Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bunday mavzularda yozmayman, hammaning oʻziga yarasha tashvishi bor degan “prinsipim” bor edi. Biroq bir bemorga ignaning uchidek nafi tegsa, mayli “prinsip”larim havoga uchsin!
Yaqinda bir qarindoshim kasal boʻldi. Kunim gematologiya kasalxonasida oʻtdi. O’sha kunlari bir mushtipar ona bilan tanishdim. Uzoq dardlashdik. Judaa gʻarib. 16 yoshli qizi bir necha yildan beri oq qon kasali bilan kurashadi. Yoʻq, butun oila kurashadi...
Xolidaxon opa ilik koʻchirish muolajasi uchun homiy qidiryaptilar. Chiqib qolar degan umid bilan...
Ehson qilish niyatida boʻlganlar uchun karta raqami👇
Xolidaxon Maxsudova nomida
Xolida opaning telefon raqami:
(97) 988-73-80

6262 9100 6240 2664
Xolidaxon Maxsudova nomida
Xolida opaning telefon raqami:
(97) 988-73-80
😢20👍11
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Individal shugʻullanmoqchiman
83%
Individual shugʻullanmoqchiman
6%
Individuol shugʻullanmoqchiman
👍24💯12😎2
Xato bor qatorni toping.
Anonymous Quiz
18%
Togʻlardan aks-sado qaytdi.
66%
Boshida sal vahim bosgani rost.
16%
Haqiqatdan yuz oʻgirib boʻlmaydi.
👍21😱9😢4
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada boʻgʻin koʻchirish qoidalari, boʻgʻin koʻchirishda eʼtibor berish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/6-VDwxpf7TU
@oriftolib

👍18🔥4💯1
Koʻp soʻraladigan savol: qoʻsh undoshli oʻzlashmalarga qoʻshimcha qanday qoʻshiladi?
Metall, gramm, kristall kabi oxiri qoʻsh undosh bila n tugagan oʻzlashma soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda harf tushadimi yoki yoʻq? Tushadi ham, tushmaydi ham.
🟢 Qachon harf tushadi?
Amaldagi imlo qoidalariga koʻra, metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi:
metall + lar = metallar
kilogramm + mi = kilogrammi
🟢 Qachon harf tushmaydi?
Agar boshqa tovushli qoʻshimcha qoʻshilsa, harf tushib qolmaydi:
ball + i = balli
kongress + dan = kongressdan
📌 Demak:
Uning balli qanaqa chiqdi, besh balli tizim, metalli qotishma, metalldan yasalgan ✅
Uning bali qanaqa chiqdi, besh ballli tizim, besh bali tizim, metallli qotishma, metali qotishma, metallldan yasalgan, metaldan yasalgan ❌
Bir tovush aytilgan paytda ikki harf yozish aslida xatoligi, bu ruscha imlodan koʻr-koʻrona koʻchirilgan qoidaligi, uni oʻzgartirish zarurligi haqida oldinroq yozgan edim. Hozircha yuqoridagi tartibga amal qilinadi.
👉 Toʻgʻrisi, bu qoidaning oʻzgarmasligi ehtimoli yuqori. Chunki oʻzgarishlarga toqatsizmiz.

👍22🔥16
✅ Qay biri toʻgʻri?
Uzma xamirdan ustiga goʻsht, piyoz qiymasi, tuxum kabilar solib tayyorlangan suyuq ovqat – ...
Uzma xamirdan ustiga goʻsht, piyoz qiymasi, tuxum kabilar solib tayyorlangan suyuq ovqat – ...
Anonymous Quiz
13%
Monpar
47%
Manpar
40%
Mampar
💯16😱8👍6🤨3😎2🔥1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilini bilish sizga koʻp imkoniyatlar beradi:
🧑🎓 Magistratura yoki doktoranturaga kirishda turk tili sertifikati ham qabul qilinmoqda.
👩🏫 Yurtimizdagi koʻplab turk kompaniyalarida oʻz mutaxassisligingiz boʻyicha turk tilida xizmat koʻrsatishingiz mumkin.
🇹🇷 Buning uchun sizga “Hilol Edu” turk tili oʻquv markazimiz yordam beradi.
Bizga qoʻngʻiroq qilib, batafsil maʼlumot olishingiz mumkin. Sizni markazimizda kutib qolamiz!
📞+998332878888
✅ @hiloledu
✈️ @hiloledu_uz
✈️ @gulomjonsobirov

Reklama
👍15🔥1
Muqarrar jazo
Bu voqea olis mamlakatlardan birida yuz bergan. Mast holatda mashina haydagani uchun Sofiya ismli ayolni dastlabki surishtiruvga olib kelishdi. 27 yoshli tantiq bu ayol qattiq sarxush edi, o‘ziga kelgunicha ancha vaqt aljirab o‘tirdi. Hushiga kelgach esa, gap nimadaligini to‘la-to‘kis anglab, o‘zini qo‘lga oldi. Uni og‘ir jazo kutib turardi. Shu sababli shaharning eng ko‘zga ko‘ringan advokatini yolladi. Huquqshunos bor bilim-mahoratini ishga solib, Sofiyani jazodan qutqarib qoldi.
Boshiga tushgan ishlardan kerakli xulosa chiqarmagan ayol g‘alabasini yuvish uchun barga kirdi. To‘yguncha ichib, mast bo‘ldi. So‘ng yana rulga o‘tirdi. Uni bu safar boshqa ko‘rgilik qarshi oldi. Yo‘lda kimnidir urib yubordi, nima bo‘layotganini yaxshi anglamay bechorani yigirma metrga qadar sudrab bordi. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam foyda bermadi, kasalxonaga juda og‘ir holatda olib kelingan bemor hayot bilan vidolashdi.
Bu safar Sofiyani hech kim jazodan asrab qola olmadi. Ayol qamoqxonada ekanida bir gapni eshitdi: baxtsiz hodisada qurbon bo‘lgan kishi uni o‘tgan gal jazodan qutqarib qolgan advokat ekan.
“Ma’rifat”da chop etilgan.
👉 Ibratli hikoyalardan

😢35🔥17👍13
Bayramning rasmiy nomi qanday?
1-oktyabr – ...
1-oktyabr – ...
Anonymous Quiz
53%
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
44%
Ustoz va murabbiylar kuni
3%
Ustozlar kuni
👍38😱9🔥7😢4
Barcha fidoyi ustozlarni kasb bayramlari bilan qutlayman.
Sharafli va mashaqqatli kasbingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Mehnatlaringiz rohatini koʻrib yuring.

👍41🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1 | 2️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍9
Alifbodagi o‘zgarishlar: qulaylik bor joyda noqulaylik tanlanmaydi
Alifbodagi muammoli to‘rtta harf ixchamlashishi kun tartibiga qaytgach, yana bahs-munozaralar avj oldi. Tushungan-tushunmagan, bilgan-bilmagan bahslashishga, o‘z qarashini ilgari surishga, ayrimlar esa boshqalarni ayblab, hatto so‘kish, haqoratlashga tushdi. Garchi bu mavzu besh-olti yildan beri muhokama qilingan, tushuntirishlar berilgan bo‘lsa-da, xuddi o‘sha nuqtalarga yana qaytib, yana tushuntirish so‘rash holatlari ham uchrayapti.
“Daryo” nashrida internetda ilgari surilayotgan ba’zi fikr va qarashlarga munosabat bildirib o‘tdim.
👉 https://dy.uz/vqibM

👍25🔥1💯1
✅ Qaysi qatordagi boʻgʻin koʻchirishlar toʻliq toʻgʻri?
Anonymous Quiz
24%
matba-a, pesh-ayvon, silin-drik, den-giz, men-ga
28%
mat-baa, pesh-ayvon, silind-rik, de-ngiz, me-nga
48%
mat-baa, pe-shayvon, silin-drik, de-ngiz, men-ga
👍23💯17🤨9
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada boʻgʻin koʻchirish qoidalari, boʻgʻin koʻchirishda eʼtibor berish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/D15Ycrba0YY

👍14🤨3
“It gʻajigan suyakday” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
71%
Juda ozgʻin, xunuk
18%
Jahlga mingan, gʻazabli
11%
Yuvosh, har narsaga rozi
💯23😢4👍3
Bu qaysi soʻz?
Bu soʻz asliyatda hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Lekin oʻzbekchada bu mazmunda ishlatilmaydi. Oʻzbekchadagi maʼnosi ifodalagan holat haddan oshib ketsa, kishi hushidan ayrilishi ham mumkin.
Bu soʻz tilimizda sifat boʻlib ham, ot boʻlib ham keladi. Uni tez-tez qoʻllab turamiz. Hozir shu soʻzni topolmay turgan holatingizni ham ayni shu soʻz bilan izohlash mumkin.
👉 Gap qaysi soʻz haqida? Javobingizni izohlarda qoldiring.

👍20
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
17%
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya
30%
“Bola huquqlari” toʻgʻrisidagi konvensiya
53%
“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya
👍15🤨10🔥7😢4
“Tap tortmoq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Betgachoparlik qilmoq
46%
Qoʻrqmaslik, choʻchimaslik
29%
Choʻchimoq, hadiksiramoq
👍16🤨5😢4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2 | 2️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍7
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Lekin oʻzbekchada bu mazmunda ishlatilmaydi. Oʻzbekchadagi maʼnosi ifodalagan holat haddan oshib ketsa, kishi hushidan ayrilishi ham mumkin. Bu soʻz tilimizda…
Gʻash
Gap gʻash soʻzi haqida edi. U fors tilida hushidan ketish, hushini yoʻqotish, behushlik kabi maʼnolarga ega. Biroq oʻzbekchada bunday mazmun tashimaydi. U sifat boʻlib kelganda noxush, dilgir maʼnosini bildiradi va odatda kayfiyat yoki ruhiyatga nisbatan ishlatiladi. Ammo uni bu maʼnoda qoʻllash kam uchraydi:
Oydin kechada bu xunuk ovoz uning gʻash koʻnglini tirnab oʻtganday boʻldi.
A. Muxtor, “Qoraqalpoq qissasi”.
Ot boʻlib kelganda ruhiyatdagi dilgir holat; noxush tuygʻu, taʼbi xiralik maʼnolariga ega boʻladi:
Oradan bir necha oy oʻtgan boʻlsa ham, Rohatbibi koʻnglidagi gʻash yozilmadi.
H. Gʻulom, “Mashʼal”.
🟢 Bu soʻz bir necha iboralar tarkibida ham keladi. Koʻngli yoki yuragi gʻash tortmoq iborasi koʻngliga noxushlik tushmoq, yuragini gʻash qilmoq maʼnosida qoʻllanadi. Gʻashi kelmoq iborasi esa asabi qoʻzgʻamoq; gʻijinmoq; badandagi biror taʼsirdan bezovtalik, noqulaylik sezmoq kabi maʼnolarga ega. Gʻashiga tegmoq birikmasi asabini qoʻzgʻamoq, gʻijintirmoq mazmunini tashiydi.

👍26🔥2
“Torinmoq” nima degani?
“Arra tortishmasang, torinma” degan maqol bor. Maqoldagi torinma soʻzi nima maʼnoda qoʻllangan deb oʻylaysiz?

👍15