Sahrodan kelgan yovvoyi
Yovvoyi soʻzi koʻp maʼnoli soʻz, u xonakilashmagan, madaniylashtirilmagan, zararli, oʻzlashtirilmagan, qoʻrqinchli, qoloq, odamovi kabi maʼnolarni anglatadi. U qadimgi turkiy tilda sahro maʼnosini ifodalagan yaba otidan hosil boʻlgan. Dastlab oʻz-oʻzicha yashaydigan, oʻz-oʻzicha oʻsadigan maʼnosini anglatgan yabayi vaqtlar oʻtib yovvoyiga aylangan, maʼnolari ham kengaygan.
Eski turkiydagi yaba soʻzidan hosil boʻlgan yobon soʻzi oʻzakdagi maʼnoni saqlab qolgan. U dala, dasht maʼnosini bildiradi.
@oriftolib

👍27🔥1
💯24👍14🤨1
Soʻz qoʻllash mavzusidagi maqolalar
Kecha soʻz tarixi va etimologiya bilan bogʻliq maqolalar roʻyxatining 1-qismini eʼlon qilgandim. Bugun soʻz qoʻllash mavzusidagi maqolalarning 1-qismi bilan tanishasiz. Oldin koʻzingiz tushmagan va siz qiziqadigan mavzular boʻlsa, tanishib chiqishingiz mumkin.
1-qism
🔹 “Ajrim” soʻzini toʻgʻri qoʻllash kerak
🔹 “Bardavomiy boʻlsin!”
🔹 “Voronka”ning oʻzbekchasi bormi?
🔹 “Katta yettilik”, “Katta yigirmatalik” – aslida xato
🔹 “Qamishdan bel bogʻlab”
🔹 “Lutfan taklif qilish” toʻgʻri emas
🔹 “Nomidagi” yoki “nomli” deyish toʻgʻrimi?
🔹 “Shukrona kuningiz muborak boʻlsin!”
🔹 “Yuragida yoli bor”: kishining yoli boʻlmaydi
🔹 Avlodmi, ajdodmi?
🔹 Adil va adl
🔹 Azza-bazza
🔹 Arabcha siniq koʻplik va oʻzbekcha koʻplik
🔹 Asl va asil
🔹 Afzal va abzal
👉 2-qism

👍26🔥1
Terisini tashlagan tiyin
Tiyin soʻzi bir soʻmning yuzdan biriga teng pulni va shunday qiymatga ega boʻlgan mayda chaqani bildiradi. Izohli lugʻat tiyin soʻzining olmaxon degan maʼnosini ham bergan, lekin bu soʻz qatnashgan misol keltirmagan. Tiyin soʻzi hozirgi tilimizda olmaxon maʼnosida qoʻllanganini uchratmaganman.
Lekin tarixda tiyin jonivor nomini bildirgan. “Devonu lugʻatit turk”da bu soʻz teging shaklida keladi va suvsarlar oilasiga mansub yirtqich hayvon deb izohlanadi. Teging juni qalin, mayin, qora-qoʻngʻir rangli sutemizuvchi jonivor boʻlib, qimmatbaho moʻynasi uchun koʻp ovlanishi natijasida kamayib ketgan. Teging vaqtlar oʻtib teyingga, soʻng teyinga, undan keyin esa tiyinga oʻzgargan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, natura bilan savdo qilingan vaqtlarda ayirboshlanadigan narsaning qiymati necha dona olmaxon terisi evaziga almashtirilishi bilan belgilangan, shu asosda teying soʻzining pul maʼnosi yuzaga kelgan. Shunday qilib, tiyin teri maʼnosini tamoman tashlagan.

👍31🔥7😱2😎1
Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha soʻzlar
Oʻzbek tiliga fors tilidan kirgan soʻzlar juda koʻp. Tilga oʻta singishib ketganidan ular forscha ekanini deyarli bilmaymiz ham. Albatta, etimologiya yoki fors tilidan xabardor kishi ularni oson farqlay oladi. Biroq Yevropa tillari orqali kelgan forscha soʻzlar ham bor. Qiyofasi, mazmuni tamom begonalashib ketgan bunday soʻzlarni hatto til egalari ham tanishi qiyin.
“Daryo” nashrida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.
👉 dy.uz/rbT7t

👍37🤨3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar, yoʻnalishlar va kafedralar nomi imlosi | 2️⃣9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍12🔥1
Punktuatsiyaga oid maqolalar
Tinish belgilari ichida eng koʻp vergulda xato qilinadi. Quyidagi roʻyxatdan ham asosan vergul bilan bogʻliq mavzular joy olgan.
1-qism
🔹 “Balki” va tinish belgisi
🔹 “Bu” va tire
🔹 “Deb” va vergul
🔹 Avvalo: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Ayniqsa: vergul kerakmi, kerakmasmi?
🔹 Aks holda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Albatta: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Ammo, lekin, biroq va vergul
🔹 Aslida: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Asosan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
🔹 Axir: vergul kerak emas
🔹 -b, -ib: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Birga: vergul kerak emas
🔹 Boshlab: vergul kerakmi yoki yoʻq?

👍22🔥3
Divan va devon
Divan soʻzi oʻzbekchaga ruschadan oʻzlashgan, ruschaga esa fransuz tilidan kirgan. Fransuzchada kursi, oʻrindiq, yumshoq mebel maʼnosida qoʻllanadi. Fransuzlar bu soʻzni turkchadan olgan. Turk tilida u bir necha maʼnoni anglatgan. Birinchi maʼnosi – sulton aʼyonlari majlisi. Keyingisi – ana shu majlis oʻtkaziladigan, keng va uzun oʻrindiqlari bor xona. Bu xonadagi oʻrindiqlar ham divan soʻzi bilan ifodalangan. Bu soʻzning tamom boshqa maʼnosi ham boʻlgan – u sheʼrlar toʻplamini anglatgan. Turkchaga bu soʻz forschadan oʻzlashgan.
Divan soʻzini izohli lugʻat oʻtirish va yotish uchun moʻljallangan suyanchiqli, ikki chetida dastasi yoki yostiqchasi boʻlgan yumshoq mebel deya taʼriflaydi. Bu soʻz ogʻzaki uslubda baʼzan devon shaklida ham qoʻllanadi.
Soʻzning forschadan bevosita oʻzlashgan shakli – devon Alisher Navoiy asarlarida yuqoridagi kabi maʼnolarda qoʻllangan. U daftar, sheʼrlar toʻplami, davlat mahkamasi, davlat kirim-chiqim ishlari boshligʻi, shoh saroyi kabi turli maʼnolarni ifodalagan. Bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida ham shunga oʻxshash maʼnolarda ishlatiladi. Prezident administratsiyasi yaqin tarixda Prezident devoni deb atalardi. Devon Sharq mamlakatlarida davlatning bosh idorasini, ayrim vazirliklarning mahkamalarini, shunday mahkama binosini anglatgan.

👍15🔥2
💯35👍12😱6😎3🤨2🔥1
Devorda yoki doskada turli tasvirlarni aks ettiruvchi qurilma – ...
Anonymous Quiz
24%
Projektor
52%
Proyektor
24%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯23👍18😎9🔥4😱1
Imloga oid maqolalar
1-qism
🔹 “Aks sado”mi yoki “aks-sado”?
🔹 “Al” va uning imlosi
🔹 “Afv” soʻzini toʻgʻri yozishning oson usuli
🔹 “U” bilanmi yoki “i” bilan?
🔹 “Oʻgʻrilik” bor, “oʻgʻirlik”-chi?
🔹 “Oʻrta maxsus”mi yo “oʻrta-maxsus”?
🔹 “Ho-yu havas” – aslida xato
🔹 “Shaxdam”mi yoki “shahdam”?
🔹 “E” harfli soʻzlar imlosi
🔹 “Yanada”: istisnoli holat
🔹 № belgisi haqida
🔹 Ayirboshlamoq va ayriboshlamoq
🔹 Alifbodagi oʻzgarishlar: qulaylik bor joyda noqulaylik tanlanmaydi
🔹 Asqotadimi, asqatadi?
🔹 Axaltaka otlari haqida
👉 2-qism
👉 3-qism

👍15
Kioska va koʻshk
Kioska nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Izohli lugʻat kioska soʻzini savdo-sotiq yoki boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan pavilon; kichik doʻkon deya izohlagan. Ammo koʻpchilik kioska deganda gazeta-jurnal sotadigan kichik doʻkonni tushunadi. Jonli tilda shu maʼnosi ommalashgan.
Kioska soʻzi bizga rus tilidan oʻzlashgan. Rus tiliga esa fransuz yoki nemis tilidan oʻtgan. Fransuzlar bu soʻzni turkchadan qabul qilgan. Turkchaga esa forschadan oʻtgan. Forscha koʻshk oʻzbekchada ham qoʻllanadi. U Navoiy va Bobur asarlarida bezakli bino, qasr maʼnolarida ishlatilgan. Hozirgi tilimizda baland, bahavo qilib solingan yengil imoratni anglatadi va asosan oʻtmishdagi binolarni ifodalaydi.
Forscha koʻshk qadimgi oromiy-suryoniy tillaridagi koʻshka soʻziga borib taqaladi. U minora, saroy maʼnosiga ega boʻlgan.
Soʻzdagi maʼno evrilishini qarang, bir paytlar shohlarning saroyi, boylarning hashamatli imoratlarini ifodalagan soʻz bugun torgina savdo uychasini anglatyapti.

👍27🔥4🤨3
✅ Qay biri toʻgʻri?
Mutaxassis yordamchisi; oliy oʻquv yurtlarida kichik oʻqituvchilik lavozimi va shu lavozim egasi – ...
Mutaxassis yordamchisi; oliy oʻquv yurtlarida kichik oʻqituvchilik lavozimi va shu lavozim egasi – ...
Anonymous Quiz
23%
Asistent
29%
Asisstent
48%
Assistent
👍35💯16🤨6🔥1
Sarafan va sarupo
Sarafan xotin-qizlarning yengsiz, uzun va keng ust kiyimini bildiradi. Shu sabab ham bu soʻzni ayollar koʻp qoʻllaydi. Sarafan va siz-u biz yaxshi biladigan sarpo soʻzlari bir oʻzakdan. Sarafan bizga rus tilidan oʻtgan, rus tiliga esa turkchadan oʻzlashgan. Turk tiliga forschadan kirgan. Sarupo soʻzi forscha sar – bosh, poy – oyoq soʻzlaridan yasalgan. Sarupo – bosh-oyoq kiyim.
Podshohlar xizmati sabab eʼtiborga tushgan kishilarni taqdirlash uchun ularga toʻn kiydirgan, baʼzan bosh-oyoq kiyim hadya etgan. Ana shu bosh-oyoq kiyim sarupo deb atalgan. Keyinchalik har qanday bir sidra kiyim sarupo deyila boshlagan. Vaqtlar oʻtib, soʻzdagi u tovushi tushgan va soʻz sarpoga aylangan. Sarpo hozirgi tilimizda bosh-oyoq kiyim va umuman kiyim-bosh maʼnosiga ega. Jonli tilda bu soʻz asosan toʻy-marosimlar bilan bogʻliq oʻrinlarda ishlatiladi. Masalan, kuyovning toʻy uchun hozirlangan kiyimlari sarpo deyiladi.

👍32🔥5
Tahrirga oid maqolalar
1-qism
🔹 “Bir baxyada boyidi” – xato gap
🔹 “Na” bogʻlovchisini qoʻllashdagi xatolar
🔹 “Tashrif buyurmadim”, shunchaki “keldim”
🔹 “Tomonidan”ning tomonlari
🔹 “Ham sanga tashvish ozroq boʻlur va ham oʻqugʻuchigʻa”
🔹 Agar va agarda
🔹 Amaliyot: aniqlikka intiling
🔹 Amaliyot: auditoriyaning maqsadi nima?
🔹 Amaliyot: qisqaroq ifodalash mumkin
🔹 Amaliyot: loʻnda ifodalang
🔹 Amaliyot: mazmuni qochgan jumla
🔹 Amaliyot: toʻlov tekin boʻlmaydi
🔹 Bir birikma tahriri: “ertalabki nonushta”
🔹 Bir jumla tahriri
🔹 Bosh muftiy emas, muftiy

👍18🔥3
Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada koʻchalar nomi va uy raqamlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/apLMcDWmQ4Y

👍24
🤨27👍23💯6😢2
Neft va naftalin
Neft soʻzining qaysi tilga oidligi borasida turli qarashlar bor. Baʼzilar uni arabcha desa, baʼzilar forscha deydi. Izohli lugʻat uni forscha soʻz sifatida koʻrsatgan. Bu soʻz neftning oʻzi kabi qadim. U oromiy-suryoniy tillaridagi neft soʻziga borib taqaladi. U esa akkadcha naptu soʻzining oʻzgargan shakli. Naptu akkad tilidagi nabotu – yonmoq, porlamoq feʼlidan yasalgan.
Alisher Navoiy bu soʻzni naft shaklida ishlatadi: otarlar kemaga qorurai naft, yaʼni kemaga shishaga solingan neft otadilar.
Izohli lugʻat neft soʻzini turli yonilgʻilar olinadigan qoʻngʻir yoki qora yogʻsimon qazilma deya taʼriflaydi. “Devonu lugʻatit turk”da neft maʼnosida qora yogʻ soʻzi ishlatilgan. Neft va undan olinadigan yonilgʻilarni yoshi kattalar qora yogʻ deb atashi hozir ham uchrab turadi.
Naftalin oʻtkir hidli, qattiq oq kristall moddadir. U turmushda kuyadori sifatida qoʻllanadi. Bu soʻzning ildizi neft soʻziga borib taqaladi. Bizga rus tilidan oʻzlashgan, rus tiliga esa fransuzchadan kirgan. Fransuzcha naphtaline soʻzining oʻzagi naphta, yaʼni neftdir. Naftalin dastlab neftdan olingan xushboʻy modda maʼnosini anglatgan.

Oʻzbekcha imloda yozing
November degan soʻzni Noyabrga alishtirish bilan ish bitmaydi-da. Ancha-muncha pul sarflab banner tayyorlagansizlar, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti ham chakana sammit emas. Bunaqa matnlarni mutaxassisga albatta oʻqitib olish kerak.
👉 Oʻzbekchada oy nomlari kichik harfda yoziladi, sanadan keyin chiziqcha qoʻyiladi: 8–9-noyabr.
* Rasm obunachilardan.

👍75💯11🔥5🤨2
👍31🤨22💯6🔥4😎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi | 3️⃣0️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19