mumkin. Boylik chiroyli deydigan boʻlsam, Kambagʻallikning gʻashi keladi va mendan oʻch oladi. Nima qilsam ekan?”

U biroz oʻylagach, yoʻlini topdi va dedi:

– Birga tursalaring, aniq bir fikr aytolmayman. Yurib turinglar.

Boylik va Kambagʻallik u yoq-bu yoqqa borib kela boshladi. Haligi kishi ularga qarab turib dedi:

– Kambagʻallik, sen ketayotganingda chiroyli koʻrinar ekansan. Sen esa, Boylik, kelayotganingda odamga juda xush yoqar ekansan.

“Omina” jurnalining 2021-yil 31-sonida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍85🔥21😎8
Orif Tolib
Eng birinchi va eng toʻgʻri yoʻl – oʻqish Ha, shunday. Soʻzlarning toʻgʻri yozilishini oʻrganish uchun ularni birma-bir yodlab chiqmaysiz. Agar bunday qiladigan boʻlsangiz, oʻzingizni qiynaysiz xolos. Har qanday kitobni oʻqish savodxonlikni oshiravermaydi.…
Yozing va mashq qiling

Har kuni biror kitobning kamida bir betini koʻchirib yozing. Endi koʻz xotirasidan tashqari harakat xotirasi ham ishga tushadi. Qoʻl yozish jarayonida imloni eslab qoladi. Miya esa yozilgan narsani yaxshiroq uqadi. Tinish belgilari qay oʻrinda va nimaga qoʻllanayotganini tushuna borasiz.

Yozishning bundan-da foydaliroq usuli bor. Sifatli audiokitobdan parcha eshiting va uni qogʻozga tushiring. Keyin uni kitob bilan solishtiring. Qayerlarda, qaysi soʻzlarda xato qilganingizga eʼtibor bering.

Mabodo audiokitob yoʻq boʻlsa, kitobdan parchani oʻzingiz ifodali oʻqing va telefoningiz diktofoniga yozib oling. Keyin uni eshitib, yozishingiz mumkin.

Tayyor diktantlardan ham foydalansangiz boʻladi.

Kundalik tuting, kuningiz qanday oʻtgani, qayerlarga borganingiz, nimalar qilganingizni qogʻozga tushirib boring. Yoki oʻzingizga maʼqul istagan mavzuda yozishingiz mumkin. Soʻng matnda imlosiga ikkilangan soʻzlaringizni lugʻatdan tekshirib, toʻgʻrilab chiqing. Bu toʻgʻri yozishdan tashqari yozma fikrlash malakangizni ham oshiradi. Miyada fikrlar tartibga tushadi, miyada tartib bor degani yozuvda ham tartib bor deganidir.

Yozish mashqi savod darajangiz sezilarli yaxshilangunga qadar davom etishi kerak. Iloji boricha qoʻlda yozing. Biroz muddatdan soʻng mashgʻulotni kompyuterda davom ettirishingiz mumkin.

@oriftolib
👍29🔥5😎2💯1
Oʻkil ona: nega oʻkil?

Toʻylarda kuyov tomondan biror ayol kelinga qatiq ichiradi. Mana shu ayolni enabuvi, oʻkil aya, oʻkil ona kabi nomlar bilan atashadi. Bolaligimda eshitib hayron boʻlardim: nega oʻkil aya? Bu xotinlar ukol qilarmikan, doʻxtirmikan?

Soʻzning etimologiyasi bilan tanishgan kishi u ukolga ham, tibbiyotga ham umuman aloqasiz ekanini anglaydi. Oʻkil soʻzi arabcha vakil soʻzining talaffuz variantidir. U nikoh paytida yigit yoki qiz tomondan kafillikka oʻtuvchi, vakillik qiluvchi kishini anglatadi:

Men sizni boʻlak odam deb turib edim, men gapu avzoyingizdan bildim: otamning oʻkil enasi ekansiz. (“Balogardon”.)

Bu soʻz erkaklarga nisbatan juda kam ishlatiladi. Masalan, men yaqin orada eshitganim yoʻq.

🟢 Nikohdagi vakil sizning shevangizda qanday ataladi?

@oriftolib
👍31🔥1
Xudo” bilan “hudo” – ikki so‘z

Bir jurnal Julqunboy (Abdulla Qodiriy)ning 1923-yili "Mushtum"da bosilgan maqolasini chop etibdi. Maqola yozuvchining "Assalomu ala manittaba’l-xudo" xitobi bilan yakunlangan.

Arabcha so‘zlarning kirillcha transkripsiyasida o‘ta jiddiy va qo‘pol xatolar ketishi haqida ilgari ham yozilgan edi. Bu gal ham holat shunga yaqin.

Borliqni yaratgan, ibodatga munosib zotga nisbatan Xudo so‘zi ishlatiladi va bu so‘zning arabchaga mutlaqo aloqasi yo‘q. Lekin hidoyat ma’nosini bildiruvchi hudo/huda so‘zi bor hamda doim qo‘llanadi.

Yozuvchi "Assalomu ala manittabaal hudo" xitobi bilan "Hidoyatga ergashganlarga tinchlik, salomatlik, eminlik bo‘lsin", demoqchi.

Xulosa:

Assalomu ala manittabaʼl-xudo

Assalomu ala man ittabaal hudo (huda)

Manba

@oriftolib
👍99🔥6💯5
👍22💯11🔥9
Orif Tolib
Yozing va mashq qiling Har kuni biror kitobning kamida bir betini koʻchirib yozing. Endi koʻz xotirasidan tashqari harakat xotirasi ham ishga tushadi. Qoʻl yozish jarayonida imloni eslab qoladi. Miya esa yozilgan narsani yaxshiroq uqadi. Tinish belgilari…
Qoidalarni oʻrganing

Ha, bundan qochib qutulib boʻlmaydi. Kitoblar, gazeta-jurnallarni oʻqib, baʼzi qoidalarni mantiq, savqi tabiiy bilan oʻzlashtirib olish mumkin. Lekin imlo va punktuatsiyani toʻlaqonli bilish uchun baribir qoidalarni oʻrganish zarur.

Shu yoʻnalishdagi blog va sahifalar, videodarslar ham yaxshi foyda beradi.

Vaqt, xohish va imkon boʻlsa, repetitorga borish yoki onlayn kurslarga qatnashish ham mumkin. Tabiatimiz shunaqa: tekin narsaning qadri kam boʻladi, pul toʻlasak, xarajatimizni oqlashga harakat qilamiz.

@oriftolib
👍24🔥5🤨1
Tasavvur qilish qiyin: bular aslida yunoncha soʻzlar

Garchi oʻzbek va yunon tillari bir-biridan ancha uzoq boʻlsa-da, ularni bogʻlab turadigan rishtalar bor. Koʻpchilikka maʼlum: fan va texnikaga oid juda koʻp soʻzlar yunonchadan olingan. Biroq turmushimizda ishlatiladigan, biz gʻirt oʻzbekcha deb biladigan baʼzi soʻzlarning ildizi ham qadim Ellada zaminiga borib taqaladi.

“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.

👉 dy.uz/aqR57

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha soʻzlar
🔹 Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha soʻzlar
🔹 Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya – asli odamlarning ismi boʻlgan joy nomlari
🔹 Bular aslida ruscha emas: rus tiliga oʻzlashgan turkiycha soʻzlar
🔹 Doʻppi kiygan soʻzlar – gʻirt oʻzbekcha boʻlib ketgan 15 ta oʻzlashma
🔹 Bu soʻzlar aslida ruscha. Oʻzlashma ekani bilinmaydigan 15 ta qadrdon soʻz

@oriftolib
👍19😎4🔥1
Arosat asoratlari

Aralash imloda yozilgan, baʼzan kulgili xatolari bor yozuvlarga koʻzimiz tushib qoladi. Bular – ikki imloda yurganimiz, nuqsonli lotin alifbosining tuya goʻshti yegan islohi, taʼlimdagi muammolar, davlat tilidan foydalanish ehtiyojining pastligi va hokazo muammolar hosilasi.

* Rasm obunachilardan.

@oriftolib
🤨26😢19👍11💯2😎1