Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Mana bu va manavi, ana bu va anavi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada mana bu, ana bu, ana shu soʻzlari va ularning variantlari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/zKowhQmueQA

@oriftolib
👍13
​​Gibraltar – Toriq togʻi

Gibraltar – Buyuk Britaniyaning Pireney yarimorolidagi hududi. Shu nomdagi boʻgʻoz va qoya ham bor. Bu nomning kelib chiqishi arab lashkarboshisi Toriq ibn Ziyod nomi bilan bogʻliq. U 711-yili qoʻshin bilan boʻgʻozdan oʻtib, sohildagi qoyaga istehkom qurgan. Bu istehkom sarkarda nomi bilan Jabal ut-Toriq, yaʼni Toriq togʻi nomini olgan.

Vaqt oʻtishi bilan bu nom istehkom joylashgan qoyaga, soʻng butun hududga nisbatan ishlatila boshlagan. U Yevropa tillariga, jumladan, ispan va ingliz tillariga Gibraltar shaklida oʻzlashgan. Uni inglizlar Jibraltar, ispanlar esa Hibraltar deb oʻqiydi. Oʻzbek tiliga rus tili orqali Gibraltar koʻrinishida kirib kelgan.

Gibraltar Oʻrta dengizni Atlantika okeani bilan bogʻlovchi muhim strategik nuqtada joylashgan. Unga egalik masalasida Ispaniya ham daʼvogarlik qilib turadi. Hududda rasmiy til – ingliz tili. Soʻzlashuvda yanito tili ishlatiladi. U ispan tilining andalus lahjasiga yaqin, ingliz tilidan kuchli taʼsirlangan, lugʻatida italyan, malta, arab, ibroniy va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp boʻlgan qurama tildir.

@oriftolib
👍31🔥2💯1🤨1
Aytib ber!

Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murg‘ak jonin qaytib ber!
Ular seni o‘ldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Notinch yurtning peshonasi sho‘r o‘g‘li,
Dunyo ahlin zor yig‘latgan, zo‘r o‘g‘li.
Endigina uch yosh eding, go‘r o‘g‘li,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Har yurakka hayratlardan tug‘ ilib,
Nima ko‘rding, bu dunyoda tug‘ilib?
Yashamasin desang meni bo‘g‘ilib,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Qancha-qancha haddan oshgan boylar bor,
Burda nonga intiq holi voylar bor,
G‘arb atalmish gunohga g‘arq joylar bor,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Aytgin, barcha shaytonga ulfatlarni,
Yosh boshingga tushgan g‘am, kulfatlarni.
O‘laksalar izlagan kalxatlarni,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Donolar xor, nodon o‘rni to‘r bo‘ldi,
Kimki, g‘o‘rni yengsa, o‘sha zo‘r bo‘ldi.
Uch yoshingda yetgan joying go‘r bo‘ldi,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Ezgulikni xo‘p ezgisi borlar – G‘arb,
Osiyoni osiylikka chorlar G‘arb.
G‘arbdan chiqqan quyosh kabi porlar G‘arb,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Fahsh otli ko‘ngil ko‘zi ko‘rlarni,
Giyohvandlik dardi yuqqan zo‘rlarni,
Dinni niqob aylagan terrorlarni,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Doktorlar mot qismat degan “Farzin”ga,
Chora topmay ko‘ksingdagi darzingga.
Qo‘shilaman hamma-hamma arzingga,
Hammasini Allohimga aytib ber!

Tug‘ilsayding o‘zbek degan millatda,
Yashar eding minnati yo‘q rag‘batda.
Hurgina jon, endi borgin, jannatda
Hammasini Allohimga aytib ber!

Botirjon Ergashev

#Sheʼriy_lahza

@oriftolib
👍59😢37🔥9
​​“Uzunquloq gaplarga koʻra”. Gap uzunquloq boʻlishi mumkinmi?

“Uzunquloq gaplarga koʻra”, “odamlar orasida uzunquloq gaplar yuribdi”. Qanday qilib gap uzunquloq boʻlishi mumkin? Deylik, biron hayvonga nisbatan uzunquloq desa tushunarli, lekin gapning uzunquloq boʻlishi gʻalati.

Gap shundaki, bu yerda uzun hozir tilimizdagi oʻlchovni bildiruvchi uzun emas. Qadimgi turkiyda unga shakldosh yana bir uzun soʻzi boʻlib, gʻiybat maʼnosini bеrgan. Gʻiybatchi esa uzunchi deyilgan. “Qutadgʻu bilig”da oʻqiymiz:

Uzunchi kishike qatilma yira,
Uzunchi
tilinde kuyer ot ker-e.

Maʼnosi: gʻiybatchi kishiga yaqinlashma, yiroqlash, gʻiybatchi tilida oʻt yonadi, koʻr.

Uzundin qopar ul ajun bulgʻaqi,
Uzunchi bashin kes, ey ersig aqi.

Maʼnosi: dunyoning boʻlgʻanchiq fisq-u fasodlari gʻiybatdan chiqadi, Gʻiybatchining boshini kes, ey mard saxiy (QB. T. 1971.632-b.).

Demak, uzun gap uzundan-uzun choʻzilgan emas, balki gʻiybat gap ekan...

Bizningcha, uzunquloqning qulogʻi ham eshitish organi – quloq maʼnosida emas. Quloq ham baʼzi turkiy lahjalarda koʻchma maʼnoda mishmish, ovoza, gap soʻz, gʻiybat maʼnolarini bildiradi.

Shunday qilib, uzunquloq gaplar iborasini gʻiybat, mishmish, ogʻizdan-ogʻizga oʻtgan gaplar deb tushunish mumkin.

Abduvohid Hayit

@oriftolib
👍38💯6🔥4🤨3
Meni koʻrdi-yu... bola bechora tarrakdek qotdi. (X. Toʻxtaboyev, “Sariq devni minib”.)

Jumlada qoʻllangan “tarrakdek qotmoq” iborasidagi “tarrak” nimani bildiradi?
Anonymous Quiz
63%
Taxta, yogʻoch
21%
Poliz ekini
16%
Sham, mum
👍29😢7💯5🔥1
👍26🤨2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana bu va manavi, ana bu va anavi | 2️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍18
​​“Ismli” shaharlarga boy oʻlka

Avstraliya qitʼasida odamlarning nomi boʻlgan toponimlar tez-tez koʻzga tashlanadi. Oʻlkani yevropaliklar egallagach, yangi shaharlar, qishloqlar, aholi punktlari qurildi. Ularning aksariga mustamlakachilarning taniqli kishilari nomi berildi. Bugun bu joylarning koʻpi yirik shaharlarga aylangan. Jumladan, Avstraliyadagi Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Hobart, Basselton, Banberi, Albani, Taunsvil kabi joy nomlari aslida kishilarning ismi boʻlgan.

Sidney – Avstraliyaning eng katta va eng qadimiy shahri. Unga 1788-yili Angliya Qirollik floti admirali Artur Fillip asos solgan. Bu yevropalik istilochilarning qitʼadagi ilk makoni, qoʻnimgohi edi. Shahar lord Sidney nomi bilan ataldi. U Buyuk Britaniyaning mustamlakalar vaziri boʻlgan.

Melburn – kattaligi boʻyicha Avstraliyaning ikkinchi shahri, Viktoriya shtati poytaxti. Mamlakatning tijorat, sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Jahonning eng janubiy nuqtada joylashgan millioner shahri. Shahar hududi 1835-yildan egallana boshlagan. U Yarra daryosi boʻyida joylashgan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan aholi yashash joyi edi. 1837-yili shtat gubernatori shaharning bosh rejasini tasdiqladi. Shu yil oxirida unga Buyuk Britaniya bosh vaziri, Melburn 2-vikonti Uilyam Lamb sharafiga Melburn deb nom berildi.

Adelaida – Avstraliyaning yirik shaharlaridan biri. Shaharga 1836-yili asos solingan va unga Buyuk Britaniyani 1830–1836-yillari boshqargan Uilyam IV ning xotini qirolicha Adelaida nomi berilgan.

@oriftolib
👍19🔥1
Navbatdagi jalochilik: maktab va bogʻcha qurilmasin!

Rossiyada oʻzbekistonlik migrantlarning bolalari uchun bogʻcha va maktablar ochish iltimosiga rossiyalik deputat Mixail Delyagin qarshi chiqibdi. Bu noqonuniyligini aytib, Oʻzbekiston maktablarini oʻz hududida qurishi kerakligi, migrantlarni ham olib ketishi zarurligini aytibdi. Ammo u shu migrantlar boʻlmasa, muammolar girdobidagi Rossiya iqtisodi biryoʻla oʻtirib qolishi mumkinligi haqida lom-mim demagan.

Yaqinda Rossiya mamlakatimizda maktablar qurmoqchi ekani xabar qilingandi. Bu masalaga qanday qararkan bu deputat?

Bizning shevada jalochi degan soʻz bor. Nohaq boʻlsa-da, baqir-chaqir, shantaj qilib oʻz fikrini oʻtkazishga urinadigan odamga nisbatan qoʻllanadi. Bundaylarga, mayli, javob berish kerag-u, lekin ularni juda jiddiy qabul qilmaslik kerak.

Bir paytlar tafakkuri, ilmi, adabiyoti bilan dovruq qozongan millat vakillarining bu qadar maydalashib ketgani achinarli.

@oriftolib
👍29😱3😢3🤨1
Fan nomi qanday yoziladi?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada fanlar va ularga oid darsliklar, qoʻllanmalar nomi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/3xSnaZCJvLM

@oriftolib
👍20
​​Barselona – qoʻmondon shahri

Barselona nomining paydo boʻlishi haqida turli qarashlar bor. Bir taxminga koʻra, u qadimgi iber tilidagi Baŕkeno soʻziga borib taqaladi va qalʼa, qoʻrgʻon maʼnosiga ega.

Qadimiyroq manbalarga koʻra esa, shahar karfagenlik qoʻmondon Hamilqor Barqo (miloddan oldingi 270–229 yillar) sharafiga nomlangan. Taxminlarga qaraganda, sarkarda miloddan oldingi III asrda ushbu shaharga asos solgan. Barqo laqabi finikiy tilidagi baraq, yaʼni chaqmoq soʻziga borib taqaladi. Bu soʻz bilan oʻzagi bir boʻlgan arabcha barq oʻzbek tiliga ham oʻzlashgan. U tilimizda yashin, chaqmoq, yolqin, alanga maʼnolarida qoʻllanadi.

Biroq shahar karfagenliklarga qarashli boʻlgani yoki shaharning qadimda ishlatilgan Barsino nomi Barqalar sulolasiga aloqadorligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Shahar oʻrta asrlarda Barchinona, Barsalona, Barchelona va Barchenona kabi nomlar bilan atalgan.

Barselona shahri nomini Barsa shaklida yanglish qisqartirish urf boʻlgan. Aslida bunday qisqartirish shaharning dunyoga mashhur futbol klubi – “Barselona”ga tegishli xolos. Mahalliy aholi shahar nomini qisqartirganda Barna deb ataydi.

@oriftolib
👍21🔥3😱1🤨1
​​Esse uchun mavzular

#Soʻragan_edingiz

Yaqinda milliy sertifikat imtihoni oʻtkazilar ekan. Unda esse yozish topshirigʻi ham bor. Tayyorgarlik koʻrish uchun essega mavzu soʻrashdi. Quyida 10 ta mavzu berilgan.

Esse qanday yozilishi haqida esa mana bu yerda maʼlumot bor.

1️⃣ Aqllarning sizishi (brain drain), yaʼni oʻqimishli kishilarning chet ellarga ketishi mamlakat uchun foydalimi yoki zararli?

2️⃣ Axborot asrida oʻzbek tilini qanday rivojlantirish mumkin?

3️⃣ Bolaning qobiliyatini yuzaga chiqarishga yordam va xalal beruvchi omillar.

4️⃣ Daraxtlarning ommaviy kesilishi: oqibatlar va yechimlar.

5️⃣ Ekologik madaniyat muammolari va uning yechimlari.

6️⃣ Ilmdagi plagiat mamlakat taraqqiyotiga qay darajada taʼsir koʻrsatadi?

7️⃣ Maktablarda erkak oʻqituvchilarning kamligi va uning taʼlimdagi oqibatlari.

8️⃣ Malakali kadrlar yetishmovchiligi: sabablar va yechimlar.

9️⃣ Moddiy qiyinchiliklarning taʼlimga taʼsiri: uni qanday yengib oʻtish mumkin?

🔟 Sunʼiy intellekt va uning hayotimizga taʼsiri.

@oriftolib
👍31
Eʼtibor uchun rahmat

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri Munojat MOʻMINOVA “Ibrat farzandlari” loyihasidagi videodarslarim va telegram sahifam haqida maqola tayyorladilar. Maqola gazetaning 2023-yil 22-oktyabr sonida bosildi.

Eʼtibor uchun Munojat opaga minnatdorchilik bildiraman.

Gazetaning elektron variantini mana bu yerda oʻqish mumkin:

👉 t.iss.one/gazetalar_sharhi/24813

@oriftolib
👍38🔥4
“Oʻzbekcha oʻylayman va gapiraman” – oʻzbek tilini oʻz ona tilidek biladigan oʻzbekistonlik turli millat vakillari

Kun.uz shu mavzuda videolavha tayyorlabdi. Lavhadagi kishilar ham oʻzbekchani shunchaki nazar-pisand qilmasligi yoki kamida “Tushunaman, lekin gapirmayman” degan kibrli munosabatda boʻlishlari mumkin edi. Lekin ular shu yurt fuqarosi, shu yurt farzandi, oʻzbeklar bilan doʻst-birodar, inoq yashayotgan kishi sifatida davlat tilini oʻrganishgan.

Videoni koʻrgan oʻzbeklarning qalbida bu insonlarga hurmat, yaqinlik hissi uygʻonishi shubhasiz.

👉 kun.uz/99950852

@oriftolib
👍23🔥8💯3
💯27👍11😱2
Endi koʻproq xatoni topa oladi

Tahrirchi
loyihasi haqida oldinroq yozgan edim. U endi grammatik xatolarni ham tekshiradigan boʻldi. Yangilangan Tahrirchi nafaqat imloviy, balki grammatik, paronimik (koʻp adashtiriladigan soʻzlar), punktuatsion (tinish belgilari) va boshqa turdagi xatolarni topib, toʻgʻrilab beradi.

Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan barcha foydalanuvchilarga bir oylik Premium obunasi berilyapti. Aʼzo boʻlib, oʻzingiz bemalol sinab koʻrishingiz mumkin.

Tahrirchidan oʻzim ham foydalanyapman. Xato hammadan oʻtadi, ayniqsa texnik xatolar. Shunaqa paytlarda Tahrirchi jonga ora kiryapti.

Albatta, yangi funksiyada kamchiliklar boʻlishi tabiiy. Biroq dastur ijodkorlari taklif va tavsiyalar uchun ochiq. Fikringizni tortinmay bildirishingiz mumkin. Har qanday dastur yoki ilova yaxshi takliflar bilan mukammallashib boradi.

Batafsil:
👉 t.iss.one/tahrirchi_uz/37

@oriftolib
👍31🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fan nomi qanday yoziladi? | 2️⃣5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍20
​​Izmir va amazonkalar

Izmir Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri. U aholi soni boʻyicha mamlakatda uchinchi oʻrinda. Antik davrlarda Izmir hududida yunonlarning Smirna shahri joylashgan. Shaharning nomi ana shu Smirnaning oʻzgargan shaklidir. Shahar nomi oʻrta asrlarda Smira, Zmirra, Esmira, Ismira, Samorna, Smurna kabi shakllarda talaffuz qilingan.

Shahar nomining paydo boʻlishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, lekin turli afsona va rivoyatlar bor. Tadqiqotlarga koʻra, smirna soʻzi yunoncha emas, Egey hududidagi boshqa joy nomlari kabi onadoʻli tillariga oid. Miloddan oldingi 2000-yillarga oid matnlarda shahar Tismirna deb tilga olingan. Vaqtlar oʻtishi bilan “Ti” qismi qisqarishga uchragan.

Bir rivoyatga koʻra, hozirgi Izmir hududida yashagan erektidlar amazonkalar bilan jang qiladi va yengadi. Ularning boshligʻi Tes amazon ayol Smirnaga uylanadi va hududga uning nomini beradi. Boshqa bir taxminga koʻra, shaharga Kipr qiroli Kinirasning qizi Smirna nomi berilgan.

Tarixiy Smirna qoldiqlari hozir shaharning Koʻnak tumani hududida joylashgan va arxeologik yodgorlik sanaladi.

@oriftolib
👍18
Bayramdan keyingi tahlil: tilimiz ahvoli bayram qiladigan darajadami? — tilshunoslar bilan suhbat

Kun.uz jurnalisti Ilyos Safarov oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tarixi, ziyolilar koʻnglidagi til bilan bogʻliq bugungi gʻashlik va oʻzbek tilining xorijda oʻqitilishi ahvoli mavzularida suhbat tashkil etdi.

Bu suhbatda men ham qatnashdim. Fikrlarimni bildirdim.

👉 kun.uz/46129669

@oriftolib
👍39
-yapti, -yabdi, -ayapti

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada -yapti, -yotir, -yotib qoʻshimchalari imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/N-6EmTVpTXA

@oriftolib
👍23
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
15%
Boryabman
60%
Boryapman
25%
Borayapman
💯25😱16😎16👍7🔥1