Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Nihoyat yechimga yaqinmiz

Ayni paytda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtyapti.

Muammoli 4 harfni oʻzgartirish boʻyicha takliflar:

Oʻ – Õ
Gʻ – Ğ
Ch – C
Sh – Ş


Boʻldi. Boshqa oʻzgarish yoʻq.

Choʻzilmay, tez orada amalga kirsa yaxshi boʻlardi. Menga maʼqul.

Shu 4 ta harfning qiyinchiligini koʻp tortganman. Isloh boʻyicha oʻzim ham takliflar bergandim. Unga toʻliq mos kelmasa-da, shu holatiga ham roziman. Murosa ham kerak. Bu yerda imkon qadar kam oʻzgartirish kiritish, noroziliklarni ozaytirish koʻzda tutilgan.

Bu oʻrinda soʻzimiz bir joydan chiqishi kerak. Xorazmcha aytganda, ogʻzibirchilik zarur.

@oriftolib
👍64💯7🤨6😢5🔥4
“Obonato!”

Afrikadagi bir qabilani õrganiş ucun borgan antropolog olim qabila bolalariga şunday õyin taklif qildi. Daraxt yoniga meva tõla savatni qõydi va: “Iclaringdan kim birinci bõlib daraxt yoniga yetib kelsa, manavi şirindan şakar mevalarning hammasi uniki bõladi!” deb eʼlon qildi.

U copişga ruxsat işorasini bergan payt bolalar bir-birlarining qõllarini mahkam tutib, birgalikda yugurişga tuşdi. Marraga yetib kelib, yutuqlari – mevalarni maza qilib yeyişdi. Mağlub bõlgan antropolog bolalardan mevalarni faqat bir kişi qozonişi mumkin bõla turib, nima ucun bunday qilganlarini sõradi. Ular: “Obonato!” deb javob berişdi. Bu sõz ularning tilida: “Men borman, cunki biz bormiz!” degan maʼnoni anglatardi.

Bolalar hali oq-qorani unca yaxşi tanimasa-da, mehr-oqibat nimaligini, bir kişi baxtiyor bõlib, qolganlar baxtsiz bõlsa, bu baxtiyorlik tatimasligini yaxşi bilar ekan.

“Gulxan” jurnalida cop etilgan.

👉
Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍48🤨13😢6💯2
Harf terish qaytaga osonlashadi

Koʻpchilik oʻzgarish boʻlsa, yana qiyin boʻladi-ku, klaviaturada bu harflar yoʻq-ku deb oʻylayapti. Aslida unday emas. Hozirgi muammolar bartaraf boʻladi. Harflar bitta tugmada chiqadi.

Rasmda kecha ishchi guruh taklif qilgan variantni aks ettirdim. Ş harfini boshqa joyga ham qoʻyish mumkin. Masalan, enterning chap tomonidagi tugmaga.

Bu klaviatura uchun terilma yasab olish muammo emas. Hozirgi alifbo uchun ham moslangan terilma bor, masalan. Windows va Appleʼga rasmiy soʻrov yuborilsa, ular keyinchalik yangilanishlar payti oʻzbek lotin klaviaturasini oʻzgartirib qoʻyadi.

Kompyuter klaviaturangizga bir qarang. Unda kirildagi ў, қ, ғ, ҳ harflari yoʻq. Ular щ, ы, –, = belgilari oʻrniga joylashtirilgan. Lotinda ham shunday boʻladi.

@oriftolib
👍44🤨8😢3💯3🔥1
Boshqa variant

W harfi joyida qoladi, inglizcha soʻz kelsa, terilmani oʻzgartirish shart emas.

@oriftolib
👍35😢5🤨2🔥1
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Asliyatda boʻgʻish, boʻgʻilish, nafasi qaytish; boʻgʻib oʻldirish; boʻgʻuvchi kabi maʼnolarni anglatuvchi bu soʻz oʻzbekchaga oʻzlashgach, maʼnosini oʻzgartirgan. Biroz koʻchma maʼno kasb etgan. Lekin soʻz oʻzbekchada ifodalagan maʼnoda boʻgʻilish…
Xafa

Izohli lugʻatga koʻra, xafa soʻzi forschadan oʻzlashgan va asliyatda boʻgʻish, boʻgʻilish, nafas qaytish; boʻgʻib oʻldirish; boʻgʻuvchi kabi maʼnolarga ega. Tojik tili izohli lugʻatida xafa kardan soʻzi ranjitmoq va boʻgʻmoq maʼnosida izohlangan.

Xafa soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Gʻamli, qaygʻuli, hasratli.

Kumush juda xafa koʻringanlikdan uning koʻnglini ochmoqqa toʻgʻri kelar edi.
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

2️⃣ Ranjigan, ozor topgan, norozi; arazlagan.

Kimdan xafasiz? Mendan xafa boʻlmang.

@oriftolib
👍25🔥2
Shuncha kechikkanimiz kammi?

Taniqli iqtisodchi Otabek Bakirov toʻrtta harf ixchamlashishi masalasiga batafsil toʻxtalibdi. Quyida uning maqolasi bilan tanishasiz:

Lotin alifbosiga oʻtishni boshlaganimizga 30 yildan oshdi. 1993-yil 1-sentyabrda maktabga kirganlarning va lotin alifbosida xat-savod chiqarganlarning old farzandlari maktabni bitirishdi.

Yuridik jihatdan lotin alifbosiga oʻtish 2010-yildayoq yakuniga yetgan. Lekin amalda arosat davri davom etmoqda. Lotinda oʻqigan ikkinchi avlod kirilldan yo amalga kirmagan bahsli lotindan foydalanib kelmoqda. Dunyoda alifbo borasida biz kabi arosat (baxtsiz degim kelmadi) millat boʻlmasa kerak.

Kecha lotin alifbosiga asoslangan alifboga toʻrtta oʻzgartirish kiritish yana yangi bahs-munozaralar sandigʻini ochib yubordi. Baraka topgurlar, narigi epoxani qoʻya turaylik, alifbo borasida 2018-yildan beri bir toʻxtamga kela olmaymiz.

Biz alifboni oʻzgartirish toʻgʻrisida qonun qabul qilganimizdan beri turkmanlar va ozarlar alifbosini oʻzgartirib boʻldi. Yangi epoxada oxiri tugamaydigan bahslar boshlaganimizdan beri qozoqlar alifbosini oʻzgartirishini eʼlon qilishdi, tez orada tugallashadi. Qirgʻiz doʻstlar harakatini boshlashdi, lekin shimoldagi ogʻa bosimi bilan ortga qaytishga majbur boʻlishdi (xudo koʻrsatmasin, shu holga tushmaylik).

Hozir nega undoq, nega tepasida chiziq, ikkita nuqta emas, C ц yo ч boʻp qoladimi, CH ni qoldiraylik kabi tortishuvlarga yana yillar sarflashga haqqimiz yoʻq. Bahslarimiz hammamizga, bir-birimizga ziyon bera boshlamoqda. Uzr-ku-ya, boʻldi-da endi.

Birinchidan, ming afsuski, kechadan buyon endi byudjetga yuklama, iqtisodiy xarajat degan safsatalar bolalashni boshladi. E, baraka topgurlar, 30 yildagi arosat alifbodan, ikki alifboda ish yuritishdan yutqazigʻimizni birov hisoblab koʻrdimi?

Ikkinchidan, aqlli millatlar agar xohish boʻlsa, oson va arzon yoʻlini doim topishadi. Oʻsha hujjatlar, belgilar, pullarni boshqatdan chop etish aslo shart emas. Belgilangan muddati kelguncha yo umri tugaguncha yashayveradi. Mana oʻzi yoʻq sovet davlatining metrkasi bilan yashayapmiz-ku. Sogʻlom aqlga murojaat qilaylik.

Uchinchidan, kecha shu oʻzgarishlar eʼlon qilinishi bilan doʻstlarimizdan biri Hamza Foziljonov Isajon Sultonning “Genetik” romanini taklif etilayotgan qolipga solib koʻrdi. 100 betlik roman 95 betga jo boʻlgan. Koʻrayapsizmi, 5 foiz iqtisod qilinmoqda. Bu nafaqat qogʻoz, eng qimmat narsa vaqt ham. Shu emasmi iqtisod qilish? Apostroflarga toʻlgan hozirgi variantda oʻqish tezligi ham, yozish tezligi ham past boʻladi. Buni oʻzimning misolimda aytayapman. Ishonmasangiz, tajriba qilib koʻring.

Toʻrtinchidan, adabiyotchi, tilchi, tarixchilarning fikri, munosabati koʻp eshitildi. Yangi davrdayam, eski davrdayam. Shunday boʻlishi ham kerak edi. Endi qaror qabul qilish vaqti keldi. Ishni qaror qabul qiluvchi siyosatchilarga qoldiraylik. Bundan buyon endi masʼuliyat va javobgarlik ularda. Oʻzi alifbo borasida qaror qabul qilish doimo siyosiy boʻlib kelgan. 1926-yildayam, 1939-yildayam, 1992-yildayam. Shaxsan men davlat va hukumat rahbarlaridan uzil-kesil va yakuniy qaror kutaman.

👉 Manba

@oriftolib
👍49🤨10🔥5😢2💯1
Labirintdan chiqish yoʻli

Ajoyib kunlarning birida ustoz shogirdini togʻ etagiga olib bordi. U yerda devorlari tik va baland labirint qurilgandi. Tomi boʻlmaganidan yoʻlaklarning ichiga quyosh nuri tushar, yop-yorugʻ edi.

Usta shogirdini labirintga kiritib, chiqish yoʻlini topishni buyurdi. Shogird yoʻlaklar orasida butun kun va butun tun boʻyi adashib yurdi, borgan sari boshi berk yoʻllarga kirdi. Horib-charchab, madori qolmay, yiqildi va uyquga ketdi.

Kimdir yelkasidan turtayotganini sezib, koʻzlarini ochdi. Tepasida ustozi turardi:

– Ortimdan yur, – deb buyurdi u.

Labirintdan chiqishgach, ustoz togʻ tomon yoʻl boshladi. Choʻqqiga koʻtarilgach, u dedi:

– Pastga qara!

Ular turgan joydan labirint kaftdek namoyon edi.

– Bu yerdan turib chiqish yoʻlini topish oson-a? – dedi ustoz.

– Hech bir qiyin joyi yoʻq, – dedi shogird. – Diqqat bilan qaralsa boʻlgani.

– Qani, chiqish yoʻlini top-da, esingda saqlab qol.

Birozdan soʻng togʻdan tushishdi. Shogird labirintga ishonch bilan qadam qoʻydi va qiynalmay tezda chiqish yoʻlini topdi. Shundan soʻng ustozi unga shunday nasihat qildi:

– Vaziyatdan qancha uzoqlashib, unga qancha tepadan qarasang, toʻgʻri qaror qabul qilishing shunchalik oson boʻladi.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍42💯8🔥4
👍22💯17🤨4
Tarjimon latifachi boʻlganda

Ruslar “Мужской каприз” deb ataydigan salat bor. Shuni “Erkak nozi” deb oʻgirishibdi. Toʻgʻri, kapriz soʻzi oʻrni bilan mijgʻovlik, xarxasha, noz deb tarjima qilinishi mumkin. Lekin erkakda noz boʻlmaydi-da. Noz – ayollarga xos xususiyat. Женский каприз yoki дамский каприз iborasini ayol nozi deb oʻgirish mumkin.

Мужской каприз kalka usulida tarjima qilinsa, erkakning injiqligi, injiq erkak deb oʻzbekchalashtirilishi mumkin. Oʻzi aynan ruschaday tarjima qilish ham shartmas bu oʻrinda. “Erkakcha”, “Erkakcha qatʼiyat”, “Oʻgʻil bola” deyish mumkin. Biroq buni tanglayi oʻrischa bilan koʻtarilganlar qabul qilmasligi aniq.

Siz bu salat nomini qanday oʻgirishni taklif etasiz?

@oriftolib
🤨31👍26🔥5
Shaparak non. Shaparak yostiq.

“Shaparak” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
62%
Yupqa, puchak
24%
Shapaloqdek, kichik
14%
Teshigi, koʻzi bor
👍19💯7😎2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bunday mavzularda yozmayman, hammaning oʻziga yarasha tashvishi bor degan “prinsipim” bor edi. Biroq bir bemorga ignaning uchidek nafi tegsa, mayli “prinsip”larim havoga uchsin!

Yaqinda bir qarindoshim kasal boʻldi. Kunim gematologiya kasalxonasida oʻtdi. O’sha kunlari bir mushtipar ona bilan tanishdim. Uzoq dardlashdik. Judaa gʻarib. 16 yoshli qizi bir necha yildan beri oq qon kasali bilan kurashadi. Yoʻq, butun oila kurashadi...

Xolidaxon opa ilik koʻchirish muolajasi uchun homiy qidiryaptilar. Chiqib qolar degan umid bilan...

Ehson qilish niyatida boʻlganlar uchun karta raqami👇

6262 9100 6240 2664
Xolidaxon Maxsudova nomida

Xolida opaning telefon raqami:
(97) 988-73-80
😢20👍11
👍24💯12😎2
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada boʻgʻin koʻchirish qoidalari, boʻgʻin koʻchirishda eʼtibor berish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/6-VDwxpf7TU

@oriftolib
👍18🔥4💯1
​​Koʻp soʻraladigan savol: qoʻsh undoshli oʻzlashmalarga qoʻshimcha qanday qoʻshiladi?

Metall, gramm, kristall
kabi oxiri qoʻsh undosh bila n tugagan oʻzlashma soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda harf tushadimi yoki yoʻq? Tushadi ham, tushmaydi ham.

🟢 Qachon harf tushadi?

Amaldagi imlo qoidalariga koʻra, metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi:

metall + lar = metallar
kilogramm + mi = kilogrammi

🟢 Qachon harf tushmaydi?

Agar boshqa tovushli qoʻshimcha qoʻshilsa, harf tushib qolmaydi:

ball + i = balli
kongress + dan = kongressdan

📌 Demak:

Uning balli qanaqa chiqdi, besh balli tizim, metalli qotishma, metalldan yasalgan

Uning bali qanaqa chiqdi, besh ballli tizim, besh bali tizim, metallli qotishma, metali qotishma, metallldan yasalgan, metaldan yasalgan

Bir tovush aytilgan paytda ikki harf yozish aslida xatoligi, bu ruscha imlodan koʻr-koʻrona koʻchirilgan qoidaligi, uni oʻzgartirish zarurligi haqida oldinroq yozgan edim. Hozircha yuqoridagi tartibga amal qilinadi.

👉 Toʻgʻrisi, bu qoidaning oʻzgarmasligi ehtimoli yuqori. Chunki oʻzgarishlarga toqatsizmiz.

@oriftolib
👍22🔥16
Qay biri toʻgʻri?

Uzma xamirdan ustiga goʻsht, piyoz qiymasi, tuxum kabilar solib tayyorlangan suyuq ovqat – ...
Anonymous Quiz
13%
Monpar
47%
Manpar
40%
Mampar
💯16😱8👍6🤨3😎2🔥1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilini bilish sizga koʻp imkoniyatlar beradi:

🧑‍🎓 Magistratura yoki doktoranturaga kirishda turk tili sertifikati ham qabul qilinmoqda.

👩‍🏫 Yurtimizdagi koʻplab turk kompaniyalarida oʻz mutaxassisligingiz boʻyicha turk tilida xizmat koʻrsatishingiz mumkin.

🇹🇷 Buning uchun sizga “Hilol Edu” turk tili oʻquv markazimiz yordam beradi.

Bizga qoʻngʻiroq qilib, batafsil maʼlumot olishingiz mumkin. Sizni markazimizda kutib qolamiz!
📞+998332878888

@hiloledu

✈️ @hiloledu_uz

✈️ @gulomjonsobirov

Reklama
👍15🔥1
Muqarrar jazo

Bu voqea olis mamlakatlardan birida yuz bergan. Mast holatda mashina haydagani uchun Sofiya ismli ayolni dastlabki surishtiruvga olib kelishdi. 27 yoshli tantiq bu ayol qattiq sarxush edi, o‘ziga kelgunicha ancha vaqt aljirab o‘tirdi. Hushiga kelgach esa, gap nimadaligini to‘la-to‘kis anglab, o‘zini qo‘lga oldi. Uni og‘ir jazo kutib turardi. Shu sababli shaharning eng ko‘zga ko‘ringan advokatini yolladi. Huquqshunos bor bilim-mahoratini ishga solib, Sofiyani jazodan qutqarib qoldi.

Boshiga tushgan ishlardan kerakli xulosa chiqarmagan ayol g‘alabasini yuvish uchun barga kirdi. To‘yguncha ichib, mast bo‘ldi. So‘ng yana rulga o‘tirdi. Uni bu safar boshqa ko‘rgilik qarshi oldi. Yo‘lda kimnidir urib yubordi, nima bo‘layotganini yaxshi anglamay bechorani yigirma metrga qadar sudrab bordi. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam foyda bermadi, kasalxonaga juda og‘ir holatda olib kelingan bemor hayot bilan vidolashdi.

Bu safar Sofiyani hech kim jazodan asrab qola olmadi. Ayol qamoqxonada ekanida bir gapni eshitdi: baxtsiz hodisada qurbon bo‘lgan kishi uni o‘tgan gal jazodan qutqarib qolgan advokat ekan.

“Ma’rifat”da chop etilgan.

👉
Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
😢35🔥17👍13