Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
“Tap tortmoq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Betgachoparlik qilmoq
46%
Qoʻrqmaslik, choʻchimaslik
29%
Choʻchimoq, hadiksiramoq
👍16🤨5😢4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2 | 2️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍7
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Lekin oʻzbekchada bu mazmunda ishlatilmaydi. Oʻzbekchadagi maʼnosi ifodalagan holat haddan oshib ketsa, kishi hushidan ayrilishi ham mumkin. Bu soʻz tilimizda…
Gʻash

Gap gʻash soʻzi haqida edi. U fors tilida hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Biroq oʻzbekchada bunday mazmun tashimaydi. U sifat boʻlib kelganda noxush, dilgir maʼnosini bildiradi va odatda kayfiyat yoki ruhiyatga nisbatan ishlatiladi. Ammo uni bu maʼnoda qoʻllash kam uchraydi:

Oydin kechada bu xunuk ovoz uning gʻash koʻnglini tirnab oʻtganday boʻldi.
A. Muxtor, “Qoraqalpoq qissasi”.

Ot boʻlib kelganda ruhiyatdagi dilgir holat; noxush tuygʻu, taʼbi xiralik maʼnolariga ega boʻladi:

Oradan bir necha oy oʻtgan boʻlsa ham, Rohatbibi koʻnglidagi gʻash yozilmadi.
H. Gʻulom, “Mashʼal”.

🟢 Bu soʻz bir necha iboralar tarkibida ham keladi. Koʻngli yoki yuragi gʻash tortmoq iborasi koʻngliga noxushlik tushmoq, yuragini gʻash qilmoq maʼnosida qoʻllanadi. Gʻashi kelmoq iborasi esa asabi qoʻzgʻamoq; gʻijinmoq; badandagi biror taʼsirdan bezovtalik, noqulaylik sezmoq kabi maʼnolarga ega. Gʻashiga tegmoq birikmasi asabini qoʻzgʻamoq, gʻijintirmoq mazmunini tashiydi.

@oriftolib
👍26🔥2
“Torinmoq” nima degani?

“Arra tortishmasang, torinma” degan maqol bor. Maqoldagi torinma soʻzi nima maʼnoda qoʻllangan deb oʻylaysiz?

@oriftolib
👍15
Mehr bor bo‘lsin!

Uyini yangitdan bezashni istagan bir yapon taxta devorning bitta tomonini olib tashladi. Yaponlarning uylaridagi devorlar odatda taxta yoki gipsdan ishlanadi, ikkitasi yonma-yon qo‘yiladi va o‘rtaga ozgina bo‘sh joy tashlanadi.

U devorning birinchi qismini buzib olgach, bo‘sh joyda oyog‘ini mix qisib qolgan kaltakesakni ko‘rib, hayron bo‘ldi. Chunki bu mix taxminan o‘n yilcha oldin, uy qurilishida qoqilgan. Shuncha vaqt davomida bu kaltakesak hech yerga qimirlay olmay qanday yashab qoldi ekan? Qorong‘i devor orasida o‘n yil joyidan jilmay yashaganiga ishongisi kelmasdi.

Odam boshqa ishlarini tashlab, kaltakesakni kuzata boshladi. Shunda qayerdandir boshqa bir kaltakesak paydo bo‘ldi. Og‘zida yegulik olib kelib, mixga qisilgan sherigiga berdi. Bu manzarani ko‘rib turgan kishi hayratdan yoqasini ushladi. Nahotki? Axir maxluqlarning eng mukarrami, eng aqllisi bo‘lgan odam oilasidan, yaqinlaridan mehr-muhabbatini ayab turgan zamonda qandaydir bir kaltakesak mixga qisilib, yarimjon bo‘lib qolgan sherigini tashlab ketmasa? Bu qanday mehr, qanday sevgi bo‘ldi?

Ey odamlar! Ko‘nglingizdagi asl xazina – muhabbatni o‘ldirmang, sizni sevganlarni aslo tark etmang!

“Taqvim”da chop etilgan.

👉
Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍33🔥9😢5
Saviyamizga shubha qilsangiz, biz qoldirayotgan izohlarga boqing!

#Kundalikdan

@oriftolib
🔥46👍27🤨7😎7😢4💯1
​​Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

Soʻnggi paytlarda esse atamasi faol isteʼmolga kirdi. Endi uni yozuvchi yoki publitsistlar emas, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ham tez-tez qoʻllay boshladi. Bu Gʻarb taʼlimiga xos boʻlgan esse yozish anʼanasining kirib kelgani va ommalashgani bilan bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga kirish uchun yoki IELTS kabi til bilish salohiyatini baholovchi imtihonlarda esse yozish topshiriqlari beriladi.

Bu shakldagi sinov mashqlari Oʻzbekistonda ham ommalashyapti. Masalan, milliy sertifikat olish istagida boʻlgan oʻqituvchilardan esse yozish soʻralyapti.

“Daryo” nashrida ushbu yozma ish turining xususiyatlari, uni yozishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqida soʻz yuritdim.

Bu mavzuda yozishimni kanal oʻquvchilari ham koʻp soʻragan edi. Marhamat, oʻqing, uqing. Foydasi tegsa, xursand boʻlaman.

Mavzuga qiziqadigan, essega ishi tushadigan tanishlaringizga ham shu xabarni yuborib qoʻying.

👉 https://daryo.uz/2023/10/05/oqituvchiga-ham-oquvchiga-ham-birday-muhim-esse-qanday-yoziladi

@oriftolib
👍37🔥5💯2😎2
👍29🤨16💯7😎6😱3🔥2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
82%
Mushkul ish
13%
Mushkil ish
6%
Mishkul ish
😎45👍20💯9🔥1😱1😢1
“Beshbattar”dagi besh nima?

Ba’zi so‘zlar hamisha ham biz o‘ylagan yoki taxmin qilgan ma’noga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu holat ayniqsa omonimlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar biror so‘zning shakldoshi borligini bilmasangiz, uni yanglish tushunishingiz hech gap emas. Beshbattar so‘zi tarkibidagi besh ham xuddi shunaqa so‘zlardan.

Biz besh so‘zini asosan son ma’nosida tushunamiz. Shu sababli beshbattar so‘zi ma’nosini besh baravar yomon, besh daraja yomon deb taxmin qilishimiz mumkin. Aslida esa bu so‘z umuman boshqa ma’noni anglatadi.

Beshbattar forschadan kirgan, uning tarkibidagi besh so‘zi ko‘p, ortiq, ziyoda ma’nolarini bildiradi. Battar esa juda yomon degani.

Beshbattar o‘zbek tilida nihoyat darajada, o‘taketgan darajada, haddan ortiq; juda og‘ir, qiyin ma’nolarida, salbiy ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi:

Qassobning esiga daf’atan tunov kungi dilxiralik tushib, ko‘ngli beshbattar g‘ash tortdi.
“Yoshlik”.

Ey bechoralar... Bu shaharda bizdan ham beshbattar kambag‘allar borga o‘xshaydi.
P. Tursun, O‘qituvchi.

@oriftolib
👍60💯3🤨3😎3🔥2
Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qonunlar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/OEqCZhUbXmg

@oriftolib
👍24🔥3
Qay biri toʻgʻri?

Erondagi shahar – ...
Anonymous Quiz
48%
Isfaxon
52%
Isfahon
👍19💯14😎12😢10🤨6🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
36%
Jangavor harakatlar
64%
Jangovar harakatlar
💯28👍19😢7😎7🤨4🔥1
Qay biri toʻgʻri?

Pastqam, xilvat joy, odamdan xoli joy; pastqamlik, xilvat – ...
Anonymous Quiz
13%
Avloq
81%
Ovloq
6%
Ovlaq
💯31👍12🤨4
“Yoki” kitobxonlik platformasi

“Akademnashr” yangi loyihani yoʻlga qoʻyibdi. Yoki deb nomlangan ushbu platforma:

🔹 kitobga befarq boʻlmaganlarning fikr almashishlari uchun minbar boʻlishni oʻz zimmasiga olmoqchi;
🔹 kitoblarga taqrizlar, kitobdan olingan hayrat va lazzatni izohlar, iqtiboslar koʻrinishida boshqalar bilan ulashish imkonini yaratmoqchi;
🔹 yozuvchilarni oʻquvchilar bilan yuzlashtirmoqchi, kitobxonlarga yozuvchilarni yaqinlashtirmoqchi;
🔹 nashriyotlar uchun targʻibot va xaridorlarning munosabatini bilish imkoniyatini kengaytirmoqchi;
🔹 noshirlar, muharrirlar, kitob grafikasi ustalari, matbaachilar, kitob blogerlari, kitobsevarlarni bir maydonga jamlamoqchi;
🔹 kitob oʻqiganni ragʻbatlantirmoqchi, sovgʻa bermoqchi, kitobxonlik darajalari taqdim etmoqchi.

👉 yoki.uz

@oriftolib
👍29🔥5😎2
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
#soʻznoma

Koʻpchilik shu soʻzlarning farqi nimada ekanini oʻylab koʻrmagan ekan, lekin toʻgʻri ishlatadi.

@birgap
👍61🔥8😎3💯2🤨2
Yo‘qolgan hamyon

Bir kishi hamyoni yo‘qolganini payqab qoldi. Butun uyni qidirib, topolmagach, o‘g‘irlatdim degan xulosaga keldi. So‘nggi paytlarda uyiga kelganlarni birma-bir xayolidan o‘tkazdi va o‘g‘rini “topdi” – u qo‘shnining bolasi. U aynan hamyon yo‘qolishi arafasida uyiga kirgandi. Undan boshqa hech kim bu ishga qo‘l urishi mumkin emas.

Odam ko‘chada bolani ko‘rib qolib, uning xatti-harakatlarida shubhali alomatlarni sezdi. Bola o‘zini olib qochishga urinar, ko‘zlarini yashirar, bir so‘z bilan aytganda, har bir harakati o‘g‘riniki kabi edi. Lekin odamda ochiq-oydin isbot yo‘q, shu sababli nima qilishini bilmasdi. Har gal uchrashganida bola yanada aybdorroq ko‘rinar, uning esa g‘azabi ortardi.

Nihoyat toqati toq bo‘ldi. Qo‘shninikiga kirib, bor gapni aytishga qaror qildi. Xuddi shu payt xotini suyunchilab qoldi:

– Qarang, dadasi, karavot tagidan nimani topdim, – dedi va yo‘qolgan hamyonni uzatdi.

Pullardan bir so‘m ham kamaymagan – hammasi joyida edi.

Ertasi kuni u yana qo‘shnining bolasini uchratdi: na harakati, na qilig‘i, na gap-so‘zi o‘g‘rinikiga o‘xshar edi...

“Yosh kuch”da chop etilgan.

👉
Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍56🔥2
​​Oʻrnini bilmagan raqam

100 dona iPhone 15 50 000 soʻmdan oshiq xaridlar uchun Mastercard kartasi bilan toʻlang va yutuqli oʻyinda qatnashing.

Boshida buning nimasi xato ekan deb oʻyladim. 15 50 000 soʻmdan oshiq xaridlar haqida gap ketyapti ekan. Jumlani ozroq tahrirlasa yoki gap boshidagi 100 dona iPhone degan joyini qisqartirsa, muammo yoʻq-ku degan xayolga bordim. Lekin ruscha variantga qarab oʻzbekchada qovun tushirilganini angladim.

Gap 15 50 000 soʻmdan oshiq xaridlar haqida emas ekan. Koʻz bu raqamni oʻzicha toʻgʻrilab, 15 500 000 deb oʻqib ketaveradi. Aslida gap 50 000 soʻmdan oshiq miqdordagi oldi-sotdi haqida. iPhone telefonining rusumini bildiruvchi 15 va xarid miqdorini anglatuvchi 50 000 raqamlari ketma-ket kelib qolgan. Natijada oʻquvchini chalkashtirib, adashtirib yuboradigan jumla hosil boʻlgan. Menimcha, bu – dizayndagi xato. 100 dona iPhone 15 soʻzi sarlavhaga olib chiqilgan, lekin pastda ham qolib ketgan.

🟢 Aslida qanday boʻlishi kerak edi:

50 000 soʻmdan oshiq xaridlar uchun Mastercard kartasi bilan toʻlang va yutuqli oʻyinda qatnashing.

Jumlada 100 dona iPhone 15 iborasini qaytarishning hojati yoʻq. Chunki sarlavhada turibdi. Ruscha variantda ham bu ibora yoʻq. Lekin bu iboraga yana urgʻu berish juda-juda istalsa, jumlani mana bunday tahrirlash kerak:

50 000 soʻmdan oshiq xaridlar uchun Mastercard kartasi bilan toʻlang va yutuqli oʻyinda qatnashib, 100 dona iPhone 15 yutib oling.

Darvoqe, men 50 000 soʻmdan oshiq xaridlar demagan boʻlardim. 50 000 soʻmdan boshlanadigan xaridlar yoki 50 000 soʻmlik va undan oshiq xaridlar mosroq. Chunki ruschasidan shunaqa maʼno chiqyapti. Har holda, ruschasidagi mazmun toʻgʻri boʻlsa kerak.

📌 Demak:

50 000 soʻmlik va undan oshiq xaridlar uchun Mastercard kartasi bilan toʻlang va yutuqli oʻyinda qatnashing.

👉 Makrochilardan tanish boʻlsa, yuborib qoʻying. Ancha pul sarflanadigan reklama samarasiz boʻlib qolmasin.

🔹 Rasm obunachilardan.

@oriftolib
👍42🔥2
Badiiy adabiyotlarda uchraydigan “farahbaxsh” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
11%
Tashvishli, gʻam-qaygʻuli
28%
Muhabbatga toʻla
61%
Quvonchli, yoqimli
👍36💯13😎7🔥3😢3🤨2😱1
Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya – asli odamlarning ismi boʻlgan joy nomlari

Kishilarning ismlari gohida narsa-buyumlarning, joylarning nomlariga aylanadi. Bu baʼzan buyruq yoki maxsus farmon bilan amalga oshsa, baʼzan tabiiy tarzda kechadi. Dunyoda asli kishilarning oti boʻlgan, keyinchalik toponimga aylangan soʻzlar talaygina. Ular orasida biz yaxshi biladigan, oʻqigan-eshitgan mamlakatlar, shaharlar, daryo-yu koʻllar bor. Joy nomlari tarixi bilan maxsus qiziqmagan kishi ular bir zamonlar odamlarning ismi boʻlganini xayoliga ham keltirmaydi.

“Daryo” nashrida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.

🔹 Gibraltar – Toriq togʻi
🔹 “Ismli” shaharlarga boy oʻlka
🔹 Barselona – qoʻmondon shahri
🔹 Izmir va amazonkalar
🔹 Antaliya – nomi ham, oʻzi ham koʻhna shahar
🔹 Pensilvaniya – oʻrmonlar oʻlkasi
🔹 Sietl – hindular sardori
🔹 Buxarest – Bukurning shahri
🔹 Saragosa va imperator Avgust
🔹 Mavrikiy – koʻp ism koʻrgan orol

👉 https://dy.uz/QQnPK

@oriftolib
👍30😎1