Muqarrar jazo
Bu voqea olis mamlakatlardan birida yuz bergan. Mast holatda mashina haydagani uchun Sofiya ismli ayolni dastlabki surishtiruvga olib kelishdi. 27 yoshli tantiq bu ayol qattiq sarxush edi, o‘ziga kelgunicha ancha vaqt aljirab o‘tirdi. Hushiga kelgach esa, gap nimadaligini to‘la-to‘kis anglab, o‘zini qo‘lga oldi. Uni og‘ir jazo kutib turardi. Shu sababli shaharning eng ko‘zga ko‘ringan advokatini yolladi. Huquqshunos bor bilim-mahoratini ishga solib, Sofiyani jazodan qutqarib qoldi.
Boshiga tushgan ishlardan kerakli xulosa chiqarmagan ayol g‘alabasini yuvish uchun barga kirdi. To‘yguncha ichib, mast bo‘ldi. So‘ng yana rulga o‘tirdi. Uni bu safar boshqa ko‘rgilik qarshi oldi. Yo‘lda kimnidir urib yubordi, nima bo‘layotganini yaxshi anglamay bechorani yigirma metrga qadar sudrab bordi. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam foyda bermadi, kasalxonaga juda og‘ir holatda olib kelingan bemor hayot bilan vidolashdi.
Bu safar Sofiyani hech kim jazodan asrab qola olmadi. Ayol qamoqxonada ekanida bir gapni eshitdi: baxtsiz hodisada qurbon bo‘lgan kishi uni o‘tgan gal jazodan qutqarib qolgan advokat ekan.
“Ma’rifat”da chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan
@oriftolib

😢35🔥17👍13
Bayramning rasmiy nomi qanday?
1-oktyabr – ...
1-oktyabr – ...
Anonymous Quiz
53%
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
44%
Ustoz va murabbiylar kuni
3%
Ustozlar kuni
👍38😱9🔥7😢4
Barcha fidoyi ustozlarni kasb bayramlari bilan qutlayman.
Sharafli va mashaqqatli kasbingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Mehnatlaringiz rohatini koʻrib yuring.

👍41🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1 | 2️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍9
Alifbodagi o‘zgarishlar: qulaylik bor joyda noqulaylik tanlanmaydi
Alifbodagi muammoli to‘rtta harf ixchamlashishi kun tartibiga qaytgach, yana bahs-munozaralar avj oldi. Tushungan-tushunmagan, bilgan-bilmagan bahslashishga, o‘z qarashini ilgari surishga, ayrimlar esa boshqalarni ayblab, hatto so‘kish, haqoratlashga tushdi. Garchi bu mavzu besh-olti yildan beri muhokama qilingan, tushuntirishlar berilgan bo‘lsa-da, xuddi o‘sha nuqtalarga yana qaytib, yana tushuntirish so‘rash holatlari ham uchrayapti.
“Daryo” nashrida internetda ilgari surilayotgan ba’zi fikr va qarashlarga munosabat bildirib o‘tdim.
👉 https://dy.uz/vqibM

👍25🔥1💯1
✅ Qaysi qatordagi boʻgʻin koʻchirishlar toʻliq toʻgʻri?
Anonymous Quiz
24%
matba-a, pesh-ayvon, silin-drik, den-giz, men-ga
28%
mat-baa, pesh-ayvon, silind-rik, de-ngiz, me-nga
48%
mat-baa, pe-shayvon, silin-drik, de-ngiz, men-ga
👍23💯17🤨9
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada boʻgʻin koʻchirish qoidalari, boʻgʻin koʻchirishda eʼtibor berish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/D15Ycrba0YY

👍14🤨3
“It gʻajigan suyakday” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
71%
Juda ozgʻin, xunuk
18%
Jahlga mingan, gʻazabli
11%
Yuvosh, har narsaga rozi
💯23😢4👍3
Bu qaysi soʻz?
Bu soʻz asliyatda hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Lekin oʻzbekchada bu mazmunda ishlatilmaydi. Oʻzbekchadagi maʼnosi ifodalagan holat haddan oshib ketsa, kishi hushidan ayrilishi ham mumkin.
Bu soʻz tilimizda sifat boʻlib ham, ot boʻlib ham keladi. Uni tez-tez qoʻllab turamiz. Hozir shu soʻzni topolmay turgan holatingizni ham ayni shu soʻz bilan izohlash mumkin.
👉 Gap qaysi soʻz haqida? Javobingizni izohlarda qoldiring.

👍20
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
17%
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya
30%
“Bola huquqlari” toʻgʻrisidagi konvensiya
53%
“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya
👍15🤨10🔥7😢4
“Tap tortmoq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Betgachoparlik qilmoq
46%
Qoʻrqmaslik, choʻchimaslik
29%
Choʻchimoq, hadiksiramoq
👍16🤨5😢4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2 | 2️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍7
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Lekin oʻzbekchada bu mazmunda ishlatilmaydi. Oʻzbekchadagi maʼnosi ifodalagan holat haddan oshib ketsa, kishi hushidan ayrilishi ham mumkin. Bu soʻz tilimizda…
Gʻash
Gap gʻash soʻzi haqida edi. U fors tilida hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Biroq oʻzbekchada bunday mazmun tashimaydi. U sifat boʻlib kelganda noxush, dilgir maʼnosini bildiradi va odatda kayfiyat yoki ruhiyatga nisbatan ishlatiladi. Ammo uni bu maʼnoda qoʻllash kam uchraydi:
Oydin kechada bu xunuk ovoz uning gʻash koʻnglini tirnab oʻtganday boʻldi.
A. Muxtor, “Qoraqalpoq qissasi”.
Ot boʻlib kelganda ruhiyatdagi dilgir holat; noxush tuygʻu, taʼbi xiralik maʼnolariga ega boʻladi:
Oradan bir necha oy oʻtgan boʻlsa ham, Rohatbibi koʻnglidagi gʻash yozilmadi.
H. Gʻulom, “Mashʼal”.
🟢 Bu soʻz bir necha iboralar tarkibida ham keladi. Koʻngli yoki yuragi gʻash tortmoq iborasi koʻngliga noxushlik tushmoq, yuragini gʻash qilmoq maʼnosida qoʻllanadi. Gʻashi kelmoq iborasi esa asabi qoʻzgʻamoq; gʻijinmoq; badandagi biror taʼsirdan bezovtalik, noqulaylik sezmoq kabi maʼnolarga ega. Gʻashiga tegmoq birikmasi asabini qoʻzgʻamoq, gʻijintirmoq mazmunini tashiydi.

👍26🔥2
“Torinmoq” nima degani?
“Arra tortishmasang, torinma” degan maqol bor. Maqoldagi torinma soʻzi nima maʼnoda qoʻllangan deb oʻylaysiz?

👍15
Mehr bor bo‘lsin!
Uyini yangitdan bezashni istagan bir yapon taxta devorning bitta tomonini olib tashladi. Yaponlarning uylaridagi devorlar odatda taxta yoki gipsdan ishlanadi, ikkitasi yonma-yon qo‘yiladi va o‘rtaga ozgina bo‘sh joy tashlanadi.
U devorning birinchi qismini buzib olgach, bo‘sh joyda oyog‘ini mix qisib qolgan kaltakesakni ko‘rib, hayron bo‘ldi. Chunki bu mix taxminan o‘n yilcha oldin, uy qurilishida qoqilgan. Shuncha vaqt davomida bu kaltakesak hech yerga qimirlay olmay qanday yashab qoldi ekan? Qorong‘i devor orasida o‘n yil joyidan jilmay yashaganiga ishongisi kelmasdi.
Odam boshqa ishlarini tashlab, kaltakesakni kuzata boshladi. Shunda qayerdandir boshqa bir kaltakesak paydo bo‘ldi. Og‘zida yegulik olib kelib, mixga qisilgan sherigiga berdi. Bu manzarani ko‘rib turgan kishi hayratdan yoqasini ushladi. Nahotki? Axir maxluqlarning eng mukarrami, eng aqllisi bo‘lgan odam oilasidan, yaqinlaridan mehr-muhabbatini ayab turgan zamonda qandaydir bir kaltakesak mixga qisilib, yarimjon bo‘lib qolgan sherigini tashlab ketmasa? Bu qanday mehr, qanday sevgi bo‘ldi?
Ey odamlar! Ko‘nglingizdagi asl xazina – muhabbatni o‘ldirmang, sizni sevganlarni aslo tark etmang!
“Taqvim”da chop etilgan.

👍33🔥9😢5
🔥46👍27🤨7😎7😢4💯1
Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?
Soʻnggi paytlarda esse atamasi faol isteʼmolga kirdi. Endi uni yozuvchi yoki publitsistlar emas, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ham tez-tez qoʻllay boshladi. Bu Gʻarb taʼlimiga xos boʻlgan esse yozish anʼanasining kirib kelgani va ommalashgani bilan bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga kirish uchun yoki IELTS kabi til bilish salohiyatini baholovchi imtihonlarda esse yozish topshiriqlari beriladi.
Bu shakldagi sinov mashqlari Oʻzbekistonda ham ommalashyapti. Masalan, milliy sertifikat olish istagida boʻlgan oʻqituvchilardan esse yozish soʻralyapti.
“Daryo” nashrida ushbu yozma ish turining xususiyatlari, uni yozishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqida soʻz yuritdim.
Bu mavzuda yozishimni kanal oʻquvchilari ham koʻp soʻragan edi. Marhamat, oʻqing, uqing. Foydasi tegsa, xursand boʻlaman.
Mavzuga qiziqadigan, essega ishi tushadigan tanishlaringizga ham shu xabarni yuborib qoʻying.
👉 https://daryo.uz/2023/10/05/oqituvchiga-ham-oquvchiga-ham-birday-muhim-esse-qanday-yoziladi

👍37🔥5💯2😎2
✅ Xato bor qatorni toping.
Anonymous Quiz
19%
Bogʻni quritmoq
37%
Qurutday sanamoq
44%
Yolgʻonchi va alchoq
👍29🤨16💯7😎6😱3🔥2
😎45👍20💯9🔥1😱1😢1
“Beshbattar”dagi besh nima?
Ba’zi so‘zlar hamisha ham biz o‘ylagan yoki taxmin qilgan ma’noga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu holat ayniqsa omonimlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar biror so‘zning shakldoshi borligini bilmasangiz, uni yanglish tushunishingiz hech gap emas. Beshbattar so‘zi tarkibidagi besh ham xuddi shunaqa so‘zlardan.
Biz besh so‘zini asosan son ma’nosida tushunamiz. Shu sababli beshbattar so‘zi ma’nosini besh baravar yomon, besh daraja yomon deb taxmin qilishimiz mumkin. Aslida esa bu so‘z umuman boshqa ma’noni anglatadi.
Beshbattar forschadan kirgan, uning tarkibidagi besh so‘zi ko‘p, ortiq, ziyoda ma’nolarini bildiradi. Battar esa juda yomon degani.
Beshbattar o‘zbek tilida nihoyat darajada, o‘taketgan darajada, haddan ortiq; juda og‘ir, qiyin ma’nolarida, salbiy ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi:
Qassobning esiga daf’atan tunov kungi dilxiralik tushib, ko‘ngli beshbattar g‘ash tortdi.
“Yoshlik”.
Ey bechoralar... Bu shaharda bizdan ham beshbattar kambag‘allar borga o‘xshaydi.
P. Tursun, O‘qituvchi.

👍60💯3🤨3😎3🔥2
Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qonunlar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/OEqCZhUbXmg

👍24🔥3