“Otvyortka”ni qanday oʻzbekchalashtirgan boʻlardingiz?
Sovet davrida rus tilidan juda koʻp soʻz oʻzlashdi. Ruscha-internatsional degan pogon taqqan yangi tushunchalarga ot qoʻyilmadi, oʻzbekchalashtirishga urinilmadi ham, qaytanga ularga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatildi. Begona qiyofasini saqlab qolgan bunday soʻzlarni qoʻllamaslikka, oʻrniga oʻzbekcha yoki oʻzbekchada oldindan bor soʻzlardan foydalanishga intilishimiz ana shu notabiiylik sababli.
Oʻzbekchaga moslashgan soʻzlarning hatto ruschaligini ham unutganmiz, ular qadrdonimizga aylanib ketgan. Aslida til oʻzi ot qoʻya olmay, chet soʻzni oladigan boʻlsa, oʻziga moslashi kerak. Masalan, odeyalo oʻzbekchada adyol qiyofasiga kirib, tilimizga moslashgan. Unga muqobil qidirmaymiz, begona demaymiz.
Oʻzbekchasi koʻp soʻraladigan shunday yot qiyofali soʻzlardan biri – otvyortka. Bu soʻzning oʻzbekchasi yoʻq. Agar u talaffuzdagi kabi atverka boʻlib lugʻatlarimizga kirganda, balki, tilga yaxshiroq singishardi, koʻzimizga xunuk koʻrinmasdi.
❗️ Yana bir eʼtiborli jihat: oʻzbekcha muqobili boʻlmasa-da, otvyortka soʻzi imlo lugʻatiga ham, izohli lugʻatga ham kiritilmagan ekan.
Tahrirchi oʻrinbosar degan modulni ishga tushirdi. U tilga yaxshi oʻrnashmagan yoki oʻzbekcha toʻn kiymagan oʻzlashmalarga muqobil taklif etadi. Otvyortkaga nima taklif beraylik deb soʻrab qolishdi: buragich, shurupburagich yoki mixburagich?
Kutilmaganda qaydandir bir gʻayrat uygʻondi, koʻpchilik oʻzbekchasini qoʻllashni istab qoldi deb tasavvur qilaylik. Hatto shunaqa gʻaroyib holatda ham bu soʻzlarni tilga singdirish qiyin. Chunki aytishga oʻngʻaysiz. Men buram variantini berdim. Burov desa ham boʻladi. Qrimtatarlar burgʻuch der ekan. Juda maʼqul keldi, yaxshi soʻz topishgan ekan.
Siz qanday taklif berasiz?
@oriftolib

👍47🔥3
Magistraturada oʻqiyotgan talaba – ...
Anonymous Quiz
22%
Magistr
46%
Magistrant
31%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯20😢13👍3🤨3
Ko‘nglim malul etma, qo‘rquv nimasi?
Bir safar ishidir, qo‘yvor, Ozodim!
↘️ Misradagi “malul” soʻzining maʼnosi nima?
Bir safar ishidir, qo‘yvor, Ozodim!
↘️ Misradagi “malul” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
35%
Lol, hayron
53%
Xafa, diltang
11%
Hayajonli, zavqli
😎28👍15😢5🤨3
Limon va limu
Limon soʻzi dunyoning juda koʻp tillarida uchraydi. Sitrus mevani ifodalovchi bu soʻz Yevropa tillariga arab tili orqali yetib borgan. Asli forscha. Izohli lugʻat bu soʻzni asosan janubiy mamlakatlarda oʻsadigan doimo yashil subtropik oʻsimlik va uning tuxumsimon sariq nordon xushboʻy mevasi deya taʼriflagan. Limon oxirgi 20–25 yil ichida Oʻzbekistonda ham koʻp yetishtiriladigan mevaga aylandi.
Bu meva nomi Alisher Navoiy va Bobur asarlarida limu va lemu shakllarida uchraydi. “Boburnoma”da limonga shunday taʼrif beriladi: Yana limudur, bisyor boʻladur, ulugʻlugʻi yumurtqacha boʻlgʻay, yumurtqa andomliqtur.

👍31😎3
Bilmaslikning foydasi
Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarigʻicha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning oʻrtasida teshik bor edi. Balki birorta joʻyaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni koʻrib, zavq bilan bosh silkitdi:
– Bu toshni ikkiga boʻlish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning oʻzidan koʻra qimmatroqqa baholanadi. Ammo bitta muammo bor: agar zarb toʻgʻri berilmasa, bu moʻjaz moʻjiza parcha-parcha boʻlib ketadi. Bu parchalardan yasalgan brilliantlar, toʻgʻrisini aytganda, sariq chaqaga qimmat boʻlib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni boʻynimga ololmayman, uzr.
Ishbilarmon bu masalada oʻzi safar qilgan juda koʻp mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi. Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi.
Ishbilarmon taʼrifi ketgan zargarning huzuriga yoʻl oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida soʻzlay ketdi. Ishbilarmon zargarning soʻzini kesib, bu gaplarni koʻp va xoʻb eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga rozi boʻldi, narxini ham kelishdi.
Tosh egasi rozi boʻlgach, usta uzoqroqda oʻzlariga orqa qilib ishlab oʻtirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qoʻyib, bolgʻacha bilan urdi. Ikkiga boʻlingan toshga eʼtibor ham qilmay, ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi:
– Zoʻr-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi?
– Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qoʻrqmay, qoʻllari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar.
👉 Ibratli hikoyalardan

👍51💯11
Koʻpchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?
Savodxonlikning birlamchi maʼnosi oʻqish-yozishni bilishdir. Kengroq maʼnoda esa mustaqil fikrga egalik va bu fikrni emin-erkin, ravon ifodalash tushuniladi. Savodlilikning muhim shartlaridan biri boʻlgan toʻgʻri yozish masalasida qiynaladiganlar birmuncha koʻp.
“Daryo” nashrida ana shu koʻnikmani qanday yaxshilash mumkinligi haqida soʻz yuritdim.
👉 dy.uz/H2AWe

👍18🔥5😢3😎1
“Panja orasidan qaramoq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
73%
Ishga sovuqqonlik bilan qaramoq
12%
Maxfiy maʼlumotlardan xabardor boʻlmoq
14%
Eʼtibor bilan, sinchiklab qaramoq
👍29🔥6😱6😢3😎3
👍29💯7😎4🔥1😢1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
15%
Hohlagan javobingizni tanlang.
9%
Hoxlagan javobingizni tanlang.
76%
Xohlagan javobingizni tanlang.
👍43💯8😎5😱3
Nega savodxonlik darajasi past?
Baʼzan hozirgi yoshlar savodsiz boʻlib ketgani haqidagi gap-soʻzlarni eshitamiz. Bunga kimdir maktab taʼlimini, kimdir kam oʻqishni sabab qilib koʻrsatadi. Albatta, bu fikrlarda jon bor. Biroq ana shu shikoyatlarni aytayotganlarning oʻzi ham koʻpincha savod masalasida maqtanarli holatda boʻlmaydi.
Menimcha, savod darajasining umumiy darajasi pastligi jiddiy ehtiyoj yoʻqligi tufayli. Chunki toʻgʻri va xatolarsiz yozishga ehtiyoj sezgan kishi bu koʻnikmani yaxshilash harakatida boʻladi. Ishga yoki oʻqishga kirishda bu xislat hal qiluvchi ahamiyatga egami? Agar jurnalist, kopirayter, nashriyot xodimi kabi tor mutaxassisliklar egasi boʻlmasangiz, savodli yozmasdan ham ishlay, oʻqiy olasiz.
Biroq sezsak-sezmasak, tan olsak-olmasak-da, savod kasbiy obroʻ-eʼtibor va maoshga taʼsir qiladi. Hatto savodxonlik muhim emasdek koʻrinadigan hozirgi holatimizda ham. Oʻzim kuzatgan bir jihatni aytay: sohasining ustasi boʻlgan, chuqur bilimli mutaxassislar odatda savodli ham boʻladi. Bunday kishilar boshqalarga nisbatan yaxshiroq reytingga, demakki, yaxshiroq daromadga ham ega.
AQSH Savodxonlik milliy instituti maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi ishsizlarning 75 foizi oʻqish-yozishga qiynaladi, savod darajasi past boʻlganlarning 43 foizi esa kambagʻallikda kun kechiradi. Bizda bunday tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Mabodo oʻtkazilsa, ishsizlik va savodxonlik darajasi bir-biriga bogʻliqligi yana bir bor tasdiqlansa kerak.
Ikki yilcha oldin vazirlik maqomidagi bir tashkilot faqat chet tilini emas, oʻzbek tilini ham puxta biladigan, savodli mutaxassis topishda yordam soʻradi. Maoshi 15 million soʻm atrofida. Qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar ham bor. Mutaxassis uzoq vaqt topilmadi. Bu savodxonlik oʻta qiyin, egallash mushkul boʻlgan malaka ekanidan emas, savodxon kadrlar joyini tez topishidan darak.

👍41🔥5💯1
Imloga oid maqolalar
2-qism
🔹 Bagʻdodmi yoki Bogʻdod?
🔹 Baykonurmi yo Boyqoʻngʻir?
🔹 Belgilardagi hissiyot
🔹 Berk va bek, shift va ship
🔹 Bermudmi yo Bermuda?
🔹 Bioxilmaxillikmi yo bioxilma-xillik?
🔹 Bitta soʻzga aylansa, qoʻshib yoziladi
🔹 Bosh harf bilan yozilmaydi
🔹 Boshyorar muammo: oʻringa nisbat beruvchi sifatlar imlosi
🔹 Boʻlim va boshqarmalar nomi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik?
🔹 Buhron
🔹 Vazirlarning mansabi bosh harfda yoziladi
🔹 Gradus belgisidan oldin boʻsh joy kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Doʻha – Qatar poytaxti
🔹 Dyuym va duym
👉 1-qism
👉 3-qism

👍17
Savodxonlik testlari
Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar uchun
Bilasiz, telegram sahifamda imlo boʻyicha soʻrovnomalar berib boraman. Bu boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar uchun shu soʻrovnomalarni yigʻib chiqdim. Qiziqqanlar oldingi testlar bilan ham tanishishi mumkin:
1-qism
🔹 Lotereya, lotoreya, latareya, lotareya
🔹 Maʼn qilmoq, manʼ qilmoq, man qilmoq
🔹 Muomila, muomala, muomalaa
🔹 Tushunmoq, tushinmoq
🔹 Afv qilmoq, avf qilmoq
🔹 Joniga oro kirmoq, joniga ora kirmoq
🔹 Shohrux, Shohruh, Shoxrux
🔹 Asqatmoq, asqotmoq, azqatmoq, azqotmoq
🔹 Maxsi, mahsi
🔹 Zaxira, zahira
🔹 Bekinmachoq, berkinmachoq
🔹 Zahmat, zaxmat
🔹 Karate, karate
🔹 Urushmoq, urishmoq
🔹 Laqqillamoq, laqillamoq
👉 2-qism

👍25😱1
Xatolarsiz yozish tugʻma qobiliyat emas
Hech kim oʻz-oʻzidan toʻgʻri yozadigan boʻlib qolmaydi. Bunga faqat oʻrganish va mashq orqali erishish mumkin. Toʻgʻri, baʼzilar tugʻma isteʼdodi sabab buni osonroq uddalay olar. Lekin oʻqish-oʻrganishsiz savodli boʻlish imkonsiz.
Yon-atrofga bir boqing. Odamlar yetti yot begona tillarni oʻrganib, unda toʻgʻri va ravon gapiradigan, yozadigan boʻlyapti. Oʻzbekcha esa oʻz ona tilimiz, uni oʻrganish aslida oson. Imlomiz va punktuatsiyamizda baʼzi boʻshliqlar, murakkabliklar bor. Ammo bu oʻrganish eshigi tambalandi degani emas.
Savodxonlik darajasini yaxshilashni jiddiy niyat qilgan, shunga yarasha harakati va toqati bor kishi uch oy ichida toʻgʻri yozish koʻnikmasini sezilarli darajada yaxshilay oladi. Xoʻsh, shunaqa shijoat paydo boʻldi, deylik. Nima qilish kerak?
👉 Davomi bor...

👍33🔥2
“Amaldagisida na tish va na tirnoq bor” — yangilanayotgan “Davlat tili haqida”gi qonun qanday boʻlishi kerak?
Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev va “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli bilan davlat tili toʻgʻrisidagi qonun haqida suhbat uyushtiribdi.
“Qonun maqomli hujjatda majburiylik, shartlilik boʻlishi kerak. Ammo bizning qonunda koʻproq ikki yoqlamalilik boʻldi, majburiylik sust edi... Yangi qonun loyihasidan xabarimiz yoʻq, hali ochiqlanmadi. Ehtimol, yaxshi loyiha ishlanayotgandir. Qonun maqomidami, majburiylik, javobgarlik boʻlishi kerak”.
“Qonun loyihasini mukammallashtirish ehtiyoji bor. Hech boʻlmasa, bu safar maqbul qonun boʻlsin. Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyib, qoʻshimchalar qoʻshishsa, yanayam yaxshi boʻladi”.
“Endi 12-moddaga qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga koʻra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat boʻlgan taqdirda — boshqa maqbul tilda beriladi” — Oʻzbek tili toʻgʻrisidagi qonunga rus tili nimaga aralashyapti? Sovet davridagi mustamlakachilik tafakkuri bilan yozilgan bu. 1989-yilgi emas, 1995-yildagi tahriri boʻyicha oʻqiyapman bularni”.
Batafsil:
👉 kun.uz/68495666

👍14🔥4
“Nodon onangni kechir, oʻgʻlim!”
Unda hali yosh edim. Bir kuni uy tozalash bilan ovora boʻlib qolibman, kichik oʻgʻlim javonni ochib, eng yaxshi billur idishimni yerga tushirib yubordi. Qimmatbaho buyum koʻz oʻngimda chil-chil sindi. Dunyoni zulmat bosganday boʻldi, figʻonim falakka chiqib, gʻazabdan dagʻ-dagʻ titradim. Jahl ustida: “Nima qilib qoʻyding?! He, baloga yoʻliqqur! Iloyo, devor tagida qolgin, mana shu idishga oʻxshab singin senam! Onam bergan billur edi-ya! Shu uy dardisarni tozalay depman-da! E, hiqillama! Yoʻqol koʻzimdan!” deya baqirdim. Yana nimalar dedim – esimda yoʻq. Besh-oʻn kundan keyin hatto bu voqeaning oʻzi ham yodimdan koʻtarilib ketdi. Lekin oradan uzoq vaqt oʻtib, hayot uni yana esimga soldi.
Kenjam ulgʻaydi, oliy maʼlumotli boʻldi, yaxshi joyga ishga kirdi. Endi unga kelin qidirish harakatiga tushdim. Oʻzi ham toʻyga harakat boshladi, dadasi bilan maslahatlashib, eski uyni yangilash rejasini tuzdi.
Koʻp oʻtmay ustalarni olib kelishdi, haq masalasida oson til topishishdi, shekilli, ishni tezda boshlab yuborishdi. Hilviroq eski uy gupillab quladi. Shu payt qandaydir sarosima, yugur-yugur boshlandi. Ustalar bilan xoʻjayinim qulagan uy uyumi atrofida aylanar, baqir-chaqir qilar, har kim qoʻliga ilingan narsani olib chetga irgʻitardi. Koʻnglim allaqanday koʻngilsizlikni sezib, behalovat boʻldi, hovliqib yetib bordim. Uyum ostidan ingroq va baqiriq tovushlari eshitilardi. Bechora oʻgʻlim uy tagida qolib ketibdi! Oyogʻim madorsizlandi, koʻz oldim qorongʻilashib, yerga oʻtirib qoldim. Keyingi voqealar elas-elas yodimda: kiyimlari kir-chir, baʼzi joylari qontalash oʻgʻlimni koʻtarib chetga olib chiqishdi, “Tez yordam” mashinasiga solib olib ketishdi.
Shuurim karaxt edi, tilim esa tinmay: “Allohim, tavba qildim... Allohim, oʻzing kechir...” deya takrorlardi. Eng suyukli, meni yeru koʻkka ishonmaydigan, eʼzozlab, ardoqlaydigan bolam, jigarporam gʻaribu notavon boʻlib devorlar ostida qolib ketsa-ya! Birdan xayolimga yoshligim, aytgan qargʻishim tushdi. Oʻsha soʻzni aytguncha tilim uzilsa boʻlmasmidi, oʻsha billur idishdan mingtasi sinib-parchalanib ketsa boʻlmasmidi!..
Ammo endi bu soʻzlardan, hasrat-u nadomatlardan foyda yoʻq. Holsiz, majolsiz yotgan, hatto kipriklarini koʻtarishga ham kuchi yetmayotgan bolamning koʻzlariga qarab ich-ichimdan faryod toshib keladi, “Men nodon onangni kechir, oʻgʻlim!” deya toʻlib-toʻlib yigʻlayman. Taskin-tasallilar foydasiz. Koʻzyoshlarim oxiri qurib bitar, lekin yuragimdagi ogʻriq, afsus-nadomat bitmaydi.
Ey boʻlar-boʻlmasga farzandini qargʻayotgan onalar! Koʻzingizni oching! Har gapga farishtalar omin deydi. Kun kelib menday hasrat chekmang, pushaymon yoshlariga gʻarq boʻlmang! Hatto arzirli sabab boʻlsa ham, bolangizni duoyi bad qilmang. Jigargoʻshangizni balo-yu ofatlardan, yomonliklardan Yaratganning oʻzi asrasin...
“Moʻminalar” jurnalining 2019-yil 1-sonida chop etilgan.

😢25🔥17👍13
Orif Tolib
Xatolarsiz yozish tugʻma qobiliyat emas Hech kim oʻz-oʻzidan toʻgʻri yozadigan boʻlib qolmaydi. Bunga faqat oʻrganish va mashq orqali erishish mumkin. Toʻgʻri, baʼzilar tugʻma isteʼdodi sabab buni osonroq uddalay olar. Lekin oʻqish-oʻrganishsiz savodli boʻlish…
Eng birinchi va eng toʻgʻri yoʻl – oʻqish
Ha, shunday. Soʻzlarning toʻgʻri yozilishini oʻrganish uchun ularni birma-bir yodlab chiqmaysiz. Agar bunday qiladigan boʻlsangiz, oʻzingizni qiynaysiz xolos.
Har qanday kitobni oʻqish savodxonlikni oshiravermaydi. Faqat sifatli kitoblarni mutolaa qilish zarur. Koʻz soʻzlarning qanday yozilishini xotirada saqlab qoladi. Yozayotganingizda ana shu xotira sizga qoʻl keladi. Qancha koʻp oʻqisangiz, koʻz lugʻati ortib boraveradi. Bu soʻz boyligingiz oshishi, nutqingiz ravonlashishiga ham hissa qoʻshadi.
Badiiy adabiyotlar soʻz tovlanishlari, noyob iboralar, chiroyli oʻxshatishlarga boy boʻladi. Masalan, Gʻafur Gʻulom asarlarini oʻqib, oʻzingiz bilmagan-eshitmagan juda koʻp nodir soʻzlarni oʻrganishingiz mumkin.
Oʻz sohangizga oid kitoblarni oʻqish ham foyda beradi. Atamalar va sohaga oid tushunchalarning maʼnosi, imlosini oʻrganasiz.
Mutolaaga har kuni kamida yarim soat, oʻrtacha bir soat vaqt ajrating.

👍40
Soʻz qoʻllash mavzusidagi maqolalar
2-qism
🔹 Bir oʻzakdan ikki maʼno
🔹 Boyaqish va boyoqish
🔹 Gʻalati mashhurlar: toʻgʻrisi – xato, xatosi – toʻgʻri
🔹 Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato maʼnoda qoʻllanadigan 7 ta soʻz
🔹 Yetti xazinaga nimalar kiradi?
🔹 Inson va odam
🔹 Qonun hujjatlari tili: “oʻzgartish”mi yoki “oʻzgartirish”?
🔹 Quloqchin “naushnik”mi?
🔹 Qoʻshtomoq – kekirdak olmasi
🔹 Meva solmagan daraxt nima deb ataladi?
🔹 Mijoz va mizoj
🔹 Obdan va obdon
🔹 Ofitsiantning oʻzbekchasi nima?
🔹 Och biqin qayer?
🔹 Raqobatbardosh va raqobatbardoshlik

👍8
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Qalamhaqi haqida...
“Galaktikada bir kun” asarim ilk bor 2019-yili “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan. Nashriyot bilan oʻrtada shartnoma bor. Bunga koʻra, nashriyot sotilgan kitoblardan tushgan sof foydaning 10% ni qalamhaqi sifatida beradi. Shu vaqtga qadar “Galaktikada bir kun” 3 marta, “Koinot javohiri” esa 1 marta nashr etildi. Yaqin kunlarda yana qayta nashr boʻladi.
Shu kunga qadar men qalamhaqi sifatida 11 million soʻm oldim. Albatta, bu katta pul emas, lekin kitobim ommalashib, yildan yilga nashr hajmi oʻsib borayotganini hisobga olish kerak. Yaʼni men asarlarimga (sabr bilan) uzoq muddatli biznes loyiha sifatida qaray olaman.
Taxminim boʻyicha (kitoblarim shu tarzda ommalashishda davom etsa), keyingi yildan boshlab har yili 20 million soʻmgacha qalamhaqi olishim mumkin. Va bu summa oʻsishda davom etadi.
Aytgandek, 2022-yilda “Galaktikada bir kun” asarim uchun 75 million soʻmlik Prezident sovgʻasini ham yutib olganman. Shunday qilib, yozuvchilik ortidan 4 yil ichida topgan sof daromadim 86 million soʻmni tashkil qilmoqda 💰 Boshqacha aytganda, har oyda 1️⃣ 687 500 soʻmdan qoʻshimcha daromadga aylandi (hozircha) 😉
Ayni kunlarda bir kinostudiya bilan oʻzaro kelishuv arafasidaman. Kinostudiya asarim asosida ssenariy yozib berishim uchun 35 million soʻm vaʼda qilmoqda. Asarim film qilinsa, kinoprokatdan tushgan foydadan alohida ulush (10%) ham berishmoqchi...
Aytmoqchimanki, yozuvchilik juda katta daromad olib kelmasa ham, oddiy ishchining oʻrtacha oylik daromadini taʼminlashi mumkin. Bulardan tashqari, YOZUVCHI degan imijning koʻrinmas modiyatga aylanishini ham bor gap. Yaʼni shu imijning oʻzi sizni nisbatan qimmatroq, obroʻliroq ishchiga aylantiradi. Buni oʻz tajribam misolida aytyapman 😎
Xullas, ana shunaqa gaplar, bizning kasb ham juda bir gʻarib emas 😁 Qanday qarashga bogʻliq xolos 😊
@bolalar_yozuvchisi

👍48🔥9😎3🤨2💯1
😎30👍7💯7🤨5
Kim chiroyli?
Boylik va Kambagʻallik bir kishining oldiga kelib, uni savolga tutishdi:
– Ayt-chi, qay birimiz chiroyliroqmiz?
Odam javob berishdan choʻchidi. Xayolidan shunday oʻy oʻtdi: “Kambagʻallik chiroyli, deydigan boʻlsam, Boylik xafa boʻlib ketib qolishi mumkin. Boylik chiroyli deydigan boʻlsam, Kambagʻallikning gʻashi keladi va mendan oʻch oladi. Nima qilsam ekan?”
U biroz oʻylagach, yoʻlini topdi va dedi:
– Birga tursalaring, aniq bir fikr aytolmayman. Yurib turinglar.
Boylik va Kambagʻallik u yoq-bu yoqqa borib kela boshladi. Haligi kishi ularga qarab turib dedi:
– Kambagʻallik, sen ketayotganingda chiroyli koʻrinar ekansan. Sen esa, Boylik, kelayotganingda odamga juda xush yoqar ekansan.
“Omina” jurnalining 2021-yil 31-sonida chop etilgan.

👍85🔥21😎8
Orif Tolib
Eng birinchi va eng toʻgʻri yoʻl – oʻqish Ha, shunday. Soʻzlarning toʻgʻri yozilishini oʻrganish uchun ularni birma-bir yodlab chiqmaysiz. Agar bunday qiladigan boʻlsangiz, oʻzingizni qiynaysiz xolos. Har qanday kitobni oʻqish savodxonlikni oshiravermaydi.…
Yozing va mashq qiling
Har kuni biror kitobning kamida bir betini koʻchirib yozing. Endi koʻz xotirasidan tashqari harakat xotirasi ham ishga tushadi. Qoʻl yozish jarayonida imloni eslab qoladi. Miya esa yozilgan narsani yaxshiroq uqadi. Tinish belgilari qay oʻrinda va nimaga qoʻllanayotganini tushuna borasiz.
Yozishning bundan-da foydaliroq usuli bor. Sifatli audiokitobdan parcha eshiting va uni qogʻozga tushiring. Keyin uni kitob bilan solishtiring. Qayerlarda, qaysi soʻzlarda xato qilganingizga eʼtibor bering.
Mabodo audiokitob yoʻq boʻlsa, kitobdan parchani oʻzingiz ifodali oʻqing va telefoningiz diktofoniga yozib oling. Keyin uni eshitib, yozishingiz mumkin.
Tayyor diktantlardan ham foydalansangiz boʻladi.
Kundalik tuting, kuningiz qanday oʻtgani, qayerlarga borganingiz, nimalar qilganingizni qogʻozga tushirib boring. Yoki oʻzingizga maʼqul istagan mavzuda yozishingiz mumkin. Soʻng matnda imlosiga ikkilangan soʻzlaringizni lugʻatdan tekshirib, toʻgʻrilab chiqing. Bu toʻgʻri yozishdan tashqari yozma fikrlash malakangizni ham oshiradi. Miyada fikrlar tartibga tushadi, miyada tartib bor degani yozuvda ham tartib bor deganidir.
Yozish mashqi savod darajangiz sezilarli yaxshilangunga qadar davom etishi kerak. Iloji boricha qoʻlda yozing. Biroz muddatdan soʻng mashgʻulotni kompyuterda davom ettirishingiz mumkin.

👍29🔥5😎2💯1