Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada koʻchalar nomi va uy raqamlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/apLMcDWmQ4Y

@oriftolib
👍24
🤨27👍23💯6😢2
​​Neft va naftalin

Neft soʻzining qaysi tilga oidligi borasida turli qarashlar bor. Baʼzilar uni arabcha desa, baʼzilar forscha deydi. Izohli lugʻat uni forscha soʻz sifatida koʻrsatgan. Bu soʻz neftning oʻzi kabi qadim. U oromiy-suryoniy tillaridagi neft soʻziga borib taqaladi. U esa akkadcha naptu soʻzining oʻzgargan shakli. Naptu akkad tilidagi nabotu – yonmoq, porlamoq feʼlidan yasalgan.

Alisher Navoiy bu soʻzni naft shaklida ishlatadi: otarlar kemaga qorurai naft, yaʼni kemaga shishaga solingan neft otadilar.

Izohli lugʻat neft soʻzini turli yonilgʻilar olinadigan qoʻngʻir yoki qora yogʻsimon qazilma deya taʼriflaydi. “Devonu lugʻatit turk”da neft maʼnosida qora yogʻ soʻzi ishlatilgan. Neft va undan olinadigan yonilgʻilarni yoshi kattalar qora yogʻ deb atashi hozir ham uchrab turadi.

Naftalin oʻtkir hidli, qattiq oq kristall moddadir. U turmushda kuyadori sifatida qoʻllanadi. Bu soʻzning ildizi neft soʻziga borib taqaladi. Bizga rus tilidan oʻzlashgan, rus tiliga esa fransuzchadan kirgan. Fransuzcha naphtaline soʻzining oʻzagi naphta, yaʼni neftdir. Naftalin dastlab neftdan olingan xushboʻy modda maʼnosini anglatgan.

@oriftolib
👍24
Oʻzbekcha imloda yozing

November degan soʻzni Noyabrga alishtirish bilan ish bitmaydi-da. Ancha-muncha pul sarflab banner tayyorlagansizlar, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti ham chakana sammit emas. Bunaqa matnlarni mutaxassisga albatta oʻqitib olish kerak.

👉 Oʻzbekchada oy nomlari kichik harfda yoziladi, sanadan keyin chiziqcha qoʻyiladi: 8–9-noyabr.

* Rasm obunachilardan.

@oriftolib
👍75💯11🔥5🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
67%
Bogʻga bordim.
33%
Boqqa bordim.
👍31🤨22💯6🔥4😎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi | 3️⃣0️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍19
Shaxmat va shashka

Shaxmat soʻzi oʻzbekchaga ruschadan oʻzlashgan, ruschaga esa forschadan kirgan. Bu soʻz forscha shoh – sulton, podshoh va arabcha mot – oʻlim, oʻlish, yengilish soʻzlaridan yasalgan. Soʻzma-soʻz shoh oʻlimi demakdir. Chunki shaxmat oʻyinida shoh raqib donasi hujumidan himoya topolmay qoladi, yengiladi.

Shashka ham ruschadan olingan. Baʼzi rus etimologlari uni shohning xotini maʼnosida sharhlasa, baʼzilari shoh soʻziga ruscha kichraytirish-erkalash qoʻshimchasi -ka qoʻshilib yasalgan va kichik shaxmat maʼnosida qoʻllangan deb hisoblaydi. Ayrim manbalar bu soʻz polyakcha szachyga borib taqalishini aytadi. Bu soʻz polyakchada shaxmatni bildiradi.

@oriftolib
👍22💯1
​​Oʻzlashma soʻzlar: influenser

#Soʻragan_edingiz

Shu soʻzga sizning ham koʻzingiz tushgandir-a? Asli inglizcha, influence – taʼsir soʻzidan yasalgan, soʻzma-soʻz taʼsir qiluvchi degan maʼnoga ega. Atama sifatida esa fikri koʻpchilik uchun muhim boʻlgan, koʻpchilikning qarashlariga taʼsir qila oladigan kishini anglatadi. Influenser odatda oʻz sohasining yetakchi mutaxassisi, mashhur shaxs boʻladi. Ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga, ixlosmandlariga ega blogerlar ham shu toifaga mansub.

Xoʻsh, bu soʻzni qanday oʻzbekchalashtirgan maʼqul? Obunachilardan biri taʼsirchi, taʼsirdor, taʼsirkor variantlarini berdi. Men chechan degan soʻzni taklif etaman. Sof oʻzbekcha soʻz: chaqqon, uddaburon, usta, mohir kabi maʼnolarga ega. Jonli tilda koʻproq gapdon, soʻzga usta maʼnosida qoʻllanadi. Agar tilga singdira olsak, oʻta qiyin influenser soʻzini aytish uchun til qavartirib oʻtirmaymiz. Biroq boshqa bir jihat ham bor: oʻz soʻzimiz oʻzimizda kulgi, istehzo uygʻotadigan boʻlib qolgan.

👉 Siz bu soʻzga qanaqa muqobil taklif etasiz? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍21🔥2
Bu iborani qoʻllash til mustaqilligiga xizmat qilmaydi

Taniqli tilshunos Iroda Azimova “Shukrona kuningiz bilan!” iborasini bugun koʻpchilik ishlatayotgani, bu esa ushbu ibora tilning umumiy tabiatiga mos kelishidan darak berishi haqida yozibdilar: “Endi oʻzbeklarning katta foizi tomonidan maʼqul koʻrilgan ifodani tahlil qilishda nega uning ingliz tilidagi, arab tilidagi ishlatilishiga qarash kerak?!”

Maqola oxirida iborani qoʻllash boʻyicha shunday xulosa berilgan: “Oʻsha “shukrona kuningiz bilan!” ifodasi koʻpchilik oʻzbeklar tomonidan “tugʻilgan kuningiz bilan!” degan ifodadan afzal koʻrilayotgan ekan buni tilning rivojlanayotganidagi bir yangilik sifatida, xalqning yondashuvini aks ettiruvchi vosita oʻlaroq kun tartibiga chiqqanini toʻgʻri qabul qilish kerak”.

Iroda opaning oʻzlashmalar haqidagi fikrlariga men ham qoʻshilaman. Oʻzbek tiliga qabul qilingan soʻz avvalo oʻzbek tili ehtiyoji, tabiatiga moslashishi kerak. Ammo bahs mavzusi boʻlgan ibora ayni shu oʻrinda oʻzlashma emas. U shunchaki xato qoʻllanyapti xolos.

Bu iborani qoʻllash xatoligi haqida aytilgan lavhani koʻrmagan ekanman, lekin undagi dalillar mening fikrlarimga juda oʻxshash ekan. Shu sababli munosabat bildirib oʻtishni zarur deb bildim.

Shunchaki tugʻilgan kun soʻzini ishlatmaslik yoki chiroyliroq, balandparvozroq ibora qoʻllash uchungina shukrona kuni iborasini ommalashtirish oʻzini oqlamaydi. Iroda opa boshqa bir maqolasida yozgani kabi bu holat “soʻz va gaplarni oʻzi tushunmasdan ishlatish” natijasi xolos.

Bu iborani qoʻllash til mustaqilligiga ham xizmat qilmaydi. Uning yanglish ekanini aytish koʻpchilik yoʻl qoʻyayotgan xatoni toʻgʻrilash boʻladi. Agar koʻpchilik xato maʼnoda qoʻllayotgan soʻzlarni oʻsha mazmunda qabul qilaversak, uni toʻgʻri ishlatadiganlar nima qilishi kerak? Masalan, juda koʻpchilik dilgir, pisanda, ismi sharif, dilovar, xilqat, baholi qudrat, tang qolmoq kabi soʻzlarni ham yanglish maʼnoda, yanglish oʻrinlarda ishlatadi. Eʼtibor bering: gap bu soʻzlarning arabcha, forscha yoki boshqa tildagi maʼnosi haqida emas. Oʻzbekchadagi maʼnosidan boshqa maʼnoda qoʻllash haqida. Shukrona kuni iborasi ham shular qatorida. U atama tarjimasi sifatida tilimizda allaqachon qoʻllanadi.

Shukrona kuni gʻalati mashhur ham emas. Gʻalati mashhur boʻlishi uchun u shu yanglish maʼnosida lugʻatlarda ham aks etishi kerak.

Xullas, bu iborani tabrik sifatida ishlatish xato.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Shukrona kuningiz muborak boʻlsin!”
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 Ismi sharif: “sharif” nima?
🔹 Dilovarlik goʻzallik emas

@oriftolib
👍31😢1🤨1
Jasmin va yosuman

Jasmin yoki Jasmina degan ismni eshitgan boʻlsangiz kerak. Uni bugun oʻzbeklar ham qizlariga ism qilib qoʻyyapti. Jasmina ismidagi oxirgi -a xuddi Imona ismidagi kabi xato qoʻshilgan. Chunki soʻzning bunday shakli yoʻq.

Jasmin forscha yosuman soʻzining Yevropa tillaridagi koʻrinishidir. Menimcha, bu ism bizga rus, tatar, qozoq kabi tillar taʼsirida kirgan. Rus tilida bu soʻz dastlab yasmin shaklida qoʻllangan, XVIII asr oxirlaridan hozirgi koʻrinishi ommalashgan.

Oʻzbek tilida bu soʻzning bevosita fors tilidan oʻzlashgan variantlari ham bor: yasmin, yosmin va yosuman. U xushboʻy, oq, sariq, moviy toʻp gulli manzarali butadir. Yosuman shakli koʻchma maʼnoda hiylagar, makkor ayolni anglatadi. Shu nomdagi qahramon afsona, ertak va dostonlarda jodugar va hiylagar kampir obrazini gavdalantiradi. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Yosuman yengilmas Farhodni hiyla bilan hushdan ketkazib, Xisrav huzuriga keltiradi.

@oriftolib
👍36
Qiziqqanlar uchun ushbu asbobni turkchada keser deyishadi. Biz tesha deb ataymiz. Lekin etimologiyasi haqida ko’p o’ylaganman. Tesha tegmagan gaplardan yozinglar😊😁
👍30
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Qiziqqanlar uchun ushbu asbobni turkchada keser deyishadi. Biz tesha deb ataymiz. Lekin etimologiyasi haqida ko’p o’ylaganman. Tesha tegmagan gaplardan yozinglar😊😁
Menimcha, tesha soʻzi teshmoq feʼlidan yasalgan boʻlsa kerak. Teshish, oʻyish uchun ishlatiladigan uskuna maʼnosida.

Tesha soʻzi bilan bogʻliq bir necha ibora bor:

👉 Oyogʻiga tesha urmoq – asosini, zaminini boʻshashtirib, qirqib, halokatga yoʻllamoq, puturdan ketkizmoq. Bu iboraning oyogʻiga bolta urmoq varianti mashhur. Iboradagi oyogʻiga soʻzi oʻrnida tagiga, ildiziga, tomiriga kabi soʻzlar ham ishlatiladi.

👉 Tesha tegmagan – ilgari ishlatilmagan, eshitilmagan; butunlay yangi. Odatda soʻz, gap, fikr, xabar, yangilik va shu kabilarga nisbatan ishlatiladi.

👉 Xolvachining teshasiday – qisqa, kalta; chaqqon, epchil.

@oriftolib
👍29
Bu shaharda qanday odamlar yashaydi?

Shahar chetida bir qariya oʻtirardi. Bir yosh yigit kelib, undan soʻradi:

– Men juda uzoqdan kelyapman. Bu shaharda boʻlmaganman. Bu yerda qanday odamlar yashaydi?

Chol uning savoliga savol bilan javob berdi:

– Sen chiqqan shaharda qanday kishilar yashardi?

– U joyni xudbin va yomon odamlar egallagandi. Shu sababli ham u yerdan ketdim.

– Bu yerda ham xuddi oʻshanday odamlarni uchratasan, – deb javob berdi oqsoqol.

Biroz vaqt oʻtib, boshqa bir kishi keldi va xuddi oʻsha savolni berdi. Chol yana oʻshanday savolli javob qaytardi.

Oliyjanob, mehmondoʻst, daryo feʼlli odamlar yashaydigan shahardan kelyapman, – dedi yoʻlovchi. – U yerda juda koʻp doʻstlarim qoldi.

– Bu yerda ham xuddi shunday odamlarni uchratasan, – dedi qariya.

Sal narida tuyalarini sugʻorayotgan savdogar cholning gaplariga quloq tutib turgandi. Ikkinchi yoʻlovchi ketgach, qariyaning yoniga kelib, kinoya bilan soʻradi:

– Bir xil savolga mutlaqo bir-biriga teskari javoblar berding. Shu insofdanmi?

– Oʻgʻlim, – deb javob berdi chol, – kelgan yurtida biror-bir yaxshilik topmagan odam bu yerda ham xuddi shu tarzda kun kechiradi. Begona yurtda doʻst orttira olgan ikkinchi kishi esa bu yerda ham yaxshi doʻstlar topadi. Biz atrofimizdagilarni qanday koʻrsak, ular shunday kishilarga aylanadi.

“Sogʻlom avlod” gazetasida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍28🔥15💯4😎2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
92%
Yoʻlkira
8%
Yoʻlkiro
😎26💯11👍6🤨5🔥3😱2
Bronza va birinj

Bronza misning qalay, alyuminiy, kremniy, berilliy, qoʻrgʻoshin elementlari bilan qotishmasidir. Bu soʻz juda koʻp Yevropa tillarida uchraydi. U bizga ruschadan oʻzlashgan, ruschaga esa fransuzchadan. Koʻpchilik olimlarning fikricha, bu soʻzning asosi forscha birinj – misdir.

Birinj shakli oʻzbekchada oʻzgarishsiz ham qoʻllanadi. Lekin u asosan badiiy asarlarda ishlatiladi:

[Haykalni]... atayin qolip yasatib, atay birinjdan quyganidan keyin... izidan biror iltimosi boʻlmogʻi ham tayin-da axir. (M. M. Doʻst, “Lolazor”.)

Birinj Navoiy asarlarida ham bronza maʼnosida ishlatilgan.

@oriftolib
👍18🔥5
​​“Otvyortka”ni qanday oʻzbekchalashtirgan boʻlardingiz?

Sovet davrida rus tilidan juda koʻp soʻz oʻzlashdi. Ruscha-internatsional degan pogon taqqan yangi tushunchalarga ot qoʻyilmadi, oʻzbekchalashtirishga urinilmadi ham, qaytanga ularga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatildi. Begona qiyofasini saqlab qolgan bunday soʻzlarni qoʻllamaslikka, oʻrniga oʻzbekcha yoki oʻzbekchada oldindan bor soʻzlardan foydalanishga intilishimiz ana shu notabiiylik sababli.

Oʻzbekchaga moslashgan soʻzlarning hatto ruschaligini ham unutganmiz, ular qadrdonimizga aylanib ketgan. Aslida til oʻzi ot qoʻya olmay, chet soʻzni oladigan boʻlsa, oʻziga moslashi kerak. Masalan, odeyalo oʻzbekchada adyol qiyofasiga kirib, tilimizga moslashgan. Unga muqobil qidirmaymiz, begona demaymiz.

Oʻzbekchasi koʻp soʻraladigan shunday yot qiyofali soʻzlardan biri – otvyortka. Bu soʻzning oʻzbekchasi yoʻq. Agar u talaffuzdagi kabi atverka boʻlib lugʻatlarimizga kirganda, balki, tilga yaxshiroq singishardi, koʻzimizga xunuk koʻrinmasdi.

❗️ Yana bir eʼtiborli jihat: oʻzbekcha muqobili boʻlmasa-da, otvyortka soʻzi imlo lugʻatiga ham, izohli lugʻatga ham kiritilmagan ekan.

Tahrirchi oʻrinbosar degan modulni ishga tushirdi. U tilga yaxshi oʻrnashmagan yoki oʻzbekcha toʻn kiymagan oʻzlashmalarga muqobil taklif etadi. Otvyortkaga nima taklif beraylik deb soʻrab qolishdi: buragich, shurupburagich yoki mixburagich?
Kutilmaganda qaydandir bir gʻayrat uygʻondi, koʻpchilik oʻzbekchasini qoʻllashni istab qoldi deb tasavvur qilaylik. Hatto shunaqa gʻaroyib holatda ham bu soʻzlarni tilga singdirish qiyin. Chunki aytishga oʻngʻaysiz. Men buram variantini berdim. Burov desa ham boʻladi. Qrimtatarlar burgʻuch der ekan. Juda maʼqul keldi, yaxshi soʻz topishgan ekan.

Siz qanday taklif berasiz?

@oriftolib
👍47🔥3
Magistraturada oʻqiyotgan talaba – ...
Anonymous Quiz
22%
Magistr
46%
Magistrant
31%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯20😢13👍3🤨3
Ko‘nglim malul etma, qo‘rquv nimasi?
Bir safar ishidir, qo‘yvor, Ozodim!
↘️ Misradagi “malul” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
35%
Lol, hayron
53%
Xafa, diltang
11%
Hayajonli, zavqli
😎28👍15😢5🤨3
Limon va limu

Limon soʻzi dunyoning juda koʻp tillarida uchraydi. Sitrus mevani ifodalovchi bu soʻz Yevropa tillariga arab tili orqali yetib borgan. Asli forscha. Izohli lugʻat bu soʻzni asosan janubiy mamlakatlarda oʻsadigan doimo yashil subtropik oʻsimlik va uning tuxumsimon sariq nordon xushboʻy mevasi deya taʼriflagan. Limon oxirgi 20–25 yil ichida Oʻzbekistonda ham koʻp yetishtiriladigan mevaga aylandi.

Bu meva nomi Alisher Navoiy va Bobur asarlarida limu va lemu shakllarida uchraydi. “Boburnoma”da limonga shunday taʼrif beriladi: Yana limudur, bisyor boʻladur, ulugʻlugʻi yumurtqacha boʻlgʻay, yumurtqa andomliqtur.

@oriftolib
👍31😎3
Bilmaslikning foydasi

Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarigʻicha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning oʻrtasida teshik bor edi. Balki birorta joʻyaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni koʻrib, zavq bilan bosh silkitdi:

– Bu toshni ikkiga boʻlish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning oʻzidan koʻra qimmatroqqa baholanadi. Ammo bitta muammo bor: agar zarb toʻgʻri berilmasa, bu moʻjaz moʻjiza parcha-parcha boʻlib ketadi. Bu parchalardan yasalgan brilliantlar, toʻgʻrisini aytganda, sariq chaqaga qimmat boʻlib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni boʻynimga ololmayman, uzr.

Ishbilarmon bu masalada oʻzi safar qilgan juda koʻp mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi. Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi.

Ishbilarmon taʼrifi ketgan zargarning huzuriga yoʻl oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida soʻzlay ketdi. Ishbilarmon zargarning soʻzini kesib, bu gaplarni koʻp va xoʻb eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga rozi boʻldi, narxini ham kelishdi.

Tosh egasi rozi boʻlgach, usta uzoqroqda oʻzlariga orqa qilib ishlab oʻtirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qoʻyib, bolgʻacha bilan urdi. Ikkiga boʻlingan toshga eʼtibor ham qilmay, ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi:

– Zoʻr-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi?

– Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qoʻrqmay, qoʻllari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍51💯11
Koʻpchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?

Savodxonlikning birlamchi maʼnosi oʻqish-yozishni bilishdir. Kengroq maʼnoda esa mustaqil fikrga egalik va bu fikrni emin-erkin, ravon ifodalash tushuniladi. Savodlilikning muhim shartlaridan biri boʻlgan toʻgʻri yozish masalasida qiynaladiganlar birmuncha koʻp.

“Daryo” nashrida ana shu koʻnikmani qanday yaxshilash mumkinligi haqida soʻz yuritdim.

👉 dy.uz/H2AWe

@oriftolib
👍18🔥5😢3😎1