Bayramdan keyingi tahlil: tilimiz ahvoli bayram qiladigan darajadami? — tilshunoslar bilan suhbat
Kun.uz jurnalisti Ilyos Safarov oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tarixi, ziyolilar koʻnglidagi til bilan bogʻliq bugungi gʻashlik va oʻzbek tilining xorijda oʻqitilishi ahvoli mavzularida suhbat tashkil etdi.
Bu suhbatda men ham qatnashdim. Fikrlarimni bildirdim.
👉 kun.uz/46129669
@oriftolib

👍39
-yapti, -yabdi, -ayapti
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada -yapti, -yotir, -yotib qoʻshimchalari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/N-6EmTVpTXA

👍23
💯25😱16😎16👍7🔥1
Antaliya – nomi ham, oʻzi ham koʻhna shahar
Turkiyadagi bu kurort shahar dunyoga mashhur. Uning tarixi miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. Tadqiqotlar hozirgi Antaliya viloyati hududida juda qadim zamonlarda, jumladan, tosh va bronza davrlarida ham odamlar yashaganini koʻrsatadi.
Mintaqa Pergamon qirolligi qoʻliga oʻtgach, uni faol oʻzlashtirish boshlanadi. Miloddan oldingi 159-yili Pergamon qiroli Attala II buyrugʻi bilan Attaliya shahriga asos solinadi. Shahar nomi arab manbalarida Antaliya, turk manbalarida Adaliya nomi bilan tilga olingan. XX asrning birinchi choragidan boshlab shahar Antaliya deb atala boshlagan.

👍26🔥1
Kazo-kazolar va hokazolar: maʼnosi keskin oʻzgarib ketgan 🔟 ta soʻz
Maʼnoning tubdan oʻzgarishi oʻzlashma soʻzlarda koʻp uchraydi. Boshqa tilga oʻtgan soʻz koʻpincha oʻsha tilning tabiatiga, issiq-sovugʻiga moslashadi, baʼzan qiyofasi va maʼnosini oʻzgartiradi. Bu holat tilning oʻz soʻzlari orasida ham kuzatiladi.
“Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday soʻzlardan baʼzilarini sharhladim:
🔹 Kazo-kazolar va hokazolar
🔹 Taqsir: maqtovmi yoki yerga urish?
🔹 Chavandozlar chapaqay boʻladimi?
🔹 Qoyil va qoyilmaqom
🔹 Mirishkorning ovi
🔹 Kim sipo koʻrinadi?
🔹 Mugʻombirning taʼbiri
🔹 Gʻurraning evrilishi
🔹 Sahrodan kelgan yovvoyi
🔹 Terisini tashlagan tiyin
Oʻqish:
👉 https://dy.uz/lV2MQ

👍29🔥3
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Yoʻldan oʻtyotib xayoliga keldi.
87%
Yoʻldan oʻtayotib xayoliga keldi.
👍22💯13🔥2
Pensilvaniya – oʻrmonlar oʻlkasi
Amerikada ham xuddi Avstraliyada boʻlgani kabi juda koʻp joylarga kishilarning ismi berilgan. 1681-yili Angliya qiroli Charlz II yosh ruhoniy Uilyam Penga Delaver daryosining gʻarbidagi juda katta hududni beradi. Pen 1682-yili bu hududda Pensilvaniya koloniyasi va uning poytaxti Filadelfiyaga asos soladi.
Uilyam dastlab bu hududga Yangi Uels nomini berishni taklif etadi, lekin bu nom eʼtirozlarga sabab boʻladi. Soʻng u Silvaniya nomini taklif qiladi. Bu soʻz lotincha silva – bogʻ soʻzidan yasalgan edi. Oxir-oqibat qirol bu hududni Pensilvaniya deb atashga qaror qiladi. Lotincha Penn Sylvania soʻzma-soʻz Penning bogʻi degan maʼnoni beradi. Hududning nomi Qirollik floti admirali, Uilyam Penning otasi katta Pen sharafiga nomlanadi.
Dastlab kichik Pen bu nomdan xijolat tortadi. Chunki odamlar u haqda yanglish xayolga borishi, hududni oʻz nomi bilan atab oldi deb oʻylashi mumkin edi. Biroq qirol joy nomini oʻzgartirmaydi va Pensilvaniya keyinchalik AQSH tarkibida alohida shtat nomiga aylanadi.

👍16🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-yapti, -yabdi, -ayapti | 2️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19🤨1
🤨34👍11😢7😱2🔥1
Sietl – hindular sardori
Hozirgi Sietl oʻrnida yevropaliklarning ilk qoʻnimgohi 1851-yili barpo etiladi. Bu maskanni taniqli davlat arbobi Artur Dennining safdoshlari quradi va unga “Nyu York Alki” deb nom beradilar. Alki chunuk qabilasi tilida tez orada, qachondir degan maʼnoni anglatgan.
1852-yili qoʻnimgoh Elliot koʻrfazining sharqiy qirgʻogʻiga koʻchiriladi. Doktor Devid Meynard qoʻnimgohni sukvomish va duvomish hindu qabilalari sardori Sietl sharafiga atashni taklif qiladi. Sietl oqtanlilar bilan murosa qilish tarafdori boʻlib, qabiladoshlari orasida ham, oqtanlilar orasida ham obroʻ-eʼtibor qozongan edi.
Amerikada boshqa bir qancha joylar va muassasalar ham Sietl sharafiga nomlangan.

👍14🔥1
Variantdosh soʻzlar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qiyin va koʻp savol tugʻdiradigan masalalardan biri – variantdosh soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/u-FvVbD_C7A

👍15🔥4
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
24%
Abu Mansur Motrudiy
47%
Abu Mansur Moturudiy
29%
Abu Mansur Moturidiy
🤨29👍22😢6💯3
👍26💯7😱6🤨3
Buxarest – Bukurning shahri
Buxarest – Ruminiya poytaxti. Unda ikki millionga yaqin aholi yashaydi. Shahar oʻrta asrlar lotin manbalarida Cetatia Dambovitci, yaʼni Dambovitsa shahri sifatida tilga olinadi. Dambovitsa – daryoning nomi. Demak, shaharni ham daryo nomi bilan atashgan.
Maʼlumotlarga koʻra, shahar nomi 1459-yildan rumincha București shaklida tilga olina boshlagan. Bunda Bukur kishi nomini, -eshti qoʻshimchasi esa tegishlilikni bildirgan. Bukureshti – Bukurga tegishli joy, Bukurning shahri degani. Bukur ismi Ruminiyadagi boshqa joy nomlarida ham uchraydi. Bu soʻz alban tilida yoqimli, chiroyli maʼnolarini bildiradi.
Bir afsonaga koʻra, shaharga XV asrda Bukur ismli choʻpon asos solgan. Biroq bu haqiqatga mos emas. Chunki Buxarest shahri undan oldin ham bor boʻlgan.

👍28
✅ Qay biri toʻgʻri?
Qizgʻanish hissi – ...
Qizgʻanish hissi – ...
Anonymous Quiz
69%
Rashk
14%
Rashq
17%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍23🤨10😎6🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Variantdosh soʻzlar imlosi | 2️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍13🔥1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Doʻstlaringizga ulashing
18%
Doʻstlaringiz bilan ulashing
43%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍13😢6😎3😱1
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shuhrat Sattorov bilan "Ma'daniyat va ma'rifat" telekanali "Olamning qalbi" ko'rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi
"Doim dadamdan kitobimni chiqarib bering, deb iltimos qilardim, hatto yig'laganman. Ro'zg'orning boshqa tashvishlari bo'lishidan bexabarman, dardim kitob chiqarishda bo'lgan.
Bir kuni dadam meni olib bankka bordi, bank rahbaridan kitobimni chiqarish uchun qarz so'raganlar, meni qo'llab-quvvatlash uchun. So'rov rad etilgan. Bankdan chiqayotganimda dadamning qo'llarini qattiq siqib, "boshqa yig'lamayman",- deganman.
Oradan 20 yil o'tib, kitobim chiqdi. Taqdirni qarangki, yillar o'tib men eng ko'p kitob nashr etiladigan tashkilotga rahbar etib tayinlandim."
©️Shuhrat Sattorov
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Saragosa va imperator Avgust
Bir qaraganda, Ispaniyadagi Saragosa shahri va Rim imperiyasi asoschisi Oktavian Avgust oʻrtasida bogʻliqlik topish mushkul. Biroq shahar tarixi bilan qiziqqan kishi ular bir-biriga chambarchas bogʻliq ekaniga amin boʻladi.
Saragosa shahriga miloddan oldingi 24-yilda rimliklar asos soladi va unga Colonia Caesaraugusta – Imperator Avgust koloniyasi deb nom beradi. Shahar arab xalifaligi tarkibida boʻlgan paytlarda Caesaraugusta nomi Sarakustaga aylanadi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, Caesaraugusta iborasi caesar va augusta soʻzlaridan hosil boʻlgan. Birinchi qismdagi caesardan sezar soʻzi hosil boʻlgan. Oʻzbek tilida faol ishlatiladigan qaysar soʻzining ildizi ham shu soʻzga borib taqalishi haqida oldinroq yozgan edim.

👍13🔥1😱1
Bolalar, ayollar, qariyalar, begunoh odamlarni oʻldirib, uyini buzib, vatanidan ayirib kelayotgan Isroilni yoqlayotgan va oqlayotganlar adolat-u vijdondan mosuvo, shu ishga qalban sherik odamlardir. Kim boʻlishidan qatʼi nazar.
#Kundalikdan
@oriftolib
#Kundalikdan
@oriftolib
💯74😢25👍13🔥2🤨1
Mavrikiy – koʻp ism koʻrgan orol
Mavrikiy – Janubi-sharqiy Afrikadagi orol-davlat. Hind okeanining janubi-gʻarbiy qismida, Madagaskardan taxminan 900 kilometr sharqda joylashgan. Boyligi boʻyicha Afrikada ikkinchi, inson rivoji indeksi boʻyicha esa eng yuqori oʻrinda.
Mamlakat nomini oʻzining eng katta oroli nomidan olgan. Orol X asr arab sayyohlarining esdaliklarida Dina arobi – Kumush orol nomi bilan tilga olinadi.
Kimsasiz bu orolga XVI asrda portugal dengizchilari qadam qoʻyadi va uni kemalaridan birining nomi bilan Sishna, yaʼni oqqush deb ataydi. 1598-yili orolni hollandlar egallaydi va Niderlandiya shahzodasi Mauris Oranj sharafiga Mauritius deb nomlaydi.
1715-yili orol Fransiya qoʻl ostiga oʻtadi va fransuzlar unga Il de Frans – Fransiya oroli deb ot qoʻyadi. 1810-yili orolni buyuk britaniyaliklar bosib olgach, unga Mauritius nomini qaytaradi.
Ha, orol tarixda koʻp nomlarni koʻrgan. Bir qaraganda arabchaga oʻxshab koʻrinadigan Mavrikiy nomi esa holland qiroli ismining lotincha ifodasidan hosil boʻlgan.

👍24